197
9-BOB.
QO‘LBOLA O‘QOTAR QUROLLARNING EKSPERT–
KRIMINALISTIK TADQIQOTLARI
1-§. Qo‘lbola o‘qotar qurollar tushunchasi va tavsifi
Qo‘lbola o‘qotar qurollar qo‘l o‘qotar qurollarining bir turi
hisoblanadi. Shu bois, qo‘lbola o‘qotar qurolning ta’rifi asosida qurol va
o‘qotar qurollarning ta’riflari yotadi.
Qo‘lbola o‘qotar qurollarni barcha o‘qotar qurollar orasidan ajratib
olish imkonini beradigan o‘ziga xos belgilari ushbu qo‘lbola o‘qotar
qurollarni o‘ziga xos (g‘ayrioddiy) ishlab chiqarish shart–sharoitlari, ya’ni
ishlab chiqarish texnologiyalari
asosida shakllanadi.
Shunday qilib, qo‘lbola o‘qotar qurollarning guruhini boshqa barcha
o‘qotar qurollar orasidan ajratib olish uchun tasnifiy asos bo‘lib, qurolni
qo‘lbola (noqonuniy) usulda tayyorlash hamda ushbu qurolning o‘ziga
xos xususiyatlari haqida fikrlash imkonini beradigan ishlab
chiqarish
texnologiyasi
hisoblanadi.
Qurollarni qo‘lbola usulda tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari
tayyorlangan qo‘lbola o‘qotar qurolning tuzilishida o‘z aksini topadi va
texnologik jarayonlarning past darajasi bilan ifodalanadi. Texnologik
jarayonlarning past darajasi sifatida tayyorlanayotgan qurolning
tuzilishidagi kamchiliklar (qo‘lbola o‘qotar qurollar juda sodda tuzilishga
ega bo‘lishi mumkin yoki keng taqalgan standart o‘qotar qurolning
nusxasi asos sifatida olinishi mumkin), «jinoiy (kriminal) ustaxonalar»da
kerakli asbob–uskunalarning yo‘qligi, qurolni qismlardan yig‘ish uchun
zarur qismlarning yo‘qligi (qurol tayyorlovchi zavod va korxonalardan
qurollarning turli qism va mexanizmlari o‘g‘irlab, qo‘lbola qurol
tayyorlanganda), shuningdek qo‘lbola o‘qotar
qurollarni tayyorlayotgan
shaxslarda, ushbu soha bo‘yicha maxsus bilimlarning bo‘lmasligini
aytish mumkin.
Qo‘lbola o‘qotar qurolni tayyorlash jarayonida, dastlabki )qurol
tayyorlash uchun zarur bo‘lgan) materiallar sifatida turli xil materiallar
ishlatilishi mumkin. Masalan, stvol sifatida oddiy metal quvur, «qirqma
miltiq» (silliq stvolli to‘pponcha) tayyorlash uchun ov miltig‘i va shu
kabilar.
Qo‘lbola usulda tayyorlanadigan o‘qotar qurollarni
quyidagi uch
guruhga ajratish mumkin:
1. To‘liq qo‘lbola usulda tayyorlangan o‘qotar qurollar
, uning qism
va mexanizmlari hamda otish moslamalari (qurolning qismlarini
198
tayyorlash uchun materiallar kerak shaklda yo‘niladi yoki quyiladi,
boshqa buyumlardan foydalaniladi — metall quvurni stvol sifatida va shu
kabilar) yoki qo‘lbola qurolni tayyorlashda zavodda tayyorlangan
standart
qurolning alohida qismlaridan foydalanilgan
(stvol, zatvor va boshqalar);
2. O‘zgartirilgan qo‘lbola qurollar:
⎯
o‘qotar qurollardan (ov miltiqlari, sport vintovkalari va shu
kabilarning qirqmalari);
⎯
o‘qotar qurol hisoblanmagan, ammo ishlash prinsipi o‘qotar
qurolning energetik prinsipiga asoslangan qurilma va moslamalardan
(gaz va signal to‘pponchalari hamda revolverlar, qurilish-montaj
to‘pponchalari va shu kabilar);
⎯
o‘qotar qurol hisoblanmagan, ammo tarkibiy tuzilishidagi qism
va mezxanizmlari o‘qotar qurol bilan o‘xshash bo‘lgan buyum va
qurilmalardan (pnevmatik qurol, suvosti ovi uchun
miltiq va shu
kabilar);
3. Yig‘ma qo‘lbola o‘qotar qurol
:
⎯
bir rusumdagi qurollarning standart qismi, mexanizmi va
moslamalaridan qo‘lbola usulda yig‘ilgan;
⎯
turli rusumdagi o‘qotar qurollarning standart qism, mexanizm va
moslamalaridan qo‘lbola usulda yig‘ilgan.
Yuqoridagilarga asoslanib qo‘lbola o‘qotar qurolning quyidagi
ta’rifini keltirish mumkin:
Qo‘lbola o‘qotar qurol bo‘lib jinoiy maqsadda va jinoiy qurol ishlab
chiqarish doirasida, qo‘lbola texnologiya asosida tayyorlangan o‘qotar
qurol hisoblanadi
1
.
Qo‘lbola qurol ishlab chiqarishning yakuniy mahsuloti o‘qotar
qurollarga qo‘yiladigan talablarga har doim ham mos kelmaydi.
Masalan, qo‘lbola o‘qotar qurollarda qurol uchun zarur elementlar
yetishmasligi mumkin, qo‘lbola mahsulotlarning o‘zi esa birinchi o‘q
otlishidan keyin buzilib ketishi va bunday quroldan otilgan snaryad
yetarli shikastlovchi imkoniyatlarga ega bo‘lmasligi mumkin.
Yuqoridagilar qo‘lbola usulda tayyorlangan qurollar bilan standart
o‘qotar qurollar o‘rtasidagi asosiy farqlar
hisoblanadi, standart qurollarda
qurolning sifati uni tayyorlagan zavod tomonidan kafolatlanadi.
1
Qarang:
Криминалистическая
экспертиза
оружия
и
следов
его
применения
:
Учебник
.
Dostları ilə paylaş: