Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Gilzalarning alohida tadqiqotlar bosqichida 
quyidagilarni aniqlash 
maqsad qilib olinadi: 

tekshirilayotgan gilza tegishli bo‘lgan patronning turi va 
namunasi, shuningdek, ushbu patronni otishga mo‘ljallangan o‘qotar 
qurolning tizimi, rusumi va namunasi

ushbu gilza qo‘lbola usulda tayyorlangan yoki o‘zgartirilgan 
quroldan, shuningdek kalibri boshqacha quroldan otilgan yoki 
otilmaganligi; 

tadqiqotga taqdim etilgan gilza otilgan qurolning tizimi, rusumi 
va namunasi; 

gilzadagi o‘qotar qurolning turli qismlaridan qolgan izlarning 
identifikatsiya uchun yaroqliligi.


 326 
Taqdim etilgan gilza tegishli bo‘lgan patroning turi va namunasini
ushbu gilzaning tuzilishi va ishlab chiqarilishiga oid belgilariga ko‘ra 
aniqlanadi: yondiruvchi tarkibning gilzada joylashishi; gilzaning shakli, 
o‘lchamlari va og‘irligi; gilzada aylana ariqcha, qalpoqcha va 
kanelyuraning mavjudligi; gilza korpusi va markaziy jang patronlarida 
kapsyullarning materiali; o‘qning gilzada mahkamlanish usuli; gilza 
tubida markirovka belgilarining mavjudligi va ularning mazmuni hamda 
korroziyaga qarshi laklarning rangi. 
Gilzaning shakli uning korpusining tuzilishiga: silindrsimon, 
butilkasimon, konussimon (silindr-konussimon) ko‘ra aniqlanadi. 
Silindrsimon gilzalar asosan to‘pponchalar, revolverlar, kichik kalibrli va 
ov patronlarida; butilkasimon – vintovka, oraliq, ba’zi to‘pponchalar 
patronlarida; konussimon (silindr–konussimon) 

1895-yil namunali 
«Nagan (Nagant)» revolverining patronlarida ishlatiladi. 
Tadqiqot jarayonida butilkasimon shakldagi gilzalarning oldi qismi 
biroz shishib qolishi oqibatida ularning shakli silindrsimonga o‘zgarib 
qolishi mumkinligini inobatga olish zarur. bunday holat o‘qotar quroldan 
noshtat patronlar otilganda kuzatiladi. Masalan, 9 
mm 
kalibrli R–08 
rusumli to‘pponchadan 7,62 
mm 
kalibrli to‘pponcha patronini otishda 
ushbu holat yaqqol kuzatiladi (65-rasm). Undan tashqari, 1895-yil 
namunali «Nagan (Nagant)» revolveridan o‘q otilishida konussimon 
(silindr–konussimon) shakldagi gilza, revolver barabani kamorasiga 
moslashib, silindrsimon shaklga kelib qoladi. 
Patronlarning gilzalari o‘lchamlariga ko‘ra to‘g‘ri va yetarli 
aniqlanishi mumkin. Shuning uchun otilgan gilzalarning turi va 
namunasini aniqlash uchun ularni o‘lchamlarini aniq o‘lchash shart. 
65-rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin