Yemi//de//ye bogiovchisi hamma turkiy tillarga xos emas, ayrim turкiу tillardagina uchraydi: olt. qis qarlu dьe sok emes “qish qorli, lekin sovuq emas”, bistitj taadabis qargan de qadiiq “bobomiz keksa, lekin baquvvat”;
Vale, va, lekin, lek, amma bogiovchilari: ozarb. bir gedeyem men veli gor niyyati sultanligim “bir gadoman, lekin sultonlikka niyatimni ko‘r”, goz yasi tokerdi leyk ne sud “ ko‘zdan yosh to‘kildi, lekin ne foyda”; eski o ‘zb. magar uyquda yuzun ko‘rgay erdim, vale hajrinda ko‘zdan uchdi uyqu; xub aytip edi, amma men razi bolmadim; o‘zb. gapingiz to‘g‘ri ekan, lekin masalaning boshqa tomoni ham bor.
Ergashtiruvchi bog‘lovchilar ergashgan qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni bog‘laydi, tobelik munosabatini ifodalashga xizmat qiladi. Ergashtiruvchi bog‘lovchilar quyidagicha:
1. Aniqlov bog‘lovchilari: y a ’ni,-ki,-kim;
2. Sabab bog’lovchilari chunki, shuning uchun, negaki, zeraki, nainki;
3. Shart bog‘lovchilari: agar, agarda, basharti, agarci (garci), garcand, madamiki;
4. Chog‘ishtiruv bog‘lovchilari: goya, goyaki.
Ozarbayjon tilidagi bog‘lovchilar: sodda bog‘lovchilar. ve “va”, hem “yana”, ham, ya, yaki, gah, bazan, yer “agar”, ancag, amma, biraq, dexi “va”, meselen, ne-ne “na-na”, zira, goyaki, cunki-cunki, neinki “nainki”, hemcinin “yana”, kerak “agar”, jaxud “yoxud”, habele “shunday”, hercend “garci”.
Yuklama. Ayrim so‘z yoki gapga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun qo‘llanadigan yordamchi so‘z yuklamadir. chi, oq, ok, kina, gina, kiуа, та. Yuklama tuzilishi jihatidan ikki xil: a) affiks holidagi yuklamalar.-mi, ci,-a (-ya),-da,-u (-yu),-oq (-yoq)-gina (-kina,-qina); b) so‘z holidagi yuklamalar: axir,faqat, xuddi, nahatki, hatta, hattaki.
Turkiy tillarda yuklamalar quyidagi turlarga ajratiladi:
1. So‘roq va taajjub yuklamalari: - ma//-mi,-ci,-a,-ya.
Umumturkiy –ma//-mi so‘roq yuklamasi hozirgi hamma turkiy tillarda mavjud bo‘lib, har bir turkiy tilda kamida ikkitadan sakkiztagacha fonetik shakllariga ega: olt. ba // be, pa//pe, bo//be; xak., shor, qoz., q.qalp., no‘g‘. ma//ba//pa; o ‘zb., uyg‘., tat. -mi//-ma va boshqalar. Misollar: tat. aqsa barme? o‘zb. sag ‘misan; qoz. uydemisin? turk. Geldimi? shor. taygida ang koppe?; q.-qalp. kzba, ul ma? kabi.
2. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari: -da// -ta, - ku, ham, -u, -yu,- oq, -yoq, -ki. Hozirgi turkiy tillarda kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari kuchaytiruv, ta’kid bilan birga emotsional-ekspressiv, istak-xohish, iltimos kabi ma’nolami bildiradi.
Umumturkiy -da//-ta yuklamasi hamda uning variantlari o‘zi birikib kelgan so‘z (yo gap)ning ma’nosiga kuchaytiruv, ta’kid, ajratish kabi ma’nolarni bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |