Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

YES
), o‘lchov birligi — 
Joul/mm2
)ning qiymatlarini tahlil qilish asosida aniqlanadi. 
Bu maqsadda avvalo snaryadning kinetik energiyasi (E, o‘lchov 
birligi — 
Joul
) quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
,
2
2
mv
E
=
 
bu yerda 


 
snaryadning og‘irligi (
kg
); 
V

 
snaryadning o‘rtacha 
tezligi (
m/s
).
So‘ng, snaryadning ko‘ndalang kesimi yuzasi (S, o‘lchov birligi 
mm2
) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
,
d
S
4
2
π
=
bu yerda 
π
= 3,14 

o‘zgarmas kattalik; 


 
snaryadning diametri 
(
mm
). 


 211 
Snaryadning solishtirma kinetik energiyasi esa quyidagi formula 
yordamida aniqlanadi:
,
S
E
EC
=
 
bu yerda 


snaryadning kinetik energiyasi (Joul); 
S

snaryadning ko‘ndalang kesim yuzasi (
mm2
). 
Ushbu qiymat (
ES
) aniqlanganidan so‘ng, uni 0,5 
Joul/mm2 
bilan 
solishtiriladi, agar bu qiymat 0,5 
Dj/mm2 
ga teng yoki undan katta 
bo‘lsa, u holda tadqiq qilinayotgan obyekt yetarlicha shikast yetkazish 
qobiliyatiga ega deb hisoblanadi va eksperimentlar to‘xtatiladi. 
Agar eksperimental o‘q otishni amalga oshirishda otilgan 
snaryadning solishtirma kinetik energiyasi 0,5 
Dj/mm2 
dan kichik bo‘lsa, 
ekspert qo‘lbola qurolni o‘qlash sharoitlarini o‘zgartirishi (porox zaradi, 
snaryadning og‘irligi yoki gazlarning obtyuratsiyasini oshirishi) lozim va 
eksperimentlarni, snaryadning solishtirma kinetik energiyasi 0,5 
Dj/mm2 
qiymatga yetkunicha yoki ushbu qiymatdan ortib ketgunicha davom 
ettirishi kerak. Eksperimentlar natijalariga asoslanib, tadqiqotga taqdim 
etilgan obyektning o‘qotar qurollar guruhiga taalluqliligi bo‘yicha xulosa 
chiqariladi. Ta’kidlash joizki, taqdim etilgan qo‘lbola qurolni o‘qlash 
sharoitlarini o‘zgartirish, otish natijasida ushbu qurol buzilib ketgunicha 
davom ettirilishi kerak. 
Eksperimentlarni sochma o‘qlardan foydalanib o‘tkazishda 
solishtirma kinetik energiyani hisoblash uchun ko‘ndalang kesim yuzasi 
sifatida sochma o‘q yoki kartechning ko‘ndalang kesim yuzasi emas, 
balki stvol kanali ko‘ndalang kesimi yuzasi olinadi. Chunki, bu holda 
solishtirma kinetik energiyani, sochma o‘qlar majmuasi (dastasi, 
bog‘lami) to‘plangan holda, xuddi yaxlit snaryad kabi harakat qiladigan 
joy — qurol stvol og‘zi yaqinida aniqlanadi. 
Stvol og‘zidan o‘qlanadigan qurollarning shikastlovchi qobiliyatini 
aniqlash maqsadidagi eksperimentlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, 
bu holda otuvchi zaradning og‘irligi, snaryadning og‘irligi va qurolni 
o‘qlash sharoitlari (o‘qlash zichligi, pijning turi, snaryadning kalibri) 
oldindan ekspertga ma’lum bo‘ladi. Snaryadning solishtirma kinetik 
energiyasi ushbu omillarga bog‘liq. Shuning uchun bu holda quyidagilar 
tavsiya etiladi: tekshirilayotgan qurol stvoli kanali diametri va 
uzunligidan kelib chiqib, mos holdagi kalibrli standart patron tanlanadi, 
uni qismlarga ajratib, porox zaradining uchdan bir qismi olinadi va ushbu 
miqdordagi porox zaradi bilan eksperimental o‘q otish amalga oshiriladi. 


 212 
Snaryad sifatida mos diametrga ega bo‘lgan standart snaryad (sochma 
o‘q yoki kartech) olinishi mumkin. Agar otishda snaryad yetarlicha 
kinetik energiyaga ega bo‘lmasa, porox zaradining miqdori oshiriladi va 
o‘q otish takrorlanadi. Eksperimentlarni tekshirilayotgan quroldan 
otilgan snaryadlar yetarlicha kinetik energiyaga ega bo‘lmagunicha yoki 
qurol buzilmagunicha o‘tkazilaveradi. 
Agar eksperimental o‘q otish jarayonida, otilgan snaryadning 
solishtirma kinetik energiyasi 0,5 
Dj/mm2 
qiymatga yetishdan oldin, 
tekshirilayotgan qurol buzilsa yoki deformatsiyaga uchrasa, qurol 
qismlari ishdan chiqishi natijasida porox gazlari tashqariga chiqib ketsa 
va natijada otuvchiga xavf tug‘ilsa, ko‘rsatilgan holatlar tekshirilayotgan 
obyekt yetrlicha mustahkamlik va ishonchlilikka ega emasligidan hamda 
xavfsizlik talablariga mos kelmasligidan dalolat beradi, bu holda ushbu 
obyekt o‘qotar qurollar turkumiga kiritilmasligi lozim.
Tadqiqotlar jarayonida olingan natijalarni baholash va yakuniy 
xulosalarni shakllantirish bosqichida barcha o‘tkazilgan tadqiqotlar 
natijalari sintez qilinadi va tekshirilayotgan obyektda o‘qotar qurolga 
mos belgilar majmuasi (tuzilishi, energetikasi, xususiyatlari, 
ishonchliligi) mavjud bo‘lsa, ushbu obyektni o‘qotar qurollar guruhiga 
taalluqliligi ta’kidlanadi. 
Bundan tashqari, tadqiqotlar natijasiga bog‘liq ravishda ekspert 
tadqiqotga taqdim etilgan obyektning o‘qotar qurollar guruhiga taalluqli 
emasligi yoki savolga javob berishning imkoni yo‘qligi bo‘yicha 
asoslantirilgan xulosa qilishi ham mumkin. 
Ekspertiza xulosalarida tadqiqotga taqdim etilgan obyektning 
tayyorlash usuli ham ko‘rsatiladi. Bunda agar obyekt qo‘lbola usulda 
tayyorlangan bo‘lsa, uning kalibri, ushbu quroldan otilishi mumkin 
bo‘lgan patronlar ko‘rsatilishi hamda ushbu qurol tipiga ko‘ra (narezli 
kalta stvolli noavtomatik; kalta silliq stvolli novtomatik va hokazo) va 
turiga ko‘ra (to‘pponcha, revolver va hokazolar) tasniflanishi lozim. 
Ekspertiza xulosalariga ilova qilinadigan ko‘rgazmali material 
tadqiqot obyektlarining umumiy ko‘rinishi, obyektning tarkibiy 
qismlarining ko‘rinishi, obyektda mavjud markirovka belgilarining 
masshtabli usulda olingan suratlari, o‘ziga xos boshqa barcha 
belgilarining fotosuratlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 
Tadqiqotga taqdim etilgan qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi 
qurilmaning o‘qotar qurollar turkumiga taalluqliligini aniqlash — 
otuvchi qurilmalarning guruhiy taalluqliligini aniqlashdagi eng katta 


 213 
vazifalardan biridir. Bu kabi vazifani hal etish uchun ekspertizaga 
quyidagilar taqdim etilishi mumkin: 
— alohida turdagi o‘qotar qurolga o‘xshash to‘liq yoki qisman 
qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilma; 
— hech qanday o‘zgarishlarsiz yoki alohida turdagi o‘qotar qurolga 
o‘xshash qisman o‘zgartirilgan standart qurol (qurilish-montaj 
to‘pponchasi, raketnitsa, start to‘pponchasi yoki revolveri, pnevmatik 
vintovka yoki to‘pponcha); 
— tashqi tuzilishi jihatidan o‘qotar qurolga o‘xshatib atipik standart 
yoki qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilma (avtoruchka yoki boshqa 
buyumlar shaklidagi to‘pponchalar); 
— birorta standart mahsulotdan o‘qotar qurolga atipik holda 
yasalgan otuvchi qurilmalar (masalan, dizel forsunkadan yasalgan 
to‘pponcha); 
— standart yoki nostandart o‘qotar qurollarining turli qismlaridan 
yagona qilib yig‘ilgan qo‘lbola otuvchi qurilmalar (standart yoki 
qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmaning tugun va mexanizmlari); 
— ikkita standart yoki nostandart mahsulotlar (masalan, metall 
quvur va tokarlik keskichi) va patron
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha holatlarda tadqiqotga keltirilgan 
otuvchi qurilmaning o‘qotar qurolga tegishliligi haqidagi savolni 
tadqiqotga taqdim etilgan qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilma 
o‘qotar qurol hisoblanadimi (o‘qotar qurollar turkumiga tegishlimi) 
tarzda umumlashtirish mumkin.
Tadqiqotga taqdim etilgan obyektlarning miqdori hamda 
xususiyatlariga bog‘liq ravishda ushbu savolni quyidagicha 
alohidalashtirish mumkin: 
— taqdim etilgan qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilma o‘qotar 
qurol hisoblanadimi (o‘qotar qurollar turkumiga taalluqlimi); 
— zavod usulida yasalgan to‘pponcha o‘qotar qurol hisoblanadimi 
(o‘qotar qurollar turkumiga taalluqlimi); 
— tokarlik keskichi va ichida kichik kalibrli patroni bo‘lgan 
silindrsimon shakldagi metall quvur o‘qotar qurol hisoblanadimi (o‘qotar 
qurollar turkumiga taalluqlimi). 
Tergovchining sodir etilgan jinoyat ishining ekspertiza tayinlash 
haqidagi qarorida ko‘rsatilgan hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalaridan 
kelib chiqib ekspert, ekspertizaga berilgan, ushbu qurilmalarning ichida 
jangovar zaradi bor yoki yo‘qligi, miqdori va xususiyatlariga doir 


 214 
ma’lumotlarni aniqlaydi. Qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmani 
o‘qotar qurollar turkumiga tegishli ekanligi bo‘yicha vazifani hal etishda 
ushbu qurilmalardan o‘q otilganligi hamda o‘q otilishi qanday usulda 
bajarilganligi, bundan tashqari, otilgan snaryadlarning ta’siri qandayligi 
o‘rganiladi. Agar bu kabi ma’lumotlar ekspertiza tayinlash haqidagi 
qarorda bo‘lmasa, u holda ekspert ularni tergovchidan so‘rab bilishi 
mumkin. Taqdim etilgan obyektlar, ayniqsa, ular o‘qlangan bo‘lsa, 
xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilgan holatda tadqiq qilinadi. 
Nostandart otuvchi qurilmani, eng avvalo, ikki tomonidan, uning 
alohida qismlarining joylashishini o‘zgartirmasdan masshtabli usulda 
fotosuratga olish lozim. Agar standart otuvchi qurilma taqdim etilgan 
bo‘lsa, u holda, uning alohida qismlarining holati ishchi daftarga yozma 
ravishda qayd etiladi. Keyin, otuvchi qurilma o‘qlangan bo‘lsa, o‘qi 
chiqariladi (o‘qsizlantiriladi) va undan keyin yuqoridagi tarzda 
fotosuratga olinadi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin