265
O‘qlardagi izlarning yo‘nalishini vizual (ko‘z bilan ko‘rib) ravishda
aniqlash mumkin. Narezlari o‘ngga og‘ma qurol stvolidan otilgan
o‘qlarda narezlar maydonlarining izlari o‘qning bo‘ylama chizig‘iga
nisbatan o‘ng tomonga og‘gan bo‘ladi, narezlari chapga og‘ma qurol
stvolidan otilgan o‘qlarda narezlar maydonlarining izlari o‘qning
bo‘ylama chizig‘iga nisbatan chap tomonga og‘gan bo‘ladi.
Narezlar maydonlarining kengligini, o‘qdagi narezlarning jangovar
va bo‘sh qirralaridan qolgan izlar mavjud bo‘lganida o‘lchash mumkin.
Turli tizim, rusum va namunadagi qurollarda ushbu miqdor turlicha
bo‘ladi. Bir tizim, rusum va namunadagi qurollarda ushbu miqdorning
o‘rtacha miqdordan, qurol ishlab chiqarishdagi texnik sharoitlar bo‘yicha
mumkin bo‘lgan chetlashishi 0,2
mm
dan oshmaydi.
Qurol stvoli kanali narezlari maydonlarining og‘ish burchagi
narezlar qadami bilan bog‘liq. O‘qlardagi izlarda ushbu belgi o‘qning
bo‘ylama chizig‘iga nisbatan ma’lum bir burchak ostida og‘ma chiziqlar
shaklida ko‘rinadi. Odatda, narezlar maydonlarining og‘ish burchagi 2
— 7ºS atrofida bo‘ladi. Unchalik katta bo‘lmagan quvvatli patronlarni
otishga mo‘ljallangan qurollar, masalan 5,6
mm
kalibrli qurollar narezlar
maydonlarining og‘ish burchagi odatda 2 — 3ºS bo‘ladi.
Gaz chiqish tuynugining oldingi cheti o‘qlarda, kengligi gaz chiqish
tuynugining diametriga teng izlar qoldiradi, ushbu izning uzunligi
narezlar maydonlari uzunligidan kattaroq bo‘ladi.
Otilgan o‘qlardagi izlarni o‘rganishda fotosuratga olish
(fotorazvertka qurilmasi yordamida), o‘qni iz qabul qiluvchi sirt (parafin,
plastina metall, fiksirlangan rentgen tasmasi)ga bosib aylantirish
(prokatka), atsetonda eritilgan selluloiddan tayyorlangan yupqa tasmada
sirt aksini hosil qilish yordamida olingan izlarning yoyilmasi
(razvertkasi)dan foydalanish mumkin (50-rasm).
50-rasm.
Dostları ilə paylaş: