Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)
Kojux–zatvor tuynugining qirralari (stvol qutisining qopqog‘i) gilza
sirtida chiziqli ezilishlar shaklida izlar qoldiradi.
Stvol qutisi asosining pazlari gilzaning sirti yoki og‘zida ezilishlar
ko‘rinishida izlar qoldiradi.
Qo‘lbola qurollardan yoki patrondoni egovlangan (charxlangan)
standart o‘qotar qurollardan chiqarib tashlangan gilzalarning korpusida
chiziqlar ko‘rinishidagi izlar hosil bo‘lishi mumkin. Ushbu izlarning
barqarorligi yetarli emas, ularning chuqurligi kam va ular identifikatsion
tadqiqotlar uchun yaroqsiz bo‘ladi. Tajribalardan ma’lumki, ushbu
izlarning 3 — 10 foizidagina belgilarning identifikatsion majmuasi
kuzatiladi
1
. Ushbu izlarning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarga porox gazlari bosimining turlichaligi, gilza korpuslari
shaklining standart patron gilzalaridan farq qilishi, gilza tubidagi
nuqsonlar hamda ifloslanishlarning mavjudligi va hokazolar hisoblanadi.
Ularni qurolning identifikatsion tadqiqotlarida inobatga olish tavsiya
etiladi.
Ba’zi o‘qotar qurollar (masalan, PM va APS to‘pponchalar)dan
otilgan gilzalarda, qurol magazin lablaridan yana boshqa bir turdagi izlar
hosil bo‘lishi mumkin. PM to‘pponchasidan o‘q otilishida, gilza
qaytargichga urilganidan so‘ng, aylanma harakat qilib, magazin lablari
bilan ta’sirlashganida va ushbu lablarga nisbatan yoysimon chiziq
bo‘ylab harakat qilishida gilza korpusining sirtida iz hosil bo‘ladi. Ushbu
iz dinamik va egilgan yelpig‘ich yoki vergulsimon shakldagi
chiziqlardan iborat bo‘ladi (64-rasm). APS avtomatik to‘pponchadan
otilgan gilzalarda ushbu turdagi iz o‘zaro parallel chiziqlardan iborat.
1
Qarang:
Криминалистическая
экспертиза
оружия
и
следов
его
применения
:
Учебник
.
Ч
.1. //
Под
ред
.
В
.
А
.
Ручкина
и
И
.
А
.
Чулкова
. —
Волгоград
, 2004.