Makarov konstruksiyali (PM) to‘pponchadan o‘q otilishida,
gilzaning korpusida hosil bo‘lgan magazin lablarining izi.
Bunday izlarning hosil bo‘lish barqarorligi magazinning qurol
dastasida joylashishi, porox gazlari bosimining qiymati, gilza korpusi
metallining qattiqligiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, magazin
lablarining izlariga ko‘ra faqat magazinning aynanligi aniqlanadi, lekin
qurolning emas, chunki, qurollarda magazinlarni boshqasiga almashtirish
mumkin.
Zatvor (stvol qutisi)dagi chiqish tuynugi gilzada bo‘ylama
cho‘zilgan yoki oval shaklidagi chiziqlardan iborat dinamik iz qoldirishi
mumkin. Ushbu iz otilgan gilza zatvordagi chiqish tuynugi qovurg‘asiga
urilishi natijasida korpusining yon sirtida joylashadi (PM to‘pponchasi,
APS avtomat to‘pponchalari va boshqalar). Bunday izlarning hosil
bo‘lish mexanizmi barqaror emas, izlarning shakli, o‘lchamlari va o‘zaro
joylashishi o‘zgaruvchan. Undan tashqari, quroldan uchib chiqib
ketayotgan gilza, chiqish tuynugi qovurg‘asining aynan bir sohasiga
urilmasligi mumkin, shu bois ushbu izlarning qurolni identifikatsiya
qilishda ishlatish imkoniyati chegaralangan.
Ov qurollariga taalluqli qismni alohida qarab chiqish lozim bo‘ladi.
Silliq stvolli ov qurollaridan otilgan gilzalar narezli qurollardan otilgan
gilzalarga qaraganda ancha soddaroq izlarga ega bo‘ladi. Silliq stvolli
miltiqlar juda ko‘p hollarda noavtomatik bo‘ladi. Shuning uchun
o‘qlashda, otishda va otilgan gilzalarni chiqarib tashlashda patronlarga,
narezli avtomatik qurollarga qaraganda ancha kam ta’sir ko‘rsatiladi.
Iz hosil qiluvchi qismlariga ko‘ra silliq stvolli miltiqlar quyidagi
guruhlarga ajraladi:
1) patronlarning patrondonga joylashtirilishi (o‘qlash) qo‘lda
bajariladigan, otilgan gilzalar esa ekstraktor bilan chiqariladigan
miltiqlar (ZK rusumli 1949 — 1955-yil, Ij–49 rusumli, 1950 — 1954-yil,
320
B rusumli 1906 — 1914, 1925 — 1941, 1956 — 1960-yil namunali
miltiqlar);
2) patronlarning patrondonga joylashtirilishi zatvor bilan, otilgan
gilzalarning chiqarilishi zatvorni qo‘lda chetki orqa holatga
o‘tkazilishida qaytargich yordamida bajariladigan miltiqlar (TOZ — 32
rusumli 1945 — 1948-yil, MS 20 rusumli 1964- yil namunali miltiqlar);
3) patronlarning patrondonga joylashtirilishi magazinlardan, otilgan
gilzalarning chiqarilishi va uloqtirilishi chiqarib tashlagich va qaytargich
bilan, qurolni qayta o‘qlash esa avtomatik ravishda bajariladigan
miltiqlar (MS — 21 rusumli 1964-yil namunali miltiqlar).
Birinchi guruhdagi miltiqlardan otilgan gilzalarda quyidagi izlar
aniqlanishi mumkin:
Gilza kapsyulidagi boyok izi
. Boyokning tuzilishi va o‘lchamlariga
(diametri, kolodkadan chiqib turish kattaligi va hokazo), kapsyul
materialiga, stvoldagi gaz bosimi, tepkining urish kuchiga, tepkining
diametriga, chuqurligi va hokazolarga bog‘liq ravishda bu izlarning
shakli turlicha bo‘lishi mumkin.
Tepkisiz miltiqlarning ba’zi rusumlarida ichki tepkilar boyok bilan
yaxlit holda bo‘ladi, boyoklar zarbadan keyin kolodka qalqonchasi
chuquriga butunlay kirib ketmaydi, balki izlarda qoladi. Boyoklarning
ko‘targichlar yordamida tepkilar bilan orqaga qaytishi, faqat miltiq
stvollarini ochishda yuz beradi. Bunda tepkining iz ezilishlaridan to‘la
chiqmagan boyoklari gilza kapsyulida pastga yo‘nalgan shilinish
shaklida qo‘shimcha iz qoldirishi mumkin.
Xuddi shunday qo‘shimcha izlar tepkilardan alohida ishlangan
qaytmaydigan boyoklardan, shuningdek, nosoz va orqaga qaytmaydigan
(boyoklarning egilib qolishi, prujinalarning kuchsizlanishi yoki sinishi va
hokazolar) inertli boyoklardan ham qolishi mumkin.
Kolodka qalqonchasining gilza qalpog‘i yoki kapsyuldagi izlari.
Gilza qalpoqchasining kolodka qalqonchasiga porox gazlari ta’sirida
qattiq siqilishidan vujudga keladi. Ularning mavjudligi va intensivligi
qalqoncha metalli sirtining notekisliklariga, stvoldagi gazlar bosimiga,
gilza va kapsyul tubi metallining qattiqligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p
hollarda, bu izlar faqat kapsyulning o‘zida vujudga keladi, chunki
kapsyulning metalli nisbatan yupqaroq va yumshoqroqdir.
Miltiqlarning ba’zi birlarida (1957-yil namunali Ij
—
57 miltig‘i)
boyoklar uchun ariqcha (brandtrubka)lar kolodka qalqonchasiga
stvollarning orqa kesimi tomonidan mahkamlanadi. Tasodifiy bo‘shab
321
ketishlarning oldini olish uchun ular yana xuddi shu tomondan vintlar
bilan ham mahkamlanadi. Boyoklarning ana shu mahkamlanishining
relyefi otilgan gilzalar kapsyulida o‘z aksini qoldiradi.
Kolodka qalqonchasi sirtining relyefi kapsyulda tik shilinishlar
ko‘rinishida dinamik izlar ham qoldiradi, masalan, agar patronlarning
kapsyullari noto‘g‘ri tayyorlash natijasida o‘zlarining uyalaridan gilza
qalpoqchasi sirtidan chiqib turgan patron bilan o‘qlangan miltiqni
yopishda dinamik izlar qoladi.
Xuddi shunday izlar, agar patron patrondonga qiyinchilik bilan
jo‘natilsa va bu patron patrondonga faqat qurol yopilishida to‘la kirgan
bo‘lsa, gilzalarning chet qirralarida ham qolishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |