Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


,6 mm kalibrli xalqasimon jang ppatronini otish uchun



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

5,6 mm kalibrli xalqasimon jang ppatronini otish uchun 
mo‘ljallangan qo‘lbola bir zaradli to‘pponcha:
 
1

stvol; 2

zatvor; 3

jangovar prujinali yo‘naltiruvchi sterjen; 4

zatvor 
qutisi; 5

qo‘yib yuboruvchi ilmoq; 6

dastali asos.


 204 
Qo‘lbola o‘qotar qurollarning boshqa turlari quyidagi rasmlarda 
keltirilgan. 
42–rasm. 
9 mm kalibrli patronlarga mo‘ljallangan qo‘lbola avtomatik 
to‘pponcha.
43–rasm. 
5,6 mm kalibrli xalqasimon kapsyulli patronlarga 
mo‘ljallangan qo‘lbola revolver.
 
 
44–rasm. 
5,6 mm kalibrli xalqasimon kapsyulli patronlarga 
mo‘ljallangan «avtoruchka» tipidagi qo‘lbola otuvchi moslama. 
45–rasm. 
16 kalibrli ov miltig‘idan yasalgan
«qirqma miltiq»
 


 205 
46–rasm.
9 mm kalibrli patronlar uchun mo‘ljallab raketnitsadan 
tayyorlangan bir zaradli qo‘lbola to‘pponcha. 
— qurolning asosi uning dastasi bilan birlashgan
— burama jangovar prujina stvol ustida (atrofida) yoki 
yo‘naltiruvchi sterjenda joylashgan. 
Gaz qurollarini o‘zgartirib tayyorlangan qo‘lbola qurollar, 
shuningdek yig‘ma qo‘lbola qurollar tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar 
muayyan qiziqish uyg‘otadi. Chunki sud ballistikasiga oid maxsus 
adabiyotlarda ushbu omillar to‘liq va yetarlicha tizimli yoritilmagan. 
Yig‘ma qo‘lbola qurollarning tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar:
— ushbu qo‘lbola qurollarda, standart o‘qotar qurollarning ishlab 
chiqaruvchi tomonidan tayyorlanishi yakuniga yetmagan qism, 
mexanizm va qurilmalarining mavjudligi (barcha qismlarni yig‘ish uchun 
kerakli teshik va ariqchalar o‘yilmagan, ayrim qismlar texnologik 
toblashlarning oxirgi bosqichini o‘tamagan, himoya qoplamalari yo‘q va 
hokazoar). Masalan, qo‘lbola usulda yig‘ilgan PM to‘pponchalari uchun, 
uning stvolini asosga mahkamlovchi maxsus chig‘iri (shpilkasi) yo‘q, 
stvol asosda mahkam kiritish usulining o‘zi bilan ushlanib turadi;
— noshtat qismlarning mavjudligi. Yig‘ma qo‘lbola o‘qotar 
qurollarda qurol mexanizmidagi qismlarni o‘zaro biriktiruvchi 
elementlari butunlay boshqalariga almashtirilgan bo‘ladi. Ayrim 
hollarda, qurolning ba’zi qismlari qo‘lbola usulda tayyorlanadi (masalan, 
qurolning dastasi); 
— yaroqsiz (brak) qism va mexanizmlarning mavjudligi, masalan 
«AKS–74U» rusumli avtomat stvolining patrondoni kaltalashtirilgan 
bo‘lishi mumkin; 
— qurol qism va mexanizmlaridagi qo‘pol ishlov berilganlik 
darajasi;
— qurol qism va mexanizmlari hamda qurilmalarining joylashishi 
va o‘zaro joylashishidagi chetlanishlar. Masalan, «AK» avtomatining 


 206 
stvoli uning stvol qutisiga kerakgidan ortiqcha yaqin yoki uzoqlashtirib 
maxkamlangan (bo‘ylama siljish), gaz kamerasida egilishlar mavjud; 
— qurolning qismlarida markirovka belgilarining o‘zaro mos 
kelmasligi. 
Gaz qurollarini o‘zgartirib tayyorlangan qo‘lbola o‘qotar 
qurollarning tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar: 
— gaz qurolining tuzilishida belgilanmagan qismlarning mavjud 
bo‘lishi — qo‘shimcha stvollar va hokazolar; 
— qo‘lbola usulda tayyorlab o‘rnatilgan stvolning (stvol 
almashtirilgan bo‘lsa) qurol tuzilishidagi boshqa qismlar bilan rangi, 
materialining ko‘rinishi, ishlov berilganlik darajasiga ko‘ra farq qilishi; 
— stvol kanalining, gaz qurollarining tuzilishida ma’lum bir maqsad 
uchun mo‘ljallangan qurilmalarni buzish natijasi sifatidagi nuqsonlari, 
masalan, gaz quroli stvolidagi separatorlarning olib tashlanishi; 
— qurolning ayrim qismlarini o‘zgartirish yoki yig‘ish natijasida 
vujudga keladigan qo‘lda yoki maxsus qurilma yordamida qo‘pol ishlov 
berilganlik darajasi. Masalan, gaz quroli zavtor chuqurchasini jangovar 
patronga moslashtirish maqsadida yo‘nish izlari; baraban kamorasi va 
stvol patrondonini yo‘nish izlari; stvol orqa kesimini tashqi chetini 
qo‘lbola usulda payvandlash izlari va hokazolar; 
— tekshirilayotgan qurolning qismlarida, muayyan rusumdagi gaz 
qurollariga tegishi markirovka belgilarining mavjudligi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin