I BOB Turkiy tillar tasnifi
Turkiy tillar va ularni tasnif qilish masalasi.
Tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida tadqiq qilishning mahsuli sifatida tilshunoslikda geneologik tasnif maydonga keldi. Bu tasnifga ko`ra, tillar bir umumiy manbadan kelib chiqqanligi, o’xshashligi, qarindoshligiga qarab oilalarga ajratiladi.
Turkiy tillarning hozirgi holatini ilmiy jihatdan o'rganish uchun ularning uzoq tarixiy taraqqiyot yo`llarini nazariy bilish zarur.
Til taraqqiyotining turli davrlarida amal qilgan qonunlarni va shu qonuniyatlarga muvofiq tilda voqea bo’lgan fonetik, leksik, grammatik o’zgarishlarni o’rganishga qiziqish qadimgi davrlardayoq boshlandi.
Tillarning taraqqiyot tarixini o'rganishdagi eng muhim masalalardan biri —tasnifdir. Tasnif uchun turkiy tillarning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o'zaro munosabatlari aniqlanishi lozim.
Ma'lumki, turkiy tillarning tasnifi muammosi tillarni davrlashtirish muammosi bilan ham bog'liq. N.A.Baskakovning aytishicha, tasnif ma'lum darajada tillar tarixini davrlashtirish demakdir. Chunki tasnifda ham, davrlashtirishda ham bir xil tamoyilga, ya'ni tarixiylik tamoyiliga asoslanadi. Bundan tashqari, turkiy tillarni tasnif qilganda areal lingvistika materiallaridan foydalangar. holda tillarning distinktiv (har bir tilga xos) belgilarini aniqlash lozim boladi.
Turkiy tillarning tasnifi XI Mahmud Koshg'ariy tomonidan berilgan bolsa ham, XIX asrgacha nrkiy tillarning mukammal tasnifi yaratilmadi. XIX asrdan boshlab turki) tillarni rus va chet el olimlari tasnif qila boshladilar. Bu tasniflarda rir xillik yo'q edi. Ularning ba'zilari turkiy tillarni hududiy-jo'g'rofiy jihatdan (tasnif qilsa, boshqalari tillarning bir xil lingvistik belgisiga asoslanadi, ba'zi bir xil tasniflarda turkiy tillar tarixi xalq tarixi bilan yetarlicha bog’lanmaydi.
Turkiy tillar tasnif, muammosi bilan M.Koshg’ariy, I.N.Berezin, N.LIlngmimkiy, F. Ye.Korsh, A.N.Samoylovich,S. Ye.Malov, V.A.Bogorodskiy, I.A.Batmanov, N.A.Baskakov, F.B.Stralenberg, A.Balngbi, A.Remyuza, A.Palngmblada, G.Vamberi, X.Vinkler, K.Foy, G.Raxmatiy, R.Arat, T.Bangi o'gli, T.Tekin, L.Ligeti, l.Nemet, K.Derfer, K.Grenbek, M.Ryasyanen, G.Ramstedt, l.Bentsig, K.Menges, V.Shott kabi olimlar shug’u llanganlar.
Tillarning taraqqiyot tarixini o‘rganishdagi eng muhim masalalardan biri —tasnifdir. Tasnif uchun turkiy tillarning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o‘zaro munosabatlari aniqlanishi lozim.
Ma’lumki, turkiy tillarning tasnifi muammosi tillarni davrlashtirish muammosi bilan ham bog‘liq. N.A.Baskakovning aytishicha, tasnif ma’lum darajada tillar tarixini davrlashtirish demakdir. Chunki tasnifda ham, davrlashtirishda ham bir xil tamoyilga, ya’ni tarixiylik tamoyiliga asoslanadi.
Turkiy tillarning tasnifi XI Mahmud Koshg‘ariy tomonidan berilgan bo‘lsa ham, XIX asrgacha nrkiy tillarning mukammal tasnifi yaratilmadi. XIX asrdan boshlab turki) tillarni rus va chet el olimlari tasnif qila boshladilar. Bu tasniflarda bir xillik yo‘q edi. Ularning ba’zilari turkiy tillarni hududiy-jo‘g‘rofiy jihatdan tasnif qilsa, boshqalari tillarning bir xil lingvistik belgisiga asoslanadi, ba’zi bir xil tasniflarda turkiy tillar tarixi xalq tarixi bilan yetarlicha bog‘lanmaydi.
Turkiy tillar tasnif, muammosi bilan M.Koshg‘ariy, I.N.Berezin, N.Ilminskiy, F. Ye.Korsh, A.N.Samoylovich,S. Ye.Malov, V.A.Bogorodskiy, I.A.Batmanov, N.A.Baskakov, F.I.Stralenberg, A.Remyuza, R.Arat, T.Tekin, Nemet, K.Derfer, K.Gryonbek, G.Ramstedt, K.Menges, V.Shott kabi olimlar shug‘u llanganlar.
Dostları ilə paylaş: |