298
Sochma o‘q yoki kartechni plastilin
yordamida metall yoki
plastmassa silindrga, bu silindrni esa mikroskopning o‘q ushlagich
moslamasiga mahkamlash maqsadga muvofiq. Sillik stvolli quroldan
otilgan o‘qni o‘q ushlagich moslamaning o‘ziga mahkamlanadi.
Tekshirilayotgan va tajribadan olingan namuna o‘qlardagi izlarni
taqqoslashda, narezli qurollardan otilgan o‘qlardagi izlarni taqqos-
lashdagi qoidalarga rioya etiladi. Ayrim hollarda, tekshirilayotgan
izlarning boshlanishi va tugallanishi aiqlanmaganda, bunday izlarni ikki
martadan solishtirish lozim. Izni bir yo‘nalish bo‘yicha taqqoslagandan
so‘ng, tekshirilayotgan snaryad o‘rnatilgan o‘q ushlagich moslamani
180ºSga aylantirish va tadqiqotlarni yana bir marya qaytarish lozim.
Snaryadlardagi izlar va chiziqlarni o‘rganish hamda taqqoslashda
ushbu iz va chiziqlarning yonbosh sohalarini o‘rganish bo‘yicha turli
profilagrafik usullardan foydalanish mumkin. Bunda izlarni buzib yoki
yo‘qotib
yubormaslik uchun, kontaktsiz profilografik usullar tanlanishi
lozim. Ushbu usul yordamida olingan profilogrammalar relyefning
ifodalanganlik darajasi: chuqurligi va balandligi, chuqurliklar orasidagi
masofa, alohida notekisliklarning
xususiyatlari, ularning o‘zaro
joylashishi bo‘yicha taqqoslanadi.
Tadqiqotlar natijalarini baholash va yakuniy xulosalarni
shakllantirish
ekspertiza tadqiqotlarining so‘nggi bosqichi hisoblanadi.
Ushbu jarayonda aniqlangan umumiy va xususiy belgilar, ulardagi
o‘xshashlik va farqlarning har birini va yig‘indisining ifodalanganlik
darajasi har tomonlama baholanadi. Aynan
shu baholash orqali va
o‘zining ichki ishonchi asosida ekspert muayyan bir yakuniy xulosaga
keladi. Ushbu xulosa alohida va taqqoslash tadqiqotlari natijalariga,
tadqiqotlar jarayonida aniqlangan umumiy va xususiy belgilardagi
o‘xshashliklar va farqlar yig‘indisini to‘g‘ri baholash natijalariga
asoslangan bo‘lishi kerak.
Qurol stvoli kanalining izlaridagi individual va betakror yig‘indini
tashkil qiladigan o‘xshashliklar hamda unchalik ahamiyatga ega
bo‘lmagan va izlarning deformatsiyalanishi iz hosil bo‘lish
mexanizmlarining turlichaligi bilan izohlanishi mumkin bo‘lgan
farqlarning mavjudligi ayniyat haqida xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
Taqqoslash tadqiqotlarida aniqlangan xususiy belgilar o‘rtasidagi
farqlarni baholash birmuncha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki
tadqiqotga taqdim etilgan va tajribadan olingan namuna snaryadlardagi
izlar har doim u yoki bu darajada o‘zaro farq qiladi.
Shu bois, ushbu
299
farqlarning ahamiyatini baholash lozim va buning uchun ushbu farqlar
tekshirilayotgan quroldan boshqa qurol stvoli kanali belgilarining
yig‘indisini tashkil qiladimi yoki yagona
bir qurol stvoli kanali
belgilarini aks etishining turli variantlarimi, degan savollarga javob
topish lozim.
Yagona qurol stvolidan otilgan turli snaryadlardagi izlar o‘rtasidagi
farqlar bir necha sabablarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin.
Ayrim
farqlar patronlarning turli xususiyatlari hamda hodisa sodir bo‘lgan joyda
va tajribalar jarayonidagi o‘q otilishining turlicha sharoitlari hisobiga
paydo bo‘lsa, boshqalari
⎯
ko‘p ishlatilishi natijasida qurol stvoli
kanalining ichki sirtidagi o‘zgarishlar, korroziya, shuningdek
hodisa
sodir bo‘lgan davr va tajribalar o‘tkazilgan davr orasida o‘tgan vaqt
oralig‘idagi turli o‘zgarishlar hisobiga paydo bo‘lishi mumkin.
Agar taqqoslash natijasida, tadqiqotga taqdim etilgan va tajribadan
olingan namuna snaryadlardagi izlarning xususiy belgilari o‘rtasida aniq
farqlar aniqlangan hamda ushbu farqlar mikrorelyef chiziq)larning
barqaror mos kelmasligi (o‘xshash emasligi) bilan ifodalansa, u
holda
ayniyat yo‘qligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: