Pnevmatik patron.
Ushbu patronning xususiyatlari: kalibr — 4,5 mm (0.177), gilzaning
uzunligi
⎯
29 mm, patron (gilza va qalpoqcha)ning uzunligi
⎯
39 mm,
gilzaning patron kalibri bo‘yicha diametri — 0.38, patronning og‘irligi
⎯
9
gramm
. Ushbu patrondan otish uchun «Diabolo» rusumli
qo‘rg‘oshin o‘qlarning turlari
⎯
plastmassa dumchali, o‘tkir uchli po‘lat
o‘qlar yoki dumaloq po‘lat o‘qlar ishlatiladi. Gilza va qalpoqchaning
materiali
⎯
jez, klapan (nippel) materiali
⎯
po‘lat, xalqasion
zichlagichining materiali
⎯
rezina. Gilzadagi siqilgan havoning
maksimal bosimi 200
bargacha
bo‘ladi. O‘qning stvol og‘zidagi
energiyasi 7,5
Jouldan
kamroq, o‘qning stvol og‘zidagi tezligi 170
m/s
atrofida bo‘ladi.
192
Pnevmatik quroldan otilgan o‘qlarning teshib o‘tuvchi ta’siri qurol
stvoli kanalining yeyilganlik darajasi, jangovar prujina, siqilgan gazning
miqdori va o‘q otilish masofasi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.
5-§. Gaz va pnevmatik qurollar tadqiqotlarining o‘ziga xos
xususiyatlari
Gaz va pnevmatik qurrollarning ekspert–kriminalistik tadqiqotlari
quyidagi vazifalarni bajarish uchun qaratilgan:
⎯
tekshirilayotgan obyektlarning gaz va pnevmatik qurollarga
tegishliligini aniqlash;
⎯
gaz va pnevmatik qurollarning holatini aniqlash;
⎯
gaz va pnevmatik qurollarni, ulardan otilgan gilzalardagi izlarga
ko‘ra identifikatsiya qilish;
⎯
pnevmatik qurollarni, ulardan otilgan o‘qlardagi izlarga ko‘ra
identifikatsiya qilish.
Yuqoridagi kabi vazifalar o‘qotar qurollarga nisbatan ham amalga
oshiriladi, shu bois, ushbu vazifalarni faqat gaz va pnevmatik qurollarga
tegishli o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqaylik.
Ekspert–kriminalistik tadqiqotlarning muhim tarkibiy qismlaridan
biri — taqqoslash tadqiqotlari uchun namunalar olish maqsadida
o‘tkaziladigan ekspert ekspermenti hisoblanadi.
Eksperiment jarayonida, o‘q otilish chog‘ida qurolning barcha qism
va mexanizmlarining o‘zaro ishlashi xususiyatlari, gilzadagi izlarning
barqarorlik darajasi aniqlanadi.
Gilzalarda izlar to‘pponcha magaziniga yoki revolver barabaniga
patronlarni joylashtirishda, to‘pponchani o‘qlashda (patrondonga
patronni jo‘natishda), quroldan o‘q otilishida va otilgan gilzani quroldan
chiqrishda hosil bo‘ladi. Gilzalarda iz hosil bo‘lishida qurolning turli
qism va mexanimlari — jo‘natish, yopish, urish, chiqarib tashlash va
qaytarish mexanizmlari ishtirok etadi. Shuning uchun o‘q otilgan
qurolning guruhiy taalluqligi (qurolning guruhi — tizimi, rusumi va
namunasi)ni uning gilzada aks etgan izlarning umumiy belgilariga ko‘ra
aniqlanadi, xususan:
⎯
urgich (shakli, o‘lchamlari, joylashgan joyi);
⎯
qaytargich (miqdori, shakli, o‘lchamlari, joylashgan joyi);
⎯
chiqarib tashlagich ilmog‘i (o‘lchamlari, shakli, qaytargich iziga
nisbatan joylashgan joyi);
193
⎯
patron tayanchi (ishlov berilganlik darajasi, relyeflarining
yo‘nalishi, o‘lchamlari).
Gilzadagi izlarni o‘rganish jarayonida ma’lumotlar maxsus
adabiyotlaragi ma’lumotlar bilan solishtiriladi va ushbu solishtirish
natijasida qo‘llanilgan gaz quroli, uning tizimi va rusumi haqida xulosa
qilinadi.
Gaz qurollaridan eksperimental o‘q otish yopiq binolarda ishlatishga
mo‘ljallangan, tortuvchi ventilatsiya bilan jihozlangan maxsus qurilma
yordamida (masalan, Rossiya Federatsiyasining «Kriminalisticheskaya
texnika» yopiq aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilgan maxsus
qurilma)dan foydalangan holda yoki binoan tashqarida (ochiq havoda),
havo oqimi yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Eksperiment jarayonida o‘q otishning miqdori har bir
tekshirilayotgan holatdan kelib chiqib aniqlanadi va qurolning belgilarini
aks etish barqarorligiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, eksperimental
o‘q otish uchtadan kam bo‘lmasligi kerak.
Gaz revolverlarini identifikatsiya qilishda, revolver barabanining har
kamorasidan uchtadan patron otib ko‘rilishi lozim. Eksperimentda
ishlatiladigan patronlar markirovka belgilari va gilza korpusi materiali
xususiyatlariga qarab tanlanadi. Eksperimentda bir zavod (fabrika)
tomonidan va bir yilda ishlab chiqarilgan patronlardan foydalanish
tavsiya etiladi. Patronlarda shikastlanish va ishqalanishlar bo‘lmasligi
lozim.
Gaz qurolining identifikatsiya qilish o‘qotar qurolni identifikatsiya
qilish kabi o‘tkaziladi, ya’ni avval umumiy belgilar taqqoslanadi, keyin
esa xususiy belgilar — qurol qismlarining gilzada (tekshirilayotgan va
namuna-gilzalarda) aks etgan izlarida mavjud mikrorelyeflari
taqqoslanadi.
Pnevmatik qurolni otilgan o‘qlardagi izlariga ko‘ra identifikatsiya
qilishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud va ular qurolning kichik
kalibri, stvol kanalining o‘zgarishlari (yeyilishi, sirtining metallanishi)
bilan bog‘liq bo‘ladi.
Pnevmatik qurolni identifikatsiya qilishda ekspert eksperimentlari
taqqoslash tadqiqotlari uchun namuna o‘qlar olish maqsadida o‘tkaziladi,
bunda tekshirilayotgan pnevmatik qurol zarur bo‘lganda, otish uchun
yaroqli holatga keltiriladi.
Eksperiment boshlanishidan oldin, o‘qlarni, ularda mavjud turli
izlarni aniqlab olish maqsadida ko‘zdan kechirish zarur. O‘q tutgichlarda
194
o‘qlarga turli shikast yetkazmaydigan va deformatsiyaga olib
kelmaydigan materiallar (yumshoq paxta momig‘i, petrolatum, suv va
sh.k.)dan foydalanish kerak. Eksperimentlarda faqat qo‘rg‘oshin
o‘qlardan foydalanish lozim, po‘lat yoki mis qobiqli o‘qlar eksperiment
uchun to‘g‘ri kelmaydi. Eksperimentda taqqoslash tadqiqotiga zarur
namuna izlar olish uchun, yetakchi qismida maksimal darajada ko‘p
izlarni aks ettiradigan turdagi o‘qlar ishlatilishi lozim.
Pnevmatik qurol stvoli kanalidagi otilgan o‘qlardagi izlarda qurol
stvoli kanalining umumiy belgilari (qurolning klibri, narezlar miqdori,
yo‘nalishi, og‘ish burchagi, narezlar maydonlarining kengligi),
shuningdek mikrorelyefining xususiyatlari aks etadi.
O‘qlardagi izlarning umumiy belgilariga ko‘ra qurolning rusumini
aniqlash imkoniyati chegaralangan. Buning sababi, ko‘plab pnevmatik
qurollarning stvol kanalining xususiyatlari bir xil yoki o‘xshash bo‘ladi.
Bunday qurollarning stvol kanalida 12 ta (juda ko‘plab pnevmatik
qurollarda shunday) yoki 6 ta o‘ngga og‘ma narezlar bo‘ladi. Narezlar
maydonining kengligi: 12 ta narezli qurollarda 0,4–0,6
Dostları ilə paylaş: |