Tayanch so`zlar
Raim, Kopal, Oqmachit, Verniy, harbiy istehkomlar, Turkiston
istilosi, Turkiston viloyati, M.G.Chernyayev, “Harbiy xalq boshqaruvi”,
qozilik sudlari, biylik sudlari, Turkiston general-gubernatorligi, harbiy
zobitlar, K.P. fon Kaufman, viloyat, uyezd, volost, uchastka, ovul,
Yettisuv, Sirdaryo, Kaspiyorti, Farg’ona, Samarqand, boj tizimi.
Nazorat savollari
1.
Turkiston xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib
olinishi jarayonini aytib bering.
2.
Harbiy-ma`muriy mustamlaka boshqaruv tizimi deganda nimani
tushunasiz?
3.
K.P. fon Kaufman tomonidan ishlab chiqilgan “Harbiy xalq
boshqaruvi” haqida nimalarni bilasiz?
4.
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Turkistondagi sud
tizimi qanday tartibda amalga oshirilgan?
5.
“Turkiston o`lkasini boshqarish to`g’risidagi” Nizom va uning
tarkibiy tuzilishi, o`lka boshqaruvidagi ahamiyati haqida gapiring.
6.
Turkistonda mustamlakachilar tomonidan mahalliy aholi haq-
huquqlari va milliy qadriyatlarining poymol qilinishi qanday
oqibatlarga olib kelgan?
7.
Mustamlaka Turkistonda boj tizimi haqida gapirib bering?
83
5-MAVZU: ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTONGA
AHOLINI KO`CHIRISH SIYOSATI
Reja
1.
Rossiyadan Turkistonga aholini ko`chirish jarayoni va uning
sabablari.
2.
Rossiyadan ko`chirib kelingan aholining Turkistonda joylashuvi
va turmush tarzi.
1. Rossiyadan Turkistonga aholini ko`chirish jarayoni va uning
sabablari.
Rossiya imperiyasi uchun mazkur mintaqani bosib olishdagi
siyosiy va harbiy maqsadlar ustun bo`lganligi 1866- yildayoq imperiya
kansleri A.M. Gorchakovga Orenburg general-gubernatori yozgan mak-
tubda, keyinchalik esa imperiyaning ko`plab yuqori martabali amaldor-
lari tomonidan yozilgan hisobotlarda ham alohida ta`kidlangan edi.
Masalan, senator graf K.K. Palen bunday deb yozgandi: “Agar
Turkistonni bosib olishda ahamiyatli bo`lgan siyosiy tusdagi sabablarni
hisobga olmasak, ushbu o`lka Rossiya imperiyasiga qo`shib olingan ilk
kunlardan boshlaboq rus hukumatida ikki yoqlama: 1) moliyaviy siyosat
nuqtai nazaridan davlat daromadlari manbai sifatida hamda yangi bozor
sifatida; 2) mustamlakachilik siyosati nuqtai nazaridan guberniyalardagi
ortiqcha aholini ko`chirish uchun yangi hudud sifatida qiziqish
uyg’otadi”.
Rossiya imperiyasining siyosiy va harbiy namoyondalari rus
aholisining bir qismini Turkistonga ko`chirishdan ko`zlagan bosh maq-
sadi:
1.
Mustamlaka hududida Rossiyaning harbiy-siyosiy hukmron-
ligini o`rnatish.
2.
Mustamlaka hududda Rossiya imperiyasi manfaatlariga xiz-
mat qiladigan, ishonchli qatlamiga ega bo`lish.
3.
Mustamlaka hududda rus armiyasi va boshqaruv tizimi
tayanchini tashkil qilish.
4.
Metropoliya manfaatlariga zid hatti-harakatlarda bo`lgan taq-
dirda yerli xalqqa qarshi kuchlar zahirasini yaratish edi.
Rossiya manfaatlari himoyasida yangi Xitoy, Afg’oniston, Eron
chegaraviy davlatlar bilan nazorat hamda mustamlaka tabiiy boyliklarini
o`zlashtirish edi.
Imperiya hukumatining va mustamlaka ma`muriyatining aholini
ko`chirish siyosati bilan Rossiyaning Orenburg guberniyalaridagi aholi
ko`payib ketishi “muammosi”ning o`zaro aloqadorligini asoslash uchun
84
siyosatchilar, ba`zan tadqiqotchilar keltirgan dalil isbotlar orasida
metropoliya bilan mustamlakalar, shu jumladan, Turkiston hududlari
tutashligi, imperiya aholisi uning jami mustamlakalari aholisidan ham
ancha ortiqligi ko`rsatilgan. Aslida, ko`proq bahonaga o`xshaydigan
birinchi dalil ancha ishonarli bo`lib ko`rinadi. Chunonchi, agar Rossiya
imperiyasining o`z aholisi uning mustamlakalari imperiyaga bo`ysinuv-
chi Polsha va Finlyandiya aholisidan 4 baravar ko`p bo`lgan bo`lsa, u
holda, masalan, Fransiya mustamlakalari aholisining soni metropoliya
aholisi sonidan 1,5 baravar ko`proq edi. Buyuk Britaniya mustamlakalari
aholisi soni metropoliya aholisidan 9 baravar ko`p edi. Rossiyada faqat
Markaziy sanoat, Janubiy kon-sanoat, Peterburg va Boltiqbo`yi
mintaqalarida aholi zich edi. Asosan deqonchilik bilan shug’ullanadigan
guberniyalarda esa aholi juda kam bo`lgan.
Rossiya imperiyasi hukumati Turkistonga va Dasht o`lkasiga met-
ropoliyadan xristian aholini ko`chirib, joylashtirish borasidagi buyuk
davlatchilik - shovinistik amaliyotini oqlashga, asoslashga harakat qilib,
XIX asr oxirida 5 guberniyada 12 million ortiqcha aholi mavjud
ekanligini e`lon qildi. Vaholanki, hukumat metropoliya aholisini impe-
riyaga qaram bo`lgan Polshaga ham, Finlyandiyaga ham ommaviy
ravishda ko`chirish tadbirlarini amalga oshirmagan edi. Bu shu bilan
izohlanadiki, avvalo, Polsha va Finlyandiyaning maqomi butunlay
boshqacha edi; ikkinchidan, imperiyaning hukmron doiralari Rossiya
imperiyasiga qaram bu hududlarni uzoq vaqt qo`lda tutib tura olmas-
liklarini tushunsalarda, tan olgilari kelmasdi. Kavkaz, Turkiston va
Dasht o`lkasi esa abadul-abad bosib olingan, deb tasavvur etilardi.
Turkiston o`lkasiga aholini ko`chirish amaliyotining o`ziga xosligi,
o`lkani harbiy-ma`muriy boshqarish tizimi imperiya hukmron doiralari
o`z mustamlakalariga, ayniqsa, Turkistonga, Rossiyaning pravoslav,
ba`zan esa, nasroniy dinidagi aholisining bir qismini ko`chirib keltirish
choralarini, eng avvalo, harbiy-siyosiy strategik manfaatlardan kelib
chiqib ishlab chiqqanliklari ham yana bir isboti bo`ladi. Yana shuni
ta`kidlab o`tish lozimki, rus o`lkasi imperiya Ichki ishlar vazirligi
ixtiyoriga berilgan edi, Turkiston general-gubernatorligi eca doimo
Harbiy vazirlik ixtiyorida bo`lgan.
Lekin Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Fransiya
davlatlari Rossiya imperiyasidan farqli ravishda, o`z aholisining bir
qismini ko`chirish amaliyotini qo`llamay, u yerlarda harbiy, politsiya
bo`linmalarini saqlab turish, tegishli boshqaruv va sud organlarini,
nasroniy missionerlik muassasalarini tuzish bilan cheklanganlar. Ammo
85
Rossiya imperiyasi hukumati shunday choralar bilan bir qatorda,
Turkistondagi hukmronligining qaltisligini anglagani holda, o`lkaga o`z
aholisining bir qismini izchillik bilan ko`chirishga harakat qilib,
ko`chishni istovchilar orasidan ko`chiriladiganlarni saralab olishga
e`tibor bergan. Shu sababli o`lkaning birinchi general-gubernatori K.P.
fon Kaufman o`lkaga Ukraina mintaqalaridan kazaklarni ko`chirib kelti-
rilishiga norozilik bildirgan va asosan rus qishloq aholisini ko`chirib
keltirishni talab qilgan.
Bu davrga ko`chiruvchilik harakatining betartibligi, o`zini g’olib
hisoblagan ko`chib kelayotganlarning tub aholiga, ayniqsa, qishloq
aholisiga nisbatan bedodlik, ularning aksariyat ko`pchiligi shaharlarda
hamda rus garnizonlari, istehkomlari atrofida joylashganliklari bilan
xarakterlidir. Ustiga-ustak bedodlik rus askarlari va zobitlarining g’oyat
faol ishtiroki bilan amalga oshirilgandi. Ko`chuvchilarning turli
guberniyalardan chiqishi va Turkistonning qaysi joylarida o`rnashib
qolishi hali yaxshi nazorat qilinmas va boshqarilmas edi. Bu eng avvalo,
ushbu bosqichda bosib olingan barcha hududlarda mustamlakachi
harbiy-ma`muriy boshqaruv organlarining hali tuzilmagani bilan
izohlanadi.
Harbiy-siyosiy muvaffaqiyatlariga tayangan holda, kelajakda
Turkiston va Buxoro amirligi, Xiva xonligi bozorlaridan, tabiiy
boyliklaridan, tub aholining arzon mehnatidan imperiya manfaatlarida
foydalanishni vaziyat taqozo qilsa, askarlarni, qurol-aslahalarni tez va
ko`plab yetkazishni ko`zlab Rossiya imperiyasi hukumati mintaqada
temir yo`l o`tkazish ishlarini 7-8 yil mobaynida amalga oshirdi.
Natijada, 1887- yilda Krasnovodsk-Ashxabod-Qizil Arvot temir yo`li
Samarqandgacha yetkazildi. Bu yo`lga Kaspiyorti harbiy temir yo`li
nomi berilgani aslida uning asosiy vazifasi mohiyatini ko`rsatar edi.
Mazkur temir yo`l Rossiya imperiyasi Harbiy vazirligining rejalarida
juda muhim hisoblanganligini quyidagi xujjatlardan ham anglash
mumkin. Xususan, Turkiston general-gubernatori tomonidan 1888- yil
23- iyulda “Chorjo`y va Buxoro temir yo`l stansiyalari yaqinidagi
xo`jaliklarni boshqarish va poseleniyelarni obodonlashtirish qoidalari”
tasdiqlanib, bu qoidalarga binoan, birinchidan, Chorjo`y temir yo`l
stansiyasida va uning atrofidagi hududlarda boshqaruv va nazorati
Chorjo’y harbiy boshlig’i zimmasiga, Buxoro temir yo`l stansiyasida va
uning yaqinidagi poseleniyelarida esa bu vazifalar Rossiya imperiya-
sining bu yerdagi siyosiy agentligiga yuklatildi; ikkinchidan, mazkur
86
stansiyalarda va ularning yaqinida mahalliy aholi yashashi hamda
bevosita temir yo`lda ishlashi mumkin emas edi.
Turkistonni bosib olish borasida rus qo`shinlari ketidan Sibir va
Uraldan kazaklar ko`chirilib, Yettisuvning va Issiqko`l havzasining
Xitoy bilan chegaradosh hududlariga joylashtirildi. Shuning uchun ham
Turkiston viloyati tashkil qilinishidan ilgari kazaklar bu hududlarda 14
stanitsani
8
barpo etishdi hamda Yettisuv kazaklarining qo`shinini
shakllantirish faol olib borildi. G’apbiy Sibir general-gubernatori
Dyugamel 1864- yilda “Yangi bosib olingan Chuorti o`lkasida rus
poseleniyelarini joriy qilish zaruriyati haqida”gi loyihani imperiya
hukumatiga taqdim etib, bu yerga ko`chishga rozi bo`lgan rus
dehqonlarini keltirishni taklif qilgan edi. Biroq u vaqtda yangi
hududlarni zabt etish va Rossiya imperiyasining harbiy hukmronligini
mustahkamlash maqsadlari ustuvor bo`lgani sababli imperiya Harbiy
vaziri Dyugamelning taklifini rad etib, Chuorti o`lkasida faqat Sibir yoki
Orenburg qo`shinining kazaklarini joylashtirishni afzal ko`rdi. Shuning
uchun 1867- yilgacha, ya`ni Turkiston general-gubernatorligi tashkil
etilguncha, bo`lajak Yettisuv viloyati (Chuorti o`lkasi)ning hududiga
Rossiyadan ko`chib kelganlarning ko`pchiligini kazaklar tashkil qilgan.
Shu tufayli 1867- yilda ikki polkdan iborat Yettisuv kazaklarining
qo`shini tuzildi.
O`rta va Kichik juzlarga mansub kazaklarning hududlariga rus
qo`shinlari XIX asrning 40-yillarida o`z mavqeini mustahkamlashga
erishganligi tufayli chegaraga yaqin joylarda Sibir va Orenburg (Ural)
kazaklarining stanitsalari barpo etilayotgan sharoitlarda bu hududlarda,
biroz keyinroq Sirdaryoning quyi qismida tuzilgan harbiy garnizonlar,
istehkomlar atrofida rus aholisining ham soni ko`payib bordi.
1867- yil iyul oyida tuzilgan Turkiston general-gubernatorligida
o`rnatilgan harbiy-ma`muriy boshqaruv tizimi va bu yerda 50 ming
kishilik rus armiyasining joylashtirilishi, Xiva xonliklariga, Buxoro
amirligiga qarshi jangovar harakatlar Rossiya imperiyasining mintaqa-
dagi maqsadi - bu ulkan va boy o`lkani talon-taroj qilib yoki Rossiya
imperiyasining faqat harbiy-siyosiy strategik hukmronligini o`rnatish-
gina emas, balki Turkistonni imperiya mulkiga aylantirish, xonliklarni
esa butunlay yo`q qilish, agar buning iloji bo`lmay qolsa, protektorat,
qaramlik shartlarini qabul qilishlariga majbur etish, butun mintaqa
boyliklaridan, ishlab chiqarish kuchlaridan, salohiyatidan foydalanish
ekanligini ko`rsatdi.
8
Stanitsa – kazaklar yashaydigan qishloq – mualliflar.
87
Rossiya imperiyasi bu mintaqada harbiy harakatlarini davom
ettirgan holda, bu yerda rus qo`shnilariga va mustamlakachi
ma`muriyatga tayanch bo`ladigan hamda o`lkaning boyliklarini
metropoliyaga jo`natish bilan band, zarur bo`lsa mahalliy xalqlarning
isyon, qo`zg’olonlarini bostirishga qo`shimcha kuch sifatida xizmat
qiladigan rus va umuman sharqiy slavyan nasroniy aholini ko`proq
joylashtirish tarafdori edi. Buni juda chuqur tushungan, kazaklarni
asosan chegaralarga yaqin yerlarda yashashlari harbiy jihatdangina
foydali, deb hisoblagan general-gubernator K.P. fon Kaufman va
Yettisuv viloyatining harbiy gubernatori general Kolpakovskiy 1868- yil
Irtish daryosining yuqori qismidan Issiqko`l havzasigacha chegara
chizig’i bo`ylab kazaklarning stanitsalarini barpo etish masalasiga
o`zlarining salbiy munosabatlarini bildirishgan. K.P. fon Kaufmanning
fikricha, kazaklar o`lka zabt etilayotgan birinchi davrda chegaralarni
qo`riqlashda va qurolsiz mahalliy aholining noroziligini bostirishda
foydali bo`lishdi. Keyin esa ular qishloq xo`jaligi mahsulotlarini
yetkazib berish bo`yicha hamda yangi sharoitda harakat qila oladigan
harbiy kuch sifatida talablarga javob bermas edi.
Rossiyadan Turkistonga ko`chirish, amalda, o`lkani bosib olish
bilan bir vaqtning o`zida olib borildi. Rossiya tomonidan dastlab
Yettisuv viloyatiga, keyinchalik esa Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand,
Kaspiyorti viloyatlariga ko`chirish boshlangan. Rossiya protektoratida
bo`lgan Buxoro amirligi va Xiva xonligiga dehqonlarni ko`chirish
amalga oshirilmagan. Ammo yuqorida ko`rsatilgan hududlarga dehqon-
lar emas, asosan ishchilar, temir yo`lchilar Chorjo`yga, Yangi Buxoro
(Kogon)ga, Kerkiga, Termizga joylashganlar. 1897- yilgi aholini
ro`yxatga olish ma`lumotiga ko`ra, Buxoro amirligida 12150, 1917-
yilga kelganda rus fuqarolari 50 ming kishini tashkil qilgan.
Yettisuvga ko`chirish kazaklarni 1847- yilda Sergiopol va Kopalga
joylashtirish bilan boshlandi. 1867- yil Yettisuv viloyatida Yettisuv
kazaklar qo`shini tashkil qilindi. Ushbu qo`shinga ajratilgan joylarda
14413 nafar erkak va ayollar bor edi. Ammo ushbu tajriba o`zini
oqlamadi, chunki kazaklardan harbiy muddatni o`tagandan keyin
mustamlakachilikda foydalanib bo`lmasdi.
XIX asr 60-yillari oxiridan Rossiya hukumati Turkistonga
dehqonlarni ko`chirish siyosatini olib bordi. 1867- yili Turkiston
general-gubernatori K.P. fon Kaufman Yettisuv harbiy gubernatori
Kolpakovskiyga Rossiyadan dehqonlarni ko`chirishga joy istashni
topshirgan edi. 1868- yili yanvarida Kolpakovskiy K.P. fon Kaufmanga
88
bergan bildirishida To`qmoq, Pishpak va Issiqko`lga 50 tadan oilani
joylashtirish zaruriyati borligini ta`kidlaydi. Kolpakovskiy tomonidan
taklif etilgan rejada keyinchalik Yettisuv viloyatidagi beshta uyezdda 34
ta dehqonlar qishlog’i – 1345 hovlisi bilan tashkil qilgan 47 ta yashash
joyi bo`lishi kerak edi. Umumlashtirib olganda, Yettisuv viloyatiga 1815
oila ko`chirib keltirish ko`zda tutilgan edi. 1883- yilga qadar Yettisuv
viloyatiga ko`chirilganlar hisobiga 29 ta ruslar posyolkasi tashkil topib,
15 ming kishi istiqomat qilardi.
1870- yili K.P. fon Kaufman Sirdaryo viloyati harbiy guberna-
toriga rus qishloqlarini tashkil qilish uchun joy qidirishni topshirgan edi.
Oxir-oqibatda, 1874- yildan Sirdaryo viloyatiga rus aholisini ko`chirish
boshlangan. Dastlabki ko`chirilgan ruslar Qoraboltaga joylashganlar. Bu
hudud Yettisuv viloyati chegarasiga yaqin edi. Shuni aytish lozimki,
1891- yilga qadar Rossiyadan Sirdaryoga ruslarni ko`chirish juda keng
quloch yoymagan edi, xususan shu paytga qadar 20 ta rus qishlog’i
paydo bo`lib, ko`chirilganlar soni 7702 kishini tashkil qilardi.
Volgabo`yidagi ocharchilik tufayli 1891-1893- yillari Sirdaryo viloya-
tida 22 ta rus qishlog’i tashkil qilingan edi. Umuman olganda, 1895-
yilga kelganda 45 ta rus qishloqlari bor bo`lib, unda 15330 kishi
istiqomat qilardi. 1900- yilga kelganda Sirdaryo viloyatidagi qishloqlar
48 tani, aholi esa 20 ming kishini tashkil qildi.
Farg’ona viloyatiga ruslarni ko`chirish masalasi ham 1891- yildan
boshlandi. 1893- yilda O`sh uyezdiga 200 oila ko`chirib kelindi va
Pokrovskiy qishlog’i deb nomlandi. 1897- yilda Namangan uyezdi
boshlig’i tashabbusi bilan Kiyev guberniyasidan 200 oila tog’li Chotqol
vohasiga joylashtirishga chaqirildi. Umuman olganda, XX asr boshlariga
kelganda, Farg’ona viloyatida 3794 kishi ko`chirib kelinganlardan
yashardi.
Samarqand viloyatida esa, 1902- yilga kelganda, rus oilalari 570 ta
bo’lib, 2300 kishini tashkil qilgan.
1892- yildan Kaspiyorti viloyatining boshlig’i bo`lgan general-
leytenant D.N. Kuropatkin Kaspiyorti harbiy temir yo`lida ishlash uchun
va viloyat hududida yashovchi turkman, qoraqalpoq o`zbek dehqon-
laridan, chorvadorlaridan tortib olingan yerlarda joylashib, xo`jalik
yuritishlari uchun ko`plab rus aholini keltirishga katta ahamiyat bergan.
Gap shundaki, Turkistonning boshqa viloyatlariga nisbatan bu viloyatda
iqlim va yashash sharoitlari (jazirama, issiq qumli shamollar, suvsizlik,
aholining mustamlakachilarga nafrati va x. k) ancha noqulay edi. Shuni
ham aytib o`tish kerakki, 1892- yilda Kaspiyorti viloyatida sodir bo`lgan
89
vabo epidemiyasi shaharlarda, baliqchilar posyolkalarida, temir yo`l
stansiyalarining yaqinida yashovchi rus aholisiga katta talofatlar
yetkazdi. Bu haqda xabar topgan ruslar, kazaklar Kaspiyorti viloyatiga
emas, balki Samarqand, Sirdaryo viloyatlariga, Amudaryo bo`limiga
qarashli hududga ko`chishga harakat qilishgan edi.
Kaspiyorti viloyatida general A.N.Kuropatkin boshliq bo`lgan
yillarda bir qator tashkiliy, moliyaviy, harbiy choralar va Krasnovodsk-
Ashxobod-Samarqand temir yo`li o`tkazilishi tufayli Rossiyadan va
Kavkazdan aholini ko`chirib keltirish, joylashtirish amaliyoti ancha
kengaydi. Rus aholini joylashtirish uchun eng avval Ashxobod
uyezdining hududi tanlandi va bu yerda yashovchi turkmanlarning
aksariyati Sharqiy Eronga, Mari, Elatan uyezdlariga ko`chishga majbur
qilindi.
Ko`chirib keltirilgan va o`zicha ko`chib kelgan ruslar XIX asrning
90-yillarida Kozelskoye (Vashyuvskiy), Kulkulab (Dmitriyevka),
Saratovskoye (1911- yildan Samsonovskoye), Kaltachinov (1896- yildan
Kuropatkinskiy), Visokos (Obruchevskiy) qishloq seleniyelarini tashkil
qilishdi. Marv uyezdida, Afg’oniston chegarasida, Kushka harbiy
istehkomiga qo`shni sifatida Alekseyevskoe nomli katta seleniye; Eron
chegarasiga yaxshi bo`lgan hududda ham shu yillarda Krestovoye
(Tedjen uyezdi); Krasnovodsk uyezdida Petrovskiy, Aleksandrovka,
Annenkovskiy, Nikolskiy, Mari uyezdida Poltavskoye nomli seleniyelar
paydo bo`ldi.
Bulardan tashqari, Turkiyadan kelgan deyarli 3 ming armani
qochoqlar ham Kaspiyorti viloyatida, asosan, Ashxobod uyezdiga
joylashtirildi. Natijada, 1897- yilda bu viloyatda 4803 armani va 11
mingdan ko`proq ruslar bor edi.
Turkistonda tashkil etilgan viloyatlarga kazaklar yetarlicha
ko`chirilganligini, lekin ular o`lkaning iqtisodiyotini metropoliyaning
ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida rivojlantirishda faol qatnashishi
mumkin emasligini hisobga olgan holda general-gubernator K. P. fon
Kaufman 1868- yildayoq Turkistonga xo`jalik jihatidan baquvvat
dehqonlarni ko`chirish zarurligini asoslagan edi. Shu bilan birga yangi
mustamlakada kapitalistik munosabatlarni yanada rivojlantirish, mahal-
liy mulkdorlar va hunarmandlar raqobatini bartaraf qilish, rossiyalik
sarmoyadorlar, savdogarlar, geologlar, muhandislar, agronomlar va
boshqa mutaxassislarning faoliyatini kengaytirish va o`lkaning tabiiy
boyliklarini metropoliyaga olib ketish masalalari ham qo`yilgan edi.
K.P. fon Kaufmanga imperator tomonidan deyarli cheklanmagan
90
vakolatlar berilganligi, general-gubernatorning buyuk davlatchilik
mavqei va mahalliy xalqlarga o`ta adolatsizligi hamda metropoliya
aholisining vakillari o`lkada o`zlarini g’olib deb hisoblaganligi Rossiya
imperiyasi mustamlaka ma`muriyatining siyosatida, amaliy faoliyatida
o`z aksini topdi. Yettisuv yerlariga, Sirdaryo bo`yidagi hududlarga XIX
asrning 60-yillarida o`z xohishi bilan ko`chib kelgan rus aholisini
shaharlik kambag’allar, mayda savdogarlar va qashshoq dehqonlar
tashkil qilgan. Ular mahalliy aholiga nihoyatda qo`pol, jinoyatkorona
munosabatda bo`lishgan. Mahalliy dehqonlar va chorvadorlarning
yerlarini tortib olish hollari juda ko`p kuzatilgan.
Harbiy ma`muriyat mavjud sharoitlarga ko`ra emas, balki ko`chib
kelayotgan rus aholini ehtiyojlarini hisobga olib harakat qilgan va
natijada mahalliy aholiga nisbatan tajovuz, adolatsizlik, shovinistik
yondashuvlar ommaviy tus olgan. Turkiston general-gubernatori K.P.
fon Kaufman ilgarigi amaliyotdan farqli o`laroq, Rossiya birinchi
navbatda rus, umuman, provoslav mazhabiga mansub aholini tashkiliy
ravishda ko`chirib keltirishga harakat qilishi lozimligini qayd etib, qaysi
yo`nalishlardagi hududlarga rus dehqonlarini joylashtirish maqsadga
muvofiq bo`lishini ko`rsatdi.
Imperiya devonxonasi 1873- yilda Turkiston general-gubernatori-
ning Orenburgdan Toshkentgacha va Toshkentdan Chimkent, Avliyoota
va Verniy orqali Semipalatinskgacha bo`lgan yo`nalishlardagi hudud-
larga, eng avvalo ruslarni ko`chirish, joylashtirish takliflariga rozi
bo`ldi. Tez orada ikkinchi yo`nalish ancha maqbul deb topildi. Chunki
bu yo`nalishdagi hududlarda iqlim yaxshiroq edi. Mustamlakachi
ma`muriyat, xususan, general-gubernator K.P. fon Kaufmanning o`zi
Rossiyadan Turkistonga ko`chirib keltirilayotgan aholining sonini,
ijtimoiy va milliy tarkibini, siyosiy ishonchliligini nazorat qiladigan
bo`ldi. Birinchi navbatda, xizmat muddatinn o`tab bo`lgan harbiylar
oilalari bilan o`lkada doimiy yashab qolishlariga rag’batlantiradigan
choralar belgilandi. XIX asrning 60-yillari oxiri - 70-yillarida Turkiston-
ga aholi, asosan, Astraxan, Xarkov, Voronej, ayniqsa, Orenburg, Samara
guberniyalaridan ko`chirib keltirilganligi, ularning ko`pchiligi qashshoq
bo`lgani uchun hukumat ularning ko`chishi yo`nalishini manzillarini
oldindan aniqlashga qaror qildi. Ayni mahalda mazkur mezonlar tegishli
ravishda tanlab olingach, ko`chishga tayyor bo`lganlarga “o`tish guvoh-
nomasi” deb atalgan hujjat berilishi va shu hujjatga asosan ularning
joylashuvida ma`muriyat ko`maklashishi nazarda tutildi.
91
Bu tartib o`zboshimchalik bilan ko`chib keluvchilar oqimini eng
kam darajaga yetkazish uchun yo`lga qo`yildi. Chunki ular ko`chib
kelgan joylarida tub qishloq aholisining yeri, qoramoli va hatto, uy-
ro`zg’or buyumlarini ham zo`rlik bilan tortib olishardi. Garchi hukumat
bunday hodisalarga ko`pincha e`tibor bermagan bo`lsa-da, dehqonlar-
ning ommaviy g’alayonlari oldini olishni istagandi. Undan tashqari,
Turkiston ma`muriyatining aholini ko`chirish amaliyotini tartibga
solishga qaratilgan choralari doim ham samara beravermadi. Bu borada-
gi masalalarni hal etish yo`llarini belgilovchi birorta ham qonun-qoidalar
to 1881- yilgacha mavjud emas edi. Shu sababli imperiya hukumati,
mustamlaka ma`muriyati taklifi bilan 1881- yil 10- iyulda “Dehqonlarni
bo`sh davlat yerlariga ko`chirish bo`yicha muvaqqat tartib-qoidalar”ni
tasdiqladi. Bu qoidalar 1882- yil 18- mayda tashkil etilgan Dasht gene-
ral-gubernatorligiga ham taalluqli ekanligi belgilab qo`yildi.
XIX asrning 60-yillardan boshlab, Rossiyaning ichki guberniya-
larida krepostnoylik huquqini bekor qilish bilan bog’liq sa`y-harakatlar
aholining quyi qatlamlarini juda og’ir ahvolga soldi. Ming-minglab rus
dehqonlari qashshoqlikdan, ochlikdan qutilish maqsadida yangi bosib
olingan va olinayotgan hududlarga intilishardi. Gap shundaki, krepost-
noylik huquqini bekor qilish to`g’risidagi qonunga ko`ra, dehqonlar
ixtiyoridagi yerlarning 1/5 qismi pomeshchik va quloqlarga o`tdi. Yerni
sotib olmoqchi bo`lganlar uning qiymatining 20-25 foizini to`lashi zarur
edi, qolgan qiymatini davlat to`laydigan bo`lishi kerak edi. Dehqonlar
esa davlatga o`z qarzlarini 49 yil mobaynida to`lashlari lozim edi.
Tabiiyki, bunday shartlarga dehqonlar ko`nishi qiyin edi. Undan tashqari
Rossiyada qurg’oqchilik, hosilsizlik ro`y bergan yillarda metropoliyadan
aholi ko`chishini boshqarish, nazorat qilishning iloji yo`q edi. Masalan,
1889-1891- yillarda ichki guberniyalarda ko`chish guvohnomalari 17289
oilaga berildi. Ko`chib kelgan oilalar soni esa aslida 28911 ga yetdi.
Imperiyaning g’alla yetishtiriladigan ko`plab guberniyalarida ro`y ber-
gan ocharchilik sababli 1892- yilda ko`chuvchilar oqimi keskin
ko`payib, 100 ming kishidan ortiqni tashkil qildi.
Oqibatda Sirdaryo viloyatining o`ziga 1892-1893- yillarda ko`chib
kelganlar 17 ta qishloqni barpo etishdi. Rossiya hukumati Uralortiga,
shu jumladan, Turkistonga aholini ko`chish harakatini qisqartirish, uni
Sibir va Uzoq Sharq tomonlarga yo`naltirish maqsadida 1892- yil 6-
martdagi farmoyish bilan chiqish joylarida ko`chish hujjatlarini berishni
taqiqlab qo`yganda ahvol shu darajada bo`ldi. Biroq Toshkentda 1892-
yilda bo`lib o`tgan qo`zg’olondan havotirga tushgan mustamlakachi
92
ma`muriyat rus aholisini o`lkaga jalb etishga yana rozi bo`ldi. Aholini
ko`chuvchilik harakatini boshqarish uchun mas`ul bo`lgan maxsus
idorani tuzish zarurati yuzaga keldi. 1896- yilda Dehqonchilik va yer
tuzish Bosh boshqarmasi qoshida tashkil etilgan Ko`chiruvchilik
boshqarmasi shunday idora bo`lib qoldi. Turkiston markazida, uning
viloyatlarida, Dasht o`lkasida, uning boshqaruv bo`limlari, uyezdlar va
qator shaharlarda ko`chiruvchilik punktlari tashkil etildi.
XIX asrning oxirida - XX asrning boshlarida faqat Turkistonda
emas, balki Buxoro amirligi va Xiva xonligidan zo`rlik bilan tortib
olingan hududlar ko`chirib keltirilgan rus aholini, 1915- yildan boshlab
esa xorijiy harbiy asirlarni ham joylashtirish uchun foydalanilgan. Bu
esa tub aholi uchun ham juda og’ir bo`lgan. 1914- yil avgustning oxiri
sentabrning boshida Rossiya imperiyasining Harbiy va Ichki ishlar
vazirliklari Turkiston ma`muriyati bilan birgalikda Avstro-Vengriya,
Germaniya armiyalariga mansub harbiy asirlarni Toshkent, Samarqand,
Skobelev, Ashxobad, Qo`qon, Andijonda joylashtirish va asirlar
tarafidan bajariladigan ishlarning hajmi va turlarini rejalashtirgan edi.
Shuni ham qayd etish kerakki, Rossiya imperiyasi va mustamlaka-
chi ma`muriyati 1898- yilgi Andijon (Dukchi Eshon) qo`zg’oloniga
javoban mohiyatiga ko`ra o`ta shafqatsiz, xarakteriga ko`ra shovinistik
choralarni qo`lladi. Mustamlakachi harbiy-siyosiy rahbariyat yuzlab
qo`zg’olon ishtirokchilari halok bo`lganiga qaramay, 200 dan ziyod
kishini Sibirga badarg’a qildi. Ular orasida o`zbeklar, qirg’izlar, qozoq-
lar, tojiklar, uyg’urlar va turklar bor edi. “Tugatilishi lozim bo`lgan
qishloqlar o`rnida rus seleniyelarni” barpo etish vazifasi ham Farg’ona
viloyati aholisi uchun g’oyat fojiali bo`ldi. Hukumat bu borada alohida
shafqatsizlik ko`rsatgani diqqatni tortadi. Ayrim rus amaldorlarining
guvohlik berishicha, jazoga tortilgan qishloqlar aholisi “ko`chishga
majburligi muqarrarligi to`g’risidagi fikrga butunlay ko`nikkan, lekin
qayerga ko`chishga to`g’ri kelishini bilmaydi”. Ruslar va ko`plab
ko`chib kelgan nasroniy diniga mansub boshqa aholining soni keskin
ko`paydi. XX asr boshlarida Stolipin islohoti munosabati bilan bu hol
yana ham kuchaydi.
Ichki ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o`z imkoniyatlari hisobiga
emas, balki yangi hududlarni bosib olish hamda ularning tabiiy
boyliklaridan va aholi salohiyatidan foydalanish hisobiga hal etishni
afzal ko`radigan Rossiya imperiyasi hukmron doiralari, qishloq xo`jalik
va sanoat-tovar ishlab chiqaruvchilari, savdo va xizmat ko`rsatuvchi
sohalarni egalladilar.
93
Mazkur davrda metropoliyadan Turkistonga aholini ko`chirish
xususiyatlaridan yana biri shu ediki, o`lkadagi yirik shaharlar (Toshkent,
Samarqand, Andijon, Qo`qon, Marg’ilon) rus (yangi) va mahalliy (eski)
qismlarga bo`linib, shaharlarni bog’lovchi yo`llar bo`yida kazaklarining
stanitsalari, rus dehqonlarining poseleniyelari barpo etildi.
O`rta Osiyo, xususan, Turkistonga Rossiyadan aholini ko`chirish
usullari esa dastlabki davrda yoki keyingi vaqtda ham deyarli bir xil
bo`lgan va mustamlaka ma`muriyatining harbiy-politsiya, buyuk davlat-
chilik boshqaruv tizimining mohiyati bilan belgilangan. Metropoliyadan
ko`chib kelganlar ayniqsa, kazaklar va ruslarning aksariyati, o`zlarini bu
yerda g’olib mamlakatning vakillaridek his etishib mahalliy aholiga
nisbatan ko`pincha qo`pol muomala qilishgan. Bunday ta`rif birinchi
navbatda kazaklarga, harbiy-politsiya organlaridagi mansabdorlarga
hamda hech qanday ruxsatsiz, o`zboshimchalik bilan ko`chib kelgan-
larga taalluqlidir.
XIX asr oxiriga kelganda, Turkistondagi rus qishloqlari soni 116 ta
bo`lib, 70745 kishini tashkil qilgan. 1897- yilgi aholini ro`yxatga olish
ma`lumotiga ko`ra, Turkistonda 197720 nafar ko`chirib keltirilganlar
bor edi. Tarixiy dalillar shuni ko`rsatadiki, ko`chirish siyosati bo`sh
yerlar emas, amalda mahalliy aholi tomonidan o`zlashtirilgan yerlarga
amalga oshirilgan. Rossiya tomonidan Turkiston zabt etilganidan
boshlab 1906- yilgacha ko`chirish siyosati tufayli Yettisuv viloyatidan
752197, Sirdaryodan 159561, Farg’onadan 9925, Samarqanddan 22907
va Kaspiyorti viloyatidan 10318 desyatina yer tortib olingan edi.
XX asr boshlarida Rossiyada iqtisodiy tanazzul kuchayib, u deh-
qonlarni ham chetlab o`tmadi. 800 ming dehqonlar xo`jaligi vayron
bo`lib, 1901- yilda dehqonlar 500 ming pud g’alla kam hosil oldilar.
To`la bo`lmagan ma`lumotlarga ko`ra, 1900-1904- yillarda Rossiyaning
Yevropa qismidagi 42 ta guberniyada 670 ta dehqonlar qo`zg’oloni
bo`lib o`tdi. 1901-1902- yildagi hosilsizlik Rossiya dehqonlarini
ruxsatsiz, o`zboshimchalik bilan chekka o`lkalarga ko`chishini kuchay-
tirib yubordi. Masalan, 1902- yili Yettisuv viloyatiga Rossiyadan 2228
ta oila, ya`ni 11687 kishi ko`chib keldi. O`zboshimchalik bilan Turkis-
tonga ko`chib kelganlar arzon ish kuchini tashkil qilib, xo`jaliklarda
ishlar, qozoqlardan yerlarni ijaraga olib dehqonchilik qilardi. Shu asnoda
ruxsatsiz ko`chib kelgan rus posyolkalari tashkil topdi. Farg’ona
viloyatining Andijon va O`sh uyezdlarida qirg’izlardan ijaraga olingan
yerlarda 637 oila ko`chib kelganlar – 3452 kishi yashab, 8 ta ruxsatsiz
posyolka tashkil qildilar. Namangan uyezdiga ko`chib kelgan 70 oila
94
ham Ketmontepaga joylashib, ruslar qishlog’ini tashkil qildilar. Ahvol
shu darajada nazoratsiz ediki, oxir-oqibatda 1907- yildagina rus qishloq-
lariga rasmiy “maqom” berildi va ro`yxatdan o`tkazildi.
Rossiya harbiy vazirligi tomonidan 1903- yil 10- iyunida “Qishloq
aholisini ko`ngilli tarzda Sirdaryo, Farg’ona va Samarqand viloyatlariga
ko`chirish qoidalari” joriy etildi. Ushbu “qoida”ga ko`ra, Turkistonga
ko`chib kelgan har bir erkakka 3 desyatinadan yer ajratish ko`zda
tutilgan edi. Ko`chib keluvchilar uchun yaylovlar berish, “zaruriyat va
imkoniyat”dan kelib chiqardi. Ayni paytda ushbu “qoida” Yettisuv va
Kaspiyorti viloyatlariga taalluqli emas edi. O`z navbatida Yettisuv va
Kaspiyorti viloyatlariga ko`chib kelganlar o`zboshimchalik bilan
joylashganlar qatorida hisoblanib, ularni rasman ro`yxatdan o`tkazish
ishlari bilan ma`muriyat shug’ullanmagan. Norasmiy ma`lumotlarga
ko`ra, Yettisuv viloyatiga o`zboshimchalik bilan ko`chib kelib, rasman
ro`yxatdan o`tkazilmaganlar 1902- yilga kelganda 23 ming kishini tash-
kil qilgan. Faqatgina Sirdaryo viloyatida ularning soni 2 ming kishini
tashkil qilgan.
1904- yil 6- iyunida Rossiya hukumati yangi ko`chirish bo`yicha
qonun qabul qilgan. Ushbu qonunga muvofiq, Rossiyada ko`chadiganlar
vakili dastlab joylarda yer bor yoki yo`qligini aniqlashi kerak edi. Ushbu
qonunga ko`ra, Turkistonga ruxsatsiz ko`chib kelganlar ham endilikda
qonuniy deb topildi. Ammo Turkiston hamon rasman ko`chib keluvchi-
lar uchun berk hudud hisoblanardi. Rasman Turkistonga ko`chirish
taqiqlangan bo`lsa ham amalda minglab rus dehqonlari Yettisuv va
Sirdaryo viloyatlariga ko`chish harakatida edilar. Yettisuv viloyatiga
o`zboshimchalik bilan ko`chib kelganlar 1902- yilda 23 ming kishidan
1910- yilga kelganda 65 ming kishiga yetgan. Bu paytda Sirdaryo
viloyatida o`zboshimchalik bilan ko`chib kelganlar 7778 kishini tashkil
qilgan. Shu paytda Farg’ona viloyatiga o`zboshimchalik bilan 893 oila
ko`chib kelgan edi. 1908-1909- yillarda Kaspiyorti viloyatiga 121 oila
ko`chib kelgan. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, 1906-1910 yillari mahal-
liy aholidan ko`chirib kelinayotganlar uchun 4432 desyatina yer tortib
olingan. 1910- yili 19- dekabrda Ko`chirish boshqarmasiga qozoq va
qirg’izlardan “ortiqcha” yerlarni tortib olishga rasman ruxsat berish
to`g’risida qonun qabul qilindi.
1917- yilga kelganda Turkistonda yashovchi o`troq rus aholisi 750
ming kishini ya`ni o`lkaning umumiy aholisi 10% ini tashkil qilgan. Rus
aholisining 400 mingtasi shaharlarda, 350 mingtasi esa qishloq joylarida
95
istiqomat qilardi. Ko`chirib kelingan, o`lkada yashayotgan rus aholi-
sining 278 mingtasi rus qishloqlarida yashardi.
Ko`chib kelib yashayotganlar ichida birinchi o`rinni Yettisuv vilo-
yati (75 ming kishi) egallab, bu yerda 195 ta dehqon qishloqlari bor edi.
Turkistonning qolgan 4 ta viloyatida 269 ta rus qishloqlari bo`lib, 96,5
ming kishi istiqomat qilgan.
Dostları ilə paylaş: |