Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

birinchidan

ekspertiza tadqiqotlariga hajmi katta bo‘lgan obyektlarni yuborish kerak 
bo‘lmaydi, 
ikkinchidan
, hodisa joyining o‘zida, aniqlangan shikastlar 
birorta buyum ta’sirida (masalan, mix) emas, balki aynan o‘q otilishidan 
vujudga kelganini aniqlash mumkin bo‘ladi. 
Nazarimizda, ikkinchi fikr ma’qulroq ko‘rinadi, chunki, unga ko‘ra 
ishlatilgan o‘qotar qurol va patronlar haqida ishni tergov qilishda muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni, binobarin, bu obyektlarni 
ishlatgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni ham tezkor usulda olish 
imkoniyati tug‘iladi. 
Hodisa joyida aniqlangan o‘qni ko‘zdan kechirishda bayonnomada 
quyidagilar qayd etilishi zarur: o‘qning materiali, turi (qobiqli, yarim 
qobiqli, qobiqsiz), og‘irligi, shakli, o‘lchamlari (uzunligi, yetakchi va 
asosiy qismining diametrlari), mavjud o‘yma ariqchalarning miqdori va 
o‘lchamlari, markirovka belgilarining mavjud yoki yo‘qligi, ularning 
mazmuni, o‘qning gilzaga mahkamlanish usulini alomatlari, undagi stvol 
kanalining izlari va xususiyatlari, to‘siqlar bilan uchrashish alomatlari 
hamda deformatsiyalanganligi va hokazo. 
Aniqlangan o‘q tegishli bo‘lgan patronning namunasi hamda ushbu 
o‘q otilgan o‘qotar qurolning turi, namunasi va rusumiga oid 
ma’lumotlarni olish uchun uning parametrlarini turi va namunasi 
oldindan (adabiyotlardagi jadvallardan) ma’lum bo‘lgan patronlar 
o‘qining ma’lumotlari bilan solishtirish kerak. 
Ishlatilgan o‘qotar qurol bilan noshtat patron o‘qining kalibrlari bir 
xil bo‘lganda, qurolning o‘qda qoldirgan izlari uning atipik patron o‘qi 
ekanligini bildirmaydi, ammo, ishlatilgan qurol stvoli kanalining ushbu 
quroldan noshtat patron bilan o‘q otilganligini tasdiqlovchi 
xususiyatlarini yetarlicha aniq ifoda etadi. Masalan, tekshirilayotgan TT 
to‘pponchasining 7,62 
mm 
kalibrli patroni o‘qida narezlar maydonining 
o‘ngga og‘ma, oltita izlarining mavjud bo‘lishi, ushbu o‘q o‘zi 
mo‘ljallanmagan o‘qotar quroldan otilganini bildiradi. 


 237 
O‘q va silliq stvolli qurol kalibrlari mos kelganda otilgan o‘qdagi 
izlar yaxlit bo‘ylama ishqalanishlar shaklida bo‘ladi. Agar bu 
ishqalanishlar o‘qning ayrim sohalardagina mavjud bo‘lsa yoki umuman 
kuzatilmasa (mavjud bo‘lmasa), bu holat, ushbu o‘q o‘zining kalibridan 
katta kalibrli quroldan otilganini bildiradi. 
O‘qda mavjud bo‘lgan narezlar maydonining izlari faqatgina 
o‘qning bosh va yetakchi qismida va ular notekis joylashgan yoki bu 
izlarda ayrim narezlarning maydonlari aks etmagan bo‘lsa, o‘q o‘z 
kalibridan katta kalibrli quroldan otilgan deb xulosa chiqarish mumkin. 
Bunday izlar narezlari kuchli yeyilib ketgan qurollardan otilgan o‘qlarda 
ham kuzatilishi mumkin, ammo, narezlarning qirralari kuchsiz 
ifodalangan yoki umuman ifodalanmagan, narezlar maydonlarining izlari 
esa o‘zaro simmetrik va bir tekis joylashgan bo‘ladi. 
Katta kalibrli quroldan kichik kalibrli patron otilganligining yana bir 
alomati, bu otilgan o‘q orqa qismining o‘ziga xos shaklda 
deformatsiyalanishidir, bu deformatsiyalanish oqibatida o‘q tubining 
ko‘ndalang kesimi oval shaklga ega bo‘ladi.
O‘zining kalibridan katta kalibrli quroldan, silliq stvolli quroldan, 
qirqma miltiqlardan va narezlari kuchli yeyilib ketgan qurollardan 
otilgan o‘qlar, yuqorida aytilganidek, to‘siqqa yonboshi, tubi yoki 
to‘siqqa nisbatan muayyan bir burchak ostida uriladi va natijada noaniq 
shakldagi shikastlar hosil qiladi. Ayrim hollarda, o‘qlar to‘siqqa 
yonboshi bilan urilib, to‘siqda o‘zining shakli va o‘lchamlarini 
ishqalanish halqasi yoki o‘q tegishidan hosil b
о
‘lgan teshikning konturi 
ko‘rinishida vujudga keltiradi, bu alomatlar ishlatilgan o‘qotar qurol va 
patron haqida, ayniqsa u yoki bu sabablarga ko‘ra otilgan o‘q hodisa 
joyida topilmagan hollarda muhim ma’lumot manbai bo‘lib hisoblanadi. 
O‘qlar o‘zining kalibridan kichik kalibrdagi narezli o‘qotar quroldan 
otilganda, ushbu o‘q kuchli bosim ta’sirida stvol kanalining narezlar 
bo‘yicha diametrini o‘ziga olib siqilib kiradi va natijada, uning nafaqat 
yetakchi va orqa qismlarida balki bosh qismida ham narezlar maydonlari, 
bundan tashqari narezlar tubining izlari ham yaxshi ifodalanadi. 
Bundan tashqari, noshtat patronlarni ularning kalibridan katta kalibrdagi 
o‘qotar qurollardan, kalta stvolli quroldan jangovar zaradi ko‘p bo‘lgan 
patronlarni otishda ularning porox zaradi stvol kanalida to‘liq yonishga 
ulgurmaydi va yonmagan hamda chala yongan porox zarrachalari otilgan 
snaryadning yo‘nalishi tomoniga ancha miqdorda uloqtiriladi. Ularning bir 
qismi (taqab yoki yaqin masofadan o‘q otilishida) o‘q tekkan to‘siqqa ham 
o‘tib qolishi mumkin. Ana shu porox zarrachalarini o‘rganib, patronni 
jihozlashda ishlatilgan poroxning turi va rusumini, binobarin, ishlatilgan 


 238 
patronning namunasini ham (ayrim hollarda) aniqlash mumkin. Shuning 
uchun ko‘zdan kechirish jarayonida o‘q otilishining ushbu alomati va izlarini 
aniqlash hamda imkoni boricha ko‘proq olish zarur. Buning uchun hodisa 
joyidagi o‘q otilish bilan bog‘liq barcha obyektlar sirtidagi changni toza 
mo‘yqalam bilan yig‘ish va ularni lupa yoki mikroskop yordamida tadqiq 
qilish kerak. Porox zarrachalarini aniqlash uchun amaliyotda tekshirilgan 
quyidagi usulni qo‘llash mumkin, porox zarrachalari deb, gumon qilingan 
zarrachalarga cho‘g‘ qilib qizdirilgan ignani tekkizib ko‘rish kerak, bunda 
porox donasi darhol yonib ketadi.
Ammo, porox zarrachalari hodisa joyida juda kam miqdorda 
yig‘ilgani bois, yuqoridagi termik usul uchun bir yoki ikki zarracha 
olinib, qolganlari esa, keyingi laboratoriya sharoitlarida o‘tkaziladigan 
ekspertiza tadqiqotlariga saqlab qo‘yilishi lozim. 
Jinoyat-protsessual qonunchiligi nuqtai nazaridan birorta jinoyat ishi 
yuzasidan sud-ballistik ekspertizalarini tayinlash majburiy bo‘lmasa ham, 
hodisa joyida noshtat patronlardan foydalanilganligini anglatuvchi o‘q va 
gilzalar topilgan vaqtda bunday turdagi tadqiqotlarni o‘tkazish zarurligi 
asoslangan deyish mumkin, chunki ekspertiza tadqiqotlarini boshqa birorta 
tergov harakati bilan almashtirish, hatto bu tergov harakati ekspert-krimi–
nalist ishtirokida o‘tkazilsa ham, tergov oldida turgan juda muhim savollarga 
javob berish imkoniga ega bo‘lmasligi mumkin. 
Ekspertiza samarali va muvaffaqiyatli o‘tkazilishi uchun, ularni 
o‘tkazishga sifatli va har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish kerak. Ballistik 
ekspertizalarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishga quyidagilarni kiritish 
mumkin: hodisa joyida aniqlangan o‘q va gilzalarni, sud ballistikasi 
bo‘yicha ixtisoslashgan ekspert-kriminalist ishtirokida batafsil ko‘zdan 
kechirish, daliliy ashyolarni kerakli tarzda qonunga muvofiq o‘rab–
joylashtirish, ekspertiza tayinlash haqida qaror qabul qilish va hokazo. 
Hodisa sodir bo‘lgan joyda noshtat patronlardan foydalanilganligini 
bildiruvchi o‘q va gilzalar aniqlanganda o‘tkaziladigan ballistika 
ekspertizalari jarayonida quyidagi savollarga javob olinishi mumkin: 
— taqdim etilgan o‘q (gilza) qanday patronning tarkibiy qismi 
hisoblanadi; 
— hodisa joyida aniqlangan o‘q (gilza) tegishli bo‘lgan patron 
qanday kalibr, tur, namuna va rusumdagi quroldan otish uchun 
mo‘ljallangan; 
— ushbu o‘q (gilza) o‘zi uchun mos bo‘lmagan kalibr, tur, namuna 
va rusumdagi quroldan otishda ishlatilganmi; 
— hodisa joyidan aniqlangan o‘q (otilgan gilza) qanday kalibr, tur, 
namuna va rusumdagi o‘qotar quroldan otilgan; 


 239 
— hodisa joyidan aniqlangan o‘qlar (gilzalar) bir yoki boshqa–
boshqa tur, namuna va rusumdagi qurollardan otilganmi; 
— hodisa joyidan aniqlangan o‘q va gilza aynan bir patronning 
tarkibiy qismlarimi; 
— gilza korpusining deformatsiyasi (ishib qolishi va yirtilishi)ning 
sabablari nimadan iborat. 
Yuqoridagilar noshtat patronlardan foydalanish holatlari bo‘yicha 
ekspertiza amaliyotida eng ko‘p tarqalgan savollar hisoblanadi. Ulardan 
boshqa, muayyan bir jinoyat ishi yuzasidan aniqlangan holat bo‘yicha 
savollar ham bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin