Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


partiyasi, o‘q qobig‘ining materiali va uning diametri, shuningdek



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)


partiyasi, o‘q qobig‘ining materiali va uning diametri, shuningdek 
eksperiment o‘q otishlar soni albatta ko‘rsatilishi kerak. 
Eksperimentdan olingan namuna o‘qlardagi izlar tekshirilayotgan 
qurolning belgilarining barqarorlik darajasini aniqlash maqsadida o‘zaro 
solishtiriladi. Birinchi namuna o‘qdagi izlarda aks etgan xususiy 
belgilarning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanganidan so‘ng, ushbu o‘ziga 
xos xususiyatlar boshqa o‘qlardagi izlarda aks etgan belgilar orasidan 
qidirib topiladi. Bunda o‘qdagi birlamchi izlarning chap tomonida, 
narezlar maydonlarining ikkilamchi izlarining tugallanishida hamda 


 271 
narezlarning jangovar va bo‘sh qirralari akslarida joylashgan chiziqlarga 
alohida e’tibor qaratish lozim.
Taqqoslash tadqiqotlari 
ekspertiza tadqiqotlarining muhim qismi 
hisoblanadi. Ushbu tadqiqotlarni boshlashdan oldin ekspertda 
tekshirilayotgan qurolning otilgan o‘qlarda aks etgan belgilari, 
shuningdek ushbu qurol stvol kanalining o‘ziga xos xususiyatlari haqida 
ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Ushbu bosqichda ekspertlar optik texnika 
(taqqoslovchi mikroskoplar)dan foydalanadilar. 
Taqqoslash tadqiqotlari tadqiqotga taqdim etilgan va eksperimentdan 
olingan o‘qlardagi, tekshirilayotgan qurolning tuzilishiga oid 
xususiyatlarini aks ettirgan umumiy belgilari (narezlar maydonlari 
izlarining miqdori va yo‘nalishi, ushbu izlarning kengligi va og‘ish 
burchagi)ni o‘zaro solishtirishdan boshlanadi. Ushbu umumiy 
belgilarning o‘zaro mos kelishi tekshirilayotgan qurol stvoli kanalining 
yeyilish darajasini aks ettiruvchi belgilarning solishtirish jarayonini 
boshlash uchun asos bo‘ladi. Ushbu jarayonda tekshirilayotgan qurol 
stvoli kanali narezlari maydonlarining izlarida jangovar va bo‘sh 
qirralarning belgilari aks etganligi hamda ularning o‘ziga xos 
xususiyatlari aniqlanadi; solishtirilayotgan o‘qlarda, qurol stvoli kanali 
bilan ta’sirlashmagan sohalarning mavjudligi (mavjud emasligi), bunday 
sohalarning o‘zaro joylashishi (narezlar maydonlari izlar orasida 
joylashganmi yoki ushbu izlarning o‘zida joylashganmi); birlamchi va 
ikkilamchi izlarning boshlanishidagi chiziqlarning xususiyatlari 
solishtiriladi hamda jangovar qirra aksining konturi o‘rganiladi. 
Ushbu belgilarning o‘zaro mos kelishi (o‘xshashligi) aniqlanganidan 
so‘ng, tadqiqotga taqdim etilgan va tajribadan olingan o‘qlardagi 
umumiy belgilari o‘zaro o‘xshash bo‘lgan belgilarning xususiy 
alomatlari bo‘yicha o‘xshashligini aniqlash uchun tadqiqotlar jarayoni 
boshlanadi. Bu maqsadda quyidagi xususiy belgilardan foydalaniladi: 

birlamchi yoki ikkilamchi izlarning biridagi chiziqlarning boshqa 
izlardagi chiziqlarga nisbatan ifodalanganlik darajasi va o‘lchamlari; 

narezlar maydonlari jangovar qirralari aksining yon tomondan 
ko‘rinishi. Agar tadqiqotga ko‘p sonli otilgan o‘qlar keltirilgan bo‘lsa, 
kerakli izlarni izlab topish uchun aynan shu belgi eng samarali 
hisoblanadi; 

har bir narez maydoni izining kengligi. Ushbu belgi bir narez 
maydoni izining kengligi boshqa maydonlar izlari kengligidan 0,08 
mm 
va undan kattaroq o‘lchamda farq qilganida, ahamiyatga ega bo‘ladi; 


 272 

narezlarning alohida birlamchi izlarining o‘lchami. Ushbu 
belgidan eksperimentdan olingan namuna o‘qlarni tadqiq etishda bitta 
yoki ikkita birlamchi izlarning kengligida sezilarli farq bo‘lganida 
foydalaniladi; 

gaz chiqish tuynugining izlari. 
Tadqiqotlar jarayonida kerakli izlarni qidirib topish va ularni 
umumiy belgilari bo‘yicha o‘zaro solishtirish uchun taqqoslanayotgan 
o‘qlarning yetakchi qismlarini fotografik yoyilmasidan foydalanish 
tavsiya etiladi. Fotografik yoyilmalarni o‘zaro solishtirish (yonma-yon 
tushirish) orqali izlardagi chiziqlarning o‘zaro joylashishi va kengligi 
hamda ifodalanganlik darajasi bo‘yicha o‘zaro o‘xshashligi (farqi) 
aniqlanadi. 
Tekshirilayotgan kerakli izlarni imkoniyat darajasida aniqlab olib, 
narezlar maydonlarining birlamchi va ikkilamchi izlaridagi hamda 
narezlar tubining izlaridagi chiziqlarni o‘zaro solishtirishga o‘tiladi (
51-
rasm
). Buning uchun taqqoslovchi mikroskop (MSK–1, MSK–2, 
«Peleng» va boshqalar)dan foydalaniladi. 
51-rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin