Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Ekstraktorning izi
. Ekstraktorning shilinishlar shaklidagi izi metall 
gilza sirtining quyi qismida va qog‘oz gilzaning metall qismida, qo‘lda 
kirgazilganda patron patrondonga qiynalib kirganda vujudga kelishi 
mumkin. Metall gilzali patron bilan otish vaqtida ekstraktorning izi 
gilzaning birmuncha shishishida vujudga keladi va qalpoqcha chetidan 
yuqoriroqda ezilishlar shaklida hosil bo‘ladi. 
Stvol patrondonining izlari
. Stvolning bu qismining izlari patronni 
patrondonga jo‘natishda, otishda va quroldan chiqarib tashlashda patron 
bilan ta’sirlashadigan metallining sezilarli nuqsonlari mavjud bo‘lganda 
vujudga kelishi mumkin. Hosil bo‘lish mexanizmiga bog‘liq ravishda bu 
izlar shilinishlar, alohida sirtidagi ezilishlar va qabariq izlar shaklida 
bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi guruhdan otilgan patronlar gilzalarida quyidagicha izlar 
vujudga kelishi mumkin. 
Kapsyuldagi boyok urgichining izlari
. Bu izlarning o‘lchamlari 
(diametri, chuqurligi) yuqorida aytib o‘tilgan sabablarga bog‘liqdir. 
Stvolning orqa qismini yopuvchi qism sirti izlarining hosil bo‘lishi 
va ularning qalpoqchada jamlanishining sabablari yuqorida aytilgan 
kolodka qalqonchasi izlariga o‘xshashdir. 
Chiqarib tashlagich ilmog‘ining izlari
. Bu izlar (shilinishlar, 
ezilishlar) otilgan gilzalarni chiqarishda, patronlarni patrondonga 
jo‘natishda ilmoqning qurol zatvorida joylashishiga mos holda, gilzaning 
qalpoqchasi chetida vujudga keladi. Izlarning ifodalanishi bu 
operatsiyalarni bajarishda zatvorga ta’sir etayotgan kuchlarga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Qaytargichning izlari
. Qaytargichning gilza qalpoqchasidagi 
ezilishlar shaklidagi izlari qurolning bu qismining qurolda joylashishiga 


 322 
mos keluvchi joyda vujudga keladi. Izlarning ifodalanishi otilgan 
gilzalarni chiqarib tashlashda zatvorga ta’sir etayotgan kuchlarga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Stvol patrondoni silindrsimon sirtining izlari
. Metall gilzalar 
sirtidagi bu izlarning ko‘rinishi va joylashishi yuqorida aytilgan izlarga 
juda o‘xshashdir. 
Uchinchi guruhdagi miltiqlardan otilgan patronlar gilzalaridagi izlar 
o‘zining kelib chiqish manbai va hosil bo‘lish mexanizmiga ko‘ra, 
ikkinchi guruhga tegishli miltiqlardan otilishda hosil bo‘lgan izlarga 
o‘xshaydi. Ularning o‘ziga xosligi ushbu qurollarda qayta o‘qlash 
operatsiyalari avtomatik ravishda bajarilganligi uchun bu izlarning 
yaxshi aks etishi va vujudga kelishining barqarorligi bilan ifodalanadi. 
Birinchi navbatda bu chiqarib tashlagich, qaytargich, stvolning orqa 
qismini yopuvchi qism izlariga tegishlidir. 
Ta’kidlash joizki, qurollarda iz hosil qiluvchi qismlarning barchasi 
mavjud bo‘lgan taqdirda ham, otilgan gilzalarda har doim ham sanab 
o‘tilgan izlarning barchasini aniqlashning imkoni bo‘lmaydi. Chunki har 
bir qurol mexanimlarining ishlashi o‘ziga xos bo‘lib, iz hosil qiluvchi 
mexanizmlarning xossalari, gilzalar materialining xususiyatlari, 
shuningdek, otuvchining odat–harakatlariga bog‘liq ravishda 
tushuntiriladi. 
Bundan tashqari, gilzalarda izlarni aniqlash turli xil sabablar 
mavjudligi tufayli qiyinlashadi: gilzalarni tayyorlashda ularning 
metallidagi relyefining mavjudligi, patronlar yasalishidagi asboblarning 
izlari, patronlarni yasash va qayta yasashda gilzalarda qolgan izlar va 
hokazolar. 
Mavjud izlar oxirgi marta otilishdan hosil bo‘lgan degan to‘la 
ishonch faqat gilza kapsyulidagi izga nisbatan bo‘lishi mumkin. 
Sud-ballistik ekspertizalarida u yoki bu hollarda sanab o‘tilgan 
izlardan barchasi yoki har qaysi ishlatilishi mumkin. Jumladan, chiqarib 
tashlagich va qaytargich izlarini tekshirishga asoslanib (o‘lchamlari, 
o‘zaro joylashishi) ba’zi bir qurollarning rusumini aniqlash mumkin 
(TOZ

32 rusumli 1945 — 1948-yil namunali, MS 20 va MS 21 rusumli 
1964-yil namunali miltiqlar). 
Qurol rusumini aniqlash uchun xarakterli izlarni MS 21 rusumli 
1964-yil namunali miltiqlar zatvorining oldingi kesimi ham qoldirishi 
mumkin. 


 323 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin