186
— kalibr: 8;
— magazin sig‘imi: 8 dona patron;
— gazining aerozol buluti bilan shikast yetkazish masofasi: 3
m gacha.
1
IJ–79–8 rusumli gaz to‘pponchasining tuzilishi va ishlash prinsipi:
To‘pponcha tuzilishi jihatdan sodda va ishlatish uchun juda qulay,
uning o‘lchamlari kichik, taqib yurish uchun o‘ng‘ay hamda ishlatish
uchun har doim tayyor. Ushbu to‘pponcha avtomatikasining ishlashi
ozod zatvorning qaytishiga asoslangan. Uning avtomatikasi xuddi
jangovar qurollarga o‘xshagan bo‘lib (masalan, PM to‘pponchasi)
otilgan gilzani stvoldan chiqarish va quroldan uloqtirish, urib–quyib
yuboruvchi mexanizmni jangovar holatga ko‘tarish va navbatdagi
patronni magazindan olib, patrondonga jo‘natish jarayonlarini qmrab
oladi. Bu qurolda avtomatik tepkili urib–quyib yuboruvchi
mexanizmning mavjudligi tufayli, faqat birinchi otishda tepki jangovar
holatga ko‘tariladi, keyingi otishlarda esa tepki avtomatik ravishda o‘zi
ko‘tariladi. Qurol magazinidagi barcha patronlar otib bo‘linganda,
qurolning zatvori zatvor ushlagichi bilan ushlanadi va eng chetki orqa
holatda turib qoladi.
IJ–77–8 rusumli gaz to‘pponchasini ishlatishning xavfsizligi aniq
ishlaydigan saqlagich bilan ta’minlanadi. To‘pponcha bayroqsimon
saqlagichga ega bo‘lib, bu saqlagich zatvorning chap tomonida
joylashgan. Ushbu saqlagichni «saqlovchi» holatga o‘tkazilganda tepki
jangovar holatdan chiqariladi va shu bilan bir vaqtda saqlagichning
berkituvchi qirrasi bilan tepki ushlab qolinadi. Bu holatda ushlab
qolingan tepki urgichga zarba bera olmaydi va zavtorning orqaga
ketishiga imkon bermaydi, ya’ni na o‘q otilishi va na qurolni qayta
o‘qlash yuz bermaydi. Bu holda qurolning zatvori to‘laligicha
berkitiladi
2
.
Gaz to‘pponcha va revolverlari maxsus turli signallar berish uchun
mo‘ljalangan raketnitsalar bilan ham otishi mumkin. Buning uchun gaz
qurollarining komplektiga maxsus moslama (nasadka) kiritilgan bo‘lib,
bu moslama qurolning stvoliga burab maxkamlanadi. Bu moslamaga
raketnitsa o‘rnatiladi, keyin to‘pponcha yoki revolver bo‘sh patron bilan
o‘qlanadi. Bu bo‘sh patron otilganda raketnitsa 25 — 30 metrgacha
1
Qarang:
Григорьев П . Л . Современные
газовые
пистолеты
и
револьверы
.
—
М
., 2001. —
С
.31.
2
Qarang: O‘sha manba —
Б
. 37.
187
uchishi mumkin. Faqat Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqariladigan gaz
qurollarida bunday raketnitsalarni otish mumkin emas, ular buning uchun
mo‘ljallanmagan.