3-§. Qo‘lbola va o‘zgartirilgan qurollarni o‘qotar qurollar
turkumiga taalluqliligini aniqlash
Qo‘lbola o‘qotar qurollarning kriminalistik tadqiqotida asosan
quyidagi vazifalar bajariladi:
— tadqiqotga taqdim etilgan obyektning o‘qotar qurollar guruhiga
taalluqliligini aniqlash;
— qo‘lbola o‘qotar qurollarning guruhiy taalluqliligini aniqlash;
— qo‘lbola qurolning tayyorlanish usulini aniqlash;
— qo‘lbola qurolning otish uchun yaroqligini aniqlash;
— qo‘lbola qurolni tayyorlashda ishlatilgan alohida, standart
qurolning qism va mexanizmlarining texnik sozligini aniqlash.
Ushbu turdagi qurollarni kriminalistik ekspertizalarining dastlabki
tadqiqotlar bosqichida ekspert, taqdim etilgan materiallar bilan tanishadi.
Bu jarayonda ko‘rilayotgan jinoyat ishining mohiyati, shart–sharoitlari
207
va ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollarning mazmuni aniqlashtiriladi.
Zarur bo‘lganda ekspertiza oldiga qo‘yilgan savollar, tergovchi bilan
kelishgan holda, tahrir qilinishi mumkin va bu haqida ekspertiza
xulosasida bayon etilishi lozim.
So‘ng taqdim etilgan obyektlar o‘rami ko‘zdan kechiriladi va
o‘ramning butunligi yoki buzilganligi qayd etiladi.
Obyektlarning o‘rami ochilganidan keyin ekspert tadqiqot
obyektlarini dastlabki ko‘zdan kechiradi, uning umumiy xususiyatlari
(ko‘rinishi, miqdori va shu kabilar)ni ekspertiza tayinlash haqidagi
qarorda ko‘rsatilganlar bilan solishtiradi, ya’ni taqdim etilgan obyektlar
ekspertiza tayinlash haqidagi qarorda ko‘rsatilganiga mos kelishiga
ishonch hosil qiladi.
Tadqiqotlar jarayonida qurol bilan muomala qilishda xavfsizlik
texnikasi qoidalariga alohida e’tibor berish va taqdim etilgan qo‘lbola
qurol o‘qlangan yoki o‘qlanmaganligiga ishonch hosil qilish lozim. Agar
obyekt o‘qlangan bo‘lsa, xavfsizliq qoidalariga rioya etgan holda uni
o‘qsizlantirish, bundan oldin qurolning qism va mexanizmlarini, magazin
va barabandagi hamda stvol patrondonidagi patronlarning holatini qayd
etish lozim.
Stvol og‘zidan o‘qlanadigan (piltali, kremniyli, kapsyulli) qo‘lbola
qurollarda o‘qsizlantirishni yuqoridagi kabi amalga oshirishning imkoni
yo‘q, bunday qurollarni o‘qsizlantirishda, ularning stvolida joylashgan
snaryad, yondirish (porox) zaradining holatini qayd etishning iloji
bo‘lmaydi.
Dastlabki ko‘zdan kechirish jarayonida, tadqiqot obyektining
sirtlarida qo‘l barmoq izlari, qurol stvoli kanalida esa — o‘q otilish
mahsulotlarining mavjud bo‘lishini, ya’ni obyektni boshqa turdagi
kriminalistik ekspertizalar doirasida tadqiqot qilish imkoniyati borligini
yodda tutish zarur.
Shuning uchun sud-ballistik ekspertizalarini daktiloskopik va
kimyoviy ekspertizalardan so‘ng o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ushbu omillarni ekspertiza tayinlovchi organ (xodim) bilan kelishib
olish lozim.
Dastlabki tadqiqotlarning yakuniy qismi bo‘lib, taqdim etilgan
obyektning umumiy ko‘rinishi, standart qismlarida mavjud bo‘lgan
markirovka belgilari va yorliqlarini fotosuratga olish hisoblanadi.
Alohida tadqiqotlar bosqichida obyektning, o‘qotar qurollarning
aniq mezonlariga mosligi (mos emasligi)ni aniqlash imkonini beradigan
tuzilishi va ishlash prinsipidagi xususiyatlari tahlil qilinadi.
