Og‘zidan o‘qlanuvchi qurol stvolida jangovar zarad
mavjudligini shompol yordamida aniqlash:
1 — yondiruvchi tuynuk; 2 — shompol
Agar stvolning og‘zi tomonida birinchi bo‘lib pij joylashgan bo‘lsa,
uning uchiga ilmoq o‘rnatilgan yog‘och shompol bilan ohista chiqarib
olish mumkin. Agar birinchi bo‘lib snaryad turgan bo‘lsa, uni yoki
otuvchi qurilmani asta silkitib yoki qurilma stvoliga rezina bolg‘acha
bilan ohista urib qum solingan qutiga qoqib tushirish mumkin. Stvoldagi
jangovar zarad qurilmani silkitib qoqib tushiriladi va stvol devorlariga
yopishib qolgan jangovar zarad qoldiqlarini tushirish uchun bir uchi
yassi yog‘och shompol bilan asta qirib tushirish mumkin. Jangovar
zaradning barcha zarrachalari to‘planadi va og‘irligi o‘lchanib
jadvallarda berilgan ma’lumotlar solishtiriladi hamda bu og‘irlik u yoki
bu turdagi patron jangovar zaradning og‘irligiga mos kelish yoki
kelmasligi aniqlanadi. Stvolda mavjud bo‘lgan jangovar zaradni tekshirib
va tadqiq qilib ko‘rmasdan oldin, qurilmadan otib ko‘rish taqiqlanadi,
chunki agar jangovar zarad juda ham qattiq zichlashib qolgan yoki juda
ko‘p miqdorda bo‘lsa, qurilmaning stvoli yorilib ketishi mumkin.
Orqasidan o‘qlanuvchi stvolda mavjud bo‘lgan patron xavfsizlik
qoidalariga rioya qilingan holda odatiy usul bilan chiqarib olinadi.
Orqasidan o‘qlanadigan stvoldagi patronni nafaqat metall shompol, balki
yog‘och shompol bilan ham urib chiqarish mumkin emas, chunki bunda
patronning o‘qi gilzaning korpusini kengaytirib yanada chuqurroq
botadi, natijada patronning jangovar zaradi zichlashib qoladi. Kichik
hajmda siqilib qolgan porox esa o‘q otilishida gilza korpusi hamda
otuvchi qurilma stvolining ham yorilishiga sabab bo‘ladi. Ayrim hollarda
(stvoldan patronni chiqarib olish uchun katta kuch sarflanadigan bo‘lsa),
tasodifiy otilib ketishlarning oldini olish uchun patronning jangovar
zaradini anchagina namlash lozim.
217
Agar tekshirilayotgan otuvchi qurilma revolverga o‘xshash bo‘lsa,
uning baraban kamoralaridan iborat patrondonidagi patronlar ham
yuqoridagi usulda chiqarib olinadi.
Orqasidan o‘qlanuvchi stvolga ega bo‘lgan otuvchi qurilmalar
tadqiqotining ushbu bosqichida uning alohida tarkibiy qismlarining
ishlashi tekshirib ko‘riladi. Ammo, qurilmaning stvolidan snaryad yoki
pij, umuman patron chiqarib olinganidan keyin, uning alohida qism va
mexanizmlari ishlashini tekshirishdan oldin, ushbu tarkibiy qismlarni
turli belgilariga ko‘ra tayyorlanish sharoitlarini o‘rganish va ularning
o‘lchamlarini aniqlash kerak. Bunda otuvchi qurilma tarkibiy
qismlarinng ishlov berilganlik darajasi, sirtlarining holati, markirovka
belgilarining mavjudligi (agar ular bor bo‘lsa) va yozuvlarning mazmuni,
stvol kanalida narezlarning mavjudligi (agar ular bor bo‘lsa), miqdori va
yo‘nalishi aniqlanadi.
Otuvchi qurilma alohida tarkibiy qismlarining yuqori ishlov
berilganlik darajasi, shakllarining to‘g‘riligi va yuqori simmetriya
darajasi, markirovka belgilari, stvol kanalida o‘lchamlari, shakli va
kengligi bir xil bo‘lgan narezlarning mavjudligi, ushbu qurilmaning
zavod usulida tayyorlanganidan darak beradi. Tarkibiy qismlarning
qo‘pol ishlov berilganligi, stvollarning turli xil choklar bilan
birlashtirilganligi, o‘qotar qurollarga xos bo‘lgan markirovka
belgilarining yo‘qligi qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmalarga xos
belgilardir.
Taqdim etilgan otuvchi qurilmani o‘lchab, uning uch o‘lchovli
o‘lchamlari (uzunligi, balandligi va qalinligi), stvolining uzunligi,
stvolning eng katta va eng kichik diametrlari, shuningdek stvol og‘zining
ichki diametri (narezli qurollarda — kalibri), stvol kanali devorlarining
qalinligi anqlanadi. Agar stvolning orqa tomoni mutlaq berk bo‘lsa, u
holda stvol kanalining uzunligi ham o‘lchanadi. Ikki tomoni ochiq
stvollarda esa, patrondonning ichki diametri va uzunligi ham (agar
ifodalangan bo‘lsa) aniqlanadi. Agar stvol kanalida narezlar bo‘lsa, u
holda narezlar va ular maydonining kengligi, narezlarning og‘ish
burchaklarini o‘lchash lozim.
Narezli otuvchi qurilmaning o‘lchashlar yordamida aniqlangan
ma’lumotlari, qurilma stvoli qo‘lbola usulda yasalganmi yoki zavod
usulida tayyorlanganmi, ya’ni birorta standart o‘qotar qurolga
tegishliligini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun o‘lchashlar
natijasida olingan ma’lumotlarni maxsus adabiyotlardagi ma’lumotlar
218
bilan solishtirish yetarli bo‘ladi. Bundan tashqari, tekshirilayotgan
qurilma stvolida mavjud bo‘lgan (yaxshi ifodalangan) patrondonning
o‘lchamlari standart patronlarning o‘lchamlari albatta solishtirilishi shart.
Bunday solishtirish natijasida, tekshirilayotgan qo‘lbola usulda yasalgan
otuvchi qurilmadan qanday patronlar otilishi mo‘ljallanganligini bilish
mumkin. Ushbu tusmolni tekshirib ko‘rish uchun, otuvchi qurilmaning
stvolining patrondoniga o‘lchamlari mos keladigan patron gilzasini
kiritib ko‘rish kifoya qiladi.
Aynan shu asosda tekshirilayotgan qurilma stvolining mos holdagi
patronlar bilan otishga yetarli bo‘lgan uzunligi aniqlanadi. Og‘zidan yoki
orqasidan o‘qlanuvchi stvollarning uzunligi, shakli va diametri bo‘yicha
o‘ziga mos kelgan jangovar o‘q-dorining uzunligidan kichik bo‘lishi ham
mumkin (teng yoki uzun bo‘lishi shart emas). Bundan kelib chiqadiki,
otuvchi qurilmaning stvoli sifatida patrondonning o‘zi, revolver
barabanining kamoralari bo‘lishi mumkin. Stvolning minimal uzunligi
otuvchi qurilmaga nisbatan yaqin joylashgan nishonga otishda
xavfsizlikni ta’minlaydi hamda snaryadga kerakli yo‘nalish bera oladi.
Tekshirilayotgan otuvchi qurilma stvolining patrondoniga birorta
patronni solish imkoniyatini aniqlagandan so‘ng, ushbu qurilmaning
urgichli boyogi aynan qanday turdagi patronlar (markaziy jang patroni
yoki yonbosh va aylana jang patronlari) uchun mo‘ljallanganligini
aniqlash kerak bo‘ladi. Buning uchun qurilma boyogining ishchi qismi
patrondon yoki baraban kamorasining qaysi qismiga (markaziga yoki
birorta chetiga to‘g‘ri kelishini aniqlash kerak. Agar boyok patrondon
yoki baraban kamorasining markaziga to‘g‘ri kelsa, otuvchi qurilma
markaziy jang patronlari bilan otish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi, boyok
patrondon yoki baraban kamorasining birorta chet qismiga to‘g‘ri kelsa,
u holda otuvchi qurilma yonbosh yoki aylana jang patonlaridan otish
uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, otuvchi qurilmani qanday
turdagi patronlarga mo‘ljallanganligini aniqlashda, qurilmaning stvoli
boyokka nisbatan ikki holatda bo‘la olishi imkoniyatini ham tekshirib
ko‘rish lozim, ya’ni, qurilmaning boyogi stvolning markaziga to‘g‘ri
kelishi aniq, ammo, stvolning holati sal o‘zgartirilsa, endi boyok
stvolning aylana bo‘ylab birorta chetiga to‘g‘ri kelib qoladi. Yoki ayrim
qurilmalarda ikki tarzda ham (markaziy va yonbosh) joylashgan ikkita
boyok mavjud bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda ushbu otuvchi
qurilmadan har qanday turdagi (markaziy, yonbosh va aylanma jang)
patronni otish mumkin bo‘ladi.
219
Tekshirilayotgan qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmani
qismlarga ajratmay turib, ushbu turdagi otuvchi qurilmalar uchun zarur
bo‘lgan va turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan alohida tarkibiy
qismlarning mavjudligi, ularning sozligi va butunligi, harakatlanish
imkoniyati va o‘zaro ishlashi tekshirib aniqlanadi. Qurilma
harakatlanuvchi qismlarining o‘zaro ishlashini tekshirishda, dinamometr
yordamida, otish mexanizmini qismlarining harakatlantirish, ya’ni,
qismlarni jangovar holatga ko‘tarish, jangovar holatdan chiqarib, patron
kapsyuliga zarba berish va hokazolar uchun zarur bo‘lgan kuch miqdori
o‘lchanadi. Bundan tashqari, orqasidan o‘qlanuvchi otuvchi
qurilmalarda, zatvor yoki uning vazifasini bajaruvchi urgichning erkin
yurish imkoniyati aniqlanadi hamda zatvorni ochish uchun sarflanadigan
kuch miqdori o‘lchanadi. Bunda otuvchi qurilmalar yopish
mexanizmining qismlari otilgan gilzani patrondondan, portlovchi
moddaning yonishidan hosil bo‘lgan gazlar yordamida chiqarib
tashlagani uchun, bu gazlarning bosimi stvol kanali devorlariga nisbatan
ancha kamayishini hisobga olish lozim.
Agar tekshirilayotgan otuvchi qurilma bir-biri bilan buralib
mahkamlanadigan bo‘lsa yoki uning alohida qismlari o‘zaro vint, shurup
va shunga o‘xshashlar bilan mahkamlanadigan bo‘lsa, u holda bunday
qurilmani qismlarga ajratish va qayta yig‘ish mumkin, ammo, bu
qurilmaning qismlari buziladigan yoki qayta yig‘ishda asl holiga
qaytmaydigan bo‘lsa qismlarga ajratish tavsiya etilmaydi.
Tekshirilayotgan qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmani
tayyorlashda ishlatilgan materiallar, tayyorlash sharoitlari, stvol va
boshqa qismlarining o‘lchamlari nafaqat bu qurilmaning kelib chiqishi
hamda undan otish uchun mo‘ljallangan jangovar o‘q-dorilarning
guruhiy belgilari bo‘yicha xulosalarni shaklantirishda, balki bu
qurilmadan mos holdagi patronlar bilan otishdagi mustahkamlik
darajasini aniqlashda ham hisobga olinadi. Buning uchun orqasidan
o‘qlanadigan qurilmaning yopish moslamasining tuzilishiga e’tibor
berish zarur.
Tekshirilayotgan qurilma stvoli materialining mustahkamlik
darajasini baholashda, rangli metallarning eritmalari qora metallarning
eritmalaridan yumshoq bo‘lishini, ammo, ular nisbatan katta
qovushqoqlikka ega bo‘lishini hisobga olish zarur.
Stvolning mustahkamligini baholashda, uning o‘lchamlariga bog‘liq
ravishda stvolning uzunligini, uning tashqi diametriga nisbatiga katta
220
e’tibor beriladi. Ushbu nisbatning kattaligi stvolning mustahkamligiga
teskari proporsional bo‘ladi: stvolning uzunligi qancha kichik hamda
tashqi diametri qancha katta bo‘lsa, stvol shuncha mustahkam bo‘ladi.
Stvol kanali devorlarining qalinligi ham uning mustahkamligini,
(unchalik katta bo‘lmasa-da) ifodalaydi. Haqiqatan ham, ov
miltiqlarining yupqa devorli stvollari, ularning diametri katta bo‘lgani
uchun ancha mustahkam bo‘ladi. Xuddi ov miltiqlarining stvollari kabi
uzunlikka va qalinlikka ega bo‘lgan, ammo kalibri kichik stvollarning
mustahkamlik darajasi ancha kam bo‘ladi. Chunki bunday stvollar
egiluvchan bo‘ladi, ya’ni, o‘q otilish jaryonida vujudga keladigan
tebranishlar sababli deformatsiyalanadi. Buning natijasida snaryadning
stvol kanalidagi aylanma-kiruvchi harakati o‘zgaradi, u endi notekis–
kiruvchi harakat qiladi, buning oqibatida esa porox gazlarining stvol
kanalining devorlariga beradigan bosimi ortadi va stvolning shishib
ketishi yoki yorilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun kichik kalibrli
standart vintovkalarning stvollari qalin devorli qilib yasaladi. Bundan
tashqari, kichik kalibrli sport vintovkalarining og‘ir va qalin devorli
stvollariga, o‘q otish jarayonida og‘ir tepkining ta’sirida vujudga
keladigan tebranishlar unchalik ta’sir qilmaydi. Ammo yuqorida
aytilganlarga qaramay, qo‘lbola usulda yasalgan kichik kalibrli
qurollarning stvollari faqat qalin devorli bo‘ladi deb hisoblab bo‘lmaydi.
Agar, stvolning patrondoni uncha kam jangovar zarad bilan
jihozlangan (kam quvvatli) patronga mo‘ljallangan hamda ushbu qurol
yopish mexanizmining tuzilishi, stvol patrondonining porox gazlarining
yordamida stvoldan uloqtirib yuboriladigan gilza ta’sirida ochilishga
moslashtirilgan bo‘lsa, stvol yupqa devorli hamda va yetarli
mustahkamlikka ega bo‘lishi mumkin. Chunki, birinchidan, kam
miqdordagi zarad bilan jihozlanadigan patron otilganda, ushbu
patronning jangovar zaradi yonganida porox gazlarining bosimi kam
bo‘ladi va natijada stvol kanali devorlariga ta’sir qiladigan bosimi ham
kamayadi. Ikkinchidan, porox gazlari bosimining bir qismi otilgan
gilzani stvol patrondonidan chiqarib yuborishga sarf bo‘ladi va stvol
devorlariga yana kam bosim ta’sir qiladi.
Stvolning mustahkamlik darajasini baholashda ushbu stvolning
o‘lchamlari va xususiyatlarini standart o‘qotar qurol stvolining
o‘lchamlari va xususiyatlari bilan solishtirib ko‘rish lozim. Ushbu
solishtirish natijalariga asoslanib, tekshirilayogan stvol devorlarining
qalinligi, standart va stvolining qalinligi eng yupqa bo‘lgan ov miltig‘i
221
bilan mos tushgan (hatto ushbu ov miltig‘ining stvoli ancha eski va
ishlatish natijasida yeyilib ketgan) bo‘lsa ham, ammo, bu ov miltig‘ining
stvollari o‘q otish natijasida hech qanday buzilishga uchramagan bo‘lsa,
uning mustahkamlik darajasi yetarli deb hisoblash mumkin.
Yuqorida ta’kidlangan xulosaning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish
maqsadida, tadqiqotlarning oxirida, o‘lchamlari va boshqa ballistik
xususiyatlariga ko‘ra ushbu qurilmadan otish mumkin bo‘lgan jangovar
o‘q-dorilar bilan tekshirilayotgan otuvchi qurilmadan eksperimental o‘q
otish rejalashtiriladi. Og‘zidan o‘qlanuvchi otuvchi qurilmalarni,
o‘lchami va kalibri ushbu tekshirilayotgan qurilmaga mos bo‘lgan
standart o‘qotar quroldan otishga mo‘ljallangan, qismlarga ajratilgan
patronning porox zaradi va o‘qi bilan o‘qlash lozim.
Tekshirilayotgan qurilmani o‘qotar qurollarni otish va alohida o‘q
otish uchun yaroqliligini aniqlash bo‘yicha ekspertiza metodikasiga
asosan barcha tadqiqotlar o‘tkazilgandan keyin eksperimental o‘q otish
bajariladi. Eksperimental o‘q otish orqali tekshirilayotgan otuvchi
qurilmaning bu qurilmadan o‘q otish imkonini beradigan mustahkamlik
darajasi va muayyan turdagi jangovar o‘q-dorilar bilan otish uchun
yaroqliligi, shuningdek, uning ayrim ballistik xususiyatlari, masalan,
otilgan snaryadning uchish tezligi, teshib o‘tish qobiliyati hamda otish
g‘ujligi kabi xususiyatlari aniqlanmaydi, balki tekshiriladi.
Tekshirilyotgan obyektning o‘qotar qurollar turkumiga taalluqliligi
bo‘yicha vazifalar turi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, muayyan bir
standart o‘qotar qurolga xos bo‘lgan belgilarni aniqlash bilan hal etiladi.
Bu barcha o‘qotar qurollar ularning tuzilishidan kelib chiqadigan
umumiy belgilar orqali ifodalanishi bilan tushuntiriladi.
Ekspert amaliy faoliyatda, tashqi ko‘rinishi jihatidan birorta ham
o‘qotar qurolning turiga umuman o‘xshamaydigan qo‘lbola otuvchi
qurilmalar ham uchrashini yodda tutishi zarur. Bunday otuvchi
qurilmalarga masalan, avtoruchkalarga o‘xshash otuvchi qurilmalar yoki
eshik qulflari, hassalar va zontlarga o‘rnatilgan otuvchi qurilmalar kiradi.
Bunday qurollarni agar ularning o‘lchamlari imkon bersa, otish vaqtida
qo‘lda ushlab turish mumkin. Bundan tashqari, o‘lchamidan qat’i nazar,
otuvchi quvurlar shaklidagi qurilmalarni ushlashga qulay bo‘lishi uchun
birorta buyumga o‘rnatish mumkin bo‘ladi, masalan, bunday otuvchi
qurilmalarni eshik qulflariga niqoblangan holda o‘rnatish mumkin.
Tekshirilayotgan qo‘lbola usulda yasalgan otuvchi qurilmani o‘qotar
qurollar turkumiga taalluqliligini aniqlashda, ushbu qurilmaning tuzilishi
222
jihatidan o‘qotar qurolning muayyan bir turiga mos kelishini aniqlash
shart emas. Bunday o‘xshashlikni ta’kidlash ijobiy xulosa berish uchun
asos bo‘la olmaydi, chunki, signal to‘pponchasi yoki gaz to‘pponchasi
tuzilish jihatdan standart to‘pponchaga aynan o‘xshash lekin, ular o‘qotar
qurol hisoblanmaydi. Tekshirilayotgan yoki fotosuratda tasvirlangan
otuvchi qurilmaning tuzilishi bo‘yicha belgilari asosida uning turi va
rusumigina aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |