Туркия ва Кипр


XULOSA Dunyo tarixida XX asr juda murakkab bir davr bo’ldi



Yüklə 267,5 Kb.
səhifə8/10
tarix22.09.2023
ölçüsü267,5 Kb.
#146668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Туркия ва Кипр dip

XULOSA
Dunyo tarixida XX asr juda murakkab bir davr bo’ldi. Turkiya va Kipr muammosi hozirgi kunda nafaqat Turkiya balki butun dunyo hamjamiyatini o’ylantirayotgan muammolardan biri sifatida ko’rilmoqda.Turkiya 1959 yildan boshlab Yevropa Ittofoqiga a’zo davlatlar qatoridan o’rin olishga harakat qilgan holda ko’plab ishlarni va islohotlarni amalgam oshirmoqda , lekin uning bu murojaatnomasini Yevropa Ittifoqi Kipr muammosi va boshqa etnomadaniy jarayondagi muammolar sababli rad etmoqda. Shuni ta’kidlab o’tish joizki Kipr muammosini hal etish butun dunyo hamjamiyatini o’ylantirayotgan muhim masalalaridan biridir. Tarixdan ma’lumki, Kipr oroli o’zining geografik o’rni jihatidan ko’plab davlatlarni o’ziga jalb qilib kelgan. Shu jumladan bu orol Turklar va Greklarning manfaat va maqsadlari to’qnashgan bir hudud bo’lib kelgan. Biz ko’rayotgan mazkur ish Hozirgi kunda Kiprlik Turklarni va Kiprlik Greklarni yechimi qiziqtirayotgan kunning asosiy mavzulardan biridir.
Kipr muammosi bu bugun yoki kecha paydo bo’lgan muammo emas.Uning ildizlari ming yillik tarixga borib taqaladi.
Usmoniylar tomonidan Kipr fath qilinishidan oldin oqdengizda hokim bo’lgan davlatlarning boshqaruvi ostida bo’lgan orolning ortadaksal halqi katolik Venedik davrida kuchli bosim ostida bo’lgan. Orolning bosh yepiskopi maqomidan olinib bir qishloqqa surgun qilingan .Bu qiyinchiliklardan faqatgina Usmoniylarning odil boshqaruvi sababli qutila olishlari mumkinligiga ishongan boshyepiskov Ichil begi yordamida Usmoniylarga murojaat qilgan va Kiprni fath qilinishini so’ragan. Bu murojaat kiprning fathini yanada tezlashtirgan.
Usmoniylar Imperiyasi hukumronligi davrida Kipr orolidagi Ijtimoiy-Iqtisodiy hamda madaniy hayot o’zining yuqori cho’qqisiga yetdi desak bo’ladi.Buni biz birgina davlat boshqaruv tizimida,me’morchilikda ko’rishimiz mumkin. Usmoniylarning odil boshqaruvi ostida yashagan Kipr halqi har doim ham ularning bu odil boshqarubini ijobiy baholashmagan. O’z navbatida vaqti-vaqti bilan bilan ularga qarshi orolda norozilik chiqishlari ham bo’lib turgan. Lekin bu norozilik harakatlarini Usmoniylar qo’shini bostirishga va yana o’zlarining boshqaruvlarini o’rnatganlar.
Turkiya hukumati boshqaruvi tarixi davriga nazar tashlaydigan bo’lsak bu davr tashqi siyosatida ko’pgina davlatlar qatori Kipr alohida ahamiyatga ega bo’lgan davlatlardan biridir. Turkiya 1923-yilda Turkiya o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan keyin Prezident Mustafo Kamol Otaturk tashqi siyosatida Kipr alohida o’rin egallagan.
Kipr orolida ikki jamiyatli boshqaruvning shakllanishi bu Kipr muammosi yechimining ozgina bo’lsa ham hal qilinishiga olib keldi. Ikki jamiyatli boshqaruv orolda nizolarni biroz bartaraf qilishga, halqaro shartnomalarning imzolanishiga hamda bu shartnomalar asosida teng huquqli boshqaruvning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Birgina 1974-yildagi shartnoma sababli oroldagi kuchlar tinchlik yo’li bilan orolni tark qiladi va birinchi marta ikki jamiyat boshliqlari o’rtasidagi oly darajadagi bitim imzolanadi.Lekin bu shartnoma bir muddat o’tgach o’zining ahamiyatini yo’qotadi. Biz organib tahlil qilgan ma’lumotlarimizda ko’pincha shimoliy Turk tomonining emas balki janubiy Grek tomoning manfaatlari ustun ko’rilganligini kuzatdik. Bu esa o’z navbatida orolda Greklarning manfaatlari hali ham ustun qo’yilib kelinayotganini ko’rishimiz mumkin. Demak, Kipr muammosi hali ham o’z yechimini kutayotgan muammolardan biri bo’lib qolmoqda.
Globallshuv davrida yashayotgan ekanmiz Kipr muammosi biz yashayotgan davrning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu muammoning yechimiga halqaro tashkilotlar ham o’z navbatida befarq emas. Bu masalani hal qilish maqsadida bir qator halqaro tashkilotlar,jumladan BMT,YEI, NATO, Halqaro Islom tashkiloti kabi halqaro tashkilotlar o’z fikr mulohazalari hamda muammoni hal qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqqanlar va bu harakatlar haligacha davom etib kelmoqda.
Kipr muammosi Halqaro tashkilotlarda kunning masalasi sifatida ko’rilayotgan muhim masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Bu masala har ikkala tomonni ham manfaatlarini yerga urmagan holda ularning erkinliklari va huquqlarini inobatga olgan holda hal qolinishi kerk bo’lgan masaladir. Bu muammo bundan bir necha o’n yil oldin paydo bo’lgan muammo emas. Shu sababli ham uning yechimi juda katta muammoni hal qiladi hamda ikkala davlat orasidagi kelishmovchiliklarni tartibga soladi.Xulosa qilib shuni attish mumkinki Bu muammoning yechimi har ikkala tomon uchun ham juda katta natijalar olib keladi. Bu masalaning yechimi natijasida Turkiyaning Yevropa ittifoqiga kirishidagi to’siqlardan biri olib tashlanib uning oldidagi maqsadlariga yetishida asosiy masala bo’lib xizmat qiladi. Bu muammoning yechimi nima bilan tugashini faqatgina vaqt ko’rsatadi.



Yüklə 267,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin