Qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmalarni o‘qotar qurollar
turkumiga taalluqligini aniqlash
.
Ekspertizaga taqdim etilgan qo‘lbola
usulda yasalgan otuvchi qurilmaning bevosita tadqiqoti oddiy ko‘zdan
kechirish (vizual) usulida quyidagilarni aniqlashdan boshlanadi:
— ushbu qurilma yaxlitmi yoki tarkibiy qismlardan iboratmi;
— qanday materialdan tayyorlangan; unda stvol yoki kanal
mavjudmi;
— kanalning tuzilishi qanday (bir yoki ikki tomoni ochiq);
— kanalning bir tomoni (orqa qismi) qattiq berkitilganmi va qanday
usulda berkitilgan (egib qo‘yilgan, payvandlangan, vint bilan burab yoki
ko‘ndalang stopor yordamida);
— ikki tomoni ochiq kanalning orqa kesimi maxsus qism (zatvor,
kolodka qalqonchasi) bilan berkitiladimi;
— bir tomoni berk stvolning devorlarida yondirish tuynugi
mavjudmi;
— stvol bilan yondirish qurilmasi yaxlit yasalganmi;
— yopish, urish, qo‘yib yuborish va boshqa mexanizmlarning
vazifasini bajaruvchi ochiq joylashgan alohida qismlari bormi.
Sanab o‘tilgan ushbu xususiyatlar otuvchi qurilmaning mavjud
tarkibiy qismlarini harakatga keltirmasdan o‘rganiladi. Ta’kidlash joizki,
qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmalar odatda, standart jangovar
qurollarning biror turiga o‘xshash qilib tayyorlanadi. Bu kabi
qurilmalardan eng oddiylari — ixtiyoriy shakldagi, bir tomoni yopiq
215
bo‘lgan silindrsimon kanal yoki bir dona quvursimon, to‘g‘ri yoxud G–
simon bir tomoni mustahkam berkitilgan stvoldan iborat bo‘ladi.
Stvolning yoki kanalning orqa tomonida, kanal devorida yondirish
tuynugi bo‘ladi.
Otuvchi qurilmaning stvoli po‘lat, temir, jez, bronza, mis yoki
aluminiy materialdan yaxlit yasalgan quvurdan iborat bo‘ladi. Rangli
metallar, jumladan, aluminiyning eritmalaridan nafaqat qo‘lbola usulda
yasalgan qurilmalar, balki standart ov qurollarning ham stvollari
yasaladi. Bundan tashqari, ko‘p miqdordagi qattiq qog‘oz qatlamlaridan
quvursimon shaklda o‘ralgan va ip yoki sim bilan o‘ralgan yoki
yog‘ochdan yasalib, metall halqalar bilan o‘ralgan stvollar ham uchraydi.
Taqdim etilgan otuvchi qurilmadagi o‘qotar qurolga mos bo‘lgan
stvol yoki kanalning mavjudligini aniqlab olgandan keyin, bu stvoldan
porox yonganida paydo bo‘ladigan hid kelayotganligi, keyin
quyidagilarning yo‘qligi aniqlanadi: og‘zidan o‘qlanuvchi stvolda —
jangovar zarad, orqasidan o‘qlanuvchi stvolda — patron yoki gilza.
Buning uchun stvol ichiga oxirigacha, yog‘ochdan yasalgan uzun va
ingichka moslama — shup kirgiziladi. Shupning stvol ichiga kirib ketgan
qismining uzunligini, tekshirilayotgan stvolning orqa qismidan stvol
og‘zigacha bo‘lgan uzunligi bilan solishtiriladi. Ushbu ikki uzunliklar
o‘qlanmagan yoki stvolida jangovar zaradi yoxud patron (gilza)
bo‘lmagan stvollarda o‘zaro mos keladi, o‘qlangan yoki stvolida
jangovar zaradi yoxud patron (gilza) bo‘lgan stvollarning ozod qismi
uzunligi shup uzunligidan kaltaroq bo‘ladi. Yoki rentgen qurilmalari
yordamida stvolning ichki tuzilishi va holatini tekshirish mumkin.
Tekshirilayotgan qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmaning
stvolidagi mavjud snaryad, patron, pij, jangovar zarad va hokazolarni
albatta chiqarib olish zarur. Bu vazifani xavfsizlik qoidalariga qat’iy
rioya etgan holda bajarish lozim.
Og‘zidan o‘qlanuvchi stvolning ichida joylashgan snaryad yoki pijni
aniqlash uchun stvol ichiga yog‘och shup kirgiziladi va juda ohista urib,
bu snaryad yoki pijning shup bilan ta’sirlashganini eshitish orqali
aniqlanadi. Keyin ushbu stvolni rezina yoki karton orasiga olib, qisqich
stanokda ohista siqiladi. So‘ng stvolning yonbosh tomonida turib, bir
tomoni yassi va ayrim shaklda bo‘lgan va dastasi shompolga ko‘ndalang
joylashgan yog‘och shompol yordamida snaryad yoki pijni joyidan
qo‘zg‘atishga harakat qilinadi. Undan so‘ng bu stvolning og‘zini pastga,
qum bilan to‘ldirilgan va ustiga qog‘oz yopilgan qutiga qaratib qisqichga
mahkamlanadi.
216
47– rasm.
Dostları ilə paylaş: |