292
deformatsiyaning oldini olish maqsadida tajriba jarayonida moyli, suvli,
petrolatumli va suyuq gazli o‘q tutgichlar ishlatiladi. Boshqa turdagi o‘q
tutgichlar silliq stvolli qurollardan tajribalarni amalga oshirish uchun
yaroqli emas, chunki otilayotgan snaryadlardagi izlarning mikrorelyefi
o‘zgarib ketishi mumkin.
Tajribalar uchun ishlatiladigan patronlarni tayyorlash —
tekshirilayotgan qurol stvoli kanalining namuna izlarini olish uchun
kerakli tuzilishdagi snaryadlarni tanlab olishdan iborat. Silliq stvolli
qurollarni identifikatsiya qilishda eksperiment o‘tkazishda
foydalaniladigan tajriba snaryadlar quyidagi talablarga javob berishi
lozim:
1. Ishlatilayotgan tajriba snaryadning materiali tekshirilayotgan
snaryadning materiali bilan bir xil bo‘lishi lozim.
2. Tajriba snaryadning stvol kanalidagi harakat tezligi
tekshirilayotgan snaryad tezligi bilan bir xil bo‘lishi kerak.
3. Tajriba snaryadning sirtiga stvol kanali tomonidan
ko‘rsatilayotgan bosim qurol stvoli kanalining tekshirilayotgan snaryad
sirtiga ko‘rsatgan bosimi bilan teng bo‘lishi lozim.
4. Tajriba snaryadning iz qabul qiluvchi sirti qurol stvoli kanalining
butun perimetri bo‘ylab xususiyatlarini aks ettirishi darkor.
5. Tajriba snaryadi tayyorlashi oson va sodda hamda tajribalar
o‘tkazish uchun qulay shaklda bo‘lishi kerak.
Ushbu talablarga asoslangan holda silliq stvolli qurollarni
identifikatsiya qilishda foydalaniladigan snaryadlarning ayrim turlarini
ko‘rib chiqamiz. Ushbu snaryadlar stvol kanalidan otiladigan va stvol
kanaliga kirgizib surib chiqariladigan turlarga bo‘linadi
Stvol kanaliga kirgizib surib chiqariladigan snaryadlarning eng
samaralilari quyidagilar hisoblanadi:
— Berger o‘qi — V.Y
е
. Berger tomonidan taklif etilgan, sham
plastilindan yasalgan silindrsimon o‘q;
— Sinzom va Kshetri o‘qi — Dj. Sinzom va M. Kshetri tomonidan
ixtiro qilingan, qo‘rg‘oshindan silindrsimon qilib yasalgan o‘q,
balandligi 7 — 8
mm
, diametri stvol kanali diametridan kattaroq bo‘ladi;
— Yegorov, Zaysev va Pleskachevsiy o‘qi — A.G. Yegorov, V.F.
Zaysev va 3.M. Pleskachevskiy tomonidan taklif etilgan, qo‘rg‘oshindan
tayyorlangan, iz qabul qiluvchi elementi silindrsimon, balandligi 6–7
Dostları ilə paylaş: