Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Silliq stvolli o‘qotar quroldan otilgan, tekshirilayotgan



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

. Silliq stvolli o‘qotar quroldan otilgan, tekshirilayotgan 
(yuqorida) va eksperimentdan olingan (quyida) o‘q konteynerlaridagi 
izlarni taqqoslash. Markazdagi qoramtir soha 


 izlarning 
profilogrammasi. 
Konteynerning ekspertiza tadqiqotlarida undagi, qurol stvoli 
kanalining izlari bilan ushbu konteynerni tayyorlashda hosil bo‘lgan 
izlarni o‘zaro farqlash zarur bo‘ladi. 
Konteynerni tayyorlash izlari konteynerga bo‘ylama va ko‘ndalang 
tarzda joylashgan ishqalanish, shilinish va mayda ariqchalardan iborat 
bo‘ladi hamda ularning uzunligi konteynerning uzunligiga (ayniqsa, 
silindrsimon sirtlarda) teng bo‘ladi. Ishlab chiqarish qoliplaridan qolgan 
xususiyatlarni aks ettiruvchi belgilar konteynerning sirtida bir tekisda 
joylashadi. 
Qurol stvoli kanalining izlari konteyner materialining kuyish (erishi) 
bilan konteynerni tayyorlash izlaridan chegaralangan va konteynerni 
tayyorlash izlarini qoplab ketadi. Konteyner materialining bir qismi, 
konteynerning stvol kanali bo‘ylab harakatining yo‘nalishiga teskari 
tomonga siljigan bo‘ladi. Izli sohalarning atrofida, konteynerning siljigan 
materialining ko‘p qismi, konteynerning orqa stabilizatoriga yaqin 
tomonda joylashadi. Ba’zida konteynerning siljigan materiali «baliq 
tangachalari» ko‘rinishida bo‘ladi va qurol stvoli kanalining izlari 
mavjud bo‘lmasligi mumkin. 
Konteynerlardagi izlar ko‘p hollarda, ushbu konteynerlar otilgan 
o‘qotar qurollarni identifikatsiya qilish uchun yaroqli bo‘ladi. 
 
3-§. Silliq stvolli o‘qotar qurolni snaryadlardagi izlarga 
 ko‘ra identifikatsiya qilish metodikasi 
 
Ushbu turdagi ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish uchun sarflana-
digan vaqt, vositalar va ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarga aniq javob 
berish imkoniyati ekspertga taqdim etilgan dastlabki ma’lumotlarning 


 286 
hajmiga bevosita bog‘liq bo‘lganligi uchun 
dastlabki tadqiqotlar 
bosqichining ahamiyati katta bo‘ladi. Bir qator hollarda ekspertlarda, 
ekspertiza oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etish maqsadida alohida 
sharoitlarni aniqlashtirish zarurati tug‘iladi. Bu maqsadda quyidagi 
sharoitlar aniqlanishi lozim: 
— hodisa sodir bo‘lgan joyda o‘qotar qurolning qaysi stvoli (chap, 
o‘ng, yuqori, quyi)dan o‘q otilgan; 
— o‘q otilishidan so‘ng, qurolda qanday o‘zgarishlar yuz bergan;
— hodisa joyida o‘q otilgunicha quroldan necha marta o‘q otilgan;
— qurol oxirgi marta tozalanganidan so‘ng qancha vaqt o‘tgan;
— otilishda ishlatilgan patron qaysi usulda tayyorlangan. 
Ushbu sharoitlar ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda keltirilmaydi. 
Ularni aniqlash uchun ekspert ko‘rilayotgan ish bo‘yicha quyidagi 
qo‘shimcha materiallarni, ya’ni hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan 
kechirish bayonnomasi, guvoh, jabrlanuvchi va gumon qilinuvchilarni 
so‘roq qilish bayonnomasi, sud-tibbiy va sud-ballistik ekspertizalarining 
xulosalarini so‘rab olishi mumkin.
Ushbu tadqiqot bosqichi jarayonida ekspertizaga taqdim etilgan 
obyektlarning o‘rami tekshiriladi. Bunda sochma o‘qlar va kartechlarni 
to‘g‘ri o‘rab-joylashtirilganligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Sochma 
o‘q va kartechlarni noto‘g‘ri o‘rab-joylashtirish oqibatida, ulardagi qurol 
stvoli kanalining izlari yo‘qolib ketishi mumkin. Taqdim etilayotgan 
qurol stvoli kanali izlarini o‘zida aks ettirgan sochma o‘qlar, kartechlar 
yoki konteynerlar har biri alohida qog‘oz, doka yoki paxtaga o‘ralishi 
lozim. 
Alohida tadqiqotlar 
bosqichida ekspert identifikatsion vazifalarni 
bevosita bajarish uchun zarur bo‘lgan harakatlarni amalga oshiradi. 
Tadqiqotga taqdim etilgan o‘qlar, sochma o‘qlar va kartechlar hamda 
konteynerlarni ko‘zdan kechirishdan boshlanadi. Ushbu ko‘zdan 
kechirish jarayonida o‘q, sochma o‘q va kartechlar hamda 
konteynerlarning turi, miqdori, o‘rtacha o‘lchamlari va o‘rtacha og‘irligi, 
deformatsiyalanish darajasi va turli begona moddalar bilan ifloslanish 
darajasi aniqlanadi. 
Tadqiqotga taqdim etilgan snaryadlarning turi, ularning tuzilishi 
xususiyatlari, o‘lchami va og‘irligi o‘rganilgandan keyin maxsus 
adabiyotlardagi ma’lumotlar bilan solishtirib tekshirib ko‘riladi. 
Snaryadlarning deformatsiyalanish darajasi snaryad borib urilgan 
to‘siqning materialiga bog‘liq bo‘ladi. Tekshirilayotgan snaryadlarning 


 287 
alohida tadqiqotlar bosqichida aniqlangan katta deformatsiyalari, 
identifikatsion tadqiqotlarni o‘tkazish imkoniyatini yo‘qqa chiqarishi 
mumkin, chunki snaryaddagi qurol stvoli kanalining izlari ushbu 
deformatsiya natijasida butkul yo‘qolib ketishi mumkin. Bu kabi katta 
deformatsiyalar snaryadlarni qattiq to‘siqlar (suyak, metall, g‘isht, tosh, 
beton suvoq va hokazolar) bilan ta’sirlashganida vujudga kelishi 
mumkin. 
Ayrim hollarda tadqiqotga taqdim etilgan sochma o‘qlar (kartechlar, 
o‘qlar)da turli tolalar va qon qatlamlari aniqlanishi mumkin va ular 
snaryadlarning sirtidagi izlarni o‘rganishga xalal berishi mumkin. 
Shuning uchun ushbu soch va qon qatlamlarini ketkazish maqsadida, 
snaryadlarni kam miqdorda kir yuvish vositalari aralashtirilgan issiq 
suvda 2 — 30 soatgacha ivitib qo‘yish tavsiya etiladi. Bunda 
snaryadlarni paxta yoki doka matoga joylashtirish va eritma (kir yuvish 
vositasi aralashtirilgan issiq suv) va paxta (doka mato)ni muntazam 
ravishda almashtirib turilishi lozim. 
Snaryadlarni yuqoridagi eritmada ivitilganidan so‘ng, ularning 
sirtidagi tolalar va qon qatlamlari nam tamponlar yordamida olib 
tashlanadi. So‘ng tadqiqot obyektlari suv bilan yuviladi va paxta 
yordamida quritiladi. 
Quritilgan sochma o‘qlar yoki kartechlar qurol stvoli kanalining 
izlari qolgan sochma o‘q va kartechlar donalarini aniqlash maqsadida 
mikroskop ostida tekshiriladi. 
Sochma o‘q va kartechlar donalarida ta’sirlashish dog‘larining 
mavjudligi, ushbu sochma o‘q va kartechlar donalarini o‘ziga jamlagan 
polisnaryad silliq stvolli o‘qotar quroldan otilganligidan dalolat beradi.
Tadqiqotlar sochilgan va og‘ma nurlar ostida o‘tkaziladi. Sochma 
o‘q va kartechlar donalaridagi qurol stvoli kanalining izlari ellips 
shaklida bo‘ladi va ushbu ellipsning katta diametri, izdagi chiziqlarning 
yo‘nalishiga perpendikular yo‘nalgan bo‘ladi. Izning kengligi o‘lchanadi, 
undagi mikrorelyef va uning ifodalanganlik darajasi aniqlanadi. Izlarda 
yaxshi ifodalangan chiziqlar mavjud bo‘lsa, ular taqqoslash tadqiqotlari 
yoki identifikatsiya uchun yaroqli deb topiladi. Izlar maydonlarining 
kattalashishi va ulardagi yirik va mayda chiziqlar guruhidan iborat 
hamda o‘lchamlari va snaryadlardagi joylashishi betakror (individual) 
yig‘indini tashkil etadigan xususiy belgilarning miqdori ortishi bilan 
identifikatsion tadqiqotlarning samaradorligi ortadi.
Yuqoridagilardan keyin tekshirilayotgan sochma o‘q, kartech va 
konteyner otilgan qurol stvoli kanalining diametri aniqlanadi. Silliq 


 288 
stvolli qurol stvoli kanalining diametrini otilgan sochma o‘q va 
kartechlar donalaridagi izlarga ko‘ra aniqlashning bir necha usullari 
mavjud. Ushbu usullar yoki hisoblash izlarni oldindan ma’lum bo‘lgan 
shablonlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi. Masalan, V.F. 
Guchin (1973) tomonidan dastlabki ma’lumotlarni MBS mikroskopining 
okulyar-mikrometri yordamida iz qabul qiluvchi elementlarning 
segmentini o‘lchash orqali hisoblash usuli taklif qilingan. 
Izlarning profilogrammasini oldindan ma’lum bo‘lgan shablonlar 
bilan solishtirishga asoslangan usulni Y
е
.I. Stashenko va X.M. Taxo–
Godilar ishlab chiqqanlar. Ushbu usullarni qo‘llashda qurol stvoli kanali 
sirtining izlarda aks etgan kengligining 2,5 — 3,0 
mm 
gacha o‘lchami 
identifikatsion tadqiqotlar uchun yetarli bo‘lishini inobatga olish lozim.
Yuqoridagilardan tashqari, Ekspert-kriminalistik xizmatlarining 
amaliyotida hisoblash usuli ham keng tarqalgan. Ular quyidagi 
formulalar yordamida bajariladi: 
h
h
L
R
8
4 2
2
+
=
,
h
h
L
D
4
4 2
2
+
=

bu yerda: 
R
— qurol stvoli kanalining radiusi (
mm
), 
D
— qurol 
stvoli kanalining diametri (
mm
), 
L
— izning o‘ng va chap chegaralarini 
tutashtiruvchi chiziq (xorda)ning uzunligi (
mm
), 
h
— izdan xordaning 
o‘rtasiga tushirilgan perpendikular (
mm
) (53-rasm). 
53-rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin