Turkistonda sovet hokimiyatining o`rnatilishi



Yüklə 227,33 Kb.
səhifə16/45
tarix20.12.2022
ölçüsü227,33 Kb.
#76813
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
REFERAT - “O’ZBEKISTON TARIXI” FANIDAN MA’RUZALAR TO’PLAMI

Harbiy safarbariik
O‘zbekistonliklar frontga otlandilar. Urushning birinchi oyidayoq harbiy komissarliklarga 32 mingdan ko‘p ishchilar, xizmatchilar, kolxozchilar, yoshlar o‘zlarini frontga jo‘natishni so‘rab ariza berdilar. Barcha viloyat, shahar va tuman harbiy komissarlari harbiy xizmat majburiyatida bo‘lganlarni safarbar etish bilan shug‘ullandilar. Urushning dastlabki oyidayoq yuz minglab vatandoshlarimiz qo‘lga qurol olib frontga jo‘nab ketdilar.
O‘rta Osiyo harbiy okrugi front uchun jangchilar va zobitlar tayyorlaydigan o‘choqqa aylantirildi. Bu okrug 1941-yil iyunidan 1942-yil oxirigacha bo‘lgan muddatda harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy qo‘shilma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy Bosh Qo‘mondonlik qarorgohi zaxirasiga 86 diviziya va brigada jo‘natdi.
O‘zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlar milliy harbiy qo‘shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. 1941-yil 13-noyabrdan 1942-yil martigacha bo‘lgan davrda 14 ta milliy harbiy qo‘shilmalar, jumladan, 9 ta o‘qchi brigada, 5 ta otliq askarlar diviziyasi tuzilib frontga jo‘natildi. Milliy qo‘shilma askarlari va zobitlariga yaxshi harbiy ta'lim berishda, ular bilan frontni mustahkamlashda O‘zbekistonda tuzilgan zahiradagi 24-o‘qchi diviziya katta rol o‘ynadi. Diviziyaning boshliqlari va zobitlari tarkibida 178 o‘zbek o‘g‘loni faol xizmat qildi. Bu diviziya urush yillarida 390 ming kishidan ziyod jangovar kuchlar tayyorladi va frontga jo‘natdi.
O‘zbek xalqi, keksalar, ota-onalar dahshatli sinov paytida o‘z farzandlarini frontga jo‘natar ekan, ularga mard va botir askar bo'l, hamisha birinchi safda yur, qahramonlarcha jang qil, g‘alaba bilan qayt, deb nasihat qilib qolardilar.
Mehnat safarbarligi
O’zbekiston partiya va sovet tasnkilotlari front orqasini mustahkamlash, xo‘jalikni harbiy izga tushirish, barcha odamlarni mehnatga safarbar etish, ko‘plab jangovar texnika, qurol-aslaha, o‘q-dorilar ishlab chiqishni yo‘lga qo’yish bo’yicha shoshilinch tadbirlarni amalgam oshirdilar.
Ko‘chirib keltirilgan bolalar turlicha yoshda edilar. 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar—bolalar uylari, maktab-internatlarga joylashtirilib, ularda o‘quv-tarbiya ishlari yo‘lga qo‘yildi. Fabrika-zavod talimi maktablari, hunar va temir yo'l bilim yurtlarining sobiq talabalari o‘qishni davom ettirishi uchun respublika zavod-fabrika talimi maktablarida o‘qishga jalb etildi. 15 yoshdan katta bo'lgan bolalar esa ishlab chiqarishga ishga joylashtirildi. (1942-yil 2-yanvarda Toshkent shahrida xotin-qizlarning yig‘ilishi bo‘lib, unda respublikamizdagi barcha ayollarga qarata murojaat qabul qilindi. Murojaatda yetim bolalarni o‘z tarbiyasiga olishga da'vat etiladi. Ko‘plab oilalar boqimsiz qolgan bolalarni o‘zlariga farzandlikka oldilar, topgan-tutganlarini ular bilan baham ko‘rdilar. O‘zbekiston rahbarlaridan Usmon Yusupov va Yo‘ldosh Oxunboboyevlar oilasi ham yetim bolalarni o‘z tarbiyasiga oldilar.
O’nlab bolalarni farzandlikka olib tarbiyalab voyaga yetkazgan oilalar respublikamizda anchagina. Ularning buyuk insonparvarlik, vatanparvarlik jasorati Toshkent shahrining Xalqlar do‘stligi maydonida yaratilgan yodgorlikda abadiylashtirildi.



Yüklə 227,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin