Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Sochma o‘q (kartech) otilgan qurol stvoli kanali diametrini



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Sochma o‘q (kartech) otilgan qurol stvoli kanali diametrini 
o‘lchash sxemasi.


 289 
Qurol stvoli kanalining diametrini aniqlashda sochma o‘q va 
kartechlarning deformatsiyasini ham inobatga olish zarur, ushbu 
deformatsiyalar stvol kanali diametrini o‘lchashda xatolarga sabab 
bo‘lishi mumkin. Ushbu xatolarni bartaraf etish uchun o‘lchashlarni bir 
necha izlardan aniqlash tavsiya etiladi. 
Qurolning kalibrini aniqlash uchun, hisoblash natijasida olingan 
qurol stvoli kanalining diametri maxsus adabiyotlardagi ma’lumotlar 
bilan solishtiriladi.
Qurol stvoli kanalining izlarini o‘zida aks ettirgan har sochma o‘q va 
kartechdagi izlarning hosil bo‘lish yo‘nalishini aniqlash muhim ahamiyat 
kasb etadi. Agar ushbu yo‘nalish hali aniqlanmagan bo‘lsa, 
tadqiqotlarning hajmi sezilarli darajada ortib ketishi mumkin, chunki har 
bir sochma o‘q va kartechdagi izni ikki marta — izning boshlanishi 
sifatida uning bir tomonini, so‘ng esa qarama–qarshi tomonini belgilab 
olib tekshirishga to‘g‘ri keladi. 
Sochma o‘q va kartechlardagi izlarning boshlanishi va tugallanishi 
quyidagi belgilarga ko‘ra aniqlanishi mumkin: 

sochma o‘q va kartechlarda pij sirtining akslarining mavjudligi 
(yo‘qligi)ga; 

ta’sirlashish dog‘larining joylashishi, o‘lchamlari va miqdoriga 
(ta’sirlashish dog‘lari qurol stvoli kanali bilan ta’sirlashgan sochma o‘q 
va kartechlarning pastki, harakat yo‘nalishiga qarama–qarshi tomonga 
qaragan sirtida joylashadi); 

izning chetlaridagi «metall siljishi»ning kattaligiga (izning katta 
o‘lchamdagi «metall siljishi»ga ega bo‘lgan cheti izning tugallanishi, 
unga qarama–qarshi tomoni esa 

izning boshlanishi bo‘ladi); 

iz mikrorelyefining xususiyatlariga (izning, undagi chiziqlarning 
kam ifodalanganlik darajasiga, ayrim hollarda esa birmuncha 
sayqallangan sirtga ega bo‘lgan tomoni izning boshlanishi, kattaroq 
mikrorelyefga ega bo‘lgan qarama–qarshi tomoni 

izning tugallanishi 
bo‘ladi); 

izning to‘siq bilan urilish sohasining o‘rnashgan joyiga. 
Ushbu tadqiqotlar qurol stvoli kanalining sochma o‘qlar 
(kartechlar)dagi izlarini qurolni identifikatsiya qilish uchun yaroqli 
ekanligini aniqlash bilan yakunlanadi. 
So‘ng ekspertizaga taqdim etilgan qurolning tadqiqotlari boshlanadi. 
Ushbu qurolning tizimi, rusumi, stvol kanalining holati va o‘q otilishlar 
imkoniyati aniqlanadi. 


 290 
Tadqiqotga taqdim etilgan qurolni ko‘zdan kechirishda, avvalo 
uning o‘qlangan yoki o‘qlanmaganligi aniqlanadi. Qurolning 
patrondonida patron yoki gilza bo‘lsa, ular chiqarib olinishi kerak. 
Keyin qurolning tashqi sirti holati baholanadi, korroziya, turli 
yorilish va ta’mirlash izlari mavjudligi aniqlanadi. Ko‘zdan kechirishda 
qurolning turli qismlarida qon, soch, boshqa tolalar, tuproq, qum va 
hokazolarning mavjudligiga alohida e’tibor beriladi, agar bunday begona 
moddalar aniqlansa, ular toza paxta tamponlar yordamida olinadi. 
Ekspert qurolni tashqi ko‘zdan kechirib bo‘lganidan so‘ng, 
qurolning tuzilishi, qism va mexanizmlarini o‘rganishni boshlaydi. 
Bunda qurolning tizimi, rusumi, kalibri va stvol kanalining hususiyatlari, 
qurolning turli qismlaridagi markirovka belgilari va yorliqlarning 
mavjudligi, ularning mazmuni aniqlanadi, shuningdek qurolning qism va 
mexanizmlarining ishlash tartibi tekshirib ko‘riladi. 
Kelgusi taqqoslash tadqiqotlari uchun namunalar olish maqsadida 
taqdim etilgan qurolning o‘q otishga yaroqliligi aniqlanadi. Agar turli 
nosozliklar (qismlarning sinishi, buzilganligi, qismlarining noto‘g‘ri 
yig‘ilganligi va hokazolar) natijasida, taqdim etilgan qurol otish uchun 
yaroqsiz bo‘lsa, bunday qurolni otish uchun yaroqli holga keltirish lozim. 
Buning uchun taqdim etilgan qurolning buzuq qismlari almashtiriladi 
yoki yetishmaydigan qismlari o‘rnatiladi, qurolning otilishiga xalal 
beruvchi begona moddalar va zarrachalar olib tashlanadi. Barcha 
almashtirishlar yoki yo‘q qismlarning o‘rniga boshqasi o‘rnatilganligi 
bo‘yicha ma’lumotlar ekspertiza xulosasida bayon etiladi. 
Qurol stvoli kanalining holatiga alohida e’tibor beriladi, turli 
yorilishlar, nuqsonlar, metall ko‘chishlari va siljishlari, qurum, korroziya 
va hokazolarning mavjudligi, shuningdek plastmassa, parafin va boshqa 
moddalar qatlamlarining mavjudligi qayd etiladi. 
Qurol stvoli kanalini ko‘zdan kechirish uchun texnoendoskop, 
maxsus ko‘rish qurilmasi, optik trubka va tolali yorug‘lik o‘tkazgichli 
«TOB–VS» rusumli bronxoskop kabi qurilmalardan foydalaniladi. 
Bunday maxsus qurilmalar bo‘lmaganda esa qurol stvoli kanalini oddiy 
oyna (ko‘zgu) bilan yoritish tavsiya etiladi. Oyna yordamida qurol stvoli 
kanaliga stvolning og‘zi yoki orqa kesimi tomonidan yo‘naltirilgan 
yorug‘lik nuri stvol kanalining ichki holati hamda kerakli xususiyatlarini 
aniqlashga imkon yaratadi. 
Taqdim etilgan qurol stvoli kanalini ikki-uch dona paxta, doka yoki 
oq paxta matodan tayyorlangan tampon bilan artish lozim, chunki ushbu 


 291 
tamponning oq fonida, stvol kanalidan chiqqan modda (qurum, porox, 
moy va metall)larni o‘rganish qulay bo‘ladi. Stvol kanalidan olingan 
ifloslanishlarning xususiyatlari ekspertga, ularni eksperimentlardan oldin 
yo‘qotish usullarini tanlab olishga imkon beradi. Shu bilan birga stvol 
kanalidan olingan moddalarni, keyinchalik «Taqdim etilgan quroldan, 
uning stvoli oxirgi marta tozalanganidan so‘ng o‘q otilganmi?» degan 
savolga javob berish maqsadida kimyoviy tadqiqotlar o‘tkazish uchun 
olib qo‘yish mumkin. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin