Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Taqqoslash tadqiqotlari
. Ushbu tadqiqotlarni boshlashda ekspert, 
taqdim etilgan gilza tegishli bo‘lgan patronni otishda qo‘llanilgan 
qurolning gilzadagi izlarda aks etgan belgilari va tadqiqotga taqdim 
etilgan qurolning belgilari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ladi. Bunda 


 333 
tekshirilayotgan qurollarning va berilgan gilzalar bilan otilgan qurolning 
umumiy (tuzilish jihatdan) va ba’zi bir xususiy (ishlab chiqarish va 
ekspluatatsion) belgilarining mos kelishi hisobga olinadi. 
Tadqiqotlarning ushbu bosqichida mikroskopik texnika (taqqoslash 
mikroskoplari)dan foydalaniladi. O‘rganilayotgan izning (statik va 
dinamik) turiga bog‘liq ravishda taqqoslashning u yoki bu turlaridan 
foydalaniladi. 
Taqqoslash umumiy metodika asosida amalga oshiriladi, ya’ni avval 
izlardagi umumiy belgilar, ularning mavjudligi va o‘zaro joylashishi 
solishtiriladi. Izlarning konturi va o‘lchamlariga alohida e’tibor beriladi. 
Namuna va tadqiqotga taqdim etilgan gilzalardagi izlarning umumiy 
belgilarini o‘zaro mos kelishi (o‘xshashligi) taqqoslash tadqiqotlarining 
keyingi bosqichi 

izlardagi xususiy belgilar (izlarning mikrorelyefi)ni 
solishtirish bosqichini boshlash uchun asos bo‘ladi. 
Qurollarning ba’zi bir qismlarining gilzadagi izlarini taqqoslash 
mikroskoplari MSK

1, MS

51, MIS

10 va «Peleng» rusumli 
taqqoslovchi mikroskoplar orqali tekshirish mumkin. Gilzalarning 
tubidagi, kapsyulidagi va sirtidagi izlarni tekshirishda bu izlar taqqoslash 
mikroskopi obyektivining optik o‘qiga tik holatda turadigan qilib 
o‘rnatiladi. Buning uchun taqqoslovchi mikroskoplarda gilzatutkichlar 
mavjud. Mikroskop okulyarining bir qismida bir gilza, ikkinchi qismida 
ikkinchi gilzadagi izlar ko‘rinadi. Bir vaqtda ikkita gilza tubi yoki 
korpusidagi izlarga yoritqich nurlari tik holatda yo‘naltiriladi. Avvalo 
qurol biror qismining ikkita tajribadan olingan gilzalardagi izlari 
solishtiriladi, keyin ustma-ust tushiriladi. So‘ng gilzalardan biri taqdim 
etilgan gilza bilan almashtiriladi va barcha jarayon takrorlanadi. Agar 
mos kelish va o‘xshashliklar aniqlansa, ular fotosuratga olinadi. 
Qurolning gilzadagi izlarini solishtirib va ustma-ust tushirib bir xil izlar 
va ularning konturlari, shuningdek, alohida elementlari ham 
taqqoslanadi.
Bir xil izlarning mikrorelyeflarini solishtirish va ustma-ust tushirib
bosilish izlaridagi (66-rasm) relyefli notekisliklar (bo‘rtiq va 
chuqurliklar)ning konturi va o‘lchamlari, chiziqlarning miqdori va 
kengligi, ular orasidagi masofalar taqqoslanadi (67-rasm). Tadqiqot 
jarayonida gilzada mavjud izlarning barcha yig‘indisi taqqoslanadi. 
Boshqacha aytganda, gilzadagi bir xil izlarning o‘xshashligi yoki farqlari 
aniqlanganidan so‘ng, boshqa turdagi bir xil izlarni taqqoslashga o‘tiladi. 
Qurolning faqat bir qismidan qolgan izlarni taqqoslash bilan 


 334 
chegaralanmaslik kerak, chunki bu xol xato xulosalar chiqarishga olib 
kelishi mumkin. Qurolning qismlari ko‘p ishlatilishi va noto‘g‘ri 
saqlanishi ta’sirida o‘zgarishi yoki ataylab o‘zgartirilishi mumkinligini 
esdan chiqarmaslik darkor. Undan tashqari, qurolning ko‘plab qismlari 
oson almashtirilishi mumkin, masalan: urgich, chiqarib tashlagich 
ilmog‘i va boshqalar. 
 
66-rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin