181
Gaz to‘pponchalarida, gaz revolverlaridan farqli ravishda, separa-
torlar, qurol zatvorining orqaga ketishi va to‘pponcha avtmatikasini
ishlashi maqsadida, qurolni orqaga tepishiga imkon yaratadi.
Separatorli qurollar bilan bir qatorda, separatorsiz gaz qurollari ham
uchrab turadi. Bunday qurollarning stvoli ikki xil vazifani bajaradi va bu
qurollardan gaz patronlarini ham, mayda sochma o‘qli patronlarni ham
otish mumkin.
Qalinligi 2 — 4
mm
bo‘lgan, qurol stvoli bilan yaxlit yasalgan,
to‘g‘ri to‘rt burchak bo‘rtiq shakldagi separatorli qurollar keng tarqalgan
gaz qurollarida hisoblanadi.
Separatorlar stvol kanalining bir qismida joylashgan bir elementli va
stvol kanalining turli qismlarida joylashgan ko‘p elementli bo‘lishi
mumkin.
Gaz qurolining yopish mexanizmi gaz qurolidan otishda stvol
kanalining orqa kesimini yopish uchun mo‘ljallangan. Yopish mexa-
nizmlarining tuzilishi gaz qurolining turiga qarab, quyidagicha bo‘lishi
mumkin:
⎯
gaz to‘pponchalarida ozod (inersion) zatvor. Bu zatvor gaz
qurolidan otishda qurol stvoli bilan mahkamlanmagan bo‘ladi, quroldan
otish bajarilganidan keyin bunday zatvor orqaga harakat qiladi va gilzani
chiqarib tashlaydi;
⎯
gaz revolverlarida
⎯
gaz revolveridan o‘q otilishida, gilza
tayanadigan asos yoki stvolning orqa kesimi.
Gaz to‘pponchalarining ishlash avtomatikasi ozod zatvorning orqaga
harakatlaniishiga asoslangan, bunday zatvor og‘ir va to‘pponcha zatvor–
kojuxi bilan yaxlit qilib yasalgan bo‘ladi.
Gaz qurollarining otish mexanizmi tepkili, urgichli, tepkili–urgichli
bo‘lishi mumkin. Ushbu mexanizm gaz patroni yondiruvchi kapsyulining
ishlab ketishini ta’minlaydi.
Qo‘yib yuboruvchi mexanizm o‘q otishining boshlanishi va oxirini
boshqarish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Ushbu mexanizmning asosiy
qismlaridan biri urish mexanizmini jangovar holatda ushlab turuvchi va
qo‘yib yuboruvchi ilmoq bosilganida uni jangovar holatdan chiqarib
yuboruvchi
Dostları ilə paylaş: