Turistik mahsulot narxining tarkibiy tuzilishi



Yüklə 85,59 Kb.
səhifə12/14
tarix07.07.2023
ölçüsü85,59 Kb.
#135997
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Turistik mahsulot narxining tarkibiy tuzilishi-www.hozir.org

Xizmatga javob berishi. Turistik xizmatlar turistlar xohishiga va jismoniy imkoniyatlariga javob berishi kerak.

Aniq va o‘z vaqtida bajarilishi. Iste‘molchiga tavsiya etiladigan turistik xizmatlar o`zining hajmi, muddati va xizmat ko`rsatish sharoitlari bilan yo`llanmada, chiptada va kvitansiyada ko`rsatilgan talablarga mos kelishi kerak.

To‘liqligi. Turistik xizmatlarni tavsiya etilishi faqat asosiy, balki qo`shimcha xizmatlar (maishiy, aloqa, savdo va h.k.) olishni va ular orqali iste‘molchilarning hayotini ta‘minlaydigan sharoitlarni yaratishga imkoniyat berishi kerak.

Xizmat ko‘rsatuvchilarning mantiqligi. Xizmat ko`rsatuvchi xodimlar xulqi, axloq me‘yorlariga javob berishi kerak. Iste‘mol-chiga nisbatan hurmatli, do`stona munosabatda, chiqishimli bo`lish.

Qulaylik. Turistik xizmatlar iste‘molchilar uchun yaratilgan xizmat ko`rsatishning qulay sharoitlarda (xonalarning ma‘qul joylashuvi, ularni oqilona tarzda jihozlash, bezatish, ta‘minlash va h.k.) tavsiya etilishi kerak.

Nafosat. Turistik korxona binolari, hududning badiiy yechimlari, yo`nalishning tevarak-atrofini tashkil etish, xizmat xonalarda interer bezatilishi majmuali kamol topishga va me‘morchilik butunlik talablariga mos kelishi kerak. Xizmat ko`rsatuvchi xodimlarning tashqi ko`rinishi va nutq madaniyati nafosat talablariga javob berishi kerak.

Ergonomiklik. Xizmat ko`rsatishning davomiyligi, turistik va ekskursiya yo`nalishlarning uzunligi va murakkabligi, turistlarga taklif etiladigan aslaha va moslamalar, ishlatiladigan transport vositalari, mebel va boshqa ta‘minlash buyumlari turistlarning fiziologik va psixologik imkoniyatlariga mos kelishi lozim.
Turizmda xizmatlarni loyihalashtirishda turistlarga xizmat ko`rsatish sifatini nazorat qilish usullarini nazarga olish darkor.
Sifat nazoratini loyihalashtirish quyidagilardan iborat bo`ladi:
 xizmat ko`rsatish jarayonida xizmatlar tafsilotlariga sezilarli ta‘sir ko`rsatadigan muhim paytlarni aniqlash;
 xizmatlar tafsilotlarini to`g`rilash usullarini aniqlash;
 nazorat qilinadigan tafsilotlarni baholash usullarini aniqlash.
Nazorat usullari bo`lishi mumkin: ustama (yo`nalishlarni va ob‘ektlarni ko`rish); tahliliy (hujjatlar tahlili); sotsiologik (turistlar va xodimlarni so`rash) va boshq.
Xizmatni loyihalashtirishda yakuniy bosqich bo`lib, nomuvofiqlarni aniqlash va ularni o`z vaqtida yo`q qilishga qaratilgan loyihaning tahlili hisoblanadi. U turistik korxonaning muvofiq vazifalarni bajaruvchi bo`limlar bilan amalga oshiriladi. Loyihani tahlil qilish natijasi — turistik korxona texnologik hujjatlarning to`g`ri mazmuni.
Loyihalashtirilgan turistik xizmatlar va turistlarga xizmat ko`rsatish hujjatlarni turistik korxona rahbari buyurtmachi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi. Loyihani o`zgartirilishi asoslangan holdagina buyurtmachi bilan kelishib turistik korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Yüklə 85,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin