Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

 
Savol va topshiriqlar 
 
1. Silliq stvolli miltiqlardan otish uchun mo‘ljallangan snaryadlar 
qanday tarkiblardan iborat? 
2. Silliq stvolli o‘qotar qurollar stvoli kanalinig otilgan snaryadlardagi 
izlarining hosil bo‘lish mexanizmini tushuntiring. 
3. Polisnaryad deganda nimani tushunasiz? 
4. Sochma o‘qlarning silliq stvolli qurol stvoli kanalida harakati 
qanday? 
5. Silliq stvolli o‘qotar qurolni snaryadlardagi izlarga ko‘ra identi-
fikatsiya qilish tadqiqotlarining bosqichlari haqida so‘zlab bering. 
6. Sochma o‘q va kartechlardagi izlarning boshlanishi va tugallani-
shidagi belgilar haqida tushuntiring. 
7. Silliq stvolli qurollarni identifikatsiya qilishda eksperiment o‘tkazish-
da tajribada foydalaniladigan snaryadlarga qanday talablar qo‘yiladi? 
 


 300 
13-BOB.
 O‘QOTAR QUROLLARNI OTILGAN GILZALARDAGI 
IZLARGA KO‘RA IDENTIFIKATSIYA QILISH 
 
1-§. Gilzalarda iz hosil bo‘lish mexanizmi 
O‘qotar qurollarni o‘qlash va ulardan o‘q otish jarayonida ishlatilgan 
patronlarning gilzalarida qurolning turli qismlaridan ko‘plab izlar qoladi. 
Bir dona gilzada ikki guruhga tegishli bo‘lgan izlar qolishi mumkin. 
Birinchi guruhdagi izlar muayyan bir rusumdagi quroldan o‘q otilishi 
jarayonida vujudga kelsa, ikkinchi guruhdagi izlar o‘qotar qurolni, hatto 
bir yoki bir necha nusxadagi, bir yoki turli rusumdagi qurolni o‘qlash 
yoki o‘qsizlantirish jarayonida vujudga keladi. 
Turli rusum va turdagi, hatto avtomatik va noavtomatik qurollarning 
turli rusumlaridagi o‘qotar qurollarni o‘qlash va ulardan o‘q otish uchun 
ishlatilgan patronlarning gilzalaridagi izlarning majmusi (yig‘indisi) 
turlicha bo‘lishi mumkin. Bu turli o‘qotar qurollarning iz hosil qiluvchi 
qismlariining miqdoriga bog‘liqdir. «Ochiluvchi» deb ataluvchi stvollari 
silkinadigan ov miltiqlaridan o‘q otilishida ishlatilgan patronlarning 
gilzalarida boyok, kolodka qalqonchasi, patrondon va ekstraktordan izlar 
qolishi mumkin. Ekstraktor va shompol bilan jihozlangan revolverlardan 
o‘q otish uchun ishlatilgan patronlarning gilzalarida boyok, stvolning 
orqa kesimi, baraban kamoralari va ekstraktor yoki shompoldan izlar 
qolishi mumkin. 
Avtomatik qurollarning ayrim turlaridan otishda ishlatilgan 
patronlarning gilzalarida esa o‘qotar qurolni identifikatsiya qilishda zarur 
bo‘lgan izlar majmuasi qolishi mumkin. Otilgan gilzalarda o‘qotar 
qurollardan izlar, asosan, qurolni o‘qlash, o‘q otish vaqtida va otilgan 
gilzani quroldan chiqarish jarayonlarida qolishi mumkin.
Ko‘pincha kriminalistik aynanlikni aniqlash tadqiqotlarida shunday 
hollar ham uchraydi: taqqoslanayotgan obyektlar shu qadar o‘xshash 
bo‘ladiki, ekspertda bu obyektlar aynan bir xil degan fikr tug‘iladi. 
Ammo chuqur tahlillar natijasida bu o‘xshashliklar umumiy xarakterga 
ega ekanligi, obyektlar tomonlarining, alohida qismlarning xossalari 
o‘zaro farqlanuvchan hamda har bir taqqoslanayotgan obyektni 
alohidalashtiruvchi alomatlar majmuasini tashkil etishi ma’lum bo‘ladi.
Qurolning gilzalarda iz hosil qiluvchi qismlari takrorlanmas alohida 
xususiyatga ega. Betakrorlik ishlatilayotgan asbob yoki uskuna kesuvchi 
qismining ishlov berishni boshlashdan oldin doimiy almashishi hisobiga 


 301 
bo‘ladi. Sirtlarga ishlov berilishi, uskuna kesuvchi qismining boshqa 
tomonlari bilan bajarilishi, ya’ni bir qism uchun boshqa qismi, boshqa 
mexanizm yoki qism uchun esa oldingi qismga ishlov berilgan tomonidan 
boshqa bir tomoni bilan ishlov berilishi natijasida, qurolning iz hosil qiluvchi 
qismlari zatvor chuqurchasi, chiqarib tashlagich, boyok, magazin lablari — 
sirtlarida alohida betakror mikrorelyeflar vujudga keladi. 
Shunday qilib, obyektlari soniga ko‘ra aniq bo‘lgan guruh alohida 
— aniqlangan bo‘ladi va bu guruh yagona bir ishlab chiqarish manbaiga 
ega deb ta’kidlash mumkin. Patronlar yasalishidagi komponentlar 
qanchalik xilma–xil bo‘lsa, guruh obyektlar va uni tashkil etuvchi-
larining soni bo‘yicha shunchalik kichik, binobarin, u kabi xususiyatga 
ega guruhning vujudga kelish ehtimolligi shunchalik kichik bo‘ladi. 
Ommaviy tayyorlanuvchi alohida obyektlar guruhlarining 
turlichaligi va ularning vujudga kelish chastotasi haqidagi savollar 
hozircha kam o‘rganilgan. Bu kabi savollarni yechish uchun obyektlar 
tayyorlanadigan mahsulotlar savdo partiyalarining shakllanish 
jarayonlari texnologiyasini o‘rganish zarur. Chunki savdo partiyalari bir 
necha ming obyektlardan iborat bo‘lgani uchun ularga xossalari turlicha 
bo‘lgan obyektlar guruhlari tushib qolishi mumkin. 
Shunday qilib, alohida, yagona buyum — bu xususiyatlari va 
xossalarining yig‘indisi boshqa obyektlardan farqlanuvchi va sifat 
jihatdan alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan muayyan bir obyektdir. Aniq 
moddiy obyektning alohidaligi, yagonaligi kriminalistik aynanlikni 
aniqlash nazariyasining asosiy ilmiy omili hisoblanadi. Alohidalik va 
umumiylikning yagonaligi kriminalistik aynanlikni aniqlashda, ayniqsa, 
juda yaxshi bilinadi. Masalan, «revolver» tushunchasi birdaniga ikki xil 
ma’noda, revolverlarning har bir alohida nusxasiga nisbatan umumiy va 
qo‘l o‘qotar qurollariga nisbatan esa xususiy ma’noda tushuniladi. 
O‘qotar qurollarning izlari otilgan gilzalarda qurolni o‘qlash, o‘q 
otilishi vaqtida hamda gilzalarni patrondondan chiqarish va quroldan 
uloqtirilishida hosil bo‘ladi. Qurolning tizimi, namunasi va rusumiga 
bog‘liq ravishda izlarning miqdori turlicha bo‘lishi mumkin. 
Otilgan gilzalarda iz hosil bo‘lish jarayonida zamonaviy qo‘l o‘qotar 
qurollarida quyidagi mexanizmlar ishtirok etadi: 

qurolning, patronlarni magazin (patron lentasi)dan chiqarishdan 
oldingi holatga qo‘yadigan uzatish mexanizmi; 

patronlarni magazin (patron lentasi)dan chiqaruvchi jo‘natish 
mexanizmi (magazin jo‘natgichi); 


 302 

qurol stvoli kanalining orqa kesimini yopadigan yopish 
mexanizmi; 

patronning kapsyulini ishlab ketishini ta’minlovchi urish 
mexanizmi (ushbu mexanizmning asosiy qismi urgich yoki boyok 
hisoblanadi); 

otilgan gilza yoki patronni patrondondan chiqaruvchi chiqarib 
tashlash mexanizmi (tuzilishida chiqarib tashlagich mavjud); 

otilgan gilza yoki otilmay qolgan patronni quroldan uloqtirib 
tashlovchi qaytarish mexanizmi (qaytargich alohida qism yoki boshqa bir 
qismning turtib chiqib turuvchi qirrasi ham bo‘lishi mumkin). 
Ayrim tizim, rusum va namunadagi qurollarda, otilgan gilzalarda 
signal shtifti va zatvordagi chiqish tuynugi chetlaridan ham izlar qolishi 
mumkin. 
Qurolda gilza yoki patronlarning harakat qilishi jarayonlarida hosil 
bo‘ladigan izlarni, ushbu izlarning hosil bo‘lish ketma-ketligi bo‘yicha 
qarab chiqaylik.
56- rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin