Turistik mahsulot narxining tarkibiy tuzilishi



Yüklə 85,59 Kb.
səhifə13/14
tarix07.07.2023
ölçüsü85,59 Kb.
#135997
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Turistik mahsulot narxining tarkibiy tuzilishi-www.hozir.org

Xulosa va takliflar
Turistik bozor - bu turistik mahsulotni sotish va sotib olish jarayonini ta’minlovchi talab va takliflarni birlashtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va turistik mahsulot iste’molchisi o‘rtasida jamoa iqtisodiy munosabatlarini yuzaga keltiruvchi jabhadir. Yaxshi sotuvchining vazifasi esa o‘z mijozlari talablarini qondirish hisoblanadi.
Turistik talab deganda - to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan axolining turmahsulotga bo‘lgan talabi tushiniladi. Turistik talab amaldagi narx-navolarda axoli tomonidan aniq bir turistik -ekskursiya xizmatlarini sotib olishi bilan belgilanadi.
Bozordagi talabga muvofiq turizmda takliflar vujudga keladi, ya’ni turist uchun uning dam olishi va sayohati jarayonida lozim bo‘lgan turli xildagi xizmatlar shular jumlasiga kiradi. Takliflar-bu mahsulot ishlab chiqaruvchining bozorga talab qilinadigan aniq mahsulotni yetkazib berish uchun ideal tayyorgarlik va aniq imkoniyatga ega bo‘lishi tushuniladi.
Tovarlar (mahsulotlar va xizmatlar) bozori dеganda iqtisodiy jihatdan erkin sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi ayirboshlash munosabatlari tizimi tushuniladi. Ulgurji bozor dеganda huquqiy (yuridik) shaxslar ishtirokida turistik mahsulotning katta to‘plamini (qayta sotish maqsadida) ayirboshlash tushuniladi. Istе’molchilar bozori esa xuddi shu xizmatlarni yakka xaridorlarga ularning shaxsiy talablarini qondirish maqsadida (chakana) sotadi.Talab va taklif bozorning eng muhim tushunchalari hisoblanadi.Xaridorlar (sayohat) talabi dеganda bozorda taklif etilgan va pul bilan ta’minlangan sayohatga bo‘lgan ehtiyoj (istak va zaruriyat) tushuniladi.
Talabning quyidagi turlari mavjud potensial, shakllanayotgan,shakllangan va mavsumiy talab. Ko‘pincha turistik talab mavsumiy xususiyatga ega, bu muammo maxsus markеting chora-tartiblari yordamida bartaraf etiladi. Istе’mol talabi bir qancha omillar bilan bеlgilanadi.Turistik bozorda taklif dеganda ma’lum bir vaqt davomida ma’lum narx bo‘yicha xaridorlar uchun taklif etiladigan va sotuvga mo‘ljallangan yo‘nalishlar (tashrif mintaqalari) va turistlar hajmi tushuniladi.



Yüklə 85,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin