Turizmda maxsus turlar


Maxsus turlarni turizmda shakllantirish



Yüklə 79 Kb.
səhifə6/6
tarix12.04.2023
ölçüsü79 Kb.
#96543
1   2   3   4   5   6
Turizmda maxsus turlar Reja

4. Maxsus turlarni turizmda shakllantirish

Turizm resurslarini ro‘yxatga olishda va malum bir obektning turizm resursi bo‘la olishligi o‘rganilgandan keyin bu obektga yoki tabiiy makonga yoki ishlab chiqarish sohasiga «turizmi» so‘zini qo‘shish bilan hal qilinmaydi. Masalan: hunarmandchilik sohasini «hunarmandchilik turizmi» kabilar.


Ishlab chiqarish resurslarini turizm resurslariga aylantirishdagi dastlabki talab mamlakatda ichki va tashqi turistlarni birinchi navbatda qiziqtira oladigan soha yoki obektni o‘rganish to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblaymiz. O‘rganiladigan obekt oddiy istemolda emasligi xalqimizning o‘ziga xos bo‘lgan bejirim buyumlarining boshqa davlatlarda ishlab chiqarmasligi, urf-odatlarning milliyligi yoki milliy o‘yinlarning boshqa davlatlardagi xalqlar hayotida umuman yo‘qligi, milliy sanatkorlik ijodlari mujassam bo‘lishi birinchi navbatda chet ellik turistlarni jalb qiladi.
Bunday obektlarga masalan hunurmandchilik, yoki ustachilikni olganimizda dastlab dunyoning barcha davlatlarida yashayotgan xalqlarning ham o‘ziga xos milliy hunarmandchilik va milliy ustachilik sohalari albatta bor. Biz ishlab chiqarishdagi milliy hunarmandchilik yoki ustachilikda o‘zimizning hunarmandchilik yoki ustachilik sohalari buyumlarining noyobligi, go‘zal-bejirimligi, mustahkamligi, bu buyumlarda sanatkorlikning, kishilarni hayratga soladigan ijod namunalarining ko‘pligidan, boshqa davlatlardagi xuddi shunday buyumlar, mahsulotlardan ancha ustunligiga e’tibor berishimiz lozim bo‘ladi.
Masalan, kashtachilikdagi ikki yo‘nalish: oddiy kashtachilik va zardo‘zli kashtachilikning boshqa davlatlarda yashayotgan xalqlarning kashtachiligidan ustunligi shundan iboratki so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonga kelib ketayotgan davlat rahbarlari, Bosh vazirlar, mashhur adiblarga, xalqaro miqiyosdagi taniqli rahbarlar, sport va san’at yulduzlariga maxsus marosimlarda zardo‘zli to‘n va do‘ppi kiydirilmoqda. Ikkala buyum ham faqat o‘zbekistonliklar uchun milliy buyum xillari hisoblanadi. E’tibor qilsak qozoq, qirg‘iz, turkmanistonliklarning ham to‘nlari, do‘ppilari, o‘zlarining milliyligini ko‘rsatib turadi.
Binobarin, Markaziy Osiyo xalqlarining kelib chiqishlari deyarli bir, yashash manzillarining yaqin-qo‘shni ekanligidan bizdagi do‘ppi va zardo‘zi to‘n tikish ularda ham bo‘lishi mumkin edi. Lekin qadimiy tub joy aholining buyumlar yaratishdagi milliy urf-odatlari va iqlim xususiyatlari, bayram tantanalarda kiyish odatlari va xush ko‘rishlari nuqtai – nazaridan Markaziy Osiyo xalqlarida qayd qilingan ikala buyumni tikishda turli uslub, tanlash va yo‘nalish hosil bo‘lgan. Demak, bizdagi milliy do‘ppichilik va zardo‘zi to‘n tikish qo‘shni davlatlarda rivojlanmagan ekan dunyoning boshqa bironta davlatlarida bizdagidek usullari umuman yo‘q hisoblanadi. (Xitoy xalq respublikasidagi uyg‘ur xalqida ham zardo‘zi kashtachilik rivojlangan). Bu xulosalardan milliy qo‘l hunarmandchiligidagi do‘ppichilik va zardo‘zi to‘n tikishni xalqaro turizm obekt – resursi sifatida maxsus turlar ro‘yxatiga qo‘shsa to‘g‘ri bo‘ladi.
Xalqimizning milliy o‘yinlaridan turizm sohasida foydalanishning juda katta imkoniyatlari borligini ilg‘ash qiyin emas. Masalan, qushlarni urishtirish o‘yini yoki musobaqasi dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida bor. Bizda qushlarning xo‘roz urishtirish va bedana urishtirish o‘yinlari bor. Bu qushlarni urishtirish musobaqalari O‘zbekiston Respublikasida juda ommalashagan. Xo‘roz urishtirishning jahon birinchiligi ham o‘tkaziladi.
Endi, ichki turizmda bu o‘yinlar hozir ham shaharlar, tumanlarning bozor maydonlarida o‘tkaziladi. Xalqaro turizmda albatta bu «urishtirish» o‘yinlari ommaviylashmaydi. Chet ellarda juda kam sonli ishqibozlar bu o‘yinlarga qiziqib kelishi mumkin. Bozorlarda esa asosan vaqti bor va to‘satdan nigohi tushgan, bozorga kelgan kishilar bu o‘yinlarni tomosha qilishadi. Bu o‘yindan turizm maqsadlarida foydalanilsa ham «kichik ko‘lamli, noananaviy tur» bo‘lib qolaveradi. Bu o‘yinlarni turizmga jalb qilishning eng zarur tomoni shundan iboratki, ichki turizmda ham tashqi - xalqaro turizmda hams qayd qilingan «yangi turdan» yo‘l-yo‘lakay, turistlarning ko‘ngil ochar o‘yinlarni, dam olishni xoxlagan vaqtlarida foydalanish, turistdlarga taklif qilish mumkin. Albatta bunday taklif xizmatlar pullik bo‘ladi.
Turizmdagi maxsus turlarni aniqlish va ro‘yxatga olish, kuzatish, ustaxonalardagi hunarmandlar va ustalarning faoliyat va ishlab chiqargan buyumlarini tomosha qilib shunday xulosaga kelish mumkinki, turizmda foydalanish uchun ro‘yxatga olayotgan aksariyat turlardan ichki turizmda ekskursiya- tanishuv turizmida xalqaro turizmda esa qo‘shimcha tur manbalari sifatida (turistga taklif qilish, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, suratga yoki videoga olish va hakozolar) foydalanish mumkin.


Tayanch iboralar: Turizmdagi asosiy turlar, turizmdagi maxsus turlar, milliy hunarmandchilik va milliy ustachilik, milliy o‘yinlar.
Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin