III BOB Turkiy tillar taraqqiyotining davrlari Turkiy tillar taraqqiyotini davrlashtirish masalasi.
Tillarning taraqqiyoti va yanada takomillashuvi xalq ijtimoiy hayotining taraqqiyotiga bog'liq. Kishilik jamiyatining eng kichik va qadimiy uyushmasi urugdir. Turli sabablarga ko'ra urug'lar bo'linib, qarindosh uruglar paydo btildi. Qarindosh urug'lar uyushmasi qabila deb ataladi. Qabilalarning o'z tili, aloqa vositasi bo'lgan.
Tilning qabila tilidan xalq tiliga, xalq tilidan milliy tilga aylanishi tarixiy jarayonning mahsuli hisoblanadi. Har bir turkiy til o'zining umumturkiy xarakterini saqlagani holda cfziga xos xususiyatlarga ega boiib
bordi.
Umumiy til, negiz til tushunchasi har bir konkret turkiy til uchun, shuningdek, turkiy tillarning ma'lum guruhi uchun nisbiy xarakterga ega, chunki har bir turkiy tilning taraqqiyot yo'li boshqacha bctladi. Masalan, hozirgi qoraqalpoq tili uchun XIY-XYI asrlardagi qipchoq-ntfgay tilining umumiy tili negiz til hisoblanadi. Qipchoq-no'g'ay umumiy tili uchun esa IX-XIII asrlardagi umumqipchoq tili negiz til sanaladi.
Turkiy tillar garchi bir negiz tildan o'sib chiqqan bo'lsa-da, zamon otishi bilan ularning ayrimlari bir-biridan uzoqlashib ketganlar. Bunga asosiy sabab, birinchidan, ularning turli territoriyalarda bo'lishligi, ikkincludan, boshqa tillar bilan aloqaga kirishishidir.
Masalan, oltoy tillari mo’g’ul tillari bilan, turkman tili eron tillari bilan, yogut tili mo'g'ul-manjur tillari bilan, o'zbek tili fors-tojik tillari bilan o'zaro yaqin aloqada bo'lgan. Ana shu aloqa natijasida turkiy tillar orasida sezilarli farqlar paydo bo'lgan.
Turkiy tillar taraqqiyotini oltoy va xunn davrlari.
Turkiy xalqlar va ularning tillari taraqqiyotini bir qator turkolog olimlar turli bosqichlarga bo'lib davrlashtirgan. Jumladan, N.A.Baskakov «Vvedenie vizuchenie tyurkskixyazыkov» («Turkiy tillarni o'rganishga kirish») asarida turkiy tillar taraqqiyotini quyidagi davrlarga bo'lgan:
1. Oltoy davri (eramizning III asrigacha).
2. Xunn davri (eramizning II asrigacha).
3. Qadimgi turk davri (Y-X asrlar).
4. O'rta turk davri (X-XY asrlar).
5. Yangi turk davri (XY-XX asrlar).
6. Eng yangi davr (Hozirgi turkiy tillar).
Oltoy davrining qat'iy xronologik chegarasi belgilangan emas. Turkiy tillarning oltoy nazariyasiga ko'ra turkiy, mo'gul, tungus-manjur tillari bilan qarindosh hisoblanib, shu tillar birgalikda oltoy tillari oilasini tashkil qiladi. Bu nazariyaga ko'ra turkiy va mo'gul tillaridagi umumiylik bu tillarda gaplashuvchi xalqlarning IY-YII asrlarda Xitoyda, YII-XII asrlarda Baykal tevaragida va XIII-XIY asrlarda Turkistonda o'zaro yaqin munosabatlari natijasida paydo bo'lgan. Turkiy va manjur tillaridagi umumiylik bu tillarda gaplashuvchi xalqlarning YIl-X asrlarda Boxay davlati hukmronligi davrida o'zaro kontaktlari orqasida yuzaga kelgan. Mo’g'ul-tungus-manjur tillaridagi umumiylik X-XIIl asrlarda manjurlarning mo`g`ul yozuvini o'zlashtirishi orqasida yuzaga kelgandir.
Darhaqiqat, Turkiyadan to Yaponiyagacha tarqalgan turkiy tillar tarkibiga hozir 31 til, mo`g`ul tillari guruhida 17 til, tungus-manjur tillari guruhida esa 14 til va shevalar mavjud. Oltoy tillaridagi umumiy leksik qatlamning ba'zi jihatlariga to`g`ri kelsa-day lekin turkiy, mo`g`ul va tungus-manjur tillaridagi ayni bir xil grammatik xususiyatlarga to`g`ri kelmaydi. Bu grammatik xususiyatlar mazkur tillarning genetik qarindoshligi bilangina izohlanishi mumkin. Oltoy tillarining qarindoshligi B.Ya.Vladimirtsev, Ye.D.Polivanov, N.N.Poppe, GJ.Ramsted, V.I.Gipius, O.P.Sunik va boshqalar tomonidan asoslangan, Ular oltoy tillari oilasidagi o'xshashliklar azaldan bo`lganligini va u genetik birlik tufayli mavjud ekanligini ko'rsatadilar.
Oltoy tillaridagi umumiylikni tipologik o'xshashlik sifatida izohlovchi va ularda qarindosh deb hisoblovchi olimlar ham bor. Oltoyshunoslikdagi bu yo`nalishda V.L.Kotvich, L.Ligeti, J.Klousen, A.M.Shcherbak, G.Dyorfer, G.D.Sanjeev kabilarning tadqiqotlarida o`z ifodasini topdi.
Shunga ko'ra turkiy tillarning tarixi oltoy tillarining qadimdan bir til bo'lgan-oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobo tili dastlab tungus-manjur va turk-mo'g`ul tillariga, turk-mo'g`ul tili esa turk va mo'g'ul tillariga ajralgan.
Yuqqorida aytib o'tdikki, oltoy davri turkiy tillar taraqqiyotining eng qadimgi davr bo'lib, bu davrda turkiy tillar mo'g'ul, tungus-manjur tillaridan aytarli ajratilmagan edi. Bu haqda B,Ya.Vladimirtsev shunday yozadi: «Mo'g'ul, turk va tungus tillari o'zining umumiy o'tmishdoshiga egaki, itni shartli ravislida oltoy tili deb atash mumkin. Hozirgi oltoy tili ma'lum emas, balki oltoy tillari, ya'ni mo'g'ul, turk va tungus tillari borki, ular o'sha tilning taraqqiyoti natijasida paydo bo`lgandir».
Yuqorida ta'kidlanganidek, turkiy til oilasi to`g'risida turli flkrlar mavjud. Ba'zi olimlar (Ye.D.Polivanov, G.Ramstedt) turkiy tillarni katta oltoy tillar oilasiga kiruvchi guruh deb hisoblab, bu oilaga tungus-manchjur, mo'g'ul, koreys va yapon tillarini ham kiritishadi. Boshqa olimlar (O.Betling, G.Vinkler) ural-oltoy tillar oilasini ajratib, unga yuqorida qayd etilgan tillardan tashqari fin-ugor tillarini ham kiritishadi. Turkiy tillar bilan shug'ullanuvchi olimlarning fikricha turkiy, mo'g'ul, tungus-manjur tillar orasidagi genetik qarindoshlik uzil-kesil tasdiqlanmagan. Ularni birlashtirishi mumkin bo'lgan narsa-tipologik o`xshashlik bo`lib, bu tillar agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. Lekin bu qarindosh degan ma'noni anglatmaydi. Shuning uchun ham ko`p adabiyotlarda turkiy tillar alohida oila sifatida ajratiladi. Turkiy tillar o'zaro yaqin qarindosh tillar bo`lib, bu oilaga kiruvchi birorta tilni o`zlashtirgan kishi shu oilaga kiruvchi boshqa tilni ham tushuna olishi mumkin. Yoqut va chuvash tillari bundan istisnodir, chunki ular ko'pchilik turkiy tillardan ancha uzoqlashgan.
Turkiy qabilalar mo'g`ul qabilalaridan ajralib chiqqach, ular o`zlarining Xunnlar imperiyasini tuzdi. Bu imperiya eramizdan oldingi III asrdan eramizning Y asrigacha hukmronlik qilgan. Xunnlar imperiyasi Markaziy Osiyodan Sharqiy Yevropagacha bo'lgan katta territoriyani egallagan. Uning tarkibiga kdplab turk, mo’g’ul, tungus-manjur va boshqa qabilalar kirar edi. O'zaro urushlar natijasida Xunn imperiyasi eramizdan oldingi I asr oxirida 2 qismga bo’linadi. G'arbiy Xunn va Sharqiy Xunn davlatlariga ajralib ketdi. V.V.Bartolngdning ta'kidlashicha, Xunn imperiyasi davrining til xususiyatlarini aks ettiruvchi yozma yodgorliklar yo'q. Shuning uchun ham o`sha davr turkiy tillar xarakterini aniq tasvirlash qiyin. Xitoy va sanskrit tillari sharqda yashovchi turkiy qabilalar tiliga, qadimgi eron va slavyan tillari g'arbda yashovchi turkiy qabilalar tiliga kuchli ta'sir ko'rsatgan. Bu ta'sir turkiy tillar leksikasida sezilarli iz qoldirgan.
Turkiy, mo`g'ul, tungus-manjur tillari uchun umumiy bo'lgan qadimgi leksik elementlar hozirgi kungacha saqlanib keladi. Masalan, oltoy tilida tola (tomon), mo'g'ul tilida tola (vodiy), manjur tilida tola (choi, vodiy).
G’arbiy xunn va Sharqiy xunnlarga bo'liugach, r-l tovushli tillarga z-s tovushli tillarga ajraldi. r-l tovushli tillarga qadimgi bulgor, xazar va hozirgi chitvashlarning avlodlari so'zlashgan bo'lsa, z—sh tovushli tillarda esa qadimgi o'g'uz, qirg'iz, qipchoq va qarluqlarining ot-bobolari gaplashgan. Hatto, bu davrda z-sh tovushli tillarning tfzlari ham bir-biridan uzoqlaslui boshlagan edl. Shuning uchun ham Mahmud Koshgariy o'guz va qipchoq tillarini alohida guruhga, uyg'ur tilini boshqa guruhga kiritib, ular o'rtasidagi fonetik farqlarni ko'rsatib berdi. Masalan, o'g'uz qipchoq tillarida yiliq suv deyilsa, uygurlarda iliq suv deyilgan. Uyg’urchamen berdim birikmasi o'guz qipchoqlarda ben berdim tarzida qo'llaniladi. Bundan anglash mumkinki, xunnlar davrida o'g'uz-qarluq- qipchoq ittifoqi tili bir guruhni tashkil qilib, keyinchalik qarluq va o'guz qipchoq guruhlariga bo'linib ketgan. Undan so`ng esa o'g'uz va qipchoq guruhiga bo`lgan. Umuman olganda, xunnlar davrida barcha turkiy tillar bir-biriga yaqtn uzoqligiga qarab, bir necha guruhni tashkil qilgan. Shuning uchun ham bu tillarda leksik-grammatik jihatdan o`zaro farqlar bor. Ular qadimgi turkiy tilning shakllanish va taraqqiyotiga zamin tayyorlaganlar.
V-X asrga kelib, turkiy tillar bilan mofg'ul tillari bir-biridan tamomila ajralib ketdi.
Turkiy qabilalar V asrda ancha kuchayib, dzlarining ko'chmanchi turk (tukyu) hoqonligini 550 yilda tuzdi. Bu hokonlikning chegarasi Amudaryo, Marv, Balx, Hindistongacha etib bordi. ffzaro urushlar arablar istilosi oqibatida turk davlati ikki qismga: 1) Markaziy Yettisuv bo'lgan garbiy turklarga. 2) Mo'g'uliston bo'lgan sharqiy turklarga ajraladi.
Qadimgi turkiy adabiy tilining yozma yodgorliklari runiy (urxun-enasoy) va uyg'ur yozuvlari orqali bizgacha etib kelgan.
Qadimgi turk davrida turkiy tillar differentsiatsiya qilindi. d-t tovushli tillar (qadimgi qirg'iz, qadimgi uyg'ur, o'g'uz)ga s-z tovushli tillar (qarluqqa) va y tovushli tillar (o`guz, qipchoq, qarluq)ga bo'linadi. Qadimgi turkiy til hozirgi turkiy tillarning shakllanishida asos btildi. Ana shu umumturk negizi tili xususiyatlari hozirgi barcha til tovushlarining grammatik qurilishi va lug`at boyligidagi umumiylikda ko'rinadi.
Xulosa. Turkiy xalqlar tillari va adabiyotini ilmiy ravishda o’rganish an‘anasining paydo bo’lishi o’rta asrlarga borib taqaladi. Bu an‘ananing qaror topishida klassik arab filologiyasining va unda tahsil olgan olimlarning ilmiy-lisoniy faoliyati katta ahamiyatga ega.
Klassik arab filologiyasining qachon paydo bo’lgani ma‘lum emas, chunki dastlabki ma‘lumotlar, asarlar bizgacha Etib kelmagan. Mavjud ma‘lumotlar esa bu fanning VII asrda paydo bo’lganidan dalolat beradi.
Arab filologlari, xususan, arab tilshunoslari VIII-XIV asrlarda yuksak natijalarni qo’lga kiritdilar. Iso as-Sag’ofiy (VIII asr), Al Basriy Sibovayxiy (VIII asr), Al Mubarrad (IX asr), Al Dinavariy (IX asr), M.Zamaxshariy (XII asr), Abu Hayyon (XIII-XIV asr) kabi olimlar arab tili fonetikasi va grammatikasi to’g’risida mukammal, izchil ta‘limot yaratdilar.
Arab tilshunosligi, ayniqsa, lug’atchilik sohasida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Halil Ibn Ahmad al Farohidiy (VIII asr) «Kitob ul Ayn» lug’atini yaratdi. Fonetik-fiziologik printsipga asoslangan bu lug’at arab leksikografiyasining ibtidosi hisoblanadi. Bu lug’atning arab leksikografiyasi tarixida tutgan o’rnini shundan ham bilish mumkinki, Halil ibn Ahmaddan qariyb uch yuz yil keyin yashagan Mahmud Qoshg’ariy o’z asarini uning lug’atiga o’xshatib tuzish niyatida ekanligini ta‘kidlab ko’rsatadi. Arab leksikograflari lug’atning xilma-xil turlarini ijod etdilar. Al Asmaiy(1X asr) maqol va matallar lug’ati, Muhammad al Anbariy (X asr) qarama-qarshi ma‘noli so’zlar lug’ati, Abdulla ibn Qutayba (1X asr) 12 tomli qomusiy lug’atini yaratdi. XIV asrda yashagan mashhur filolog olim al Feruzabodiy 60 tomli (ba‘zi manbalarga qaraganda 100 tomli) qomusiy lug’at tuzgani haqida ma‘lumotlar bor.
Arab leksikografiyasining imomi degan nomga sazovor bo’lgan Ismoil al Javhariy (X asr) lug’atchilikda alifbo printsipiga asos soldi. Uning qirq ming so’zlik lug’atida so’zlar o’zak oxiridagi tovushlarga qarab joylashtirilgan.
Klassik arab filologiyasi degan ifodadan bu fanni faqat arablarning o’zlari yaratgan ekan, degan ma‘no kelib chiqmaydi. Arab filologiyasi an‘anasining tashkil topishi va taraqqiy etishida arablar bilan bir qatorda boshqa xalqlarning vakillari ham ishtirok etgan. Arab xalifaligida arab tili din tili bo’libgina qolmay, shu bilan bir qatorda, adabiyot va fan tili ham bo’lgan. Shuning uchun adabiyotda, fanda ma‘lum mavqe‘ga intilgan har bir kishi arab tilini mukammal bilishi va shu tilda ijod qilishi shart edi. Ingliz sharqshunosi E. Braunning «Eron adabiyoti va tarixi» asarida ko’rsatilishicha, islom madaniyatining «oltin davri» hisoblanmish abbosiylar sulolasi hukm surgan davrda (749-846 yillar) arab fani va madaniyatining eng mo’‘tabar vakillari deb sanalgan 45 kishidan 30 tasi boshqa xalqlar vakillari bo’lgan.
Mashhur arab filologlaridan Sibovayxiy eronlik, M.Zamahshariy xorazmlik, Ismoil al Javhariy turkiy xalq vakili ekanligining o’ziyoq, arab fani, xususan, arab filologiyasi taraqqiyotida boshqa xalq vakillari qanday rol o’ynaganini ochiq-oydin ko’rsatadi. Arab filologiyasi an‘analari ta‘sirida tahsil ko’rgan olimlar o’rta asrlarda boshqa xalqlar tili va adabiyotini o’rganishda, xususan, turkiy xalqlar tili va adabiyotini o’rganishda katta rol o’ynaganlar. Bunday olimlarning ko’pchiligi mahalliy xalqlar orasidan Etishib chiqar edi. Turkiy filologiya fanining vujudga kelishi ham mana shu olimlarning ilmiy faoliyati bilan bog’liqdir.