208
Qo‘lbola qurolning material qismlarini tadqiq qilishda, uning
mo‘ljallangan maqsadini aniqlash imkonini beradigan asosiy belgilari
mavjudligi aniqlanadi, jumladan: stvol (snaryadga yo‘naltiruvchi harakat
beruvchi mexanizm); stvol kanalini yopish qurilmasi; otish (otuvchi
zaradni yondirish uchun) qurilmasi. Bundan tashqari, qo‘lbola qurolning
qo‘shimcha elementlari — qurolni ushlash va boshqarish qurilmasi,
mo‘ljalga olish qurilmasi (mo‘ljallagich) mavjudligi aniqlanadi.
Tadqiqotga taqdim etilgan obyektning tuzilishidagi belgilarini tahlil
qilish ekspertiza xulosasida quyidagilarni o‘rganish va qayd etish
maqsad qilinadi:
— qo‘lbola qurol tuzilishining umumiy xususiyatlari (o‘lchamlari,
tarkibiy qismlarining ro‘yxati);
— qurol tuzilishi tarkibiy elementlarining alohida tavsiflarini.
Ushbu jarayonda stvolning shakli, o‘lchamlari (millimetrlarda),
materiali, tuzilishi xususiyatlari, stvol kanali (silliq, narezli), stvolda
mo‘ljallagichlarning mavjudligi va miqdori; quroldagi tutib turuvchi
element — asos, stvol qutisi va shu kabilarning ko‘rinishi, shakli,
o‘lchamlari, materialining ko‘rinishi va rangi; zatvor yoki yopish
qurilmasining turi (metall quvurning bir uchini asos ichiga botirilganligi,
qopqoq bilan berkitilganligi va hokazo), o‘lchamlari; otish mexanizmi
(qurilmasi)ning turi va tuzilishi (yondiruvchi qurilmasining turi va
tuzilishi, uning tarkibiy elementlarining xususiyatlari); qurolni ushlash
va boshqarish qurilmalarining xususiyatlari; quroldagi boshqa
elementlarning xususiyatlari aniqlanadi.
Taqdim etilgan obyektning tuzilish xususiyatlarini o‘rganishda
qurolning o‘qlash usuli, ushbu quroldan otish mumkin bo‘lgan
patronlarning turi va namunasini ham aniqlash lozim.
Ta’kidlash joizki, tadqiqotga taqdim etilgan obyektning tuzilishi
ma’lum standart o‘qotar qurol bilan o‘xshash bo‘lsa, ushbu obyektning
tarkibiy qismlarini ta’riflab yozishda ushbu standart o‘qotar qurolga mos
maxsus atamalar (masalan, asos, dasta, baraban, saqlovchi halqa,
magazin va hokazolar)dan foydalanish lozim.
Taqdim etilgan obyektning tuzilishini tahlil qilish bilan birga uning
tayyorlanish usuli haqidagi masala hal qilinadi. Bunda qurolni qo‘lbola
usulda tayyorlashning ma’lum bo‘lgan belgilari (ishlov berilganlik
darajasining qo‘polligi, markirovka belgilarining yo‘qligi va hokazolar)
e’tiborga olinadi.
209
Keyin ekspert tadqiq qilinayotgan obyektning qism va
mexanizmlarining o‘zaro ishlashini aniqlaydi. Buning uchun, aksariyat
hollarda masalan, begona buyum (modda)larni yo‘qotish uchun, uning
tuzilishini buzmagan holda qismlarga noto‘liq ajratish mumkin.
Tekshirish va tadqiqotlar natijasida taqdim etilgan obyekt o‘qotar
qurollarning asosiy belgilari majmuasiga egaligi to‘g‘risida, ya’ni tadqiq
etilayotgan obyektning mo‘ljallangan maqsadi haqida xulosa qilinadi.
Agar, taqdim etilgan obyekt o‘qotar qurollarning asosiy belgilari
majmuasiga ega emasligi aniqlansa yoki uning mo‘ljallangan maqsadi
o‘q otish bilan bog‘liq bo‘lmasa, u holda ekspertiza tadqiqoti
yakunlanadi hamda taqdim etilgan obyekt o‘qotar qurol hisoblanmaydi,
deb xulosa qilinadi.
Taqqoslash tadqiqotlari bosqichida taqdim etilgan obyekt o‘qotar
qurollarning aynan qanday turiga tegishliligi aniqlanadi. Bunda
taqqoslash uchun material sifatida maxsus adabiyotlardagi ma’lumotlar,
elektron adabiyotlar, o‘qotar qurollarning tabiiy kolleksiyalaridan
foydalanish mumkin.
Tadqiq qilinayotgan obyektning o‘qotar qurollarning boshqa
mezonlari (shikastlovchi ta’siri, mustahkamligi va ishonchligigi)ni
aniqlash maqsadida ekspert eksperimentlari o‘tkaziladi.
Tekshirilayotgan obyektni eksperiment uchun tayyorlash va uni
o‘qlash ushbu obyektning material qismlari (stvol patrondonining shakli
va o‘lchamlari, urgichning joylashishi, yopish mexanizmining tuzilishi
va hokazolar)ni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Agar obyektning
tuzilishi, ushbu obyektdan otilishi mumkin bo‘lgan patronlar haqida fikr
yuritish imkonini bersa, eksperimentlar jarayonida obyektni o‘qlash va
otishda aynan shu patronlardan foydalanish lozim. Agar, ushbu
patronlardan eksperimental otishlar jarayonida, gazlarning yetarlicha
obtyuratsiyasi (gazning snaryadlarga ta’siri) yo‘qligi hisobiga
snaryadning solishtirma kinetik energiyasining eng kichik qiymatini
olish imkoni bo‘lmasa, ekspert patronlarga qo‘shimcha ishlov berib
hamda ularni o‘zartirib yoki patronlarni «alohida o‘qlashlar metodi»dan
foydalanib, qayta tayyorlab ushbu minimal qiymatni olishi lozim.
Agar qo‘lbola o‘qotar qurolning patrondoni standart patronning
o‘lchamlariga mos kelmasa (qurol qo‘lbola patronlardan otishga
mo‘ljallangan bo‘lsa), ekspert standart patronlarning tarkibiy qismlaridan
foydalanib bunday patronlarni o‘zi tayyorlashi lozim.
210
Qo‘lbola yoki o‘zgartirilgan patronlarni alohida o‘qlash metodidan
foydalanishda ekspert tekshirilayotgan qurol stvoli kanali (baraban
kamorasi)ning diametrini aniqlashi va o‘qlashni, gazlarning yetarli
minimal obtyuratsiyasini hosil qilish uchun, otilayogan snaryadning
diametri stvol kanali diametridan 2 — 4 % ga katta bo‘ladigan qilib (agar
stvolda narezlar bo‘lsa, stvol kanalining diametri narezlardan o‘lchanadi)
hamda eksperimental o‘q otishni obyektning material qismlariga xech
qanday o‘zgartirish kiritmasdan amalga oshirishi kerak. Snaryad
materiali sifatida qo‘rg‘oshin asosli eritma olinadi. Qo‘lbola qurolni
o‘qlashdan oldin snaryadning og‘irligi va diametri o‘lchanadi.
Eksperimental o‘q otishni xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda,
masofadan turib o‘q otish imkonini beradigan qurilma yordamida
maxsus o‘q tutgichga otish va bu jarayonda snaryadning uchish tezligini
o‘lchaydigan qurilmadan foydalanish lozim.
Eksperiment jarayonida otilgan snaryadning uchish tezligi porox
gazlarining oqimi tezlikni o‘lchovchi qurilmaga ta’sir ko‘rsatmaydigan
masofada (odatda, ushbu masofa 1
metrni
tashkil qiladi) o‘lchanadi.
Eksperimental o‘q otish jarayonida xolislikni ta’minlash maqsadida
tekshirilayotgan obyektdan kamida uchta o‘q otib ko‘riladi va
eksperiment natijasida otilgan o‘q boshlang‘ich tezligining o‘rtacha
qiymati hisoblanadi.
Qo‘lbola quroldan otilgan snaryadning shikastlovchi qobiliyatini,
uning solishtirma kinetik energiyasi (
Dostları ilə paylaş: |