266
Izlarni dastavval alohida, so‘ng yig‘indisi o‘rganilganidan keyin
ularni tekshirilayotgan o‘q otilishi mumkin bo‘lgan
qurolning tizimi,
rusumi va namunasini aniqlash maqsadida maxsus adabyotlardagi yoki
qurollar kolleksiyasidagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi.
Qurol stvoli kanalining o‘qlardagi izlarini mikroskopik tadqiqotlari
ushbu izlarning aniqlik darajasini, indviduallikka egaligini va ularning
identifikatsion ahamiyatini aniqlashga imkon beradi.
Boshqacha aytganda,
o‘qdagi izlarning identifikatsiya uchun yaroqliligi bo‘yicha masala hal
etiladi.
Taqdim etilgan qurolning
alohida tadqiqotlari
jarayonida quyida-
gilar aniqlanadi:
⎯
qurolning tizimi, rusumi va namunasi;
⎯
stvol kanalining holati;
⎯
ushbu quroldan o‘q otish imkoniyati.
Tadqiqotga taqdim etilgan qurolni ko‘zdan kechirishda avvalo, uning
o‘qlangan yoki o‘qlanmaganligi aniqlanadi. Qurolning patrondonida
patron bo‘lsa, uni chiqarib olish kerak. Taqdim etilgan
qurolning tuzilishi
noma’lum bo‘lgan hollarda, undan tasodifiy o‘q otish yuz bermasligi
uchun alohida ehtiyotkorlik bilan harakat qilish lozim. Xorijiy
davlatlarda ishlab chiqarilgan ayrim rusumdagi qurollarda (masalan
Walther P–38
), patrondonda patron mavjudligini maxsus signal shtifti
ko‘rsatib turadi. Jangovar holatda turgan shtift ham qurol patrondonida
patron borligidan darak bersa, zatvor tutqichida (eng chetki orqa holatda)
turgan zavtor patrondon bo‘shligidan dalolat beradi.
So‘ng qurolning tashqi holati baholanadi, korroziya, yoriqlar va
boshqa nuqsonlarning mavjudligi belgilanadi. Qurolning qismlarida qon,
soch tolalari, boshqa tolalar va hokazolarning mavjudligiga alohida
e’tibor
qaratiladi, ushbu moddalar aniqlanganda, ular toza paxta
tamponlar yordamida olinadi.
Qurolni tashqi ko‘zdan kechirib bo‘linganidan so‘ng, uning og‘irligi,
uzunligi, balandligi (to‘pponcha va revolverlarda), stvolining uzunligi,
patrondonning diametri o‘lchanadi. So‘ng qurolning quyidagi tuzilish
xususiyatlari o‘rganiladi:
⎯
qurol stvolining boshqa qismlar (asosga yoki stvol qutisi)ga
mahkamlanish usuli;
⎯
narezlarning miqdori va yo‘nalishi; yopish mexanizmining turi;
⎯
qo‘yib yuboruvchi mexanizmning xususiyatlari; urish mexanizmi,
chiqarib tashlash va qaytarish mexanizmlarining turi;
267
⎯
magazin yoki barabanning mavjudligi va uning sig‘imi;
⎯
qaytaruvchi, jangovar yoki qaytaruvchi–jangovar prujinaning
mavjudligi
va joylashishi;
⎯
saqlagichlarning mavjudligi va xususiyatlari; mo‘ljallagichlarning
xususiyatlari.
Tadqiqotlar jarayonida qurollarning markirovka belgilari va qurolni
ishlab chiqargan korxonaning yorliqlari muhim ahamiyat kasb etadi,
chunki aynan ular tekshirilayotgan qurolning tizimi, rusumi va namunasi
haqidagi ma’lumot beradi.
Qurolning tadqiqotlar jarayonida aniqlangan tuzilishi va o‘lchamiga
doir ma’lumotlar, markirovka belgilari va qurolni ishlab chiqargan
korxonaning yorliqlari turli tizim va rusumdagi qurollarning taqqoslash
bazasida berilgan ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Taqqoslash bazasi
sifatida o‘qotar qurollarning asl nusxalari kolleksiyasi (ekspert-
kriminalistik xizmatlarda bo‘lgan), sud ballistikasi bo‘yicha
maxsus va
metodik adabiyotlar, qurol ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona va
firmalarning kataloglari olinishi mumkin.
Undan keyin qurol, uning nomeri va boshqa markirovka belgilari
ko‘rinib turadigan tomonidan fotosuratga olinadi.
Fotosuratga olishdan so‘ng, qurolning qism va mexanizmlarining
o‘zaro ishlashi tekshirib ko‘riladi. Agar qurolning mexanizmlari
ishlamasa yoki
ushlanishlar bilan ishlasa, u holda qurolni qismlarga
ajratmasdan turib, buning sababini aniqlashga harakat qilish va quroldan
o‘q otish imkoni bor yoki yo‘qligini aniqlash lozim. Tekshirilayotgan
qurolning mexanizmlari ishlamasligi sabablari bo‘lib, qurol qismlarining
deformatsiyasi, ulardagi zanglash va qismlarni noto‘g‘ri yig‘ish bo‘lishi
mumkin.
Qurollarning dastlabki tadqiqotlarida uning stvol kanalini ko‘zdan
kechirishga alohida e’tibor berish lozim. Ushbu ko‘zdan kechirishda
quyidagilar aniqlanadi:
⎯
stvol kanalida moylash va o‘q otilish mahsulotlari mavjudligi;
⎯
stvol kanalining ifloslanishlari, uning devorlaridagi korroziyaning
xususiyatlari (chuqur kovakchalar yoki korrozion dog‘lar).
Stvol kanalini ko‘zdan kechirishdan oldin uni oq paxta mato bilan
artish lozim, chunki oq fonda stvol kanalidan chiqadigan qurumni
o‘rganishga qulaylik yaratadi. Stvol kanalidan olingan qurumning
xususiyatlarini o‘rganib bo‘lgandan so‘ng, ekspert uni yo‘qotish
(o‘chirish) usullarini tanlab oladi.
268
Qurol stvoli kanalini optik trubkali va tolali yoritqichlar bilan
ta’minlangan «TOB–VS» bronxoskoplari yordamida o‘rganish
tavsiya
etiladi. bu kabi qurilma bo‘lmasa, stvol kanalini oynalar yordamida
yoritib o‘rganish mumkin. Oyna yordamida qurol stvoli kanalining og‘zi
yoki orqa tomonidan yo‘naltirilgan nur kam yeyilgan stvol kanalining
narezlari jangovar va bo‘sh qirralaridan xromning sinishini o‘q kirish
joyi konusida aniqlash imkonini beradi. Bu izlar maxsus ariqchalar
maydonlarining stvol og‘zi tomoniga qarab toraygan chetlarida
joylashgan qora hoshiyalar ko‘rinishida bo‘ladi.
Stvol kanalidagi narezlar maydonlari
va narezlar tubining
metallizatsiyasi (metall bilan qoplanishi) narezlarning jangovar va bo‘sh
qirralari sohasida hamda narezlar tubining o‘rtasida, stvol kanali sirtining
butun stvolning uzunligi bo‘ylab cho‘zilgan qorayishi ko‘rinishida
ifodalanadi. Stvol kanalidagi kovakchalar esa chegaralari aniq
ifodalangan dog‘lar shaklida ko‘rinadi.
O‘qotar qurolni otilgan o‘qlardagi izlarga ko‘ra identifikatsiya
qilishda o‘tkaziladigan
Dostları ilə paylaş: