Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Noshtat patronlardan foydalanib otilgan o‘q va gilzalar



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

3-§. Noshtat patronlardan foydalanib otilgan o‘q va gilzalar 
tadqiqotining o‘ziga xos xususiyatlari 
Ekspertiza jarayonidagi kriminalistik tadqiqotlarning maqsadi, 
ko‘zdan kechirishda vujudga kelgan dastlabki tusmollar va xulosalarni 
tasdiqlash yoki inkor qilish, ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha daliliy 
yoki isbotlov ahamiyatiga ega bo‘lgan ilmiy asoslangan ma’lumotlarni 
olishdan iborat. 
Ekspert–kriminalistik tadqiqotlarning metodikasi ekspertlar oldiga 
quyilgan savollarga aniq javob berishga yo‘naltirilgan hamda muayyan 
ketma-ketlikda keladigan turli ishlar, jarayonlar va operatsiyalar 
majmuadan iborat. 
Noshtat patronlarning o‘q yoki gilzalarini tekshirish bo‘yicha 
o‘tkaziladigan tadqiqotlar shtatli patronlarning tadqiqotlar metodikasidan 
farq qilmaydi. Shuning uchun, patronlarni otishda, ulardan otish uchun 
mo‘ljallanmagan qurollardan foydalanilganlik faktini o‘z vaqtida 
aniqlash va xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, tekshirilayotgan o‘q 
va gilzalarda bo‘lgan, ushbu patronlar otishga mo‘ljallanmagan quroldan 
otilganligini ko‘rsatuvchi izlarning mavjudligi yoki yo‘qligiga e’tibor 
berish lozim. 
Noshtat patronlar bilan otishda vujudga keladigan izlarni quyidagi 
ikki guruhga ajratish mumkin: 
a) muayyan bir turdagi o‘qotar qurollarning qismlaridan qolgan 
izlar, jumladan, boyok urgichi, patron tayanchi (zatvor chuqurchasi), 
qaytargich ishchi sirti, chiqarib tashlagich ilmog‘ining izlari va hokazo; 
b) ishlatilgan qurol qismlaridan qolgan, patronning mos bo‘lmagan 
quroldan otilganligini ko‘rsatuvchi izlar (gilza korpuslarining shishib 
qolishi yoki yorilishi, o‘qlarning deformatsiyalanishi, o‘qlar sirtidagi 
narezlar maydonlari izining o‘ziga xosligi va hokazo). 


 240 
Biror o‘qotar quroldan otishda noshtat patronlardan foydalanishning 
eng asosiy sharti — bunday patronlarning ushbu qurol stvolining 
patrondoniga joylashishidir. Agar, noshtat patron gilzasining o‘lchamlari 
qurol patrondoni o‘lchamlaridan kichik bo‘lsa, u holda bunday 
patronlarni qurol patrondonida biror usulda (vaqtinchalik yoki doimiy 
moslamalar yordamida) mahkam o‘rnatilishini ta’minlash kerak. Bu 
noshtat patronning gilzasi ishlatilayotgan qurol stvolining patrondoni 
bilan uzunligi va diametri bo‘yicha mos tushish kerak degan ma’noni 
anglatadi. Chunki, patron gilzasini qurol patrondonidan biroz chiqib 
turishi (3 
mm 
gacha) yoki noshtat patronning ishlatilayotgan qurol 
magaziniga sig‘maydigan darajadagi uzunlikka ega bo‘lishi birorta 
o‘qotar quroldan noshtat patronlar bilan otishda unchalik xalal bermaydi, 
bundan tashqari, patronlarni patrondonga magazindan jo‘natmasdan, 
ularni qo‘l bilan o‘qlash mumkin. 
Noshtat patron gilzasining shakli, uzunligi va diametrlarining 
ishlatilayotgan qurolga mos kelmasligini, ushbu patron gilzasining 
korpusida unga mos kelmaydigan tur, namuna yoki rusumdagi quroldan 
foydalanib otilganligini ifodalovchi izlar ko‘rsatadi. Bu kabi izlarga 
gilzalar korpusidagi shishib qolishlar yoki yorilishlar kiradi.
Masalan, butilkasimon shakldagi gilza og‘zining silindrsimon 
shaklga kelib qolish darajasidagi ishib qolishi, uning og‘iz kesimining 
shakli aylana emas, ko‘p burchakli bo‘lib qolishi hamda ushbu gilza 
og‘iz qismining sirtida narezlar maydonlari izlarining bilinar–bilinmas 
mavjud bo‘lishi ushbu gilza tegishli bo‘lgan noshtat patron — patrondon 
diametri teng, ammo, uzunligi patron gilzasining uzunligidan kichik 
bo‘lgan o‘qotar quroldan otilganidan darak beradi.
Bunday holatni TT to‘pponchasining 7,62 
mm 
kalibrli yoki 
«Mauzer» to‘pponchasining 7,63 
mm 
kalibrli patronlarini chet elda 
ishlab chiqarilgan 9 
mm 
kalibrli birorta to‘pponchadan otilganda kuzatish 
mumkin. Bundan tashqari, noshtat patronning gilzasi korpusining qiya 
qismida, ishlatilgan qurol stvolining o‘q kirish joyidan aylana (halqa) 
shakldagi izlar hosil bo‘ladi. Ushbu halqasimon izdan ishlatilgan qurol 
stvoli patrondoni uzunligini, binobarin, qurolning guruhiy taalluqliligini 
aniqlash mumkin. Masalan, 08 R rusumli «Parabellum», «Brauning», 
PM to‘pponchalari yoki APS avtomat to‘pponchalarning 9 
mm 
kalibrli 
patron gilzalarining uzunligi bir–biridan farq qiladi, binobarin ushbu 
sanab o‘tilgan patronlar shtatli bo‘lgan qurollarning patrondonlari ham 
o‘zaro farq qiladi. Shu bilan birga, ishib qolish yoki yirtilish gilzaning 
korpusida, uning qalpoqchasi tomonida kuzatilsa, ushbu patron qurolning 
patrondoniga to‘la sig‘maganligidan hamda stvolning orqa qismidan 


 241 
anchagina chiqib turganligidan darak beradi. Bunda shishib qolishlar 
patronning kirish joyi tomonida kuzatiladi va ko‘p hollarda patron kirish 
joyining shakli va o‘lchamlari juda aniq ifodalanishi mumkin. Bunday 
holat 08 rusumli ««Parabellum»» to‘pponchasining 9 
mm 
kalibrli 
patronini TT to‘pponchasining 7,62 
mm 
kalibrli yoki Mauzer rusumli 
to‘pponchaning 7,63 
mm 
kalibrli patronlari shtatli bo‘lgan o‘qotar 
qurollardan otishda kuzatiladi. «Brauning» rusumli to‘pponchaning 9 
mm 
kalibrli kalta patronlarini yuqorida ko‘rsatilgan qurollardan otishda 
esa, hech qanday shishib qolishlar yoki boshqa o‘zgarishlar 
kuzatilmaydi, chunki, ushbu patronlarning diametri va qalpoqchasi 08 
rusumli «Parabellum» to‘pponchasi patronlaridan kichikroq bo‘ladi va 
ular qurol patrondonida erkin joylashadi. Shishib qolishlar PM va APS 
to‘pponchalarining 9 
mm 
kalibrli patronlarining xuddi shunday kalibrli 
boshqa (chet elda ishlab chiqarilgan) qurollardan otishda ham (agar, 
bunday qurollarning patrondonlari oldindan 0,5 mm ga kengaytirilgan 
bo‘lsa) kuzatilmaydi. 
Agar otilgan gilza tubining chetlari bo‘ylab ishlatilgan qurolning 
zatvor chuqurchasi chetlaridan qolgan statik izlar aniq ifodalangan 
bo‘lsa, u holda ushbu noshtat patron, o‘zining shtatli patronining 
qalpoqchasi bo‘yicha diametri kichik bo‘lgan o‘qotar quroldan 
otilganidan darak beradi, masalan, ««Brauning»» to‘pponchasining 9 
mm 
kalibrli, qalpoqchasining diametri 9,45—9,5 
mm 
bo‘lgan shtatli kalta 
patronga mo‘ljallangan quroldan PM va APS to‘pponchalarining 9 
mm 
kalibrli, qalpoqchasining diametri 9,83—9,95 
mm 
bo‘lgan patronlari 
bilan otishda ana shu holat kuzatiladi. 
To‘pponcha patroni gilzasining korpusida bo‘ylama shakldagi 
shishib qolishlar, yoriqlar yoki yirtilishlar, urgichning izi va patron 
tayanchining izi aniqlansa va boshqa qismlardan (masalan, patrondon-
dan) qolgan izlar aniqlanmasa, u holda, ushbu gilza, patrondonining 
o‘lchamlari gilzaning o‘lchamlaridan katta bo‘lgan quroldan otilgan deb 
aytish mumkin. Bu holda, noshtat patronni otish maqsadida, uni qurol 
patrondonida mahkam joylashishi uchun qog‘oz, mato bo‘lagi, 
izolyatsion lenta va hokazo maxsus «ko‘ylak» bilan o‘rash kerak va bu 
maxsus ko‘ylak patronni to‘la o‘rab olishi hamda quvur shakliga ega 
bo‘lishi kerak. Masalan, shunday usullar bilan 1900-yil namunali 
«Brauning» to‘pponchasining 7,65 
mm 
kalibrli patronini 9 
mm 
kalibrli 
to‘pponchalardan yoki istalgan to‘pponcha patronlarini ov miltiqlaridan 
otish mumkin. 
Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, noshtat patronlarni 
ularni kalibri bilan teng, kichik yoki katta kalibrdagi o‘qotar qurollardan otish 


 242 
mumkin ekan. Bunday hollarda, qurol stvoli kanalining izlari otilgan o‘qlarda 
turlicha ifodalanadi. Quyidagi jadvalda turli rusumdagi o‘qotar qurollardan 
otishda noshtat patronlar sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan zavod usulida 
yasalgan patronlarning turlari keltirilgan. 
Agar, o‘qning sirtida vujudga keladigan narezlarning izlari o‘qning 
yetakchi va orqa qismlarida alohida lavhalar shaklida aks etgan bo‘lsa, 
bu patron katta kalibrli o‘qotar quroldan otilganidan darak beradi. 
Bunday patron o‘qining tubi oval shaklga ega bo‘ladi, chunki ishlatilgan 
qurolning kalta stvoli ichida o‘q stvolning markazidan o‘tuvchi o‘qqa 
nisbatan yo‘nalishini faqat ikki marta o‘zgartirishga ulguradi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin