Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

mm
ga farq qiladi, sanoatda 15 ta nomerli sochma o‘q 
ishlab chiqariladi 

1,5
 mm 
dan (

11) 5,0 
mm 
gacha (

0000). 
Kartechlarning o‘lchamlari (diametri) millimetrlarda quyidagicha 
bo‘lishi mumkin: 5,25; 5,6; 5,7; 5,8; 5,9; 6,2; 6,5; 6,8; 6,95; 7,15; 7,55; 
7,7; 8,0; 8,5; 8,8; 9,65; 10,0. 
Sochma o‘qlar yoki kartechlar qo‘lbola usulda ham yasalishi 
mumkin. Bunday snaryadlar shaklining noaniqligi, tomiga o‘xshashligi, 
sirtiga yaxshi ishlov berilmaganligi bilan ajralib turadi. Qo‘lbola usulda 
yasalgan sochma o‘qlarning «Sechka» va «Katanka» deb atalgan turlar 
mavjud, «Sechka» sochma o‘qi qo‘rg‘oshin simdan qirqish bilan, 
«Katanka» sochma o‘qi esa qo‘rg‘oshinni ikkita qattiq plastina orasiga 
olib aylantirish usulida yasaladi. 
Silliq stvolli ov miltiqlarining yaxlit o‘qlari tuzilishi va shakliga 
ko‘ra o‘zaro farq qiladi. Ular yaxlit (monolit), masalan, Sputnik, Ideal; 
yig‘ma (masalan, Yakan) bo‘lishi hamda sanoatda va qo‘lbola usulda 
yasalishi mumkin. 
O‘qlar quyish va undan keyin shtampovka qilish orqali metall 
kesuvchi stanoklar yordamida yasaladi. O‘qlar uchishida o‘zini stabillash 
qobiliyatiga ko‘ra oriyentirlanmaydigan, strelkali, turbinali va 
murakkablashtirilgan turlarga bo‘linadi.


 278 
Oriyentirlanmaydigan o‘qlar 
sferik shaklda bo‘lib, ularda o‘qni 
havodagi harakatini yo‘naltirishga mo‘ljallangan qismlar bo‘lmaydi. 
Ularning og‘irlik markazi o‘qning markazida joylashgan bo‘ladi. Bunday 
turdagi o‘qlarga quyidagilar kiradi:

Silliq o‘q — to‘g‘ri sferik shaklda, og‘irligi 17,6 
gdan 
36,0 
ggacha 
bo‘lgan o‘q;

«Sputnik» o‘qi — sferik shaklda, sirtida uch dona o‘zaro 
perpendikular hoshiyalar bo‘lgan o‘q. 
Qo‘lbola usulda yasalgan dumaloq o‘qlar muayyan og‘irlikdagi 
qo‘rg‘oshindan quyish orqali yasaladi. Bunday o‘qlarni sferik shaklga 
keltirish uchun, ularning turtib chiquvchi qirralari eziladi, shuning uchun 
ularning sirtidagi statik izlarga ko‘ra bunday o‘qlar yasalgan asbobni 
identifikatsiya qilish mumkin. 
Strelkali o‘qlar 

ularning uchishi stabilizator dumchasi va og‘irlik 
markazining o‘qning bosh qismiga ko‘chirilganligi natijasida 
stabillashishi (barqarorlashishi) bilan ajralib turadi. bunday o‘qlar eng 
ko‘p tarqalgan o‘q bo‘lib, boshqalaridan tayyorlanishining soddaligi va 
uchishda stabillikka egaligi bilan farq qiladi. Bunday o‘qlar qatoriga 
quyidagilar kiradi: 

Somko o‘qi — silindrsimon shaklli, o‘qqa mix yoki shurup bilan 
mahkamlanadigan dumchasi (stabilizatori) yog‘ochdan yasalgan va ikki-
uch dona halqasimon ariqchali o‘q. Ayrim turlarida yog‘och stabilizatori 
boshqa material (namat, karton) bilan almashtirilishi mumkin; 

Vitsleben o‘qi (A rusum) — o‘qning bosh qismi silindrsimon
tubida qattiq sterjen o‘rnatilgan. O‘q quyish orqali tayyorlanadi. O‘qning 
dumchasi–stabilizatori yog‘ochdan yasalgan va sirtida bo‘ylama 
ariqchalar mavjud. Bunday o‘q sterjenga mahkam o‘rnatish usulida 
qotiriladi. 
Ekspansiv ta’sirli strelkali o‘qlar:

Shirinskiy–Nixmatov o‘qi — ikkita markazlovchi hoshiyali 
silindrsimon shaklli o‘q. Uning bosh qismi ovalsimon va ichida bo‘shliq 
mavjud, bu bo‘shliq sham bilan to‘ldirilgan, o‘qning bo‘linib ketishi 
uchun kesiklari mavjud. Stabilizatori namat pij va ikkita karton 
prokladkadan iborat tarzda yig‘ma usulda yasaladi va sterjenga 
mahkamlanadi; 

Markevich o‘qi — sfera bilan kesilgan silindr shaklli o‘q. Uning 
bosh qismida konus shaklidagi yog‘och bilan to‘ldiriladigan ekspansiv 
bo‘shliq mavjud. Stabilizatori ikkita namat pijdan iborat, ularning 


 279 
orasida shurup bilan o‘qning bosh qismiga qotiriladigan aluminiy disk 
bo‘ladi. Bunday o‘qlar qo‘lbola usulda ham yasaladi; 
Ov uchun ishlab chiqariladigan maxsus o‘qlar:

Yakan o‘qi (original) — sterjenli bosh qism va stabilizator–
dumchadan iborat o‘q. O‘qning uchida ekspansiv bo‘shliq bor, u 
qo‘rg‘oshin qopqoq bilan berkitiladi. Ekspansiv bo‘shliqning chetlarida 
to‘rtta o‘zaro simmetrik kesiklar mavjud. O‘qning yon sirtida oltita 
o‘ngga og‘ma markazlovchi qovurg‘alar bo‘ladi. Stabilizator-dumcha 
ikki-uch dona namat pij va ikkita karton prokladkadan iborat bo‘ladi 
hamda sterjenga kiygiziladi; 

Silindrsimon sterjenli Brenneke o‘qi — oval uchli quyma o‘q, 
uning silindrsimon sterjeni bo‘ladi, yon sirtida 12 ta o‘ngga og‘ma 
markazlovchi ariqchalari mavjud. Stabilizator-dumchasi namat pij va 
ikkita karton prokladkadan iborat; 

Sterjensiz Brenneke o‘qi — yuqoridagi o‘qdan o‘zining 
o‘lchamlari, og‘irligi va stabilizatorining mahkamlash usuli bilan farq 
qiladi, bunday o‘qlarning sterjeni dumchasiga mahkam o‘rnatish usulida 
qotiriladi. Stabilizator-dumcha ikkita konus shaklida bo‘ladi. bu turdagi 
o‘qlar konteyner bilan otish uchun mo‘ljallangan; 

Qalpoqli o‘qlar 

yaxlit (monolit) stabilizator-dumchasiz o‘qlar. 
bunday o‘qlar faqat qo‘lbola usulda ishlab chiqariladi: 

1-sonli qalpoqli o‘q — silindr shakli va bosh qismi sferik bo‘lgan 
o‘q, yetakchi qismi silliq, tubi botiq; 

2-sonli qalpoqli o‘q — 1-sonli o‘qdan ikkita markazlovchi 
hoshiyasi bilan farq qiladi; 

3-sonli qalpoqli o‘q (Baykal) — 1-sonli kalpoqli o‘qdan sakkizta 
markazlovchi qovurg‘alarining mavjudligi bilan farq qiladi. 
Turbinali o‘qlar 
boshqalaridan o‘zining ichida uchayotgan o‘qqa 
aylanma harakat berish uchun mo‘ljallangan parraklari bo‘lgan ochiq 
kanal mavjudligi bilan farq qiladi: 

«Yatssal» o‘qi (original) 

20-asrning boshlarida Germaniyada 
ishlab chiqarilgan g‘altak shaklli o‘q. O‘qning bosh qismi yassi, bosh 
qismning silindrsimon qismida ikkita markazlovchi halqasimon 
ariqchalar mavjud. O‘qning tashqi yetakchi qismi ham silindrsimon 
shaklda. Dumining konussimon qismi uning bosh qismiga yo‘naltirilgan 
va stabilizator vazifasini bajaradi. O‘qning uchida uchta o‘tkir burchakli 
parraklari bo‘lib, uchayotgan o‘qqa aylanma harakat berish uchun 
mo‘ljallangan; 


 280 

Mayer o‘qi (quyma) — ikkita turlicha diametrli silindr shakliga 
ega. Kichik diametrli silindr o‘qning dum qismida joylashgan. O‘qning 
ichida oltita parraklari bo‘lgan konussimon shakldagi kanal mavjud. 
O‘qning bosh qismidagi silindrda markazlovchi halqasimon hoshiya bor, 
unda oltita o‘nga og‘ma parraklar joylashgan; 

Konusli turbinali o‘q — o‘q ikkita konusdan tashkil topgan, 
og‘irlik markazi o‘qning bosh qismiga ko‘chirilgan. O‘qning ichida 
uchta chapga og‘ma parraklar joylashgan ochiq kanal mavjud. Sanoatda 
ishlab chiqarilmaydi.

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin