357
71-rasm.
Shtansmarkaning hosil bo‘lish sxemasi.
Qurol stvoli kanali og‘iz kesimining to‘liq yoki qisman aks etishi har
qanday quroldan to‘siqqa 1
sm
gacha masofada o‘q otilishida hosil
bo‘lishi mumkin. Masalan, vintovkadan o‘q otilishida, nafaqat qurol
stvol og‘zi kesimi, balki stvol og‘zi kesimidan 1,4
sm
masofada
joylashgan mo‘ljallagich hamda stvol og‘zi kesimidan 3,1
sm
masofada
joylashgan shompol uchining aksi ham hosil bo‘lishi mumkin.
Porox gazlari oqimi elementlarining to‘siqqa nisbatan
o‘q otilish
jarohatining kirish teshigi sohasidagi
termik ta’siri
to‘siq sirtiga
issiqlik
omilini hosil qiluvchi yonayotgan porox zarralari va boshqa qizib ketgan
zarrachalarning ta’sirida vujudga keladi. Ushbu ta’sir qilish vaqti juda
qisqa va har doim porox gazlarining yuqori bosimi bilan kuzatiladi.
Tajribalardan aniqlanishicha, issiqlik omilining vujudga kelishida
yonayotgan porox zarrachalari rol o‘ynaydi. Ushbu porox
zarrachalarining termik ta’sirining vujudga kelishi (termik ta’sirning o‘zi
ham) poroxning yonish tezligiga, shuningdek poroxning
turi va holatiga
bog‘liq bo‘ladi.
Ma’lumki, o‘qotar qurollarning patronlarida ikki turdagi porox —
tutunli (qora) va tutunsiz porox ishlatiladi. Tutunli (qora) poroxning
yonish tezligi nisbatan kichik bo‘ladi. Tutunli poroxdan foydalanib,
amalga oshirilgan o‘q otilishida, ushbu poroxning zarrachalari qurol
stvoli kanalidan chiqib ketganidan keyin ham yonishda davom etadi.
Buning natijasida to‘siqqa sezilarli tarzda termik ta’sir ko‘rsatiladi va
ushbu ta’sir to‘siq materialining yonishi (kuyishi), ta’sir qilish sohalarida
to‘siq materiali rangining o‘zgarishi, mato tolalarining kuyishi, shishib
qolishi va buralishi bilan ifodalanadi. Bunday termik ta’sir natijasida
sun’iy mato tolalari gurzisimon shaklga ega bo‘ladi.
358
Tutunsiz porox ishlatib amalga oshirilgan o‘q otilishlarida
ko‘rsatiladigan termik ta’sir unchalik yaxshi ifodalanmagan bo‘ladi. Juda
qisqa (sekundning yuzdan bir bo‘laklari) vaqtli ta’sir jarayonida porox
gazlari boshlang‘ich haroratining tez tushishi termik ta’sirlarning izlarini
shakllanishiga imkon bermaydi.
Tajribalar natijasida aniqlanishicha, issiqlik
omillarining vujudga
kelishida poroxning miqdori va sifati ham muhim ahamiyat kasb etadi:
patronda porox qanchalik ko‘p bo‘lsa va u qanchalik ko‘p vaqt yonsa
hamda buning ustiga qurolning stvoli kalta bo‘lsa, termik ta’sirning
vujudga kelish ehtimolligi shunchalik katta bo‘ladi.
Yuqoridagi holatga misol sifatida silliq stvolli ov miltiqlaridan
tayyorlangan qirqma miltiqlar, shuningdek 5,45
mm
kalibrli AKS–74U
avtomatlardan mato to‘siqqa o‘q otilishida, yaxshi ifodalangan kuyish
belgilarining hosil bo‘lishini keltirish mumkin. 5,45
mm
kalibrli AKS–
74U avtomatidan mato to‘siqqa o‘q otilishida, tutunsiz porox
avtomatning kalta stvoli kanalida to‘liq yonib ketishga ulgurmaydi va
qurol stvoli kanalidan chiqib ketishda stvol og‘zi olovining hosil
bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Yuqoridagilardan
tashqari, shtansmarkaning hosil bo‘lishida to‘siqning
materiali, o‘q otilishida ishlatilgan qurol stvoli va snaryadlar diametrlari
orasidagi farqlar ham rol o‘ynaydi.
O‘qning kalibri kichik bo‘lganida va qurol stvoli kanali yeyilishga
uchragan holatlarda, poroxning yonish jarayoni sekinlashadi,
natijada
porox gazlarining bosimi tushib ketadi va porox zarrachalarining stvol
kanalidan uloqtirilishi kamayadi.
Tutunsiz porox ishlatilib kalta stvolli qurollardan o‘q otilishida,
matolardagi termik ta’sirlar izlari 10
sm
gacha masofalarda aniqlanishi
mumkin. tutunsiz porox ishlatilib ov miltiqlaridan o‘q otilishida termik
ta’sirlar har doim ham vujudga kelmasligi mumkin,
ammo movut
materiallarga o‘q otilishida termik ta’sirlarning izlari 5
Dostları ilə paylaş: