TURKIY TILLARDA YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARI
Ko`makchilar vosita, qurol, maqsad, sabab, payt, o`rin va shart kabi ma’nolarni bildirish uchun qo`llaniladigan yordamchi so`z turkumidir.
Ko`makchilar yordamchi so`zlarning bir turi sifatida mustaqil so`zlardan farqli ravishda o`zi mustaqil leksik ma’no anglatmaydi, maxsus morfologik belgilariga ega emas, boshqa so`zlar bilan sintaktik aloqaga kirishsa ham o`zi mustaqil holda gapda biror gap bo`lagi vazifasini bajara olmaydi. Ular grammatik jihatdan so`zlar o`rtasidagi munosabat, aloqani ta’minlaydi, biror tobe so`zning hokim so`zga bog‘lanishiga vositachilik qiladi, o`zi boshqarib kelgan so`zning boshqa so`z tomonidan boshqarilishiga xizmat qiladi.
Ko`makchilar bu jihatdan kelishiklarga o`xshaydi, chunki kelishik qo`shimchalari ham hokim va tobe so`zlar o`rtasidagi munosabatni, sintaktik aloqani shakllantiradi, ko`p hollarda kelishik va ko`makchi ma’nolari ham bir-biriga yaqinlashadi, bir xil bo`ladi.
Misollarni qiyolang: ozarbayjon. dag‘a-dag‘ tәrәf; oltoy. dolg‘a-dol ortozina; qumiq. kѳpurnu tubunnan – kѳpurnu tubu bulan; tatar. tavg‘a – tav yag‘ina; uyg‘ur. mektepka – mektep tәrәpkә; o`zbek. ukamga – ukam uchun, traktorda – traktor bilan va boshqalar.
Turkiy tillardagi ko`makchilarni rus tilidagi predlog (old ko`makchilar)larga ham qiyoslanadi. Ko`makchilar va predloglar ma’no va vazifalariga ko`ra o`xshash. Faqat ko`makchilar o`zi boshqargan so`zdan keyin (postpozitiv-poslelog), predloglar esa o`zi bog‘lanib kelgan so`zdan oldin (prepozitiv-predlog) keladi.
Ko`makchilar semantik-grammatik xususiyatlariga ko`ra turkiy tillar grammatikalarida har xil tasnif qilinadi. Ko`makchilarni tasnif qilishda ba’zi olimlar ularning prototiplarini, qaysi turkumdan kelib chiqqanligini asosga olib ularni ot ko`makchilar va fe’l ko`makchilarga ajratsalar, boshqalari ko`makchilarning qanday so`zlar bilan bog‘lanishini hisobga olgan holda ularni qaysi kelishikdagi so`zlarni boshqarishiga qarab tasnif qiladilar.
Turkiy tillarni qiyosiy o`rganish sohasining peshqadam olimlaridan biri A.M.Shcherbak ham hozirgi turkiy tillar grammatikalaridagi an’anani buzmagani holda ko`makchilarni dastlab ot ko`makchilar va fe’l ko`makchilar sifatida ikki yirik gruppaga ajratib, ularni yana qanday kelishikdagi so`zlarni boshqarishiga ko`ra quyidagicha tasnif qiladi:
I. Ot ko`makchilar:
a) asosan bosh va qaratqich kelishigidagi otlar bilan birikadigan ot ko`makchilari;
b) asosan jo`nalish kelishigidagi otlar bilan birikadigan ot ko`makchilar;
v) asosan chiqish kelishigidagi otlar bilan birikadigan ot ko`makchilar;
g) tushum kelishigi shaklidagi otlar bilan birikadigan ot ko`makchilar;
II. Fe’l ko`makchilar;
a) asosan bosh va qaratqich kelishigidagi otlar bilan birikadigan fe’l ko`makchilar;
b) asosan tushum (va bosh) kelishik shaklidagi otlar bilan birikadigan fe’l ko`makchilar;
v) asosan jo`nalish kelishigidagi otlar bilan birikadigan fe’l ko`makchilar;
g) asosan chiqish kelishigi shaklidagi otlar bilan birikadigan fe’l ko`makchilar;
Bari bir, bunday ko`makchilar harakat nomlari bilan bog‘liq dastlabki grammatik tabiati, xususiyatlarini saqlab qolganligi uchun ot ko`makchilar va fe’l ko`makchilar orasida qat’iy chegara qo`yish qiyin.
Qiyoslang: eski o`zbek. Termez togrisig‘a, Yariniң tog‘risidin; boshqird. kalag‘a tura (shaharga to`g‘ri), qala turahinda (shahar haqida); uyg‘ur. kitab tugrisida; eski o`zbek. aңa utru (unga qarshi), mirzaning utrusig‘a (mirzaga); boshqird. ung‘a qarshi, turkman. onuң karshizina; tatar. ѳy karshisinda; turkman. onuң garshizindan; o`zbek. yo`lning qarshisidan kabi.
Tasnifda ko`makchilar asosan otga bog‘lanadi deyilgan, lekin ba’zan fe’lga ham bog‘lanishi mumkin: kelgali beri, (bu hozirgi o`zbek shevalarida ham uchraydi: sen kelgali beri kabi); boshqird. atir ѳsѳn (otish uchun); qumiq. uchg‘uncha aldin (avval uchguncha); o`zbek. taxtni egallasin uchun kabi.
Ko`makchilarning o`z oldingi leksik ma’nolarini yo`qotish va grammatikalizatsiyalashish jarayoni hamma ko`makchilarda bir xil emas. Buni hozirgi o`zbek tilidagi ot ko`makchilar misolida yaqqol ko`rish mumkin: amaliyotda tagida, ustida, tepasida, yonida, bo`yida, yuqorisida kabi so`zlarning qaysisi ot ko`makchi, qaysisi o`z mustaqil ma’nosidagi ot yoki sifat ekanligini anglash qiyin, chunki ularning ko`pchiligi hozirgi tilda dastlabki ma’nosida ham, “ko`makchilashgan” shaklda ham qo`llanishi mumkin, buni ajratish qiyin. Masalan, daraxtning tepasida, daraxtning shoxida, daraxtning bargida kabi birikmalarni qiyoslansa, tepasida, bargida, shoxida kabi so`zlarning barchasini yo ot ko`makchilar yo o`rin-payt kelishigidagi otlar deyish mumkin. Yana quyidagi birikmalarni qiyoslang: eski o`zbek. quyosh qashiga, turk. davlat ichinda, xakas. xaya istindә, (qoya ichida), turkman. ѳyuң ag‘zina (uyning og‘ziga), tonning ichi, oltoy. qaptiң oozi (qopning og‘zi), tayg‘a edegi (tog‘ning etagi), turkman. Mari ayog‘i (Mari atrofi), shor. tag qoyni va boshqalar.
Fe’l ko`makchilarda ham shunday xususiyatni ko`rish mumkin.
Shunga ko`ra hozirgi turkiy tillardagi ko`makchilarni ma’nosi va grammatikalizatsiyalashish darajasiga ko`ra tabaqalashtirilsa, yuqoridagi kabi ko`makchilarni “oraliq” holatidagi ko`makchilarga, qozoq. ushin, turk. ichin, o`zbek. uchun; qirg‘iz. nari, qumiq. ari, o`zbek. nari; turkman. bile, bilen, uyg‘ur. bilәn, xakas. minaң kabi qadimgi ma’nosini yo`qotgan, grammatikalizatsiyalashgan ko`makchilarni ikkinchi guruhga, bila < ila > -la kabi affikslashgan ko`makchilarni uchinchi guruhga ajratish mumkin.
Umuman, ko`makchilarning paydo bo`lishi juda uzoq davrlardan boshlangan bo`lib, ularning qadimiyligini shundan ham bilish mumkinki, hozirgi turkiy tillarda u yoki bu ko`makchilarni deyarlik hamma turkiy tillarda uchratish mumkin. Agar ayrim tillar o`rtasidagi yaqin aloqani bundan ming yillar oldin uzilgan deb hisoblansa, ular tarkibidagi bir xil ko`makchilarning undan oldin kelib chiqqanligini sezish qiyin emas.
Ot ko‘makchilar:
Bular asosan bosh va qaratqich kelishigi shaklidagi otlar bilan birikuvchi ot ko`makchilar:
1. al (in) // ald // old ko`makchisi: qadimturkiy. alin, xakas. ald, oltoy. bistiң aldibista, qumiq. biziң aldibizda, uyg‘ur. bizning aldimizda; boshqird, tatar. ѳy aldina, qorachoy-balqar. uynu allina, qozoq, qoraqalpoq, no`g‘ay. uy(diң) aldinda, qumiq. uyni aldinda, o`zbek. uyning oldida, xakas. ib alninda; o`zbek. ko`z oldida, tatar. kuz aldinda; uyg‘ur. ishik aldida, shor. ejik alinda; yoqut. ohox attig‘ar (pechka oldida), bihigi attibitinan (oldimizda); oltoy. taq aldinda, qoraqalpoq. tav oldinda, shor. taq alinda; boshqird. bayram aldinan; tatar. kitar aldinan; uyg‘ur. avkat aldida; tatar. kitar aldinnan; uyg‘ur. avqat aldida; o`zbek. majlis oldidan; xakas. on chil miniң alninda, naңmir chaar alninda (yomg‘ir yog‘ar oldida); tatar. kiyinliklar aldinda, xakas. poziniң alninja (o`z oldida) va boshqalar.
2. ara ko`makchisi: qadimturkiy. kishilar ara, eski o`zbek. el ara, ozarbayjon, turk. adamlar arasinda, oltoy. chadirlar arazinda, boshqird. iki oy arahinda, qumiq. iki uynu arasina, gagauz. onnarin arasinda, xakas. olarniң arazinda, karaim, no`g‘ay. oz ara, no`g‘ay. yigitlerdiң arasinnan, tuva. iyash arazindan, shor. agash arazinan, turkman. adamlariң arasindan, o`zbek. tishlar orasida, shor. agash araziba, oltoy. tun arazinda, uyku arazinda, xakas. iki chil arazinda kabi;
3. arqa//arqali ko`makchilari: ozarbayjon. stolun arxasinda, qumiq. uynu arqasina, tatar. ѳyniң arkasinnan, o`zbek. uyning orqasidan, shor. ustoldiң arkazinan, no`g‘ay. oniң arqasinda, tatar. aniң arqasinda, siniң arqanda, turkman. zeniң arqaңdan; qozoq. keshe arxili, qoraqalpoq. kѳpir orqali, tatar. urman arkili; qozoq, qoraqalpoq. bir joldas arkili, qirg‘iz. bir joldosh arkalu, turkman. bir yoldash arkali, qozoq. radio arkili; tatar. xat arqili; o`zbek. badiiy asar orqali kabi;
Eslatma: turli turkiy tillarda -li(g‘), -lu(g‘) affikslari orqali bir qancha olinma va tub turkiy ko`makchilar yasalgan: boshqird. sakli, qozoq. shaqti, qorachoy-balqar. chaqli, tatar. chakli, shikilli, qorachoy-balqar. chakli, qirg‘iz. shekildu, no`g‘ay. sekinli, o`zbek. shekilli; boshqird. sababli, qozoq. sebepti, qoraqalpoq, no`g‘ay. sebepti, tatar. sababli, turkman. zebepli, qoraqalpoq. tuvrali, uyg‘ur. seveplik, qoraqalpoq. tuvrali, uyg‘ur. togrilik, qozoq. siyakti, tarizdi, o`zbek. tufayli va boshqalar.
4. art ko`makchisi: boshqird. ѳy artina, qozoq, qoraqalpoq, no`g‘ay. uydiң artina, karaim. ivnin artina, qumiq. uynu artina, turk. evin ardinda, no`g‘ay. uydiң arayinan, tatar. ѳy artinnan, tuva. bajiң artindan, tuva. xaarjak artinja, gizin artinja, qirg‘iz. anin artinda, qoraqalpoq. jiynalistiң artinan, qumiq. seni artina, nog‘ay. oniң artinnan, turk. onuң ardindan, o`zbek. uning ortidan, gagauz. iki tavshanin ardina kabi;
5. ast ko`makchisi: eski o`zbek. tash astig‘a, boshqird. tesh aztina, qozoq, qoraqalpoq, no`g‘ay. tas (tiң) astina, tatar. tash astina, turkman. dәsh oztina, o`zbek. tosh ostiga; uyg‘ur. kigizniң astiga, qoraqalpoq. kѳz astinan, turkman. taaziri aztida va boshqalar;
6. etak ko`makchisi: oltoy. qirdiң edeginde, turkman. daag‘iң eteginde, ѳѳbaniң eteginde (o`lkaning etagidan);
7. bash ko`makchisi: ozarbayjon. dag‘ (in) bashina, oltoy. tuuniң bajina, qorachoy-balqar. tavnu bashina, qoraqalpoq. tav (diң) basina; turkman. ag‘ajiң bashinda, o`zbek. tom boshida, xakas. xaziң pazinda (qayinning boshida), shor. altin senek pajinga (oltin qanot boshiga), tuva. taq bajinda; ozarbayjon. ojag‘ bashinda, gagauz. atesh bashinda, qoraqalpoq. ot basinda, turk. ojaq bashinda, qorachoy-balqar. tebesini bashinda, turk. masanin bashinda (stolning boshida), qumiq. bulak bashda, xakas. ulug aalniң pazina, taq pazinda; ozarbayjon. adam bashina, o`zbek. odam boshiga, turk. ish bashina, shor. aytkan pajinda;
8. bet ko`makchisi: qoraqalpoq. jerdiң betina, no`g‘ay. uy betina, tuva. dag betinda;
9. boz//bod//boy ko`makchisi: gagauz. derenin boyunda, qirg‘iz. suu boyinda, qoraqalpoq. deryaniң boyinda, gagauz. yolun boyinda, qozoq. jol bo`yinda, qirg‘iz. yol boyu, no`g‘ay. yol boyin (sha), tatar. yul buyi (na), turk. yol boyinja, turkman. yol boyi; ozarbayjon, qirg‘iz. omur buyi, o`zbek. umr buyi, no`g‘ay. omir boyi, tatar. g‘omir buyi; boshqird. kѳndar buyi, qozoq. qis boyi, turk. yillar boyu, o`zbek. odat bo`yicha;
10. qaptal//g‘aptal ko`makchisi: qoraqalpoq, uyg‘ur, turkman. yabiq g‘aptalinda, ѳyun g‘aptalinda;
11. ich ko`makchisi: ozarbayjon, gagauz. evin ichina, turaniң ichine, qozoq, qoraqalpoq, no`g‘ay. uy (diң) ishine, qumiq. uynu ichine, tatar. ѳy ichina, turk. evin ichine, turkman. yeyuң ichine, o`zbek. uy ichiga, shor. em ishtine, gagauz. onlarin ichinda, tuva. bajiң ishtinden, xakas. ib (niң) istineң, shor. tayg‘aniң ishtineң, yoqut. xos ihigar (xona ichida); tatar. bir yil ichinda, o`zbek. bir yil ichida; yoqut. iy ihigar (oy ichida);
12. ichkari//icheri ko`makchisi: o`zbek. uyning ichkarisida, ozarbayjon. hamin abidalar ichkarisinda, turk. evin icharisinda;
13. yak ko`makchisi: boshqird, tatar. tav yag‘ina, qozoq, qoraqalpoq. uy (diң) jag‘inda, qumiq. uynu jaginda, qirg‘iz. men jaginan;
14. yan ko`makchisi: ozarbayjon, gagauz, turk. ev (in) yanina, boshqird, tatar. yey yanina, qozoq, qoraqalpoq. uy (diң) janina, qumiq. uynu yanina, tuva. bajiң chaninda, turkman. ѳyuң yaanina, o`zbek. uyning yoniga, ozarbayjon. evin yanindan, tuva. bajin chanindan, tatar. aniң yaninnan, chuvash. man sumra (men yonimda) ker yenne (muz oldi);
15. yaң//yaңlig‘ ko`makchisi: o`zbek. bulut yanglig‘, qoraqalpoq. chaynek yaңli; o`zbek. momaqaldiroq yanglig‘;
16. yuz//uz//uzra ko`makchisi: qadimturkiy. su yuzida, qirg‘iz. yer yuzunda, qoraqalpoq. jer juzinde, turk. yer yuzunda, turkman. yeriң yuzunde, tatar. adap yezinan, o`zbek. yer yuziga, yer uzra;
17. qat ko`makchisi: qadimturkiy. tag‘lar qatinda, yer qatin, eski o`zbek. Yusufun qatina, aniң qatidan, oltoy. tashtiң qadinda, karaim. anin qatni, qorachoy-balqar. terekni qatina, tatar. eshik katinda, uyg‘ur. yotqanniң qatida (odeyal tagida);
18. qash ko`makchisi: qadimturkiy. su qashinda, eski o`zbek. bizning qashimizga, qozoq, qoraqalpoq, no`g‘ay. uy (niң) qasina, no`g‘ay. uy (niң) qasinnan, turk. man zeniң gashina, o`zbek. uy-joylari qoshida, uyg‘ur. maktaptiң qashidan, xakas. talay xazinda (dengiz qoshida), sug xazinzar (suv yonida);
19. kez//ked//ket//key ko`makchisi: oltoy. durttiң kiyninde, xakas. kistinde, aal kestinda, stol kiyinde, shor. stoldiң kestinde, o`zbek. arava ketida, shor. tag kestinnen; oltoy. boruniң kiyninen, o`zbek. uning ketidan, yoqut. ol kenniten (uning ketidan);
20. kep//kebi ko`makchisi: qadimturkiy. qushlar kebi, ozarbayjon. nize kimi (yoy kabi), oltoy. tayg‘a keptu (tog‘ kabi), gagauz. dal gibi (tol kabi), boshqird. timir kivik, karaim. otnu kibik, qorachoy-balqar. eshek kibik, qoraqalpoq. gavhar kibi, qumiq. seni yimik, yilan yimik, tatar. quyan kibik, o`zbek. sen kabi, uyg‘ur. adam kabi;
21. orin//orun ko`makchisi: eski o`zbek. su o`rniga, shәkәr ornina, oltoy. tonniң ordina, qozoq. su ornina, karaim. buday ornina, qorachoy-balqar. ani ornuna, qumiq. onu ornuna, tuva. ooң ornunga, no`g‘ay. aksha ornuna, tatar. at urinina, o`zbek. uy o`rniga, xakas. aniң pozi ischeң nimeniң ornina (u o`zi ichgan narsa o`rniga);
22. orta ko`makchisi: oltoy. ѳlѳndѳrdiң ѳrtѳzinda, boshqird. avildiң urtahina, qozoq, qoraqalpoq. jol (diң) ortasinda, qumiq. yolnu ortasinda, qorachoy-balqar. arbazni ortasina (hovlining o`rtasida), no`g‘ay. kisilerdiң ortasinda, tatar. uram urtasinan, tuva. xemniq ortuzunda, turkman. xovlinin ortasinda, o`zbek. hovlining o`rtasida, xakas. iki ag‘astin ortazinda, shor. sas ortazinda (botqoq o`rtasida); eski o`zbek. tun ortasida, tatar. ton urtasinda, tuva. dun ortazunda, yoqut. jonu ortotunan (odamlar o`rtasidan);
23. ѳң ko`makchisi: qadimturkiy. tish oqunta, sizniң oңuңuzda, ozarbayjon. soz oңunda, gagauz. evin oңuna, qapusunun oңundan, turk. gѳz oңune, qonun oңunda;
24. sari ko`makchisi: qadimturkiy. taң sariga, eski o`zbek. Xorasan sari, karaim. arman sarin, oram sartin, turkman. gunbatar zari, bizning zari, o`zbek. qishloq sari, shor. tayg‘asartin, kol saara; ozarbayjon. kitab saridan, qorachoy-balqar. aytxanni sartin (dan), tatar. siniң sartin, o`zbek. yangi g‘alabalar sari;
25. siyak ko`makchisi: qoraqalpoq. siyak, siyakli, siyakti, qozoq. solar siyakti, qirg‘iz, qoraqalpoq. olik siyakti; qozoq. kol simak, qirg‘iz. kishi simak, tatar. aqqosh siman, o`zbek. kumushsimon, mening singari, boshqird. balasi simak;
26. sirt ko`makchisi: qozoq, qoraqalpoq, no`g‘ay. uy (diң) sirtina, turkman. stoldun zirtinda, gapiniң zirtindan;
27. tash//tish ko`makchisi; qadimturkiy. tashqari, tishqori, oltoy. ayildың tishtinan, boshqird. qala tishina, qumiq. qalani tishina, tuva. bajiң dashtinda, turkman. oyuң dashinda, turk. evin dishinda, ev disharisinda; xakas. әlnin tastinda, shor. tayg‘aniң tashtina;
28. tepe//tѳpu//tѳbѳ ko`makchisi: qozoq. uydiң tѳbesine, qoraqalpoq. tamniң tѳbesine, turkman. dog‘iң depezinde, o`zbek. tog‘ning tepasiga;
29. tub ko`makchisi: eski o`zbek. yig‘achniң tubindin, oltoy. der tubinen, qorachoy-balqar. yerni tubunden, karaim. kѳklѳr tibine (kok, osmon tubida), qozoq. su tubine, qumiq. suvni tubune, no`g‘ay. ayaqti tubinde, tatar. qayin tobine, turkman. daashiң duybunde, uyg‘ur. darax tuvida, xakas. chir tubinzer, shor. altin ustoldiң tubunde;
30. ust ko`makchisi: ozarbayjon. kѳrpu ustundan, oltoy. qolimniң ustune, gagauz. otluk ustunda, qozoq. tas (tiң) ustuna, qorachoy-balqar. tash usune, qumiq. uynu ustune, turk. masanin ustunden, xakas. chir ustune, qirg‘iz. yer ustundѳ; ozarbayjon. dushman ustuna, tatar. shular ostina, turkman. og‘irligin uztunda, o`zbek. buning ustiga, gap nima ustida kabi.
Bog‘lovchilar. Hozirgi turkiy tillarda mavjud bog‘lovchilar ikki yo‘l bilan hosil bo‘lgan:
1. Turkiy tillarda bog‘lovchi vositalar sifatida o‘z qatlamga oid ayrim ta’kid yuklamalari, ba’zi fe’l shakllari, olmoshlar xizmat qilgan: qadimgi qipchoq. qacan yoldan barirlar idi otru bir kisi yoluqtu, gag. coyuk annamis oni padisah ana is vermiyor, eski o‘zb. sesanba edi kim Xojandqa yettim; o‘zb. na xotin bor, na bola-chaqa;
2. Hozirgi turkiy tillarda arab, fors-tojik, qisman, rus tilidan olingan bog‘lovchilar ishlatiladi:
a) arab: ozarb. amma, lekin, faqat, tat. emme, lekin, faqat; yeni; turkm. amma, veli, velifc, o‘zb. ammo, lekin, lek, va lekin; b) fors-tojik: ozarb., boshq., tat, uyg‘. ham; gag., turk,, turkm. hem; ozarb. ya, yaxud, hercend; uyg‘. eger; turk. eger; ozarb. boshq. gerce; ozarb., turkm. gah, ozarb, gag., turk. ne, ozarb., turk, gag. is ter; ozarb., gag., turk, turkm, o‘zb .-ki, xoh, ham, ya, yaxud, garchand, goh, agar, na; d) arab, fors-tojik: ozarb. madamki, madamiki; ozarb., uyg‘. ve xem, va yaxud, va yeki; e) rus, boshq. e, etu, xayata; gag. da, a: qaraim. to, a, i, no, xatya, xot; xak. a, a to, zato, xot kabi.
Hozirgi turkiy tillarda bog‘lovchilar an’anaviy ravishda teng bog‘lovchilar va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi.
I. Teng bog‘lovchilar. Teng bog‘lovchilar gap bo‘laklari va ayrim sodda gaplar orasidagi teng munosabatlami ifodalaydi. Teng bog’lovchilar grammatik jihatdan teng bo‘lgan gap bo‘laklarini, teng munosabatli sodda gaplarni bog'laydi. Teng bog‘lovchilar a) uyushiq bo‘laklarni b) qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog’lash uchun xizmat qiladi. Teng bog‘lovchilar quyidagicha:
1. Biriktiruv bog‘lovchilari: ve, hem-hem,hem, de ki, ve hem de, ne...ne, ne de ki, da / / de, hemcinin, hetta, habele. Biriktiruv bog’lovchilari murakkab tarkibli gaplarning oddiy bo‘laklari va qismlarini boglaydi, gaplar, gap bo‘laklari o‘rtasidagi mantiqiy-grammatik munosabatni ifodalashga xizmat qiladi.
2. Zidlov bog’lovchilari: ammo, lekin, biraq, balki, halbuki (-u,-yu), valekin.
3. Ayiruv bog’lovchilari: ya, yaxud, yaki, yainki, gah..., gah, ba’zan...,ba’zan, xoh...,xoh, dam..., dam, bir..., bir: azu /aju “yoki”: tiziim yegil azu qagun yegil “uzum yoki qovun yegin”.
Dostları ilə paylaş: |