Turkiy xalqlar adabiyoti


AALI TO’QUMBОYЕV IJОDIY YO’LI



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə15/34
tarix13.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#175981
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Turkiy xalqlar adabiyoti-fayllar.org (1)

AALI TO’QUMBОYЕV IJОDIY YO’LI

Ulkan qirg`iz shоiri, akadеmik ijоdkоr A.To`qumbоyеv katta adabiyotga 20-yillarning o`rtalarida kirib kеldi. U оddiy dеhqоn оilasida tavallud tоpib, 1927 yilda O’rta Оsiyo firqa univеrsitеtini bitirgan.


Ijоdini dastlab yirik shе’rlar yozish bilan bоshlaydi. A.To`qumbоyеvda hajviy shе’rlarga mоyillik 20-yillar vоqеalarini qalamga оlishida sеzilgan edi. U hajviy shе’rlarini turli ramziy taхalluslar, jumladan, «Chalkar», «Bоlg`a» nоmlari bilan chоp etib hayotdagi turli illatlarni shе’r tili bilan aridеk chaqib, bоlg`adеk yanchishga kirishgan edi. To`qumbоyеvning 30-40 yillar ijоdi оrzu qilingan yangi jamiyat ko`rish uchun kurash ruhiyati bilan sug`оrilgan edi. Jumladan, хоtin-qizlar erki uchun kurash ruhi mеhnat mustaqilligi mavzui – «Mеhnat gullari» (1932 yilda) dоstоnida aks etadi. Ko`rinadiki, qirg`iz adabiyotidagi ushbu yo`nalish ko`p jihatlari bilan umumturkiy adabiyotga, ayniqsa XX asr o`zbеk adabiyotiga ko`p jihatdan hamоhangdir. Bu hоl adibning urush yillaridagi ijоdida ham ko`zga tashlanadi. Jumladan, «Qasоs оlamiz», «Manas vatandоshi» (1941 y), «Оlg`a», «Оq yo`l» (1944) kabi shе’r va dоstоnlar shuning isbоtidir.
To`qumbоyеv dramaturg sifatida 1942 yilda «O’rmоn хоnishi», 1943 yilda «Qasоs» dramalarini yozib umumiy dushmanga, хususan, fashizmga qarshi оyoqqa turgan umumjahоn kurashiga o`zlarining jоnu-qоnlari bilan hissa qo`sha оlgan qirg`iz o`g`lоnlarining matоnatini tarannum etgan.
Aali To’qumbоyеv asarlarida mеhnat va mеhnat ahlining qadim qirg`iz zaminidagi ifоdasi hayotiy lavhalarda o`z ifоdasini tоpgan. Хususan, suv va sug`оrish bilian bоg`liq g`оyalarning ramzi siifatida «Оq buvra», «Tеntak Nоrin» shе’rlari e’tibоrlidir. «Оq buvra»da an’anaviiy o`lan shakli saqlangan bo`lsa, Nоrin daryosiga bag`ishlangan ikkinchi shе’rdan esa sеhrli barmоqlar ifоdasi – do`mbira sadоsi eshitilib turgandеk bo`ladi.


Tеntak Nоrin
Suzib jarin,
Sоylardagi
Suvning barin
Tоrtib yotar o`ziga...
To`qumbоyеv o`zi tahsil оlgan Tоshkеntga, o`zbеk хalqiga, хalqimizning ulug` farzandlariga ehtirоm bilan qaragan. Shu jihatdan, uning 1948 yilda yozilgan «Alishеr Navоiy» shе’ri e’tibоrlidir.
Bеsh yuz yillar nazar sоlib ko`r-chi, yеrni
Shu yillar o`zgartiribdi talay elni.
Va, lеkin o`zgartira оlgani yo`q
Bоbоmiz – ulug` shоir Alishеrni.

Alishеr, sеning tiling – mеning tilim,


Alishеr, sеning diling – mеning dilim.
Kеl birga jo`r bo`laylik, оrzularing
Оchildi chaman bo`lib, mana bugun.
Qirg`iz adabiyotining yuqоridagi singari adiblari, ya’ni T.Sоtilg`anоv, Aali To`qumbоyеv kabi namоyandalari yangi zamоn milliy qirg`iz adabiyotini shakllantirishda o`ziga хоs zamin vazifasini o`tashgan bo`lishsa, bugungi qirg`iz adabiyoti esa Chingiz Aytmatоvday zabardast ijоdkоr bоshlab bеrgan hоzirgi adabiyotni o`zida mujassam etadi.
Qirg’iz xalqi nomi tarixiy manbalarda ko’p uchraydi. Hatto eramizdan oldingi davrga mansub yodgorliklarda ham “qirg’iz xalqi” degan nomga duch kelamiz. Ular asosan chorvachilik bilan shug’ullanib, ko’chmanchilik hayotini uzoq asrlar boshidan kechirdi. Qirg’iz halqi ko’p asrlar davomida chet el bosqinchilarining zulmi ostida bo’ldi. Markaziy Osiyo hududiga bostirib kelgan arablar, mo’g’ullar, qoraxitoylar, qirg’iz xalqini ko’p yillar ekspluatasiya qildi. Keyinchalik qirg’izlar Qo’qon xonlarining zulmini boshidan kechirdi. XIX asrda esa qirg’izlar Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olindi.
Qirg’iz xalqi yozuvga ancha kech, ya’ni 1924 yili ega bo’ldi. Tarixiy taraqqiyot tufayli XX asrda qirg’izlar o’z davlatiga ega bo’ldi.
Qirg’iz adabiyotining tarixi asosan xalq og’zaki ijodi asarlaridan iborat. Turli mavzulardagi ertaklar, qo’shiqlar va dostonlarda qirg’iz xalqining xayoti ularning orzu umidlari aks ettirilgan. Hajviy va yumoristik mazmundagi latifalar Ko’sa va Kal obrazlari orqali berilgan. Aldar Ko’sa haqidagi ertaklarda g’oyaviy o’tkir problemalar ko’tarib chiqilgan. “Ko’rman yek”, “Ertobildi”, “Ertushtik”, “Jonil Mirzo” kabi xalq qahramonlik dostonlari juda mashhurdir. Qirg’iz xalqining butun dunyoga mashhur bo’lgan dostonlaridan biri, shubhasiz, “Manas” eposidir. Bu asarda xalqning ko’p asrlik tarixi, ularning chet el bosqinchilar zulmiga qarshi erk va ozodlik uchun olib borgan kurashi aks ettirilgan. Bu she’riy asarning hajmi nihoyatda katta bo’lib, 500 ming baytni tashkil etadi. U uch katta qismdan iborat. Birinchi qismda Manasning qahramonliklari hikoya qilinadi. Ikkinchi qismda esa Manasning o’g’li Semetey, uchinchi qismda uning nabirasi Seytekning hayoti, sarguzashtlari hikoya qilinadi. “Manas” eposi o’z ichiga ko’pgina dostonlarning qamrab oladi. Bunda Manasning el-yurt ozodligi uchun ko’rsatgan qahramonliklari mahorat bilan tasvirlangan. U qirg’iz elini Afg’on va Qalmoq bosqinchilaridan saqlab qoldi. U Farg’onaga kelib bobodehqondan dehqonchilikni o’rganadi. U turli o’lkalardan kelgan polvonlarning ko’pchiligi bilan do’stlashadi. Umuman, Manas xalqining porloq kelajagi uchun, baxt-saodati uchun kurashgan qahramon sifatida tasvirlangan. Eposning Semetey va Seytek hayotiga bag’ishlangan qismlarida ko’proq ishq-muhabbat va hayotiy-maishiy mavzularga e’tibor berilgan.
Qirg’iz baxshilarining ko’pchiligi manaschi-baxshilar bo’lib, ular faqat shu dostonni kuylaydilar. Manasning qalmoq xoni yuborgan Alvasti Kojart Alp, Kuchku, Joloy kabi pahlavonlar ustidan erishgan g’alabalari ayniqsa ko’tarinki ruhda kuylangan.
Ma’lumki, yaqinda Qirg’izistonda “Manas” eposining 1000 yilligi nishonlandi. Eposning ko’pgina variantlari yozib olindi. Albatta, har bir manaschi-baxshi bu eposning aytishda o’zidan ham biron-bir yangilik qo’shib, unga ijobiy yondashadi. Shuning uchun dostonning ayrim variantlarida Manas boshqa yurtlarni bosib oluvchi, ularga qirg’in keltiruvchi zolim sarkarda sifatida ham tasvirlanadi. Ayrim variantlarida esa Manas xalqparvar, adolatli inson sifatida tasvirlangan.
Yozuvchi Ch.Aytmatovning yozishicha Sayoqboy Qoralayev degan baxshi “Manas” eposidan bir million misrani yoddan bilgan. Xullas, “Manas” eposi xajm jihatidan dunyodagi eng katta eposdir. Unda qirg’iz xalqining tarixi, geografik o’rni, madaniyati, urf-odatlari haqida keng ma’lumotlar bor. Bunday katta xajmdagi eposni butun xalq yaratgan. Dastlab irmoq sifatida paydo bo’lgan bu epos, bizning bugungi kunimizga kelib katta dengizga aylandi. (Ch. Aytmatov) Bu asarda realistik, romantik, fantastik, simvolistik badiiy tasvirlash usullaridan keng foydalanilgan.
XIX asr o’rtalarida Qirg’iziston Rossiyaga qo’shib olingach, uning adabiyotida ham ayrim o’zgarishlar bo’ldi. Arab yozuvini egallagan ba’zi qirg’iz oqinlarining yozma shakldagi asarlari paydo bo’ldi. Shulardan biri To’g’aloq Mo’ldo (asli nomi Boyimbet Abdurahmonov) xalq ertaklari va qo’shiqlarini qayta ishlab “Jonbaxti”, “Kemchintoy”, “Eshak va bulbul” singari original xajviy dostonlar yozdi.
O’rta hol dehqon oilasida tug’ilib voyaga yetgan To’g’aloq Mo’lda (Baimbet Abduraxmanov) yoshligida eski maktabda o’qib savodini chiqardi. Lekin u xalq oqinlaridan ko’p o’rgandi. Qirg’iz xalqining boy folklori an’analari ruxida tarbiyalandi. Ayniqsa Musaka degan oqin yosh shoirga juda ko’p xalq og’zaki ijodidagi qo’shiqlarni va qo’biz chalishni o’rgatgan edi. U «Bo’z yigit», «Qiz Jibek» «Bayan suluv» singari dostonlarni yodlab, bularni qo’biz jo’rligida xalq o’rtasida kuylab yuradi. Shuningdek, shoir ko’plab xalq qo’shiqlarini, termalarini va o’zi to’qigan she’rlarni ham kuyga solib, tez orada mashhur oqin darajasiga ko’tarildi.
U rus tili va alfavitini mustaqil o’rganib olib, bu tilda yaratilgan asarlarni o’qiy boshladi. To’g’aloq Mo’lda qirg’iz adabiyoti tarixida birinchi bo’lib masallar ijod qilgan. Uning «Turna bilan Tulki», «Bo’ri va tulki», «Bedana va tulki» kabi masallari rus yozuvchisi Krilov ta’sirida yozilib, ularning tarbiyaviy tomondan ahamiyati buyuk edi.
To’g’aloq Mo’ldoning xotin-qizlar ozodligi mavzusida yozgan asarlari ham anchaginadir. Mustabid tuzumda inson erkining, huquqining paymol qilingani shoirning «Sotilgan qiz armoni», «Cholga tekkan qiz armoni» kabi bir qancha she’rlarida afsus va nadomat bilan ifodalanadi. U ma’rifatparvarlik haqida ham bir talay asarlar yaratgan ijodkordir.
Shoirning «Olatov» nomli dostonida Ona-yurtning tabiati o’zgacha mehr bilan kuylanadi. Tiniq suvlari, qorli cho’qqilari, yashil vodiylari shoir qalamida yanada boshqacha ko’rk bilan jilvalanadi. Shoirning «Yer va uning bolalari» nomli dostoni ham juda mashhur bo’lgan. Bu dostonda Yerni butun mavjudotni o’z bag’riga oluvchi ona deb ataydi. Shunday ekan Unga xuddi onaga bo’lgan munosabatda o’ta mehribonlik bilan yondashmoq lozim deydi. To’g’aloq Mo’ldo «Otgantong va Suyganboy», «Nasixat» kabi poemalarida inson erki, uning ozodligini, hurriyatni ko’tarib chiqdi. Xotin – qizlarning erkaklar bilan teng huquqligi haqidagi masalani, u qirg’iz adabiyotida birinchilardan bo’lib o’rtaga tashladi. Uning 200 bosma taboqqa yaqin qo’l yozma asarlari to’plangan. Bular qirg’iz adabiyotining yuksalishiga, taraqqiyotiga katta hissa bo’lib qo’shilmoqda.
Xalq baxshilaridan biri To’xtagul Sotilg’anov xam qirg’iz yozma adabiyotining shakllanishiga katta hissa qo’shdi. U yoshligini qattiq qiyinchiliklarda o’tkazdi. Andijonda Dukchi eshon boshchiligida ko’tarilgan xalq qo’zg’olonida ishtirok etgani uchun sakkiz yil Sibirda surgunda bo’ldi. T.Sotilg’onov ana shu og’ir xayotiga asosiy sababchilar rus imperiyasi va mahalliy amaldorlar deb bildi. U “Eshon xalfa”, “Besh qobon” singari she’rlarida mahalliy amaldorlarning, nafsi o’pqon ruxoniylarning yaramas kirdikorlarini fosh qildi.
Yetim-yesir xolsizni
Savalading, besh to’ng’iz
Odam o’rnida yo’qsilni
Sanamading, besh to’ng’iz
Yeb-ichishdan boshqani
Tan olmading, besh to’ng’iz
Shoirning surgunda va undan keyingi davrlarda yozgan “Alvido, xalqim”, “Surgunda”, “Tog’ burguti”, “Sog’inish”, “Uch xo’ja” singari she’rlari ham katta g’oyaviy badiiy qimmatga ega.
20 – yillar qirg’iz adabiyotida turli janrlarda dastlabki badiiy asarlar yozildi. Chunki 1925 yilda Qirg’iziston respublikasi tashkil etildi. Shu yili «Erkin tov» nomli birinchi qirg’iz tilida gazeta chiqa boshladi. Shu gazeta tevaragida qirg’iz adabiyotining vakillari to’planishib, yangi adabiy muhit tashkil etdi.
To’xtagul Sotilganov, To’g’aloq Mo’lda, Ali To’qimboyev singari shoirlarning she’rlari shu gazetada bosilib chiqar edi. 20 – yillar qirg’iz adabiyoti vakillarining ko’pchiligi xalq oqinlari edi. Ular ijodi og’zaki adabiyot bilan yozma adabiyot o’rtasida ko’prik vazifasini o’tadi.
Qirg’iz adabiyotida ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qilgan Mo’lda Qilich, Arstonbek, K.Tinishtoyev kabi jadid yozuvchilarining ham o’rni juda katta bo’ldi. Bular ijodida qirg’iz xalqining milliy urf-odatlari, o’zligini anglash masalalari ko’tarib chiqildi. Lekin bu ijodkorlar sobiq ittifoq davrida «millatchilar» deb qoralangan, faqat Qirg’iston o’z mustaqilligini qo’lga olgach, bular ijodi yana o’rganila boshladi.
20 – yillar qirg’iz dramaturgiyasining shakllanish davri bo’ldi. 1924 yil Bishkek pedagogika texnikumida dramatik to’garak tashkil etildi, 1926 yilda esa teatr studiyasi tashkil etildi. N. Yeleninning «Mulla Nasriddin» pyesasi birinchi qirg’iz dramasidir. Bu folklor asosida yozilgan drama edi. M. Tokoboyev keyinchalik «Qayg’uli Kakey» nomli dramasini tarixiy mavzuda yozdi. Bunda nochor qolgan kambag’al qirg’iz dehqonining boshiga tushgan turli og’ir kulfatlar tasvirlanadi. Asarda Moldiboy ismli kambag’al kishi Choyubek degan qari boyga qarzini to’lash uchun qizi Kakeyni berishga majbur bo’ladi. Asar oxirida qizning sevgan yigiti Umrqul do’sti Qosim bilan boyni o’ldirib, qizni olib qochib ketadi.
Qosimali Jontashev «Cho’ponlar», «Qorasoch» kabi dramalarni yozdi. Bu asarlar ham zamonaviy mavzuda bo’lib, ularda xotin-qizlar ozodligi, inson erki kabi masalalar ko’tarilib chiqilgan edi. Shu yillar Qirg’iz prozasining ilk namunalari e’lon qilina boshlaydi. 1927 yilda Qosimali Boyaminov «Ajdar» qissasi e’lon qilindi, gazeta va jurnallarda ko’plab felyeton, ocherk, hikoyalari chiqib turdi. Bular realistik qirg’iz prozasining shakllanishiga ma’lum darajada
xizmat qildi. Birinchi qirg’iz romanlari «Kanibek» (K. Jontoshev), «Ken Su» (T. Siddiqbekov) 30-yillarda yozilgan.
XX asr boshlarida qirg’iz ziyolilaridan Mo’lda Qilich “Zilzila” va “Qirg’izlarning qisqacha tarixi” nomli asarlarida qirg’iz xalqining tarixiga oid ko’p voqyealarni aks ettirdi. Lekin bu asarlar sovet davrida “zararli asar” deb e’lon qilinib, ularni o’qish man etildi. XX asr qirg’iz yozma adabiyotining shakllanish davri bo’ldi. Asrimizning 20-30 yillaridan boshlab prozaik va dramatik asarlar paydo bo’la boshladi. K. Boyaminovning qirg’iz xotin-qizlar o’tmishiga bag’ishlangan “Hojar” povesti, M.Tokaboyevning “Kakey”, K. Jontoshevning “Qora soch”, “Olim va Mariya” pyesalari qirg’iz realistik adabiyotining dastlabki namunalaridan edi. 30 yillarda qirg’iz adabiyotiga T.Siddiqbekov, A.Osmonov, T.Umedaliyev, A.To’xtamishov kabi yosh ijodkorlar kirib keldi. T. Umedaliyevning “Oysuluv”, A.Usmonovning “Toluboy” dostonlari o’sha davrdagi voqyealar tasviriga bag’ishlangan edi. Dastlabki qirg’iz dramatik asarlarining ko’pchiligi tarixiy mavzularga bag’ishlangan edi. 1916 yilgi mardikorlikka olishga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olon aks etgan A.To’qimboyevning “Qonli yillar”, M.Eliboyevning “Uzoq yo’l”, J.Turusbekovning “Momot emas, xayot” asarlari yozildi. Tug’ilboy Siddiqbekovning “Manas va Almambet”, A.To’qimboyevning “Manas”,Q.Jontoshevning “Qurmonbek”, J.Boqonboyevning “Oltin qiz” asarlari ham o’tmish mavzusida yozilgan edi.
30-yillar qirg’iz adabiyotida eng sermahsul yillar bo’ldi. Chunki bu davrda avval qirg’iz adabiyotida bo’lmagan prozaik va dramatik asarlar paydo bo’ldi. Tug’ilboy Siddiqbekov “Ken suv” va “Temir” romanlari bilan qirg’iz adabiyotida romanchilikka asos soldi. Bu asarlarda sosialistik mafkurani targ’ib qilish kuchli bo’lsa-da, 20-30 yillar Qirg’izistondagi ijtimoiy-siyosiy voqyealarni yoritib bergan.
Urush va undan keyingi yillar qirg’iz adabiyoti sobiq SSSRdagi barcha xalqlar adabiyoti singari rivojlanish bosqichini o’tadi. “Vulgar sosialogizm”, “Konfliktsizlik nazariyasi” singari zararli oqimlarning qirg’iz adabiyoti rivojiga ham salbiy ta’siri borligini sezamiz.
Urushdan keyingi yillar qirg’iz adabiyotida tinchilik, do’stlik, mehnat temasida ko’plab she’rlar yaratildi. A.To’qimboyevning “Jangchi-paxtakor”, “O’z ko’zim bilan ko’rganim”, T.Umetaliyevning “Oq oltin qo’shig’i”, “Cho’pon haqida qissa”, Q.Malikboyevning “Qodir aka” kabi dostonlari bu davr qirg’iz poeziyasining go’zal namunalaridan edi.
A.To’qimboyev qirg’iz yozma adabiyotining beshigini tebratgan ijodkorlardan biridir. Uning biriinchi she’ri “Erkin tog’” nomli gazetada 1924 yili e’lon qilingan. Birinchi she’rlar to’plami 1927 yilda Toshkentda nashr etilgan. Keyinchalik uning “Tutqin Marat”, “Yetim” nomli dostonlari nashr etilgan. Bu asarlarida shoir o’z boshidan o’tkazgan qiyin turmushning badiiy kartinasini ishonarli qilib chizib bergan. “Akay Mergan”, “Yo’l ertaklari” nomli hikoyalar to’plamlari ham qirg’iz adabiyotida kichik prozaning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Uning “Yarador yurak” povesti ham o’z zamondoshlarining murakkab hayotini aks ettirgan. 50 – yillarda uning “Xitoydagi uchrashuv”, “O’z ko’zim bilan” poemalari e’lon qilindi.
Yozuvchi “o’z ko’zim bilan” nomli dostonida Nurboy nomli qirg’iz cho’ponining ongidagi o’zgarishlarning ilm, fan taraqqiyot tufayli qanday yuz berganini tasvirlagan. “Bolalik davrimizda” nomli asar avtobiografik povest bo’lib, unda adibning Toshkentda o’qigan davrlaridagi voqyealar tasvirlangan. A.To’kimboyev “O’rmon hokimi”, “Qasos” kabi dramatik asarlar ham yozgan.
Urushdan keyingi yillar qirg’iz she’riyatiga R.Shukurbekov, S.Eraliyev, S. Jusuyev, M.Jong’oziyev kabi yoshlar kirib keldi. Proza sahasida esa Ch.Aytmatov, N.Boytemirovlarning ijodi juda mashhur bo’ldi.
1945 yilda yozilgan T.Siddiqbekovning “Zamonamiz kishilari” romani Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi. Issiq ko’l vodiysida tug’ilgan. To’g’ilbeyning yozuvchi bo’lib yetishishida onasining roli katta bo’lgan. Uning birinchi she’rlar to’plami «Kurash» 1933 yilda e’lon qilindi. Keyinchalik uning «Botirlar», «Oqin bulbul» singari she’riy to’plamlari nashr etildi. U bir qancha hikoyalar, qissalar ham ijod qilgan. Ayniqsa bolalarga atab yozilgan «Tog’ bolalari» qissasi ko’pgina tillarga tarjima bo’lgan.
Yozuvchi bir qancha romanlarning ham muallifidir. Uning «Ken suv» romani 30- yillarda yozilgan bo’lib, qirg’iz qishloqlarida yuz bergan o’garishlarni o’zida aks ettirgan. Keyinchalik bu asar qayta ishlanib «Tog’lar orasida» nomi bilan nashr etildi. Asar qahramonlari Saparbay, Soke, Iymanboy, Saodat, Qalpoqboy kabilarning hayot yo’lini ko’rsatish bilan qirg’iz xalqining sobiq Ittifoq davridagi hayoti aks ettirilgan. Albatta yozuvchi o’z davrining odami sifatida bitta xalqni bir-biriga qarama-qarshi qilib qo’ygan kommunistlar ideologiyasini ham targ’ib qildi. Lekin shunga qaramasdan, bu davr qirg’iz xalqi hayotining realistik kartinasi romanda to’g’ri ko’rsatilgan. «Temir» romani esa adib tomonidan 1939-40 yillarda yozilgan. Bu «Ken suv» romanining mantiqiy davomi sifatida ko’zga tashlanadi. Bosh qahramon Temir irodasi mustahkam, qiladigan ishini avvaldan puxta, pishiq rejalab oladi. Romandagi salbiy obraz Bo’riboy nihoyatda ayyor, zolim va yovuz kishi sifatida berilgan. U o’z maqsadiga erishish uchun hyech narsadan qaytmaydi. Temir ana shu Bo’riboy bilan konfliktda yutib chiqadi.
Yozuvchining «Zamonamiz kishilari» romani urush davrida yozilgan. Asarda Issiq ko’l vodiysida yashayotgan qirg’iz xalqi hayoti tasvirlangan. Charg’in, Akiya, Batish, Dmitriy, Gulnor kabilar zamonamiz kishilari obrazi sifatida namoyon bo’ladi.
Xullas, T. Sidiqbekov qirg’iz adabiyoti, xususan, romanchiligini rivojlantirishda katta ijodiy yutuqlarni qo’lga kiritdi.
N.Boytemirov urush yillaridagi voqyealarga bag’ishlab “Azamat” nomli qissa yozdi. Bu qissa uchuvchilarning urush yillarida ko’rsatgan jasoratlariga bag’ishlangan. Uning “So’nggi patron” nomli romani ham shu mavzuda yozilgan. Yozuvchining “Saltanat”, “Yulduzxon” kabi romanlarida urushdan keyingi qirg’iz qishloqlaridagi voqyealar aks ettirilgan. Bu asarlar mazmunini tashkil etuvchi voqyealar bizga H.Olimjonning “Zaynab va Omon” poemasini eslatadi. Chunki Yulduzxon ham Zaynab singari yetim qiz. Uni tarbiyalagan Totibek eskilik qoldig’idan qutulmagan, Yulduzni o’qishga qo’ymaydi. Yulduz mehnati bilan kolxozda obro’ topadi. Totibek uni turmushga bermoqchi bo’lganda, qiz sevgan yigiti bor ekanligini aytadi. Xullas, voqyealar shu tarzda rivojlanib, oxir oqibatda Yulduzxon boshliq yoshlar jaholat ustidan g’alaba qiladi. Yulduzxon asar finalida Oliy kengash deputati bo’ladi.
Keyingi yillar qirg’iz dramaturgiyasi rivojiga T.Abdumo’minov “Tor dara”, “Qumloq adir”, K.Malikov “Baland yerda” pyesalari bilan katta hissa qo’shdi. M.Boysheyevning “Bahs”, Ch.Aytmatovning “Momo yer” kabi pyesalari o’zbek teatrlarida ham qo’yildi.
Keyingi o’n yilliklarda qirg’iz adabiyotida ko’pgina talantli yozuvchilar ijod qildi. Bu davrda T.Siddiqbekovning “Ayollar” trilogiyasi, Qosimbekovning “Singan qilich” nomli tarixiy romani o’quvchilarga manzur bo’ldi. E.Mansurovning “Oq kiyik”, O.Donikeyevning “Qizil qoya”, Sh.Beyshanalayevning “Omonat” povestlari ham yaxshi asarlar deb tan olindi.
A.To’xtamishovning “Oltin tog’” she’riy romani, S.Jusuyevning “Suqlanish” kabi dostonlari; O.Sultonov, Sh.Abduhaliqov J.Sodiqovlarning she’riy to’plamlari keyingi yillar qirg’iz poeziyasining ko’zga ko’ringan asarlari sanaladi.
Dramaturgiyada T.Abdimo’minov “Kechirilmas gunohlar”, B.Jakiyev “Ota taqdiri”, M.Tojiboyev “Moskvalik kelin”, “Haq yo’l” kabi asarlari bilan mashhur bo’ldi.
50-yillarda adabiyotga kirib kelgan talantli shoir S. Eraliyevning yoshligi ikkinchi jahon urushi davriga to’g’ri keldi. U frontda janglarga qatnashib jasoratlar ko’rsatdi. Shoir vatan uchun qon to’kib jang qilish bilan birga, unga bag’ishlab ajoyib asarlar ham yaratdi. 1978 yilda shoirning «Tog’lar farzandiman» nomli she’riy to’plami o’zbek tiliga tarjima qilinib nashr etildi. Bu kitobdagi she’rlar uning ona yurtiga bo’lgan otashin muhabbatidan darak beradi. Uning «Tog’ o’g’liman», «Tog’liksan», «Men qirg’izman» she’rlari xuddi Vatanga bag’ishlangan madhiyaday yangraydi. Masalan. «Men qirg’izman» she’rida quyidagi misralar fikrimizga isbot bo’ladi.
Men jarchiman,
Xabarchiman
To’lqinlanar yuragim,
Shodligimni cheki yo’q
Toshqin daryo singari
Ginasi yo’q, keki yo’q
To’xtagulning yerida,
Yani qirg’iz elida
Tantanali tuy bugun
Tashvishingni qo’y bugun
Bo’z o’tovlar tikilgan
Issiq ko’lning bo’yiga
Eh, xaloyiq, xaloyiq
Bu tuy maqtovga loyiq.
S. Eraliyev «Jonil Mirzo» nomli doston ham yozib, unda Jonil Mirzo haqidagi folklor asaridan foydalandi. Bu asar vatanparvarlikni targ’ib etuvchi asar sifatida shoir ijodida alohida ahamiyatga ega.
Quvonchbek Malikov qirg’iz adabiyotining ko’zga ko’ringan shoiri va dramaturgi, uning ilk asarlari 1928 yildan e’lon qilina boshlandi. Uning «Kuzgi dalalar», «Qonga qon», «Olatovlik qardoshlar» singari she’riy to’plamlari va dostonlari e’lon qilindi. Ayniqsa, uning «Muhabbat va do’stlik» nomli dostoni juda mashhur bo’ldi.
Quvonchbek Malikov qirg’iz teatrining yuksalishiga katta hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib «Oycho’rik», «Manas» va «To’xtagul» singari operalar yaratdi. «Buyuk zamona», «Jonil Mirzo» singari dramalari ham adib ijodida yorqin asarlardan hisoblanadi. «Jonil Mirzo» dramasi folklor asosida yaratilgan. Ma’lumki, Janil ismli qiz o’z xalqining ozodligi uchun kurash olib borgan. U dushmanning mashhur botirlari bilan yakkama-yakka jangda merganlik bilan g’alaba qozongan. Qalmoq xoni Mantu uni hiyla bilan asirga olganda, butun xalq ko’tarilib, uni tutqinlikdan ozod qilgan. Ana shu syujet asarga mahorat bilan singdirilib, tomoshabinga zavq beradigan, uning ongiga ta’sir qiladigan ko’rinishlar vujudga kelgan.
Q. Boyaminov 1902 yilda Baliqchi rayonida tug’ilgan. 2 yoshida onasidan, 10 yoshida otasidan yetim qolgan. Keyin yetimlikning achchiq qismatini tatib turli joylarda ishladi. O’z urug’i bilan Xitoyga keldi. Ana shu bolalik davri haqida adib «Ajar», «Murot», «Voyaga yetgan yetim» kabi qissalar yozgan. «Ajar» qirg’iz adabiyotidagi birinchi qissa. Bunda Aytqul ismli kishining farzandlari turli kasalliklardan vafot etadi. Keyin uning xotini Fotima qizli bo’ladi, uning ismini Ajar qo’yadi. Aytqul urushda halok bo’ladi, xotini kasal bo’lib o’ladi. Ajarni bir qari cholga xotinlikka beradi, qiz uning uyidan qochib ketadi. Lekin uni tunda bo’rilar yeb ketadi. Bu asarda yetimlikning achchiq qismati juda ta’sirli qilib berilgan.
Yozuvchining «Issiqko’l yon bag’irlarida» nomli povesti ham ancha mashhur bo’lgan. Bunda qirg’iz xalqining ijtimoiy tuzumida turli o’zgarishlar bo’lgan paytdagi hayoti tasvirlangan. Asar syujetiga tabiat manzaralari tasviri, xalq urf-odatlari, turli afsona va rivoyatlar ham mahorat bilan singdirib yuborilgan.
Keyingi yillarda qirg’iz adabiyotida, ayniqsa uning she’riyatida iste’dodli shoirlar ijod qilmoqda. Bu shoirlarning ijodida bir tomondan xalq og’zaki ijodining an’analariga ergashish ko’zga tashlansa, ikkinchi tomondan, zamonaviy Yevropa adabiyotining ta’siri ham sezilib turadi. Mendi Mamazoirova, Suyarqul Turg’unboyev, Abdurashid Urboyev, Xo’jakeldi Kultegin, Nodirbek Alimbekov, Yadgar Salayev singarilarning she’rlari bugungi qirg’iz adabiyotini bezab turibdi.
Qirg’iz she’riyatida o’zlikni anglash, milliy urf-odatlar, qadimiy qadriyatlarni tiklash kabi mavzularda ham ko’plab she’rlar yozilmoqda. Ma’lumki, qadim qirg’iz adabiyotida baxshilarning aytishuvi ham katta rol o’ynagan. Bu baxshilar xalq to’plangan joylarda o’z ijodlarini namoyish etib, ham shoirlik, ham hofizlik san’atini egallaganlar. Ular o’z davridagi muhim voqialar haqida kuylab, katta falsafiy, teran fikrlarni bayon etishgan. Hozirgi qirg’iz she’riyatida ana shu an’analarning ham davom etayotganligi ko’zga tashlanadi.
Bulardan tashqari she’riyatning umrboqiy mavzusi sevgi va sadoqat haqida ham ko’pgina she’rlar yaratilmoqda. Masalan, Mendi Mamazoirova «Sog’inch qo’shig’i» nomli she’rida shunday misralarni yozadi:

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin