O’zbek xalqining o’z vatanidan badarg’a qilingan xalqlarga g‘amxo‘rligi Stalin va uning atrofidagi yugurdaklari tomomdan urush yillanda ham kichik
xalqlar, etnik guruhlarga nisbatan adolatsizlik qilindi.Urushning dastlabki yilidayoq Volgabo‘yi nemislar avtonom respublikasi tugatildi. Uning 300 mingdan ortiqroq aholisidan «bosqinchilar yordam olishi mumkin», degan gumon bilan ularni yashab turgan joylaridan mahrum etib, Sibir va Qozog‘iston viloyatlariga ko‘chirib yuborildi.
«Bu xalqlar fashistlar bilan hamkorlik qilishda» ayblandi, hech kimdan hech narsa so‘rab surishtirlmadi, har bir odamning qanchalik aybdorligi, gunohkorligi aniqlanmadi, hamma ommaviy ravishda qattiq jazolandi. Ko‘chirish yashirin holatda va shoshilinch ravishda amalga oshirildi. Bu katta kulfatlarga, ko‘pchilik odamlar, bolalarning yo‘lda qirilib ketishiga olib keldi. Bu xalqlar adolatsiz jazolanayotgan bir paytda, ularning farzandlari, yoru-birodarlari fashistlarga qarshi jang qilmoqda edilar. Ular yurtdoshlari boshiga tushgan kulfatdan bexabar edilar. Ko‘chirilganlar Sibir va o‘rta Osiyoning aholisi kamroq bo‘lgan tumanlariga guruh-guruh qilib taqsimlandi.
Stalin boshliq Markaziy hokimiyat amalga oshirgan milliy siyosatning zarari, adolatsizligi odamlarning qattiq qatag‘on qilinishi bilan chegaralanib qolmadi. Uning mudhish ekanligi yana shundaki, ko‘plab xalqlarning milliy davlatchiligi buzildi, respublikalar va muxtor viloyatlarning haq-huquqlari poymol qilindi. Eng dahshatlisi shundaki, butun-butun xalqlarning milliy madaniyati, qadriyatlari va an'analari oyoq osti qilindi. Bunday «milliy siyosat» Markaz tomonidan butun vositalar bilan tashviqot qilinayotgan Sovet Ittifoqidagi xalqlar o‘rtasida buzilmas do‘stlik to‘g‘risidagi g‘oyaga soya, qora dog‘ bo‘lib tushdi. Bunday zo‘ravonlikning zararli oqibatlari hanuzgacha to‘la bartaraf etilganicha yo‘q. Vaqti-vaqti bilan millatlar o‘rtasidagi nizolar, fojealar chiqishga sabab bo‘lib kelmoqda.
I.Urushning dastlabki kunlarida fashist bosqinchilariga qarshi janglarda O‘zbekistonlik jangchilar ko‘rsatgan jasorat haqida so‘zlab bering.
2, O‘zbekistonlik jangchilar Moskva uchun janglarda qanday jasorat ko‘rsatganlar?
3. Zebo G’aniyeva jasoratini bilasizmi?
4. Urushda tub burilish yasashga O‘zbekistonlik jangchilar qanday hissa qo'shdilar?
5. O‘zbekistonlik partizanlardan kimlarni bilasiz? Ularning jasorati haqida so‘zlab bering.
6. Yevropa mamlakatlarini fashizm asoratidan xalos etishga O‘zbekistonlik jangchilar qanday hissa qo‘shdilar?
7. Sobir Rahimov general unvonini qachon olgan, uning jasoratini bilasizmi?
8. «Turkiston legioni» nima, nima uchun u barbod bo‘ldi?
9. Urush O‘zbekiston xalqi boshiga qanday kulfatlar keltirdi?
10. «Xotira va Qadrlash» kuni haqida nimalarni bilasiz?
11.O‘zingiz yashayotgan shahar, tumandagi urush qatnashchilari, ularning jasoratlari haqida referat yozing.