Turkiy tillar tasnifi


II BOB Turkiy tillar oilasi



Yüklə 112 Kb.
səhifə4/7
tarix26.01.2023
ölçüsü112 Kb.
#81019
1   2   3   4   5   6   7
TURKIY TILLAR TASNIFI.

II BOB Turkiy tillar oilasi

    1. Turkiy tillarni o`rganish tarixidan.

Turkiy tillarning o`rganilish tarixidan, ilmiy turkiyshunoslik asoschilari, turkiy tillarning geneologik tasnifi, turkiy tillar oilasi, agglyutinativ tillar, turkiy tillarning fonetik strukturasi.
Turkiy tillarni o`rganish uzoq davrlarga borib taqaladi. Turkiyshunoslikni XI asrda Mahmud Qoshg`ariy boshlab berdi. O`zining “Devonu lug`atit turk” asarida olim (Qomus Istambulda Ahmad Rif’at tomonidan 1915-1917-yillar (III tomlik) da nashr qilingan, shuningdek, Sim Atalay (Divanu Lug`at-it-Turk terkumesi) va C.Bchoskelmann (Mittelturkisscher Wortschatz nach Mahmud al-Kasgaris Divan Lug`at-at-Turk) tomonidan tarjima qilingan) asosan uyg`ur, xakas, qipchoq va o`g`uz tillari materiallari asosida qiyosiy-tipologik tadqiqotlarni yuzaga chiqargan. Asarda qirg`iz, qipchoq, uyg`ur, tuxsi,yag`mo, chigil, igrak, charuk, yemak, boshqird tillari va xalqlari qarindosh deyiladi. Bulg`or va suvar tillarini birmuncha farq qiluvchi, o`g`uz tillarini esa eng oddiy, deb hisoblaydi. Chumul, kay, yabaku, tatar, basmil xalqlari boshqa tilda gaplashishgan. Eng to`g`ri, ya’ni abadiy tilga eng yaqin til – tuxsi va yag`mo tillari bo`lgan.
Mahmud Qoshg`ariy lug`atida so`zlar ulardagi tovushlar sonining o`sib borishiga ko`ra joylashtirilgan.Ismlar va fe’llar farqlanib, turkiy tillarning fonetik – morfologik tasnifi hamda jo`g`rofiy yoyilganligiga ko`ra xarakteristikasi berilgan. Tillar tabiatini hamda ularning u yoki bu tasnif guruhiga mansubligini ifodalovchi belgilar sifatida M.Qoshg`ariy quyidagilarni ko`rsatadi:
a) соответствие (y~j) so`z boshida y-j mosligi;
b) so`z boshida m~b;
v) so`z oxirida y – n;
g) so`z boshida t~d;
d) so`z o`rtasida y~z.
Az-Zamaxshariyning (1143-yilda vafot etgan) “Muqaddimat al-adab” nomli filologik asari arab-fors-turk-mo`g`ul tillari lug`ati sanaladi. V.V.Bartoldning aniqlashicha, bu lug`atning turkiy qismi eramizning XII-XIII asrlari adabiy turkiy tilini aks ettiradi. Al-Andalusiy (arab tilshunosi) yaratgan lug`at va grammatikada qipchoq (kuman yoki poloves) tilining o`g`uz (turkman) tili bilan qiyosan elementlari mavjud. Jamoliddin ibn Muxannaning “Xil’at ul-lison va halibot ul bayon” asari o`g`uz tillaridan birining lug`at va grammatikasini, shuningdek, fonetik xarakteristikasining bayon etilganligi bilan ajralib turadi. b va m, t va d undoshlarining boshda f va n, k va x undoshlarining boshqa pozitsiyalarda kelish xususiyatlari ochib beriladi. Jamoliddin at-Turkiyning “Bulg`at al-mushtak” lug`ati arab-qipchoq tillarini qiyoslash asosida tuzilgan.
Misrda arab filologlari tomonidan yaratilgan asarlar: XV asr grammatik tadqiqoti “Qavanin al-Kulmiya li-dabt al-lug`at at-Turkiya” (1928-yilda Istambulda Kilisli Rif’at tomonidan nashr etilgan) hamda XV asrning filologik asari “Kitob at-tuhfatuz zakiya” (1945-yilda Istambulda Basim Atalay tomonidan nashr qilingan)dir. Turkiyshunoslikning yana bir tarmog`i XVIII va XIX asrning 1-yarmidagi rus va g`arb tadqiqotchilarining izlanishlari samarasini o`z ichiga oladi. XVIII asrdan turkiy tillarni qiyosiy o`rganish sohasida F.I.Tabbert – Stralanberg (shved ofitseri) muhim o`ringa ega. U ural-oltoy nazariyasi-ural (fin-ugor va samold) va oltoy (turk, mo`g`ul va tungus-manchsjur) tillarining qarindoshligini aniqlagan. Bu nazariyaning tarafdorlari sifatida V. Shott, M.A.Kastren, O.Donner, G.Vinkler, I.Gryunsel, G.Ramatedt, A.Sovaneo va boshqalar ma’lumdirlar.
Ilmiy turkiyshunoslikning asoschilari - O.Byotlingk va V.V.Radlov hisoblanadi. Turkologiyadagi1 qiyosiy - tarixiy tadqiqot O.Bytlingkka tegishli bo`lib, unda yoqut tili va uning boshqa turkiy tillardagi grammatik qurilish va leksika bilan solishtirilgan tarzda bayon qilingan. L.Budagov2 va H.Vamberi ham turkiy tillar leksikasi bo`yicha muhim izlanishlar natijalarini yozib qoldirishgan. V.V.Radlov turkiy tillarini qiyosan o`rganish bo`yicha eng mukammal va asosli ishlar yaratganki, undan keyingi tadqiqotlar V.V.Radlov ishlarining davomi va to`ldirilgan ko`rinishlari bo`lib yuzaga chiqdi. Olimning “Образцы народной литературы тюркских племён” (т. I-X, СПБ, 1868-1904), “Опыт словаря тюркских наречий”. (СПБ, 1888-1905) kabi asarlari turkiy tilshunoslikda eng qimmatli ilmiy asarlardir.
N.F.Katanova “Опыт исследования урянхайского языка с указанием главнейших родственных отношений его к другим языком тюркского корня” (Казань, 1903) nomli tadqiqoti ham fanda ulkan shuhrat qozondi. Xullas, turkiy tillarini o`rganish bo`yicha qisqacha sharx shulardan iborat bo`lib, turkiy tillar, turkiy xalqlar va ularning madaniyati kabilar olimlarni qiziqtirib kelganligini dalillaydi.


    1. Yüklə 112 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin