Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


«PSM» rusumli to‘ponchadan otilgan o‘qlardagi



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

«PSM» rusumli to‘ponchadan otilgan o‘qlardagi 
maxsus ariqchalar maydonlari izlarini taqqoslash.
Tekshirilayotgan va eksperimentdan olingan o‘qlardagi izlarni 
taqqoslashda quyidagi qoidalarga rioya etish lozim: 

tekshirilayotgan va eksperimentdan olingan namuna o‘qlar bir xil 
holatda o‘rnatiladi, chunki o‘qlarni mikroskopning optik o‘qiga nisbatan 
har qanday siljishi izlarning aniqligini keltirib chiqaradi va natijada 
kutilmagan buzilishlar paydo bo‘ladi; 

o‘q ushlagich moslamaga o‘rnatilgan o‘qlarning bosh qismini bir 
tomonga qaratib qo‘yish lozim; 


 273 

har ikki o‘qni bir xilda va o‘qlarning sirtiga nisbatan bir 
yo‘nalishda yoritish lozim; 

tekshirilayotgan va eksperimentdan olingan namuna o‘qlarni 
kattalashtirish masshtabi bir xil bo‘lishi kerak; 

tekshirilayotgan va eksperimentdan olingan namuna o‘qlarni juda 
ko‘p marta kattalashtirish mumkin emas, chunki bu holda tasvir maydoni 
kichrayadi va natijada qurolni identifikatsiya qilishga xalal beradigan 
ortiqcha detallashtirish vujudga keladi; 

izlarni o‘qlarning butun aylanasi bo‘ylab ketma-ketlikda 
taqqoslash lozim. Bir turdagi izlarni taqqoslashdan keyin, ikkinchi izlarni 
o‘rganishga o‘tiladi.
O‘qlardagi izlarning relyefi xususiyatlarini o‘rganish va ularni 
taqqoslash maqsadida o‘qlarning yon sirtlarini optik, fotoelektrik va 
shupli usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu usul profilogramma 
usuli deb ataladi. Ushbu usulda olingan o‘qlarning yon sirtlari 
profilogrammalari relyefning chuqurligi va ifodalanganlik darajasi, 
yonbosh sirtlarining tuzilishi, alohida notekisliklarni ifodalovchi 
cho‘qqilarning o‘lchami va o‘zaro masofasi hamda o‘zaro joylashishiga 
ko‘ra solishtiriladi. Prfilogrammalar qurol stvoli kanalining 
tekshirilayotgan o‘qlarda aks etgan izlarning o‘zaro o‘xshash yoki farqli 
belgilarini obyektiv baholash uchun muhim ahamiyatga ega vosita 
hisoblanadi. 
Tadqiqotlar natijalarini baholash va yakuniy xulosalarni shakllan-
tirish 
ekspertiza tadqiqotlarining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. 
Ushbu baholash faoliyati ekspertiza tadqiqotlarining butun 
jarayonini qamrab oladi. Ushbu bosqichning boshlanishida ayrim turdagi 
ekspertiza tusmollari, masalan, tekshirilayotgan o‘qdagi izlarning kelib 
chiqish mexanizmi bo‘yicha tusmollar ilgari suriladi, shu kabi alohida 
tadqiqotlar bosqichida esa asosan salbiy xususiyatga ega bo‘lgan yakuniy 
xulosalar shakllanishi mumkin. 
Tadqiqotlar natijalarini baholash bosqichida izlarda aniqlangan 
umumiy va xususiy belgilar tahlil qilinadi, ularning har biri va o‘zaro 
mos kelgan (o‘xshash bo‘lgan) yoki farq qiluvchi izlarning majmuasiga 
sifat jihatdan baho beriladi. Bunda baholash harakatlari muayyan ketma-
ketlikda, ya’ni umumiy belgilardan xususiy belgilarga o‘tish tartibida 
amalga oshirilishi lozim. 
Umumiy belgilar majmuasini o‘zaro mos kelmasligi (o‘xshash 
bo‘lmasligi) aynanlik haqida salbiy, ya’ni aynanlik yo‘q deb xulosa 


 274 
chiqarishga yetarli bo‘ladi. Masalan, tekshirilayotgan qurol stvoli 
kanalining yeyilish darajasini ifodalovchi umumiy belgilarni baholashda, 
tadqiqotga taqdim etilgan o‘qlar kuchli yeyilishga uchragan quroldan 
otilganligi, eksperimentdan olingan namuna o‘qlar esa o‘rtacha yeyilgan 
qurol stvoli kanalidan otilganligi aniqlangan bo‘lsa, u holda 
tekshirilayotgan o‘q tadqiqotga taqdim etilgan quroldan otilmagan deb 
xulosa chiqarish mumkin. 
Aynanlik mavjud deb xulosa chiqarish uchun, individual 
(takrorlanmas) majmuani tashkil etuvchi belgilarning o‘zaro mos kelishi 
talab etiladi, undan tashqari, ushbu majmua boshqa nusxadagi quroldan 
otilgan o‘qlardagi izlarda umuman takrorlanmasligi shart. 
O‘zaro mos kelmaganligini tushuntirish (izohlash) talab etiladigan 
xususiy belgilarni baholash jarayonida muayyan qiyinchiliklar tug‘ilishi 
mumkin. Ma’lumki, bir quroldan otilgan ikki o‘qdagi izlar u yoki bu 
darajada o‘zaro farq qiladi. Shuning uchun, ushbu farqlarning ahamiyati 
darajasini, ular boshqa qurol stvolining kanalini ifodalovchi belgilar 
majmuasini tashkil etishi yoki izlarning oddiy variatsiyaliligini 
ifodalashini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Otilgan o‘qlarda izlarning o‘zaro farq qilishi bir qator sabablar 
natijasida vujudga kelishi mumkin. Ularning ayrimlari patronlarning 
turlicha xususiyatlari yoki hodisa joyida va eksperiment jarayonida 
turlicha bo‘lgan o‘q otilishi sharoitlari bilan ifodalansa, boshqalari 

qurol stvoli kanalining yeyilishi, korroziyaga uchrashi va hokazolar bilan 
izohlanishi mumkin. 
Agar aniqlangan farqlar yuqorida ko‘rsatilgan sabablar oqibatida 
vujudga kelgan bo‘lsa, ularni kam ahamiyatli farqlar deb hisoblash 
mumkin. Ammo, bu kabi xulosa chiqarish uchun, individual majmua 
tashkil qiladigan belgilar kompleksi mos kelishi (o‘xshash bo‘lishi) shart. 
Agar farqlarning kelib chiqish mexanizmi na qurolning holati 
(qurolni noto‘g‘ri saqlash, ko‘p ishlatish) va na o‘q otilishining hodisa 
joyidagi va eksperimentlar jarayonidagi turlicha sharoitlar bilan 
izohlashning imkoni bo‘lmasa, ular ahamiyatli deb hisoblanadi.
Ayniyat yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosa 

narezlar maydonlari, 
narezlar va gaz chiqish tuynuklarining barcha izlaridagi chiziqlarning 
barqaror farqlarida ifodalangan umumiy belgilarning o‘zaro mos 
kelmasligi yoki umumiy belgilar mos kelgan bo‘lsa ham, xususiy 
belgilar mos kelmagan (atipik) hollarda berilishi mumkin. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin