182
ajratgich moslama alohida qism yoki qo‘yib yuboruvchi tortgichning
elementi sifatida ham tayyorlangan bo‘lishi mumkin.
Gaz qurolining chiqarib tashlash mexanizmi otilgan gilza yoki
otilmagan patronni patrondondan (baraban kamorasi)dan chiqarib
tashlash uchun mo‘ljallangan. Ushbu mexanizmning asosiy qismi bo‘lib
chiqarib tashlagich hisoblanadi. Chiqarib tashlagichning quyidagi turlari
mavjud: plastinasimon va spiral prujinali ikki yelkali chiqarib
tashlagichlar.
Gaz qurolidan o‘q otilganidan so‘ng, chiqarib tashlagich o‘zining
ilmog‘i bilan gilza qalpoqchasidan ilib olib uni patrondondan chiqarib
tashlaydi.
Gaz revolverlarida otilgan gilzalarni chiqarib tashlash mexanizmi
turlicha bo‘ladi:
⎯
otilgan gilzalarni shompol yordamida navbatma–navbat chiqarib
tashlash tizimi;
⎯
otilgan gilzalarni, barabanda joylashgan yulduzsimon ekstraktor
yordamida, barabanni chapga siljitish (ekstraktor boshchasiga
oldindan
orqaga yo‘nalgan tarzda bosish) bilan bir vaqtda chiqarib tashlash tizimi;
⎯
otilgan gilzalarni, yulduzsimon ekstraktor yordamida, revolver
asosini ochish (o‘qi bo‘yicha burash)da chiqarib tashlash tizimi.
Qaytarish mexanizmi faqat gaz to‘pponchalarida bo‘ladi. Chiqarib
tashlagich gilza (patron)ni patrondondan chiqarib tashlasa, qaytarish
mexanizmi gilza (patron)ni quroldan butunlay uloqtirib tashlaydi. Ushbu
mexanizmning asosiy qismi sifatida qaytargich maydonga chiqadi.
Quroldan chiqarib tashlanayotgan gilza (patron) qaytargich bilan
ta’sirlashib, o‘zining harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi. Juda ko‘plab
turdagi gaz to‘pponchalarida qaytargich vazifasini qurol
asosining
bo‘rtig‘i bajaradi.
Gaz qurollari zatvorining qaytaruvchi mexanizmi gaz to‘pponchasi
zatvorini oldingi chet holatga o‘tkazadi va bu bilan stvol kanalini yopadi
hamda navbatdagi patronni stvol patrondoniga joylashtiradi. Ushbu
mexanizm spiralsimon prujinadan iborat bo‘ladi va bu prujina stvolda,
stvolning osti yoki ustida joylashishi mumkin.
Zatvor tutgichi qurol magazinidagi patronlarni barchasi otib
bo‘linganidan keyin, zatvorni eng chetki
orqa holatda ushlab qolish
uchun xizmat qiladi.
Jo‘natgichli magazin patronlarni o‘zida joylashtirish va ularni
patrondonga jo‘natish chizig‘ida (sathida) ushlab turishga xizmat qiladi.
Gaz to‘pponchalarining magazinlari — olinuvchi, qutisimon bo‘ladi va
183
ularda patron bir qator bo‘lib joylashadi. turli rusumdagi gaz
to‘pponchalar magazinlarining sig‘imi 2 dan 15 tagacha patronga
mo‘ljallangan bo‘ladi, eng ko‘p tarqalgan sig‘im
⎯
5–6 patronga
mo‘ljallangan bo‘ladi.
Gaz revolverlarida jo‘natish mexanizmi baraban, turtkich va ilgakli
g‘ildirakchadan iborat bo‘ladi. Revolverning barabani patronlarni o‘zida
joylashtirishga ham xizmat qiladi, barabandagi kamoralaring soni 5
tadan
8 tagacha bo‘ladi.
Saqlagich va saqlash mexanizmlari qurol bilan ishlash xavfsizligini,
ihtiyorsiz o‘q otilishini yo‘q (bekor) qiladi va avtomatik hamda
noavtomatik turda bo‘lishi mumkin.
Signal berish moslamalari ayrim rusumdagi gaz qurollarida bo‘ladi
va patrondonda patron borligini yoki urish mexanizmini jangovar
holatga
ko‘tarilganligini bildiradi.
Mo‘ljalga olish moslamalari yoki mo‘ljallagichlar gaz qurollarida
unchalik ahamiyatga ega emas, odatda ular gaz qurollarining o‘qotar
qurolga o‘xshashligini ta’minlash uchun tayyorlanadi.
Gaz qurollariga, ularni boshqa turdagi qurollardan farqlovchi
quyidagi talablar qo‘yiladi:
— gaz qurollari snaryadlari 0,5
J/mm2
dan ortiq solishtirma kinetik
energiyaga ega bo‘lgan patronlarni, tuzilishida hech qanday
o‘zgarishlarsiz otishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak;
— gaz qurollari qismlarining tuzilishidagi
xususiyatlar, ushbu
qismlarni ta’mirlash va shikast yetkazuvchi xususiyatlarini qayta tiklash
maqsadida, ularni jangovar va boshqa xizmat o‘qotar qurollarining qism
va mexanizmlari bilan almashtirish imkonini bermasligi kerak. Gaz
qurollarining urgichi, patron tayanchi va boshqa
qismlari otilgan
gilzalarda, ushbu qurolni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi izlar
qoldiradi;
— stvol og‘zi energiyasi 7,5
Jouldan
yuqori yoki kalibri 4,5
mm
dan
katta bo‘lgan pnevmatik qurollarda, ularning alohidaligi (nomeri,
seriyasi)ni ta’minlovchi, yuqori texnologiyalar yordamida bajarilgan
hamda chuqurligi 0,2 mm dan kichik bo‘lmagan qilib yozilgan
markirovka belgilariga ega bo‘lishi kerak.
Quyida ayrim rusumdagi gaz to‘pponchlarini ko‘rib chiqamiz.
IJ–77–8 rusumli gaz to‘pponchasi «Wadie», «Sax», «SM», «RWS»,
«Umarex» (Germaniya) firmalarida ishlab chiqarilgan 8
mm
kalibrli
gazli va ovozli patronlar bilan otish usulida
faol himoyalanish
maqsadlariga mo‘ljallangan (34–rasm).
184
IJ–77–8 rusumli gaz to‘pponchasining texnik xususiyatlari:
— kalibri: 8
mm
;
— gabarit o‘lchamlari: 195 x 130 x 38
mm
;
— magazinining sig‘imi: 6
dona
;
— eng maksimal og‘irligi: 0,750
kg
;
— ishlatilayotgan gazning aerozol bulutining shikast yetkazish
masofasi: 1,5
m
dan 3
m
gacha
1
.
IJ–77–8 rusumli gaz to‘pponchasi avtomatikasining ishlashi ozod
zatvorning orqaga qaytish prinsipiga asoslangan bo‘lib, ishlash
avtomatiksi quyidagidan iborat:
1) otilgan gilzaning stvoldan chiqarilib tashqariga uloqtirilishi;
2) urib–quyib yuboruvchi mexanizmning u yoki bu holatga
o‘tkazilishi (masalan, saqlovchi holatdan jangovar holatga);
3) bir marta otilish yuz berganidan so‘ng, navbatdagi patronni
magazindan olib, patrondonga jo‘natilishi.
34–rasm.
Dostları ilə paylaş: