269
ifloslanishlardan tozalanishi kerak (ayrim hollarda eksperimental o‘q
otishni qurol stvoli tozalanishidan oldin ham, keyin ham o‘tkazish lozim.
Chunki, shunda qurol stvoli tozalanishidagi o‘zgarishlar eksperiment
natijalariga ta’sir qilmaganligini bilish mumkin).
Stvol kanalidagi endi vujudga kelgan (kelayotgan) korroziyani
kimyoviy usullar bilan tozalash mumkin.
Stvol kanalidagi mis bilan
qoplanish va zanglashni «Trilon–B» (natriy tuzini etilendiamintetrauksus
kislotadagi eritmasi) yordamida ketkazish mumkin. Stvol kanalining
metallizatsiyasi (metall bilan qoplanishi)ni «RCHS» eritmasi bilan
tozalanadi.
Agar, taqdim etilgan quroldan o‘q otilishi vaqtida moylanganligi
ma’lum bo‘lsa (masalan, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish
bayonnomasidan), eksperimental o‘q otishdan oldin qurolni moylash
kerak.
Eksperiment uchun zarur bo‘lgan o‘q tutgichlarni tanlash
ishlatilayotgan o‘qlarning tuzilishiga bog‘liq. Qobiqli o‘qlarni
otish
jarayonida ushlab qolish uchun paxta, g‘ovakli rezinadan tayyorlangan
plastinalar to‘plami, texnik moylar, yuqori modulli (xususiyatlari tez
o‘zgaradigan) tolalardan foydalanish mumkin. Qobiqsiz o‘qlar esa
suyuq, petrolatumli (petrolatum
⎯
neftni qayta
ishlashda hosil
bo‘ladigan yopishqoq qoldiq modda) va xususiyatlari shunga o‘xshash
boshqa moddali o‘q tutgichlarga otiladi.
Patronlarni eksperimental o‘q otishga tayyorlash ularni tanlab olish
va ishlov berishdan iborat. Eksperiment uchun tanlangan patronlar
o‘qlarining qobig‘i materiali, boshchasining va asosi (qobiqli o‘qlar
uchun)ning shakliga ko‘ra tekshirilayotgan o‘q bilan bir xil bo‘lishi
lozim. Imkoni boricha patronlar (tekshirilayotgan o‘q tegishli bo‘lgan va
eksperimentda ishlatilayotgan)ning ishlab chiqargan korxona-zavodi va
ishlab chiqarilgan yili, seriyasi yoki partiyasi ham bir xil bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari, patronlarning o‘qida turli izlar, ezilishlar,
ishqalanish va korroziya belgilari bo‘lmasligi kerak. Agar patronlarda lak
surtilgan bo‘lsa, ushbu lakni o‘chirish (masalan, atseton yordamida)
lozim.
Eksperimentlardan so‘ng, o‘qlarni tekshirish oson va qulay bo‘lishi
uchun, eksperimentda ishlatiladigan patronlarga alohida belgi (o‘q va
gilzani tutashtiruvchi yoki gilzaning tubiga chiziq tortish yo‘li bilan)
qo‘yish kerak. Eksperiment o‘tkazish
uchun chiziq tortilgan
patronlarning barchasini, qurolga ushbu chiziqlar bir tomonga (masalan
270
faqat yuqoriga) qarab turadigan qilib joylashtirish lozim. Bunday
belgilash taqqoslash tadqiqotlari o‘tkazishda, o‘qlarda qurolning narezlar
maydonlaridan qoladigan izlarni tez topish imkonini beradi.
Ekspert eksperimentlarini tirda yoki xavfsizlikni ta’minlash imkoni
bo‘lgan binolarda o‘tkazadi. Otish vaqtida buzilishi mumkin bo‘lgan
qurollardan otish maxsus qurilma
⎯
qurolni o‘rnatish va masofadan
turib boshqarish mumkin bo‘lgan moslamadan foydalanib amalga
oshiriladi. Bunday qurilma bo‘lmaganida, slesarlik tiskalaridan
foydalanish mumkin. O‘q tutgichga porox gazlarining ta’sir qilmasligi
uchun, qurolni o‘q tutgichdan 70 — 90
sm
masofada joylashtiriladi.
Eksperimentdagi o‘q otilish soni qurol stvoli kanali devorlarining holati,
tekshirilayotgan o‘qdagi izlarning ifodalanganlik darajasi va
eksperimentlar o‘tkazish xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi, ammo o‘q otish
uchtadan kam bo‘lmasligi kerak.
Eksperiment jarayonidagi qo‘shimcha o‘q otishlar miqdori har bir
alohida holat uchun, eksperimentdan olingan namuna o‘qlarni o‘zaro
solishtirish va so‘ng ularni tadqiqot uchun taqdim etilgan o‘q bilan
solishtirish natijalaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Eksperimentdan olingan namuna o‘qlarning tubiga, o‘q otishlarning
tartibni bildiradigan tartib nomeri qo‘yiladi.
Aynan qaysi baraban kamorasidan o‘q otilganligi noma’lum bo‘lgan
revolverdan eksperiment o‘tkazishda, revolver barabanining barcha
kamoralaridan eksperimental o‘q otishni amalga oshirish kerak. Chunki,
revolver barabani kamoralari va stvol kanali o‘zaro
mos kelmay qolishi
natijasida, bir revolver barabanining turli kamoralaridan otilgan o‘qlarda
hosil bo‘ladigan izlar turlicha bo‘lishi mumkin,
Ekspert eksperimentining butun jarayoni ekspertiza xulosasining
tadqiqot qismida batafsil bayon etilishi lozim, bunda, qurol eksperiment
uchun qanday tayyorlandi, patronlarning ishlab chiqarilgan yili,
Dostları ilə paylaş: