Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Savol va topshiriqlar 
 
1. Ichki, tashqi va eksperimental ballistika deganda nimani tushunasiz? 
2. O‘q otilish hodisalari jarayoni qanday xususiyatga ega? 
3. Uzoq masofadan otilgan snaryadning havodagi uchish trayektoriya-
sining asosiy elementlari nimalardan iborat? 
4. O‘q otilishining jarohatlovchi omillari qanday? 
5. O‘q otilishining asosiy va qo‘shimcha izlari haqida so‘zlab bering. 
6. O‘q otilishining jarohatlovchi omillari haqida tushuntiring. 
7. O‘q otilish jarohatining morfologik xususiyatlari deganda nimalarni 
tushunasiz? 
8. Porox gazlari oqimi elementlarining to‘siqqa nisbatan termik ta’siri 
qanday? 
9. Porox gazlari oqimining kimyoviy ta’sirini tushuntiring. 
10. «Vinogradov hodisasi» o‘q otilishining qo‘shimcha mahsulotlari 
hosil bo‘lishining alohida turi sifatida nimasi bilan farq qiladi? 
 
 
 


 366 
15-BOB.
 O‘Q OTILISHI IZLARIDAN 
O‘QOTAR QUROLNING ISHLATISH
SHAROITLARINI ANIQLASH 
O‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohatlarni tadqiq qilishda ishla-
tiladigan ekspertiza metodikalari asosida sud ballistikasi, sud tibbiyoti va 
boshqa fanlar doirasida o‘qotar qurollar va jangovar o‘q-dorilar, o‘q 
otilishi hodisalari, o‘q otilishining shikast yetkazuvchi omillari, o‘q 
otilish jarohatlarining hosil bo‘lish mexanizmi, o‘q otilishining asosiy va 
qo‘shimcha izlarining hosil bo‘lish qonuniyatlari bo‘yicha to‘plangan va 
umumlashtirilgan bilimlar tizimi yotadi. 
Yuqoridagi metodikalarda mavjud ekspert tomonidan vazifalarning 
hal etilishi algoritmi 

ekspertning tegishli tadqiqotlar natijalariga 
erishish maqsadidagi ilmiy-texnik vosita va metodlarni samarali qo‘llash 
bo‘yicha asoslangan harakatlaridan iborat.
Ta’kidlash joizki, o‘q otilishidan hosil bo‘lgan jarohatlarni tadqiq 
qilish bo‘yicha ekspertning vazifalari boshqa vazifalar kabi muhim 
ahamiyatga ega. Chunki, ushbu turdagi ekspertiza tadqiqotlarida bir 
necha vazifalar hal etiladi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin