Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari: Kipr muammosi bu bugun yoki kecha paydo bo’lgan muammo emas.Uning ildizlari ming yillik tarixga borib taqaladi. Demak, bu ishimizning asosiy maqsadi Turkiya va Kipr muammosini uning tarixiga bog’lagan holda bugungi kundagi nizolar tarixini xolisona ochiq oydin o’rganishdan iboratdir. Biz ushbu nizolarda g’arb davlatlarining qanchalik ta’siri bo’lganligini aniqlashga intildik. G’arbning mustamlakachilik siyosati Grek va Turk munosabatlariga nechog’lik ta’sir etganini bilishga harakat qildik. Bundan maqsad esa tarixiy tajribaga bo’lgan ehtiyojdir.Yuqorida sanab o’tilgan maqsadlar bizning vazifalarimizni ham o’z-o;zidan ko’rsatib beradi. Birinchi o’rindagi vazifamiz mavzuni xolislik bilan yoritgan holda namunali yoqlash. Ushbu mavzuga oid yana ham kattaroq ilmiy izlanishlarni amalgam oshirish.
Malakaviy ishning metodologik va nazariy asoslari :Mustaqillik davrida hayotimizga kirib kelgan demokratik tomoyillar, oshkoralik, yangicha dunyoqarash hamda yangicha fikrlash, milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va Prezidentimiz Islom Karimovning ma'ruzalari va asarlarida ilgari surilgan milliy mafkura g`oyasi, mustaqillik mafkurasi hamda xolislik, haqqoniylik, ilmiylik va tanqidiylik prinsiplari asosida mavzuga yondoshish mazkur tadqiqotning uslubiy asoslarini tashkil etadi.
Avvalo bitiruv malakaviy ishimizning boshida Usmoniylar imperiyasining Kipr orolini bosib olishi hamda Turkiya Jumhuriyatining e’lonidan keyin yuzaga kelgan tashqi siyosatdagi muammolar va ularning yechimiga doir masalalar keltiriladi. Shu asnoda, Otaturk amalga oshirgan islohotlar qanday natija berganligini tahlil qilamiz. Ma`lum bir yillar oralig`ida qilingan ishlar sarxisob qilinadi va muallifning erkin fikri keltiriladi. Shuningdek, chet ellik mutaxassislarning fikrlari va qiziqarli faktlar ham keltiriladi. 1991–yil mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin birinchilardan bo’lib O’zbekistonni tan olgan Turkiya Jumhuryati bilan diplomatik aloqalar o`rnatilganidan so`ng ikki turkiy davlat o`rtasida ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy va tijoriy sohalarada o`zaro fikrlar almashinuvi natijasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi. Shu asosda diplomatik va statistik ma’lumotlar doimo matbuot orqali e`lon qilib borilgan va bu ma’lumotlar bilan ko`pchilik tanishgan. Biz ham ana shunday ma’lumotlarni tahliliy tarafdan ko`rib chiqib o`z fikr va mulohazalarimizni bildirganmiz.
Mazkur tadqiqot ishining obyekti hisoblangan davr tarixchi olimlar tomonidan ko’p o’rganilgan. Biroq bizning tadqiqot ishimiz ushbu manbalarga tayangan holda mavzuning yangi qirralarini ochishga harakat qilishdir. Mavzuni o’rganish jaroyonida tarixiylik, ilmiylik, tarixiy tahlil, tanqidiylik, qiyosiylik kabi tadqiqot uslub va vositalardan foydalanildi. Bitiruv malakaviy ishida o’zbek, turk, ingliz va rus tillaridagi mandalardan foydalanilgan.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati: mazkur tadqiqot ishi bundan keyingi ishlar uchun manba bo’lib xizmat qilishi mumkin. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, materialdan:
XX asrning so’ngigga qadar bo’lgan davrda Turkiya va Kiprga aloqador manba sifatida foydalanilishi;
Hozirgi kungacha bo’lgan Turkiya va Gretsiyaning iqtisodiy-ijtimoiy,etnomadaniy jarayonlari haqida qisqacha mazmundagi ma’lumotlarga ega bo’lish ;
Turkiya tarixini o’rganayotgan talabalarga, Turkiya va Kipr masalasini chuqurroq o’rganishi uchun manba bo’lib xizmat qilishi mumkin.