Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Qo‘lbola o‘qotar qurollarning tuzilishidagi



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

 
2-§. Qo‘lbola o‘qotar qurollarning tuzilishidagi 
xususiyatlar 
Qo‘lbola o‘qotar qurollar tuzilishi jihatdan juda xilma–xil — sodda 
tuzilishga ega bo‘lgan qurollardan texnologik jihatdan murakkab 
tuzilishli qurollargacha bo‘ladi. 
Sud ballistikasi doirasida, sud–tergov va ekspertiza amaliyoti 
materiallari asosida, qo‘lbola o‘qotar qurollarning tuzilishidagi boshqa 
o‘qotar qurollardan farqlovchi belgilar majmui ishlab chiqilgan bo‘lib 
unga quyidagilar kiradi: 
— qo‘lbola o‘qotar qurol va uning tarkibiy elementlarining standart 
o‘qotar qurollardan farq qiladigan tuzilishidagi xususiyatlari; 
— qo‘lbola o‘qotar qurollarning qism, mexanizm va qurilmalarini 
tayyorlashda foydalaniladigan nostandart (ixtiyoriy tanlangan) 
materiallar; 
— qo‘lbola o‘qotar qurollarning qism, mexanizm va qurilmalarining 
past ishlov berilganlik darajasi, qo‘lbola o‘qotar qurollarni tayyorlashda, 
uning qism, mexanizm va qurilmalariga ishlov berish uchun maxsus 
uskunalarning hamda bunday qurollarni tayyorlovchi (jinoyatchi) 
shaxslarda qurol tayyorlash bo‘yicha maxsus bilimlarning yo‘qligi;
— qo‘lbola o‘qotar qurollarda qurolsozlik korxonalarini ifodalovchi 
markirovka belgilari va qurolsozlik korxonalarining texnik nazorat 
bo‘limidan maxsus tekshiruvdan o‘tganligini bildiruvchi yorliqlarning 
yo‘qlgi; 
— qo‘lbola o‘qotar qurollarning qism, mexanizm va qurilmalarining 
sirtlarida (yig‘ma qo‘lbola qurollarga xos belgi) himoya qoplamalarining 
yo‘qligi. 
Tuzilish jihatdan eng sodda hisoblangan qo‘lbola o‘qotar qurollar 
sirasiga «podjig» va «pilta miltiq» ko‘rinishida tayyorlangan qo‘lbola 
to‘pponcha va vintovkalar kiradi. Qo‘lbola o‘qotar qurollarning bu turini 
ularni o‘qlash usuliga ko‘ra «stvol og‘zidan o‘qlanuvchi (shompolli) 
namunalar» deb atash qabul qilingan

Qo‘lbola «podjig»
ikkita asosiy qism — stvol va asosdan iborat 
tuzilishga ega bo‘lgan qo‘lbola o‘qotar qurol hisoblanadi (40–rasm). 


 202 
 
 
40-rasm. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin