Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Savol va topshiriqlar 
 
1. Qo‘lbola o‘qotar qurollarga tushuncha bering. 
2. Qo‘lbola o‘qotar qurollarni tavsiflang. 
3. To‘liq qo‘lbola usulda tayyorlangan, o‘zgartirilgan va yig‘ma 
qo‘lbola qurollar deganda nimani tushunasiz? 
4. Qo‘lbola o‘qotar qurollarning tuzilishidagi boshqa o‘qotar 
qurollardan farqlovchi belgilar qanday? 
5. Stvol orqasidan o‘qlanuvchi va to‘liq qo‘lbola usulda tayyorlangan 
qurollarning tuzilishidagi xususiyatlar nimalardan iborat? 
6. Yig‘ma qo‘lbola qurollarning tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlari 
haqida so‘zlab bering. 
7. Gaz qurollarini o‘zgartirib tayyorlangan qo‘lbola o‘qotar 
qurollarning tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar haqida tushuntiring. 
8. Qo‘lbola o‘qotar qurollarni kriminalistik tadqiqotining vazifasi 
nimalardan iborat? 
9. Qo‘lbola quroldan otilgan snaryadning shikastlovchi qobiliyatini 
aniqlash deganda nimani tushunasiz? 
10. Qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmalarni o‘qotar qurollar 
turkumiga taalluqligini aniqlashda nimalarga e’tibor beriladi?
 
 
11. O‘zgartirilgan standart qurilmalarni o‘qotar qurollar turkumiga 
taalluqligini aniqlashda nimalarga e’tibor beriladi?


 225 
10-BOB. 
NOSHTAT PATRONLAR O‘Q VA GILZALARINING 
KRIMINALISTIK TADQIQOTI 
O‘qotar qurollar ishlatib sodir qilingan jinoyatlarni tergov qilish va 
ochish amaliyotida, ishlatilgan ushbu o‘qotar quroldan otishga 
mo‘ljallanmagan, ya’ni, noshtat patronlardan foydalanish holatlari 
uchrab turadi. Odatda, bu kabi hodisalar jinoyatchilarda shtatli patronlar 
bo‘lmaganda yuz beradi va ular bunday hollarda o‘zlarida bo‘lgan 
noshtat patronlarni o‘qotar qurollarga turli usullarda moslashtiradilar. 
XIX asrning oxirlaridayoq maxsus adabiyotlarda, bu turdagi 
jinoyatlarni tergov qilish va ochish, ayniqsa, narezli quroldan sochma 
o‘qlar otish yoki silliq stvolli qurollardan narezlarning izlari mavjud 
bo‘lgan o‘qlar otish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga e’tibor berilgan. 
Jinoyatchilar jinoyat sodir qilishda, ushbu qurollarning namunasi va 
rusumiga mos kelmaydigan patronlardan foydalanish usullariga 
kriminalistikaga doir dastlabki darsliklarda ta’kidlangan
1
. Sud ballistikasi 
bo‘yicha ilk monografiyalardan birining muallifi V.F. Chervakov, 
o‘qotar quroldan, ushbu qurolning kalibridan kichik kalibrli o‘qlar otish 
imkoniyatlari haqida ta’kidlar ekan, ekspertlarga otilgan o‘qlardan 
qurolning turi (namunasi, rusumi)ni aniqlash tadqiqotlari jarayonida 
qat’iy shakldagi xulosalar berishga shoshilmaslikni tavsiya etgan edi
2

1944-yilda noshtat patronlardan foydalanib o‘qotar qurollardan otish 
holatlari tadqiqotiga oid o‘zining boy tajriba va malakasiga asoslanib, 
Rossiyalik ekspert L.N. Pavlov bunday patronlarni kriminalistik 
tadqiqotning mustaqil obyekti sifatida ajratib ko‘rsatdi va ularni 
o‘rinbosar patronlar deb atashni taklif qildi
3
. Ushbu atama shartli 
ma’noga ega bo‘lsa ham, bu patronlarning ishlatilgan maqsadini u yoki 
bu tur, namuna va rusumdan otish uchun maxsus mo‘ljallangan 
patronlarni almashtirishni aniq ifodalar edi. keyinchalik «o‘rinbosar 
patronlar» atamasi sud ballistikasiga maxsus adabiyotlarda 
mustahkamlandi va kriminalistlar uchun qabul qilingan atama sifatida 
qo‘llanila boshlandi. 
1
Qarang: 
Криминалистика
. – 
М
., 2000.
2
Qarang: 
Черваков
 
В
.
Ф
.
Судебная
баллистика
.– 
М
., 2001.
3
Qarang: 
Павлов
 
Л
.
Н
.
Использование
при
стрельбе
патронов
несоответствующих
калибров

Доклад
на
научной
конференции
по
вопросам
экспертизы
огнестрельного
оружия
.–
М
., 2004. 


 226 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin