297
Tekshirilayotgan qurol stvoli kanalining aks etgan belgilarini
barqarorlik darajasini aniqlash maqsadida, tajribadan olingan namuna
snaryadlardagi izlar bir-biri bilan o‘zaro solishtiriladi. Agar ushbu
solishtirish jarayonida mikrorelyeflari o‘zaro mos kelmagan (atipik)
sohalar aniqlansa, qo‘shimcha tajriba o‘q otishlarini amalga oshirish va
ushbu sohalarda farqlar vujudga kelganligining sabablarini aniqlash
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tajribadan olingan namuna snaryadlardagi izlarni o‘zaro
solishtirishdan so‘ng, aynan qanday belgilar (chiziqlar)ning majmuasi
tekshirilayotgan qurol stvoli kanali mikrorelyefini barqaror darajada aks
etganligi to‘g‘risida bir qarorga kelinadi. Bu qaror kelgusida tajribadan
olingan namuna snaryadlarni va tadqiqotga taqdim etilgan snaryadlar
bilan taqqoslash uchun zarur bo‘ladi.
Taqqoslash tadqiqotlari umumiy metodika asosida amalga oshiriladi
va taqqoslanayotgan (tajribadan olingan va tadqiqotga taqdim etilgan)
snaryadlardagi izlarning umumiy belgilarini solishtirishdan boshlanadi.
Umumiy belgilar o‘rtasida farqlar mavjudligi aniqlansa, masalan,
tekshirilayotgan snaryad otilgan qurol stvolining diametri tadqiqotga
taqdim etilgan qurolning diametridan farq qilishi aniqlanganda, ekspert
ayniyat yo‘qligi to‘g‘risida qat’iy xulosa qilishi mumkin.
Umumiy belgilar o‘zaro o‘xshash bo‘lsa, izlardagi xususiy belgilar
(qurol stvoli kanalining izlarda aks etgan mikrorelyefi) o‘zaro
taqqoslanadi. Snaryadlardagi izlarni solishtirish taqqoslash mikroskopi
yordamida amalga oshiriladi (55-rasm). Buning uchun «Razvertka» deb
atalgan «Rastr» avtomatlashtirilgan dasturiy-texnik qurilmadan
foydalaniladi.
55-rasm.
Dostları ilə paylaş: