TURKIY XALQLAR TARIXINI O`RGANISHDA XITOY MANBALARINING O`RNI
2.2 Markaziy Osiyo haqida Xitoy manbalari ahamiyati Ko'hna tarixni o'rganishda Ellada, forsiy, turkiy yozma manbalar bilan bir qatorda xitoy manbalarining tutgan o'rni ham alohida diqqatga sazovordir. Garchand, Xitoy manbalari miloddan ilgari yozila boshlagan bo'lsa-da, 5000 yilik tarixni o'zida mujassamlashtirgan. Bu manbalar yillarning aniq ko'rsatilishi, voqealarning tadrijiy holda yozilishi bilan boshqa manbalardan ustunlikka ega. Shuningdek, mazkur manbalarda Xitoy bilan qo'shni mamlakatlar va xalqlar bilan aloqalar natijasida Turkiston va uning xalqlari tarixiga oid boy ma'lumotlar yozilgan.
Xitoy manbalarida mil. avv. II asrdan Farg'ona Day Yuan (Davan) deb nomlanib, Davan davlati, ya'ni Farg'ona mamlakati yohud davlati deb tilga olinadi.
Farg'ona - Xitoy munosabatlariga oid ma'lumotlar “Tarixiy xotiralar” dagi “Xan Udi tazkirasi”, “Farg'ona tazkirasi”, “Hunlar tazkirasi” va “Xannonma”da “Xan Udining tarjimai holi”, “Xan Vendi tazkirasi”, “Jang Chyan, Li Guanli tarjimai holi”, “G'arbiy Yurt tazkirasi”, “Xunlar haqida qissa”, “Nag'ma nova tazkirasi”, “Besh unsur tazkirasi” kabi boblarda o'z aksini topgan.
Xitoy manbalaridagi ma'lumotlar o'zbek adabiyotida asosan rus tilidagi tarjimalardan olingan. Bu tarjimalarda, xitoy manbalaridagi kishi nomlari va har xil atamalar rus tili nuqtai nazaridan shartli ravishda qabul qilingan. Bularning ko'pchiligi o'zbek tilida to'g'ri talaffuz etilmaydi. Ammo, xitoy tiliga o'zbek tilidagi ayrim ovozlar, tovushlar mos keladi. Shu asosda xitoycha nomlarning o'zbekcha variantlari vujudga kelgan.
Xitoy tilidagi manbalarni o'rganilishiga oid adabiyotlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga oid adabiyot va nashrlarda sovet davlatining tashqi siyosati yo'nalishlarini ko'rsatish asnosida Xitoy bilan munosabatlar ham keng tadqiq etilgan. Bunday asarlar sirasiga B. A. Ahmedov, Ch. A. Abutalipov, G. Inamjanova, K. Karimov, U. A. Rustamov, M. Boboxo'jayev, H. Ziyayev, I. To'xtaxo'jayev va boshqalar ning tadqiqotlarini kiritish mumkin 26.
Xitoy manbalari haqida shuni alohida qayd etib o'tish kerakki, ular ham xitoy hukmdorlarining maqsad va manfaatlarini ko'zlab yozilgan, boshqa xalqlarning tarixi ko'p hollarda bir taraflama yoritilgan. Lekin xitoy manbalarida bo'lib o'tgan voqealarning vaqti va o'rni aniq ko'rsatiladi, bir-biriga qarshi turgan qo'shinlarning umumiy soni aniq ko'rsatiladi.
Qadimiy O'zbekistonning uzoq o'tmishdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o'rganishda quyidagi xitoy manbalari muhim ahamiyatga ega. Qadimgi xitoy manbalarida ham o'lkamizning uzoq o'tmishi haqida uzuq - yuluq ma'lumotlar mavjud. Ko'p hollarda bu ma'lumotlar o'zaro bog'lanmagan bo'lsa-da, mintaqamizda istiqomat qilgan xalqlarning turmushi, iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli xususida e'tiborga loyiq axborotlar beradi.
Xitoy manbalarini asosan ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan sayyoh va elchilarning safarnomalari kiradi.
Ikkinchi guruh esa xitoylik tarixchilar qalamiga mansub asarlardan iborat. Birinchi guruhga kiradigan manbalar ayniqsa muhim ahamiyatga egadir. Chunki, sayyoh va elchilar o'zlari ko'rgan hodisa va voqealarni bayon qiladilar. Xitoy tarixchilari asarlarida keltirilgan ma'lumotlar ham asosan sayyohlar va elchilarning axborotlariga tayanadi.
Markaziy Osiyoga kelgan birinchi xitoylik sayyoh Chjan Szyan edi. U Xitoy hukumatining topshirig'iga muvofiq, Qang' davlati hukmdorini xunnlarga qarshi urushga dav'at etish maqsadida mil. avv. II asrda bu yerga tashrif buyurgan edi. Chjan Szyan' o'z hukumatiga yozgan xabarnomalarida Kaspiy dengizigacha cho'zilgan hududlarda istiqomat qilgan xalqlar to'g'risida dastlabki ma'lumotlarni yetkazadi, jumladan, mil.avv. 127 yilda yuborgan xabarnomasida u Farg'ona vodiysidagi Davan davlati, uning aholisi, xo'jalik hayoti haqida qiziqarli ma'lumotlar bergan. Elchining yozishicha, bu yerdagi katta va kichik shaharlarning soni 70 tani tashkil etadi27. Davanliklar o'troq hayot kechirib, sholi va bug'doy ekkanlar, chorvachilik, jumladan yilqichilik bilan shug'ullanganlar. Huddi shu davrda istiqomat qilgan tarixchi Szyan' Xanshu uning bu ma'lumotlarini to'ldirib, Farg'onada 60 ming xonadon borligini qayd etadi. Sima Syan' o'zining “Shi szi” - “Tarixiy esdaliklar” nomli asarida Farg'onadan Parfiyagacha bo'lgan hududda istiqomat qilgan aholi turli shevalarda gapirsa-da, lekin bir-birini bemalol tushunadi, deb yozadi. Demak, mil. avv. II asrda Markaziy Osiyoda til jihatidan bir-biriga yaqin bo'lgan forsiyzabon qabila va elatlar istiqomat qilganlar. Lekin huddi shu davrda, ayniqsa, yuechjilar istilosidan keyin aholi tarkibida turkiy qatlam ko'paya boshladi28.
Markaziy Osiyo xalqlari haqidagi ma'lumotlar Xitoyda hukmronlik qilgan sulolalar tarixiga bag'ishlangan asarlarda ko'plab uchraydi29. Ularning mualliflari Markaziy Osiyo tarixini maxsus tadqiq etmagan bo'lsalar-da, lekin o'lkamiz xususida qiziqarli ma'lumotlar yozib qoldirganlar. Yuqorida nomi tilga Sima Syan' (uni “Xitoy tarixchilarining otasi” deb atashadi) o'zining “Tarixiy esdaliklar” nomli asarining 130-bobida Davan davlati va uning xalqi haqida e'tiborga loyiq ma'lumotlar keltiriladi. Xitoy manbalarida xitoylik hukmdorlarning Davanga nisbatan bosqshchilik siyosati, o'z ozodligi uchun qahramonona kurashi tasvirlanadi. Mil. avv. II asrda yuechji qabilalarining Markaziy Osiyoga bostirib kirishi ham Xitoy manbalarida o'z aksini topgan. Jumladan, elchi Chjan Szyan' axborotlarida bu borada batafsil ma'lumotlar keltiriladi. Mil. avv. II asrda yashagan tarixchi Ban' Gu “Avvalgi Xan sulolasi tarixi” nomli asarida, xususan uning 95-bobida Kangyuy davlati, yuechji va usunlar to'g'risida, Sharqiy Turkiston o'lkasining o'tmishi, bu yerdagi aholi turmushi haqida ma'lumotlar beradi1.
Xitoy manbalari Markaziy Osiyo ilk feodalizm davri tarixi haqida diqqatga sazovor ma'lumotlar beradi. V asrda hayot kechirgan tarixchi Fan Xua o'zining “Keyingi Xan sulolasi tarixi” nomli asarida Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston va Jung'oriyaning 25-221 yillar orasidagi tarixiga oid qimmatli ma'lumotlar keltiradi.
Li Yan'shou (VII asr) “Shimoliy sulolalar tarixi” nomli asar muallifidir. Mazkur asarda Markaziy Osiyo, jumladan Xorazm va Sharqiy Turkiston haqida ma'lumotlar uchraydi. Li Yan'shou bilan zamondosh bo'lgan Vey Chjen o'zining kasbdoshlari Yan Shigu va Kxun Indalar bilan hamkorlikda “Suy xonadonining tarixi” nomli asar yozgan. Asarning 83-bobida Sharqiy Turkiston va Markaziy Osiyo haqida talay ma'lumotlar bor.
Oldingi zamonlarda bo'lgani kabi ilk o'rta asrlarda ham Xitoy sayyohlari Markaziy Osiyoga tashrif buyurganlar, ularning safarnoma va esdaliklari muhim tarixiy manbalar qatoriga kiradi. Ayniqsa, Syuan Szyan va Xoy Chao So'g'd viloyatining VII - VIII asrlardagi ahvoli xususida muhim ma'lumotlar yozib qoldirganlar.
Syuan Szyan 629 yilda So'g'dga kelgan edi. Uning yozishicha, So'g'd viloyatining markazi Samokien, ya'ni Samarqand shahri bo'lgan. Viloyatda ko'p sonli aholi yashaydi. Yerlari unumdor va serhosildir. Bu yerda turli daraxtlar, jumladan, mevali daraxtlar va gullar ko'pdir. Iqlimi yumshoq va mo'tadil so'g'dliklar savdo va hunarmandchilik bobida dong taratganlar So'g'd “varvarlar” mamlakatining o'rtasida shaharlashgan bo'lib, qo'shni viloyatlarda yashaydigai elat va qabilalar ahloq-odob bobida so'g'dliklardan o'rnak oladi. Bu yerda hukmronlik qilayotgan podshoh mard va jasur kishidir. Qo'shni viloyatlarning barchasi so'g'd podshosiga bo'sunadi. Podshoh ixtiyorida ko'p sonli lashkar, jumladan, otliq qo'shin bor. Syuan Szan Samokiendan tashqari, Mimoxe (Maymurg'), Buxe (Buxoro), Szeshuanna (Kesh) va boshqa mulklar haqida ham ma'lumotlar beradi, bu yerdagi xalqlarning yashashi va turmushi Samarqand xalqi bilan deyarli bir xil ekanligini qayd etadi.
Syuan Szan yozuvlaridan biz VIII asrning birinchi yarmida Markaziy Osiyo, jumladan So'g'd mamlakati kichik-kichik mulklarga bo'linib ketganligini, lekin Samarqand hukmdori ustuvor mavqega ega ekanligini anglab olamiz. Boshqa tarixiy manbalar, masalan, Afrosiyobda topilgan elchilarni qabul qilish marosimini aks ettirgan devoriy surat hamda uning ostidagi so'g'd yozuvlari mazkur fikrni to'la tasdiqlaydi1.
Arablar davrida so'g'ddagi ahvolni bilish uchun Xoy Chao ma'lumotlari muhimdir. Uning yozishicha, Ang' (Buxoro), Kan (Samarqand), Shi (Kesh), Mi (Maymurg') viloyatlarida o'z hokimlari bo'lgan, lekin ularning barchasi arablarga tobe edi. Aholi paxta va boshqa qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirgan, chorva mollaridan qo'y, ot va tuyalar boqilgan. So'g'd aholisi paxtadan to'qilgan oq matodan kiyim-kechak kiyishni yoqtiradi. Xoy Chao so'g'd aholisi, asosan zardushtiylikka e'tiqod qilishini ta'kidlab, Samarqand shahrida buddaviylik ibodatxonasi borligini ham qayd etadi.
X - XI asr xitoy tarixchilari Ouyan Syu va Sun Sisin “Tan sulolasining yangi tarixi” nomli asarlarmi yozib qoldirganlar. Mazkur asarda Samarqand shahri tarixi, hozirgi Janubiy O'zbekiston, Eron, Afg'oniston va Sharqiy Turkiston tarixiga oid e'tiborga loyiq ma'lumotlar keltiradi.Shu tariqa, Turkiston tarixiga oid Xitoy manbalaridagi ma 'lumotlar ko'p hollarda yurtimizga tashrif buyurgan shaxslarning yodnomalariga asoslanganligi sababli ishonchli manbalardan hisoblanadi. Bu manbalarda keltirilgan ma'lumotlarning to'g'riligini so'g'd manbalari, arxeologik va numizmatik manbalar ham tasdiqlaydi1.
XULOSA Tarix fanini yangi zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish birinchi navbatda uning manbaviy bazasini boyitish va mustahkamlashni taqozo etadi. Shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatib o'tilgan qarorida barcha “Arxeologik va yozma manbalarni to'plash va ularni ilmiy-qiyosiy tarzda tahlil etish” hamda bir tizimga solishi zarurligi qayd etilgan.
Mustaqillik davrida manbashunoslik fanini rivojlantirish bobida talay ibratli ishlar amalga oshirildi. Eng avvalo arxeografik ishlarga, ya'ni xalqimizning ma'naviy mulki bo'lgan qadimgi yozma manbalarni o'rganish, ularni tarjima qilish, kerakli sharhlar bilan nashr etishga e'tibor berildi. Bunday birinchi darajali manbalarning nashr etilishi, bir tomondan, ilmiy tadqiqotlarning
rivojlanishiga turtki bo'lsa, ikkinchi tomondan xalqimizning tarixiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qildi.
Odamzot o'zining ijtimoiy-tarixiy faoliyati jarayonida ko'pdan-ko'p moddiy va ma'naviy yodgorliklar yaratdi. Bu yodgorliklar turli davrlarda jamiyat qanday rivojlanganligi xususida yaxlit tasavvur xosil qilish imkoniyatini beradi.
Yozuvning paydo bo'lishi bilan tarixiy manbalarning yangi turi yozma manbalar vujudga keldi. Yozma edgorliklar kishilik jamiyati tarixini chuqur va har tomonlama o'rganish imkoniyatini beradigan manbalardir.
Turli davrlarda og'zaki ma'lumotlarni yozma shaklda yozib qoldirishning xilma-xil usullari qo'llanilgan.
O'zbekistonning qadimgi davridan boshlab, XII asrgacha bo'lgan tarixi ko'proq yozma manbalarda yoritilgan va bu an'ana keyincha ham davom etgan. Bu davrda yurtimiz avval ahamoniylar, Ellada-makedon davlati, turk hoqonligi, arab xalifaligi tarkibida, so'ngra Somoniylar, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Xorazmshohlar davlatlarini boshdan kechirdi.
Ilk o'rta asrlarda yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlarning asarlari ham ayniqsa muhim ahamiyatga egadir. Manbalar yurtimizning ilk o'rta asrlar tarixini o'zida nisbatan to'liqroq aks etganligi bilan muhim hisoblanadi. Ulardan tanqidiy foydalanish bu davr tarixini o'rganish uchun muhimdir. Rivojlangan o'rta asrlarda ham Markaziy Osiyoda sodir bo'lgan ijtimoiy- siyosiy voqealar arab va fors-tojik tilida bitilgan juda ko'p tarixiy manbalarda o'z aksini topgan.
Arab tillaridagi qo'lyozmalar, Rossiya va Markaziy Osiyo sharqshunosligi asarlari (kitob, risola, maqola, tarixiy qasida, xotira, taqrizlari) minglab nomlardan iborat bo'lib, ulardan ba'zilari bosilibchiqqan va anchaginasi haligacha nashr etilmagan.
Hozirgi vaqtda turli tillardagi qo'lyozmalar Ashxobod, Moskva, Leningrad, Toshkent, Samarqand, Dushanba, Boku, Qozon, Tiflis (Tbilisi), Ufa, Maxachqal'a, Kiev, Odessa, L'vov hamda boshqa shaharlarda saqlanmoqda. Bunday qo'lyozmalardan ba'zilari Markaziy Osiyo va Qozog'iston diniy nazorati muassasalarida, shuningdek viloyat shaharlari va qishloqlarida saqlanmoqda. Ilmiy-tadqiqot oliygohlarida, arxivlarida, kutubxonalarda, muzeylarda, oliy o'quv diyorlarida, masjid, madrasalarda, shaxsiy xonadonlarda ham tarixga oid qo'lyozmalar bor. Ana shunday turli hududlarda sochilgan qo'lyozmalarning hozircha aniqlangan miqdori 44 ming jilddan ziyodroqdir.
Tadqiqotchilar, ayniqsa yoshlar zarur adabiyotlar va manbalarni topishga, ularni o'rganishga va ilmiy tadqiq etishga juda qiynaladilar.chunki hozirgacha vatanimizdagi qo'lyozmalar fondlarida sharqshunoslikka doir adabiyotlarning eng yangi, umumlashgan, yirik ko'rsatkichlari tuzilmagan. Ularni tartibga solish, tegishli kataloglar va ko'rsatkichlar tuzish, tarixiy yodgorliklarning, davlat arxivlarida va sharqshunoslik ilmiy muassasalarida saqlanayotgan tarixiy asarlarning majmuasini vujudga keltirish zarur.