Turistik mahsulot narxining tarkibiy tuzilishi-www.hozir.org
6. Turistik xizmatlarning hayotiy davri Turistik mahsulot va uning hayotiy sikli — inson hayoti faoliyatining murakkab ijtimoiy jarayonlari va ko`p qirrali turi. Turistik faoliyatni, bir tomondan, turizm tashkilotchilari (turoperator va turistik agentlar hamda ishtirokchilar)ning iste‘mol qiladigan mahsulotni — turistik mahsulotni shakllan-tirish bilan bog`liq faoliyati, ikkinchi tomondan esa, bu mahsulotni iste‘mol qiladigan turistlar faoliyati sifatida ko`rish mumkin. Bunda davlat soliqlarni to`plash uchun o`z manfaatlari yo`lida harakat qiladi. Turistik mahsulot turistik taklif va turning asosi bo`ladi.
Turistik mahsulotni yaratuvchi korxonaning bozor imkoniyatlarini aniqlash uchun uning hayotiy siklini tadqiqot qilish bo`yicha marketing faoliyati tajribasi foydali bo`lar edi. Tovarlarning hayot sikli tamoyillari Shundan kelib chiqadiki, yuqori ist‘emol xususiyatlarga ega bo`lgan har qanday tovar vaqti kelib bozordan yangi, yanada takomillashgan tovar bilan siqib chiqariladi. Faqat ehtiyojlar doimiy bo`ladi, ularni qondirish vositalari esa o`zgaradi. Bozorda taklif etilgan tovar o`z haridorlarni ma‘lum vaqt ichida topib, hayot sikliga ega bo`ladi.
T
uristik mahsulot o`z rivojlanishida sotish va foyda hajmining egiluvchanligi bilan tavsiflanadigan bir qator ketma-ket bosqichlarni o`tadi.
Mahsulotning bozorga kirib borish fursati bo`lib, uning turistik korxona tomonidan birinchi marta taklif etilgani hisoblanadi. Bu bosqichning asosiy tavsifi bo`lib, mahsulotning asta-sekin sotilishi va natijasi foydaning umuman yo`qligi yoki past darajada bo`lishi.
O`sish bosqichi sotish hajmining tez o`sishi va foyda ko`payishi bilan tavsiflanadi. Marketing harajatlari juda yuqori bo`lsa ularning umumiy harajatlarda ulushi o`z-o`zidan pasayadi.
Yetuklik bosqichi sotish o`sishining sekinlaShuvi va barqarorligi bilan tavsiflanadi.
Pasayish bosqichi turistik sohasining mahsulotga tuyinganligini aks ettiradi. Sotish hajmining barqaror kamayishi va olinadigan foyda miqdorining pasayishi (ehtimol, eng pastki nuqtagacha) ro`y beradi.
Shunday qilib, bir necha yil davomida kam foyda keltiradigan mahsulotlar hamda bozorda obruga sazovar bo`lgan, ammo ularning sotuvini jonlashtirish uchun imidjini o`zgartirish kerak bo`lgan mahsulotlarni sinchiklab tahlil qilish kerak. Fransiyadagi turizm bo`yicha Oliy kengash belgilanganidek, bu mahsulotlar «kuchga kiradi» va ancha uzoq muddatda ahamiyatli bo`lib qoladi (masalan, madaniyat sohasidagi sinovdan o`tgan xizmatlar, festivallar, ekologiya va qishloq turizmi, sport o`yinlari).
Bundan tashqari, talabning o`zgarishiga binoan turistik korxonalarning ixtisosligi ham rivojlanadi. Asosiy mahsulotlar faqat o`ziga xos xususiyatlar bilan va o`rnini bosuvchi mahsulotlar bilan ajralib turadi. Bunga binoan mahsus mijozlarni o`ziga tobe etish oson bo`ladi.
Demak, turistik mahsulotning hayotiy sikli uch yirik muammo vujudga kelishini bildiradi. Birinchidan, firma susayish bosqichida bo`lgan mahsulotlar o`rniga o`z vaqtida yangi mahsulotlarni topishi kerak (yangilik yaratish muammosi). Ikkinchidan, firma hayot siklining har bir bosqichida mavjud bo`lgan mahsulotlar bilan ishni samarali tashkillashtirishi kerak (turistik mahsulot hayot sikli bosqichlariga bo`lgan strategik yondashuv muammosi). Uchinchidan, yetarli darajada muhim masala, bu hayot siklining har bir bosqichlariga tegishli nuqtai nazaridan firma taklif etadigan mahsulotlar tuzilishini optimallashtirishga qaratilgan bo`ladi.
Turizm va turistik faoliyati — inson faoliyatining murakkab ijtimoiy jarayonlari va ko`p qirrali turlari. Turistik faoliyatni turizm tashkilotchilari (turoperator va turagent hamda barcha ishtirokchilar)ning iste‘mol mahsulotni — turistik mahsulotni shakllantirish bo`yicha faoliyatni, bir tomondan, va ikkinchi tomondan, bu mahsulotni iste‘mol qiladigan turistlar faoliyati sifatida ko`rib chiqish mumkin. Bunda davlat soliqlarni yig`ishda o`z manfaatlarni hushyorlik bilan ta‘minlaydi. Turistik mahsulot turistik taklif va turning asosi bo`ladi.
Turistik faoliyatni muvaffaqiyatli yuritish uchun firmalar o`z sa‘y-harakatlarni sovurish maqsadida muvofiq emas, balki turistik mahsulotni ist‘emolchilarga o`tkazib berishi shart. Turistik firmalar, boshqaruv va turizm organlari, mehmonxonalar va boshqa joylashtiruv vositachi korxonalar, transport korxonalari, o`yin-tomosha vositalari, Shuningdek, sayohat xizmatlari va tarjimon-gidlar xizmatlari faoliyatlarini o`zaro mujassamlashtiriladi.
Barcha turistik biznes korxonalarning asosiy faoliyati xizmat ko`rsatish faoliyatini birlashtirish xizmat ko`rsatish deganda, aholi tarkibini qoniqtiradigan foydali faoliyat sifatida mavjud, o`ziga xos harid qiymati tushuniladi.
O`zbekiston Respublikasida ko`rsatilgan barcha xizmat turlariga davlat tomonidan iste‘molchilarning sog`lig`i va hayot xavfsizligini ta‘minlashga talablar ishlab chiqilgan. Ushbu talablar davlat standartlarida aks etgan va ularga rioya qilish turistik biznes korxonalari uchun moyildir.
Turistik biznes korxonalari quyidagilarni amalga oshiradi:
1. Asosiy ishlab chiqarish faoliyati;
2. Savdo-sotiq faoliyati bu boshqa korxonadan olingan mahsulot va xizmat ko`rsatish savdosida namoyon bo`ladi;
Savdo sotiq faoliyati:
a) ko`tara (ulgurji) savdo (yuridik shaxslar o`rtasida);
b) chakana savdo (yuridik va jismoniy shaxslar o`rtasida);
3. Vositachilik faoliyati — turistik biznes korxonalari tomonidan o`ziga tegishli bo`lmagan xizmat ko`rsatish va mahsulot savdosida aks etadi.
Turistik biznes korxonalari ishlashi uchun umumiy sharti bu faoliyatning alohida turlariga litsenziya olishdir.
Litsenziyasiz faoliyat turi bu shartni bajarmagan bo`ladi va qonun bo`yicha bu faoliyat noqonuniy hisoblanadi. Barcha turistik korxonalari haridorlar bilan pulsiz va naqd pullik hisob-kitobni amalga oshiradi va qonunda belgilangan hisob-kitob tartiblariga to`la rioya qilishi shart.
Turistik mahsulotning asosiy manbalari bu destinatsiyaning turistik resurslari. Turistik mahsulot — turizm jarayonida va maqsadida turistning ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo`lgan ikkita yoki undan ko`p bo`lgan yakka yoki ko`pgina maqsadga yo`naltirilgan turistik xizmatlar, ishlar va tovarlar yig`indisi (turpaket yoki turistik xizmatlar paketi)dir.Turistik mahsulot uni tashkil qiladigan uch tarkibiy qismdan iborat:
a) turistik xizmatlar (turizm tashkilotchilari xizmatlaridan — turoperator va turistik agentlari, taShuvchilar xizmati, mehmondorchilik va ovqatlanish tizimining xizmatlari, boshqa turistik xizmatlar qatoriga kiradigan xizmatlar)dir;
b) turistik xizmatlarni iste‘mol qilish jarayoniga yo`ldosh bo`lgan ishlardan;
c
) turda iste‘mol qiladigan tovarlar hamda tur tashqarisida iste‘mol qilinadigan tovarlardan.
Turistik mahsulot barcha iste‘molchilar uchun yagonalik belgilariga ega bo`lgan resurs unsurlarga, jumladan, resurs tarkiblari hamda turizm infratuzilmasining ob‘ektlari va tizimlariga asoslanadi.
Tarkibiy qismlari tabiiy tafsilotga ega bo`lishi mumkin va ishlab chiqaruvchi — iste‘molchi ongidan tashqarida amal qilishi mumkin. Masalan, shimol yog`dusi, oq tunlar, tabiiy manzaralar va boshq. Turistik mahsulotning tarkibiy qismlari faqat birgalikda amal qilishi mumkin. Shunday rivojlangan infratuzilma bo`lishi shart: aloqa qilish yo`llari, kommunal va maishiy xizmatlar tizimi, savdo. Unsurlarning bu o`zaro aloqasi seziladigan yoki sezilmas bo`lishi mumkin, ammo doimo va har qanday yakka unsur boshqa manbalarning mahsulotlari unsurlariga tayangan holda yashaydi. Salohiyatli turistik xossalarning rivojiga qat‘iy shart bo`lib, turistlarning resurs yoki resurs manbasiga yetib kelishi hisoblanadi. Agar yetib kelish sharoiti yoki boshqa zaruriy, yetarli sharoitlar bo`lmasa, resurs yoki ob‘ekt salohiyatli turistik mahsulot bo`la olmaydi. Demak, bu mahsulotga turizm maqsadida sababli talab bo`lishi zarur.
Ko`pgina firmalarning maqsadi foyda olish va uzoq davom etadigan biznes hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun kompaniyalar salohiyatli haridorlarni qondiradigan va Shu bilan biznesni kengaytirishga ta‘sir etadigan tovar yoki xizmatni yaratishlari kerak. Mahsulotni rejalashtirish bu foydali va uzoq davom etuvchi biznesni rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi. Odatda, uni «besh qoidaga bo`ysunish», ya‘ni to`g`ri mahsulot yaratish, uni to`g`ri joyga yetkazish, to`g`ri vaqtga, to`g`ri narxda va kerakli (to`g`ri) miqdorda rejalashtirish, deb ataydilar.
Iste‘molchi uchun mahsulot — bu xizmatlarning moddiy tarkibiy qismlari va xizmatlari yig`indisi emas, balki undan ko`p bo`lgan narsadir. Bu nafliklar, moddiy va nomoddiy qimmatliklar yig`indisi. Demak, mahsulotni iste‘molchilar uni qanday ko`rmoqchi bo`lsa, Shunday rejalashtirish kerak. To`g`ri mahsulot (tovar yoki xizmat)ni yaratish oson masala emas. Chunki haridorlarning ehtiyojlari, talablari va xohishlari doimo o`zgaradi. Raqobat kuchlari mahsulotning hayotiy sikliga ta‘sir qiladi, ya‘ni hayot siklining ma‘lum bosqichida muvaffaqiyatga qozongan mahsulotlar, keyinchalik pasayish bosqichiga kiradi yoki yo`q bo`ladi.
Odamlarning turmush tarzi va texnologik o`zgarishlar tez rivojlanishi uchun ayrim tovar-xizmatlarning hayot sikli qisqaradi. Buning uchun mahsulot hayotiy sikli konsepsiyasi (tamoyillari) strategik rejalashtirishda muhim rol o`ynaydi va mahsulot hayot siklining har bir bosqichi marketing uchun aniq vazifalarni yaratadi.
Bir necha o`n yillar oldin ko`pgina katta kompaniyalarda rejalashtirishga yondashuv tasodifiy holat hisoblanar edi. O`shanda hamma ish ko`ngildagidek ketayotgan bir vaqtda, aniq maqsadlar to`g`risida o`z tinchini buzishmaydi. Bundan tashqari, ular ayrim hollardagina muvaffaqiyatga erishish uchun harakatlanish grafigi va marshrutlarini aniqlashga urinadilar.
Bugungi kunda vaziyat birmuncha o`zgardi. Muvaffaqiyat sari borayotgan top-menejerlar o`zlarini firma ichidagi rejalashtirish konsepsiyasiga bag`ishlaydi. Ular endi biznesni hayotiy muhim bo`lgan sohalarini rejalashtirishsiz o`z harakatlarni amalga oshirishmaydi, ya‘ni turistik mahsulot, marketing, mehnat resurslari, moliya va hatto jamiyat bilan aloqalarni ham rejalashtirish maqsadga muvofiqligini anglaydilar. Top-menejerlar turistik tashkilotlarni hayotiy yo`lini rejalashtira borib, barcha imkoniyatlarni ishga solishmoqda.
Bugungi kunda bizga nisbatan G`arbdagi turistik faoliyatning ko`pgina sohalarida rejalashtirishga yondashuv hayratlanarli darajada keng tarqalgandir. Ular foydani rejalashtirishni kamrab oluvchi g`oya ekanligini hamda bu tabiiy holat ekanligini ta‘kidlashadi. Lekin foydani rejalashtirish o`z vazifasini bajarishi mumkin hamda ba‘zi kompaniyalarda mohirlik bilan amalga oshiriladi.
Nima uchun foydani rejalashtirish Shunday muvaffaqiyatlarga qodir ekanligini, ko`pginpa kompaniyalar hali tushunishmaydi. Bunga javob bo`lib, turistik tashkilotlarda foydani rejalashtirish bo`yicha harakatlarga to`siqlarni yaratuvchi to`rtta asosiy noto`g`ri fikrlash orqali javob berish mumkin:
- foydani rejalashtirish noreal hisoblanadi;
- bu — ish faqatgina shtatdagi xodimlar ishi;
- bu — bevosita menejerlarga tegishli emas;
- bu — haqiqatda xodimlarning asosiy funksiyasida qo`llanilmaydi.
Yuqoridagi xatoliklarni har biri qandaydir ma‘noda haqiqat kasb etadi, lekin ularni har biri foydani rejalashtirish uchun qilingan barcha harakatlarni to`xtatib qo`yishi mumkin. Ularni aniqlab, bartaraf qilinsa, foydani rejalashtirish muvaffaqiyat uchun real zamin yaratiladi.
Yanada aniqroq yo`nalish olish uchun ishonchsizlikni bartaraf qilish yoki hatto kompaniyani avvalgi siyosatini o`zgartirish uchun quyidagi savollarga aniq javob berishga ehtiyoj seziladi:
- firmaning tashkil topganidan to hozirgi vaqtgacha har bir turistik yo`nalish bo`yicha sotish yiliga necha foizga oshadi?
- taklif qilinayotgan turistik mahsulot qanday tarzda o`zgartirilishi mumkin?
- yangi turdagi turistik mahsulotni ishlab chiqish hisobidan foydaning qancha qismini olish rejalashtirilmoqda?
Tabiiyki, istiqbolli rejalashtirishda shaxsiy kuchga va kompaniyaning kuchsiz tomoniga alohida e‘tibor berish talab etiladi.
Kompaniyalar biznes sohasida o`z mavqeini SWOT tahlil usuli asosida baholash lozim, ya‘ni o`z faoliyatini amalga oshirishda raqobatchilar oldidagi afzalliklar hamda qayerda uning raqiblari sof afzallikka ega ekanligi tahlil qilinadi: