Turkiy tillar tasnifi



Yüklə 112 Kb.
səhifə3/7
tarix26.01.2023
ölçüsü112 Kb.
#81019
1   2   3   4   5   6   7
TURKIY TILLAR TASNIFI.

1.2 XIX asr oxiri va XX asrda turkiyshunoslar tomonidan qilingan tasniflar.
Mahmud Koshg‘ariy qabilaviy tillarning sofligi tushunchasi ostida turkiy bo‘lmagan tillar ta’siri darajasini tushunadi. Shunga ko‘ra turkiy tillarni ikki guruhga ajratadi: a) sof, to‘g‘ri til; b) aralashgan turkiy qabila tillari.
Faqat turkiy tilda so‘zlovchi urug‘ va qabilalar; turkiy va boshqa tillarda so‘zlovchi urug‘ va qabilalar.
Birinchi guruhga arg‘u, qirg‘iz, o‘g‘uz, to‘xsi, yag‘mo, chigil, jaruq kabi tillar kiritilib, yamak va boshqird tillarini ham bu tillarga yaqin deb ko‘rsatadi.Uning fikricha tillarning yengili o‘g‘uz tili, eng to‘g‘risi va yaxshisi yag‘mo, to‘xsi tillari. Itil, Irtish bo‘ylaridan uyg‘ur shaxharlarigacha bo‘lgan hududlardagi tillar ichida Hakoniya o‘lkasida yashovchi qabillar tili (qoraxoniylar davlati tili) ni eng ochiq va ravon til deb baholaydi.
Ikkinchi guruhga Bolosog‘un, Taroz, Chin, Xo‘tan, Tibet shaharlari aholisining tili kiritilib, ularning sof turkiy tilda emas, balki boshqa tillardan ham foydalanib so‘zlashishlarni qayd etadi. Yil-jыl, yur-jur, men-ben, muz-buz, til-dil, tag-dash, to‘rt-do‘rt kabi. Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillarni fonetik va morfologik farqlariga ko‘ra tasnif qilishda tillarning geografik tarqalishi tamoyilini ham ko‘zda tutadi. U fonetik va morfologik mezonga asosan turkiy tillarni ikki guruhga ajratadi:
1. Chigil, yag‘mo, tuxsi, qorluq, uyqurlardan boshlab yuqori Chingacha bo‘lgan qabilalar tillari.(sharqiy)
2. O‘g‘uz, argu, qipchoq, totor, yamaq, suvorin va Rusdan Vizantiyagacha (Rumgacha) joylashgan qabilalar tillari.(g‘arbiy)
Sharqiy va g‘arbiy turk qabilalari tillari orasida qator fonetik hamda morfologik farqlar mavjud.
Umuman, Mahmud Koshgariy X1 asrdagi turkiy qabila tillarining tasnifi uchun 6 fonetik va 4 morfologik xususiyatni asos qilib olgan. Bularning barchasi Mahmud Qoshgariyning turkiy tittarning asosiy xususiyatlarini, ularni orasidagi o‘xshash va farqlarni yaxshi tushuna olganligidan, uning chuqur va har tomonlama lingvistik bilimga ega ekanligidan dalolat beradi
“DLT”dagi 20 ta qabila nomlari
Turklar aslida 20 qabiladur. Har bir qabilaning saoqsiz allaqancha urug‘lari bor. Men bulardan asosini, ona urug‘larini yozdim, shahobchalarini tashladim.
Bajanak, qifchoq, o‘g‘uz, boshqirt, yamak, basmil, qay, yabaqu, tatar. qirqiz. chigil, to‘xsi, yag‘mo. ig‘raq, jaruq, jumul, uyg‘ur, tangut, xitoy, tafqach.
Bulardan tashqari, yana bir qancha qabilap va elatlar nomi tilga olinib, ular haqida ham yo‘l-yo‘lakay fikr bildirilgan: sug‘daq, kanjak, arg‘u, xo‘tan, tubut, bulg‘or, suvar, tojik.
Qarluq, jikil, bo‘lak, kujo, xalach, turkman, bayat.
O‘g‘uz guruhiga tegishli 22 urug‘ nomi ko‘rasatilgan – qiniq, qayig‘, bayundur, ifa/iva, yiva, salg‘ur, afshar, bektili, buktuz, boyot, yozg‘ir, aymur, qorabulluq, olquabuluq, igdar, urakir, yuragir, tutirqa, ulayundlug‘, tugar, bajanak, juvoldor, jabgt, jaruqlug‘.
M.Koshg‘ariydan keyin turkiy tillarni o‘rganish va tasniflash, asosan, XIX asrdan boshlandi.1730 yilda Stokgolmda Filipp Iogann Tabber Stralenberg “Evropa va Osiyoning shimoliy va sharqiy qismlari” nomli asarida Sibirning tarixi, iqlimi, shaharlari, Sibirda, Osiyo va Yevropaning shimoliy va sharqiy qismida yashovchi 32 xalqni, ularning tilini o‘rganib, ota, ona, shahar, ko‘z kabi tushunchalarni ifodalovchi 60 ta so‘zni shu tillarga tarjima qilib, ularning bir-biriga munosabatini aniqlaydi. U Sibir o‘lkasidagi xalqlarni tatarlar deb nomlab, bu tillarni 6 guruhga ajratadi.1. venger, fin, mordva, cheremis, permyak, votyak, ostyak; 2. turk, qrim-tatar, o‘zbek, qirg‘iz, turkman, tatar yoqut, va chuvash; 3. samodiy tillari; 4. mo‘g‘ullar-manjurlar- qalmiqlar, sanjurlar, tangutlar, kamasin. 5. tunguzlar, arinlar. Koryaklar. Qurillar. 6. avar, qumiq, kubachin, cherkas. Kononov bu tasnifda bir qator xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa ham, lekin uning ilmiy asosi to‘g‘ri, shuning uchun bu tasnif fan tarixiy ijobiy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning asari Yevropada katta qiziqish bilan qarshi olingan: asar ingliz (1738), fransuz (1757), ispan tiliga (1780) tarjima qilingan. 1820 yilda A.Remyuza turkiy tillarni 5 guruhga bo‘ladi; 1) yoqut tili: 2) uyg‘ur tili (bunga chig‘atoy va turkman tillarini ham kiritgan), 3) no‘g‘ay tili (Qrim-Astraxan): 4) qirg‘iz tili: 5) turk tili (bunga chuvash tilini ham kiritgan).
Avgust Myuller (1887) yilda Vamberi tajribasiga asoslanib, o‘zining “Islom tarixi” asarida yoqut va chuvash tillaridan boshqa turkiy tillarni uch guruhga bo‘ladi: 1. Shimoliy turk tillari. 2. Sharqiy turk tillari ( Qashqar, o‘zbek, Buxoro, Xiva: Qrim-tatar, Qozon tatarlari tili). 3. G‘arbiy turk tillari (Ozarbayjon, eron turklari, usmonli turk va turkman tillari).
V.V.Radlov ilk tasnifida turkiy tillarni 3 guruhga bo‘lgan-Shimoliy, janubiy. qurama. Qurama guruhni yaga g‘arbiy va sharqiy kichik guruhga ajratadi. Radlov bu tasnifni keyingi tadqiqotlarida qata ishlab, o‘zining “Shimoliy Turkiston tillarining fonetikasi” nomli asarida 4 guruhga bo‘linadi: 1. Sharqiy guruh – oltoy, cho‘lim, xakas tillari kiritilgan. 2. G‘arbiy guruh — bunga G‘arbiy Sibir tatarlari, qirg‘iz, boshqird, Volga boyi tatar tillari, qozoq, qoraqalpoq tillari kiritildi. 3. O‘rta Osiyo guruhi.- bunga o‘zbek va uyg‘ur tillari kiritildi. 4. Janubiy guruh-bunga turkman, ozarbayjon, turk va qrim-tatar tillarini kiritdi. Radlov tasnifi asosan turkiy tillarning fonetik xususiyatlariga asoslangan.
V.A.Bogorodskiy 1921 yilda turkiy tillarni geografik va fonetik xususiyatlari asosilariga asoslangan holda 7 guruhga bo‘ladi.1. Shimoliy-sharqiy guruh: yoqut, karagas, tuva. Bu guruhdan yoqut tili so‘z boshidagi s tovushining yo‘qolishi, karagas va tuva tillari esa y tovushining ch tovushiga va ch tovushining sh tovushiga o‘tishi bilan xarakterlanadi; 2. Xakas guruhi: xakas tili. Bu guruh uchun xos xususiyat so‘z oxiridagi sh tovushining ch tovushiga o‘tishi; 3. Oltoy guruh: oltoy tili o‘z shevalari bilan kiritiladi. Bu guruh qirg‘iz tiliga fonetik yaqinligi bilan xarakterlanadi; 4. G‘arbiy Sibir guruhi: chulim, ishim, tyumen tatarlari tili. G‘arbiy Sibir guruhining asosiy fonetik xususiyati eski turkiy tillardagi ch tovushi o‘rniga s tovushining qo‘llanishi kuzatiladi.; 5. Volga bo‘yi va Ural guruhi: tatar va boshqird tillari. Bu guruh uchun xarakterli xususiyat unlilarning qisqarishi bo‘lib, boshqa turkiy tillardagi ye tovushi i tovushiga va o tovushi u tovushiga aylangan; 6. O‘rta Osiyo guruhi: uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, o‘zbek qorqalpoq. Bu guruhni birlashtirib turuvchi belgilar ko‘rsatilmagan; 7. Janubiy-G‘arbiy guruh: turkman, ozarbayjon, qumiuq, gagauz, turk tillari va chuvash tili. Bu guruh ham to‘liq izohlanmagan. V.A.Bogorodskiy turkiy xalqlar va tillarining taraxiy taraqqiyotini yetarli hisobga olmagan. Turkiy tillarga kiruvchi karaim va nug‘ay tillari hech qaysi guruhga kiritilmagan. F.Ye.Korsh turkiy tillarni fonetik xususiyatlaridan tashqari, morfologik xususiyatlarini ham hisobga olgan holda tasnif qilgan.
1. Shimoliy guruh: qirg‘iz. Qozoq. Oltoy, Volga tatarlari, Shimoliy Kavkaz tatarlari. Bu tillarning fonetik-morfologik xususiyatlari quyidagi so‘zlarda aks etgan- tau, qolg‘an, sarы, kele turur. 2 .G‘arbiy guruh: ozarbayjon, turkman, turk, gagauz-dag, kalan, sarы, geler, gelir; 3. Sharqiy guruh: O‘rxun-Enisey yodgorliklari yozuvi tili, eski uyg‘ur tili, chig‘atoy, qipchoq (polovets) kabi o‘lik tillar hamda jonli tillardan karagas va xakas - tag‘, sarыg‘, qalg‘an, kelur. 4. Aralash guruh: yoqut va chuvash tillari. Bu tillar boshqa turkiy tillardan fonetik, grammatik hamda leksik jihatdan keskin farq qilishi bilan farqlanadi. A.N.Samoylovich fonetik va morfologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tasniflaydi va har bir guruhga asosiy fonetik xususiyatlaridan kelib chiqib nom beradi. 1. R-guruh: hazar va bulg‘or kabi o‘lik tillar va chuvash tili. Taxar, ura, pul, tau//gu, sarы, qalan // yulna;D- guruh: O‘rxun-Enisey yodgorliklari yozuvi tili, eski uyg‘ur tili kabi o‘lik tillar hamda jonli tillardan karagas, salar, tuva, sariq uyg‘ur, shor, xakas va yoqut – toquz, adaq/azaq. pol, tag‘, sariq, qalg‘an.Tau guruh: oltoy, qirg‘iz. qumiq, qorchoy, balqar, karaim, tatar, boshqird, qozoq, no‘g‘ay- tog‘uz, ayaq, bol//bul, tau, sarы, qalg‘an. Tag‘lыq guruh: eski o‘zbek adabiy tili, hozirgi uyg‘ur, hozirgi o‘zbek va tuva tillari- toquz, ayaq, bol, tag‘, sarыq, qalg‘an.Tag‘lы guruhi: o‘zbek tilining Xorazm shevasi kiritilgan- doquz, ayaq, bol, tag‘, sarы, qalg‘an.Ol guruh: turkman, ozarbayjon, usmonli turk, gagauz tillari kitilgan. doquz, ayaq, ol, dag‘, sarы, qalan. guruh tomonidan berilgan. tasnifi turkiy tillarning hududiy yaqinligiga qarab tuzilgan. S.Ye.Malov tasnifida qadimgi turkiy cho‘ziq va ikkinchi darajali cho‘ziq unlilarning paydo btflish masalalarini hisobga olgan. Shunga ko‘ra, turkiy tillarni eng qadimgi, qadimgi, yangi, eng yangi turk tillariga ajratadi.
N,A.Baskakovning tasnifida har bir turkiy tilning fonetik, leksik, grammatik belgilarigina hisobga olinmasdan, balki har bir turkiy xalqning tarixiy shakllanish jarayonini, uning genezisini ham hisobga olinadi. Shu tamoyillarni hisobga olgan holda u turkiy tillarni quyidagicha tasnif qiladi. Dastlab ularni ikki tarmoqqa ajratadi: a)g‘arbiy xunn tarmogi; b) sharqiy xunn tarmogi.
Birinchi tarmoqqa quyidagi 4 shohobcha kiritiladi;
1. Bulg‘or tarmog‘i. Bunga qadimgi tillardan bulg‘or va xazar tillari, hozirgi tillardan chuvash tili kiritiladi.
2. O‘g‘uz tarmog‘i. Bu quyidagi shohobchalardan iborat; a) o‘g‘uz-turkman shohobchasi. Bunga qadimgi o‘g‘uz-turkman tili (X-XIasrlar) va hozirgi turkman, turuxmen tillari kiritiladi: b) o‘g‘uz-bulg‘or tillari.pecheneg tili, Bolqondagi turkiy tillar, gagauz. kiritiladi: v) o‘g‘uz-saljuq shohobchasi. qadimgi saljuq, eski usmonli turk, eski ozariy va hozirgi ozarbayjon, turk va qrim tilining ayrim lahjalari kiradi;
3. Qipchoq tarmog‘i. U quyidagi shohobchalardan iborat: a) qipchoq-o‘g‘uz shohobchasi. qadimgi qipchoq va hozirgi qo‘miq, qarayim, qorachay-bolqor va qrim tilining ba’zi lahjalari kiradi: b) qipchoq-bulg‘or shohobchasi. Hozirgi tatar, boshqird tillari kiritiladi: v) qipchoq-no‘g‘ay shohobchasi. Hozirgi no‘g‘ay, qozoq, qoraqalpoq tillari kiritiladi.
4. Qarluq tarmog‘i quyidagi shohobchalardan iborat: a) qarluq-uyg‘ur shohobchasi. qadimgi uyg‘ur tili kiradi: b) qarluq-xorazm shohobchasi. Qarluq-xorazmiy, chig‘atoy turkchasi, Sharqiy Oltin O‘rda turkchasi, eski o‘zbek tili, hozirgi o‘zbek va uyg‘ur tillari kiradi.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin